O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi namangan davlat universiteti


§ 8.4. Jahon mashinasozlik sanoati va uning rivojlanish xususiyatlari



Download 2,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/178
Sana20.04.2023
Hajmi2,47 Mb.
#930717
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   178
Bog'liq
Umarkulov JAHON IQTISODIYOTI Majmua 230413 110836

 
§ 8.4. Jahon mashinasozlik sanoati va uning rivojlanish xususiyatlari 
Hozirgi kunda dunyo mintaqasida ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy taraqqiyot 
yildan-yilga kuchayib, rivojlanib bormoqda. Ayniqsa, 60-70 - yillardan so’ng ro’y 
bergan ilmiy-texnika inqilibi ta’sirida Osiyo mintaqasi o’z taraqqiyot jabhasida 
yetakchi o’rinlardan biriga ko’tarildi. Yaqin kunlarga qadar uchinchi dunyo 
mamlakatlari hisoblangan Osiyoning ko’pgina rivojlanayotgan davlatlari endilikda 
jahon bozorlarida turli sohalar va tarmoqlar bo’yicha asosiy o’rinlarni egallashdi. 
Xo’sh, bugungi kunda jahon mamlakatlar iqtisodiyotida avtomobilsozlik sanoatida 
ahvol qanday degan savollar tug’ilishi mumkin. 
“Kornif” ning xabar berishicha, 90-yillarga kelib avtomobilsozlik sanoatida 
jiddiy 
o’zgarishlar 
yuz 
bergan. 
Amerika 
avtomobilsozlik 
firmalari 
assotsiatsiyasining bergan ma’lumotiga ko’ra, 1996 yilda dunyo miqyosida 
avtomobil ishlab chiqarish quyidagi tartibda ro’y bergan: Osiyo qit’asida joylashgan 
mamlakatlar dunyo bo’yicha 1996 yildagi avtomobillarning 33,3%ni, G’arbiy 
Yevropa mamlakatlari 32%ni, SHimoliy Amerika davlatlari 30,3%ni, Lotin 
Amerikasi mamlakatlari 3,7%ni bergan holda jahonning boshqa barcha 
mamlakatlari esa 1% atrofida avtomobil ishlab chiqarganlar. Agar ishlab chiqarish 
firmalar hisobidan qaraladigan bo’lsa, dastlabki o’nlikdan AQSH va Yaponiyaning 
3 tadan, Frantsiyaning 2ta, Germaniya va Italiyaning bittadan firmalari asosiy 
o’rinni olganlar. 1996 yildan AQSHning “Jeneral Motors” (6 mln. 865 ming dona) 
va “FORD” (5 mln. 744 ming dona) firmalari avtomobillar ishlab chiqarib, dunyoda 


yetakchilik qilganlar. Yaponiyaning “Toyota” (4 mln. 487 ming dona) firmasi 
uchinchi o’rinni egallagan. SHu yili Germaniyaning “Folksvagen” firmasi (3 
mln.dan ortiq), Frantsiyaning “PSA” (2.5 mln. dona) va “Reno” (2 mln. dona) 
avtomobil ishlab chiqargan. Yengil avtomobillar ishlab chiqarishda AQSHning 
“Jeneral Motors” kompaniyasi yetakchilik qilgan (5 mln.ga yaqin ishlab chiqargan). 
“Magrau-Xill” kompaniyasining tayyorlangan ma’lumotiga ko’ra, 1996 yilda 
dunyo miqyosida sotilgan avtomobillar soni 31,3 mln. donani, 1997 yilda esa 35,3 
mln. donani tashkil etgan. Tadqiqotchilarni fikricha 90-yillarning oxirlariga borib 
dunyo bo’yicha mashina sotish darajasi 3-5%ga o’sishi kuzatilib, Buyuk Britaniya, 
Frantsiya va Ispaniyada esa mashina savdosini kuchayishi bashorat qilingan. 
Ma’lumki, 1996 yilda G’arbiy Yevropada yangi modeldagi mashinalar ishlab 
chiqarish keskin kamaygan (11.4 mln. dona ishlab chiqarilgan). Bu esa iqtisodchilar 
tomonidan ikkinchi jahon urushidan keyingi yillardagi keskin kamayish deb 
hisoblanadi. CHunki 1996 yilda G’arbiy Yevropaning 6 ta avtomobilsozlik 
firmalaridan to’rttasi (“Folksvagen”, “PSA”, “Fiat”, “Ford of Yevropa”) foyda 
o’rniga zarar ko’rishgan, faqat “Reno” va “Jeneral Motors of Yevropa” firmalari 
nisbatan foyda bilan chiqishgan. 1997 yilning dastlabki olti oyida G’arbiy 
Yevropada sotilgan avtomobillar soni, 3.5 mln. donani tashkil etgan. Demak, oldingi 
1996 yilga nisbatan mashina savdosi ancha rivojlanib borganligini ko’rish mumkin. 
90-yillarning oxirlariga borib G’arbiy Yevropa avtomobillariga talab nisbatan 
kamayishi kuzatilgan (ya’ni 85%dan 79% ga). Buning asosiy sababi Osiyo 
materigidagi Yapon mashinalari G’arbiy Yevropa mashinalarini jahon bozorlaridan 
siqib chiqarayotganligi bilan izohlanadi. Yapon mashinalarining G’arbiy Yevropa 
bozorlariga ko’plab (11%dan 15%ga) kirib kelishi kuzatilgan. Yevropa Ittifoqi 
mamlakatlariga importdagi barcha cheklashlar olib tashlandi. Yaponiyaning
“Toyota”, “Nissan”, “Xonda” kompaniyalarining Buyuk Britaniyada joylashgan 
sanoat korxonalarida 2000 yildan boshlab yiliga 1 mln. dona avtomobil ishlab 
chiqarila boshlandi. 1997 yilda SHvetsiyaning “Volьvo” kompaniyasi bilan 
Yaponiyaning “Mitsubisi Motors” kompaniyasi hamkorlikda tuzgan qo’shma 
korxonasi 200 ming dona mashina ishlab chiqaradi. 

Download 2,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish