O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi namangan davlat universiteti


Osiyo-Tinch Okeani mintaqasi davlatlarining iqtisodiy hamkorlik tashkiloti



Download 2,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet100/178
Sana20.04.2023
Hajmi2,47 Mb.
#930717
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   178
Bog'liq
Umarkulov JAHON IQTISODIYOTI Majmua 230413 110836

Osiyo-Tinch Okeani mintaqasi davlatlarining iqtisodiy hamkorlik tashkiloti 
shu hududdagi
 
20 dan ortiq mamlakatni (Yaponiya, Filippin, Tailand, Bruney, Yangi 
Zellandiya, Gonkong, Xitoy, Avstraliya) birlashtirgan bo’lib, bu davlatlar hissasiga 
jahon mamlakatlarining yalpi milliy mahsulotini 23-24% i, jahon savdosining 40-
42% i va dunyo aholisini 40-41% i to’g’ri keladi. Bu hamkorlik tashkilotiga a’zo 
bo’lgan davlatlar 1991 yilda Osiyo zonasida erkin savdoni rivojlantirish va savdo 
sohasidagi samaradorlikni yanada ko’tarish maqsadida 15 yilga (2005-yilga qadar) 


savdo chegaralarini va chegara bojlarini bekor qilish to’g’risida qaror qabul 
qilishgan.
Hozirgi kunda Osiyo-Tinch okeani mintaqasi davlatlari jahonning 
ko’plab 
mintaqalarida 
moliyaviy 
ishlarni 
rivojlantirish, 
vositachilik, 
axborotlashtirish va shuningdek transport xizmatlarini kengaytirish ishlariga o’z 
hissalarini qo’shib kelmoqdalar. Xullas, hozirgi kunda Osiyo-Tinch okeani 
mantaqasi davlatlarining iqtisodiy hamkorlik tashkiloti nafaqat Osiyo mintaqasi, 
balki jahon mamlakatlari ichida ham yetakchilik roliga da’vogarlik qilib turibdi.
Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlarning rivojlanishida 
SHimoliy Amerikaning uch yirik davlatini 1994 yilning 1 yanvarida birlashishi 
(NAFTA davlatlari) muhim ahamiyatga egadir. Bu mamlakatlar (AQSH, Kanada, 
Meksika) hissasiga jahon mamlakatlarining yalpi mahsulotining 31-32% i, dunyo 
aholisining 7-8% i to’g’ri keladi (NAFTA davlatlari hududida 370 mln.dan ortiq 
aholi yashaydi). Bu davlatlar tomonidan ishlab chiqarilgan yillik tovar va xizmatlar 
hajmi 7 trln. AQSH dollarini tashkil qiladi. NAFTA davlatlari ulushiga jahon 
savdosi umumiy hajmining 19-20% i to’g’ri keladi.
NAFTA davlatlari tomonidan imzolangan shartnomaning asosiy huquqiy 
holatlari quyidagilarni o’z ichiga oladi: 
1. AQSH, Kanada va Meksika davlatlari o’rtasida savdo tovarlarga nisbatan 
bojlarni bekor qilish; 
2. SHimoliy Amerika bozorlarini Meksika orqali kirib kelayotgan tovarlarga 
nisbatan bojlarni to’lamaslikka harakat qiluvchi Osiyo va Yevropa 
kompaniyalarining ekspansiyasidan himoya qilish; 
3. Meksikaning bank va sug’o’rta kompaniyalari ichida AQSH va Kanada 
kompaniyalarini kapital qo’yilmalariga nisbatan bo’lib turadigan turli tazyiq va 
ta’qiqlarni olib tashlash; 
4. Ekologik atrof-muhitni himoyalash bilan, bog’liq bo’lgan muammolarni 
hal etish va h.k.lar. 
NAFTA davlatlari tomonidan imzolangan ushbu shartnomaga muvofiq 5 yil 
mobaynida (2005 yilga qadar), AQSH Meksikadan import qilinadigan mahsulotlar 
to’rining 2/3 qismi uchun bojxona tariflarini bekor qilishi ko’zda tutilgan. 
Imzolangan kelishuvlardan eng ko’p foydani savdo bloklarida qatnashuvchi 
iste’molchilar oladigan bo’lishdi, chunki raqobatning kuchayishi va tovarlarga 
nisbatan tariflarning pasaytirilishi natijasida keng tovarlar bo’yicha narxlar 
pasayadi. 
NAFTA davlatlari shartnomasiga muvofiq AQSH sanoatchilari arzon ishchi 
kuchi oqimini kuchayishi bilan bog’liq holda ko’plab foyda ko’rishni maqsad qilib 
qo’ygan edi. Kafolatlangan daromadning o’sishi bilan bog’liq holda Amerika 
iqtisodiyotining - elektronika kompьyuter ta’minoti, qurilish materiallari, avtomobil 


ehtiyot qismlarini ishlab chiqarish va boshqa sohalarni rivojlantirish ko’zda tutilgan. 
Ayni paytda, shakar, tsitrus mevalari, qishki sabzovot yetishtiruvchi AQSH fermer 
xo’jaliklari zarar ham ko’rishi mumkin. Meksika davlati NAFTA yordamida o’z 
iqtisodiy o’sish sur’atlarini ko’tarmoqchi bo’lishdi (taxminan yillik YaIMning 
o’sish sur’atlari 1,6-2,6% ga). Bunday iqtisodiy rivojlanishlar Meksikani sanoati 
rivojlangan davlatlar qatoriga qo’shilish muddatini 45-50 yildan 10-15 yilga 
qisqartirishi mumkin edi. 
NAFTA dan eng kam foyda ko’rayotgan davlatlardan biri Kanadadir. CHunki, 
uning iqtisodiy rivojlanishi AQSH iqtisodiyoti bilan chambarchas bog’liq bo’lib, 
Meksika iqtisodiyoti bilan juda kam aloqadadir. Ammo, NAFTA rivojlanib borishi 
bilan Kanada integratsion jarayonga yanada ko’proq tortilib boradi va kengayotgan 
bozordan dividendlar oladi. Xullas, NAFTAning dastlabki ish faoliyati davrida 
eksport hajmining oshishi hisobiga qo’shimcha ish o’rinlarini hosil bo’lishiga 
bo’lgan umid oqlanmadi. Bundan tashqari AQSH ning Meksika bilan savdodagi 
ijobiy salьdosi yo’qolib, 1995 yilda kamomad paydo bo’ldi. Umuman olganda 
NAFTAni tashkil qiluvchilarning rejasiga ko’ra, to’laqonli SHimoliy Amerika 
bozori 2010 yillarga borib tashkil qilinishi bashorat qilinmoqda. 

Download 2,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish