O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi namangan davlat universiteti



Download 2,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/178
Sana20.04.2023
Hajmi2,47 Mb.
#930717
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   178
Bog'liq
Umarkulov JAHON IQTISODIYOTI Majmua 230413 110836

vropa 
valyuta tizimi oldiga quyidagi maqsadlar qo’yilgan: 
-
EI ichida yuqori valyuta barqarorligini o’rnatish; 
-
barqarorlik sharoitida o’sish strategiyasining asosiy elementi bo’lish; 
-
iqtisodiy rivojlanish jarayonlarining o’zaro bog’liqligini kuchaytirish va 
Yevropa jarayoniga yangi turtki berish; 
-
xalqaro iqtisodiy va valyuta munosabatlariga barqarorlashtiruvchi 
ta’sir ko’rsatish. 
Evropa valyuta tizimi harakat mexanizmi EKYu tashkil qilish va barqaror, ammo 
tartibga solinuvchi YeI davlatlari orasida valyuta kurslari orqali qiymatni o’zaro 
o’lchash negizini o’rnatishni ko’zda tutadi. YeVT valyuta rezervlarini umumiy 
foydalanishga berilishini kafolatlaydi. Yaratilgan tizim YeI ichida kredit 
mexanizmlarining butun bir arsenalini harakatga keltiradi. Yevropa valyuta 
tizimining faoliyat jarayoni va rivojlanish “Delar rejasi” bilan chambarchas bog’liq. 
1989 yilda YeIning atoqli arbobi (EIK raisi) J.Delar Yevropa valyuta 
birlashuvining uch bosqichli rejasini tasvirlagan hisobotni taqdim qildi. Bu plan 
quyidagilarni o’z ichiga oladi: 1) alohida YeI davlatlarining muvofiqlashtirilgan 
iqtisodiy va valyuta siyosatini amalga oshirish; 2) YeI Markaziy bankini tashkil 
qilish; 3)Milliy valyutalarni YeI ning yagona valyutasiga almashtirish. 
1990 yilda Yevropa valyuta tizimi kengaydi. Unga Angliya, Ispaniya, Portugaliya 
kirdi. 1991 yilda yagona Yevropa hududini tashkil qilish haqidagi Maastrixt 
shartnomasi imzolandi. Bu shartnomaga muvofiq YeI a’zolarining hukumat 
boshliqlari valyuta ittifoqini tuzish haqida kelishib oladilar. 
G’arbiy Yevropa valyutalari o’zgarishini tartibga solish maqsadida tuzilgan 
Yevropa valyuta tizimi qariyb 15 yil mobaynida o’z vazifalarini muvaffaqiyatli 
bajardi. Ammo 1992 yilning kuzidan u izdan chiqa boshladi. Bir yil mobaynida 1992 
yil sentyabridan YeVT dan Angliya funt sterlingi, Ispaniya peseti va Portugaliya 
eskudosi devalьvatsiya qilindi. 
Buning asosiy sabablaridan biri - qayd qilingan davlatlar markaziy banklarining 
valyuta devalьvatsiyasiga umid qilib, kursni pasayishiga o’ynayotgan birja olib-
sotarlarining 
tobora 
kuchayayotgan 
hujumlariga 
dosh 
berishga 
qodir 
emasliklaridadir. Natijada 1993 yil yozida YeVT ga kiruvchi 8 pul birligidan 5 tasi 
- Frantsiya va Belьgiya franki, Daniya kronasi, Ispaniya peseti va Portugaliya 
eskudosi o’rnatilgan eng past darajaga tushib qoldi. Markaziy banklar tomonidan 
o’z valyutalarini sun’iy ravishda ushlab turish mumkin emas degan qapop qabul 
qilindi. Ular belgilangan kurslar atrofida u yoki bu tomonga 15%ga o’zgarishlari 
mumkin. Markaziy banklar shuningdek almashish kurslarini qo’llash maqsadida 
yuqori darajada saqlab turgan hisobga olish stavkalarini pasaytirishlari mumkin. 


Maastrixt shartnomasi qaroriga muvofiq YeI davlatlari tomonidan valyuta ittifoqi 
tuzishning oxiri, ya’ni milliy valyutalar bir-biriga nisbatan yakuniy qayd qilinadigan 
bosqichi 90-yillar oxirida ro’y berishi kerak edi. 
EI rejasiga binoan valyuta ittifoqni tashkil qilinishi uch bosqichda amalga 
oshirilishi kerak edi. 
1998 yilda boshlanadigan birinchi bosqichda valyuta ittifoqiga kirish uchun 
ruxsatnoma beradigan mezonga javob beradigan davlatlar aniqlanadi. Maastrixt 
shartnomasi tomonidan belgilangan bu mezonli qarorga quyidagilarni - inflatsiya 
darajasi, davlat byudjeti kamomadi (3%dan ortiq emas), hisobga olish stavkasining 
o’lchami, milliy valyutaning barqarorligi va boshqalarni kiritish mumkin. 
Ushbu mezonlarga to’liq javob beruvchi davlatlar birinchi guruhga kirib, bu guruh 
davlatlari, valyuta ittifoqini tashkil qiladi. Avvaliga bu mezonlarga faqat Germaniya, 
Lyuksemburg, Irlandiya va Avstriya javob bergan edi. 1998 yilning oxirigacha 
Markaziy Yevropa banki tashkil qilinib, Yevropa Markaziy banklar tizimi harakatga 
keltirildi. 
Ikkinchi bosqichda (1999-2001 yy.) Markaziy Yevropa banki, birinchi qadam 
sifatida valyuta almashtirish bo’yicha operatsiyalarda yagona valyutani ishlata 
boshladi. Tijorat banklari va moliyaviy tashkilotlar undan valyuta bozorlarida keng 
foydalanisha boshladilar. 
Keyingi uchinchi bosqichda (2002 y.) milliy tanga va qog’oz
 
pullarni yangi Yevropa 
pul birligi YeVRO bilan almashtirildi.
Yangi yagona valyuta naqd pul muomalasiga 
kiritildi. Milliy valyutada amalga oshirilayotgan hisob-kitoblar tizimiga mos 
o’zgartirishlar kiritildi. Boshlanishida (6 oy mobaynida) yangi valyuta milliy 
valyutalar bilan bir vaqtda muomalada bo’ldi. Bu davrning oxiriga kelib, rejaga 
muvofiq milliy valyutalar “to’lov vositasi statusini yo’qotdilar”. Uchinchi bosqichda 
Yevropa valyuta-iqtisodiy ittifoqi hududida barcha bank schyotlari Yevropa 
valyutasiga konvertirlanadigan bo’ldi. 
Yagona Yevropa valyutasi, iqtisodchi olimlarning fikricha, dunyoda eng 
kuchlilardan biri bo’lishi uchun barcha imkoniyatlarga ega. U inflyatsiya bilan 
kurashishni yengillashtirib, AQSH va Yaponiya bilan bozorlar uchun kurashda YeI 
davlatlari 
tovar 
va 
xizmatlarining 
raqobatbardoshliligini 
oshirib 
YeI 
barqarorligining muhim omiliga aylanib boradi. 
EVROning paydo bo’lishi qimmatli kog’ozlar bilan bog’liq barcha kelishuvlar 
hajmining oshishiga olib kelishi lozim. Yagona valyutaning kiritilishi butun dunyo 
investorlarining YeI ga bo’lgan qiziqishlari tobora oshirib bormoqda. YeVRO ni 
juda muhim bo’lgan valyuta bozoriga aylantirish kerak. Yagona valyutaning o’zi esa 
kapital bozorida dollarning o’rnini egallash uchun barcha imkoniyatlarga ega. 
YeVRO ga o’tish butun dunyodagi moliyaviy holatga muhim o’zgartirishlar 
kiritmoqda. Yagona Yevropa valyutasi dollar va iena bilan teng raqobat qilishi 
mumkin. Banklar, qonunga ko’ra, kelishuvlar sonining keskin o’sishi va 
investitsiyalarning yanada baynalminallashuvi sababli moliyaviy bozorlarda 
oladigan foydalarining oshishiga umid qilishlari kerak. 
Yangi pul birligi, shuningdek bor valyutani boshqa valyutaga almashtirish bilan 
bog’liq bo’lgan sezilarli harajatlarni yo’qotish imkonini beradi. Bu harajatlar ba’zi 
hisob-kitoblarga qaraganda yiliga 40 mlrd. AQSH dollaridan 50 mlrd. dollargacha 


borgan. Masalan, 2 ming dollar bilan 10-12 kun G’arbiy Yevropa davlatlari bo’ylab 
yurgan frantsuz sayyohi bir valyutani ikkinchi valyutaga almashtirishda bu 
summaning qariyb 40-50%ini yo’qotgan. Ayni paytda, YeVROning paydo bo’lishi 
bilan negizida YeI ichida endi tenglashtiriladigan hisobga olish stavkalari farqi 
yotadigan operatsiyalar ham yo’qoladi. 

Download 2,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish