O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi namangan davlat universiteti


§ 9.4. “Yangi industrial mamlakatlar”ning jahon xo’jaligida tutgan o’rni



Download 2,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet108/178
Sana20.04.2023
Hajmi2,47 Mb.
#930717
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   178
Bog'liq
Umarkulov JAHON IQTISODIYOTI Majmua 230413 110836

§ 9.4. “Yangi industrial mamlakatlar”ning jahon xo’jaligida tutgan o’rni 
 
Jahon iqtisodiyoti va XIMda “Yangi industrial mamlakatlar”(“YaIM”) 
rivojlanayotgan davlatlarning ko’pchiligidan iqtisodiy parametrlarining barcha 
sistemalari bo’yicha ajralib turadi.
“YaIM”ni rivojlanayotgan mamlakatlardan farqlanib turuvchi xususiyatlaridan 
biri ularni rivojlangan kapitalistik mamlakatlardan ham ajratib turishlidir. Ya’ni, 
ularning rivojlanishi “Yangi industrial” rivojlanish modeli sifatida mavjudligidir. 
Bunday xarakterli tomonlar, Lotin Amerikasidagi va shuningdek Osiyodagi 
“YaIM”ning rivojlanish tajribasini chuqur analiz qilish jarayonida ko’zga 
tashlangan edi. 
Lotin Amerikasidagi “YaIM”larning rivojlanish tajribasi va shuningdek 
Osiyodagi “YaIM”larning ko’pchiligi ozodlikka erishgan jahonning rivojlanayotgan
mamlakatlari uchun xalq xo’jaligining ichki rivojlanish dinamikasi bo’yicha ham, 
tashqi iqtisodiy munosabatlarining ekspansiyasi bo’yicha ham, rivojlanishning 
o’ziga xos namunasi bo’lib qolmoqda. Odatda, rivojlanayotgan “Yangi industrial 
mamlakatlar” qatoriga Osiyodagi Janubiy Koreya, Tayvanь, Gonkong, Singapur, 
Malayziya shu bilan bir qatorda Lotin Amerikasidagi “YaIM”lar – Argentina, 
Braziliya, Meksika kabi mamlakatlar taalukqlidir. Yuqorida sanab o’tilgan barcha 
mamlakatlar “YaIM”larning birinchi avlodlari yoki birinchi qaldirg’ochlari 
hisoblanadi. Ularning orqasida “YaIM”ning so’nggi avlodlari (Filippin va 
Xitoyning janubiy chegaralari va boshqalar) yetishib chiqmoqda. 
BMT tomonidan ishlab chiqargan metodika bo’yicha “YaIM”lar qatoriga 
kiruvchi davlatlar u yoki bu kriteriyalar bo’yicha alohida ajralib turadi. Ular 
quyidagilardan iboratdir:


-
Aholi jon boshiga to’g’ri keladigan yalpi ichki mahsulotning miqdori 
bo’yicha. 
-
Yalpi ichki mahsulotning o’rtacha yillik o’sish sur’atlari bo’yicha. 
-
Yalpi ichki mahsulot tarkibidagi qayta ishlash sanoatining umumiy 
miqdori bo’yicha ( 20% atrofida bo’lishi kerak). 
-
CHiqariladigan tovarlarning umumiy miqdoriga nisbatan sanoat 
maxsulotlarining ulushi va eksport miqdori bo’yicha. 
-
Xorijiy 
mamlakatlarga 
chiqariladigan 
to’g’ridan–to’g’ri 
investitsiyalarning umumiy miqdori va h.o.lar 
“YaIM”lar ushbu ko’rsatkichlar bo’yicha nafaqat rivojlanayotgan 
mamlakatlardan ajralib turadi, balki ayrim hollarda bir qator sanoati rivojlangan 
mamlakatlardan ham ushbu ko’rsatkichlar bo’yicha ustunlikka egadir. Masalan, 
Tayvanь, 1952-1995 yillarda aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulot hajmini 170 
marotaba o’stirgan edi. (aholining o’sishiga nisbatan 2,5 marotaba ortiqroqdir). 
Tashqi savdo hajmini esa 544 marotabaga oshirdi. Mamlakatning inflyatsiya
darajasi o’rtacha 3,6%ni, iqtisodiy o’sishning o’rtacha yillik sur’ati 8,7%ni tashkil 
etgan edi. Tayvanь iqtisodiy rivojlanish ko’rsatkichlari bo’yicha dunyoning ilg’or 
mamlakatlari qatoriga kiritilgan bo’lib, aholi jon boshiga to’g’ri keladigan yillik 
daromad taxminan 12 ming dollarni tashkil qilgan edi.
SHunday qilib, 1960-1990 yillarda Osiyo mintaqasidagi mamlakatlarning 
iqtisodiy rivojlanish sur’ati hisoblab ko’rilganda uning miqdori yiliga 5%ni tashkil 
etganligini ko’rishimiz mumkin (bu ko’rsatkich Yevropa mamlakatlarida 2%ga teng 
bo’lgan). Ana shu yillarda Tayvanda yillik o’sish sur’ati juda yuqori bo’lib 8,7%ni 
tashkil etgan. 90- yillarda Janubiy Koreya va Singapurda yillik o’sish sur’atlari
8%ni, Malayziyada esa 9%ni tashkil etgan.
Jahon iqtisodiyotida “Yangi industrial mamlakatlar”ning iqtisodiy rivojlanish 
sur’atining yuqoriligi aholining yashash turmush tarzini, yaxshilab borayotganligi 
bilan uygunlashib bormoqda. 1960-1990 yillarda aholi jon boshiga to’g’ri keladigan 
yillik daromad rivojlanayotgan “YaIM”da 4 marotaba o’sgan edi. Xullas, xalqaro 
ekspertlarning bashorat qilishicha, 2010 yilga borib SHarqiy Osiyoning 
rivojlanayotgan mamlakatlari G’arbiy Yevropaning yalpi milliy maxsulotining 
hajmi bo’yicha quvib o’tishi, 2020 yillarga borib esa SHimoliy Amerikadan ham 
o’zib ketishi bashorat qilinmoqda.
Osiyo – Tinch okeani mintaqasining “YaID”laridan biri Singapur haqida shuni 
alohida ta’kidlab o’tish joizki, u 1995 yilda mintaqa d
avlatlari ichida birinchi bo’lib 
“industrial rivojlangan mamlakat” statusini qo’lga kiritdi. Bunday unvon unga 
Iqtisodiy Hamkorlik va Rivojlanish Tashkiloti (IHRT) tomonidan rasman e’lon 
qilindi. Barqaror iqtisodiy o’sishning 5-10 yilligi davomida o’ziga nisbatan past 
rivojlangan 10 mamlakat doirasidan ajralib chiqib, dunyoning boy davlatlari 
qatoridan joy oldi. (aholi jon boshiga to’g’ri keladigan yalpi milliy maxsulot 
hisobiga). Siyosiy barqarorlik sharoitida mamlakatning sanoatida yillik o’sish 
sur’ati o’rtacha 8,4%ni tashkil etdi. Mamlakat axolisining yashash turmush tarzi esa 
o’rtacha yetti marotabaga ortdi. Singapurdagi har bir aholining o’rtacha statistik 
daromadi 1995 yilda 22,3 dollarni tashkil etdi (10.4.1.-jadval). 
O’z navbatida Gonkong ham uzoq yillar davomida Buyuk Britaniyaning sobiq 


koloniyasi bo’lib, keyinchalik u ijtimoiy-iqtisodiy ko’rsatkichlar bo’yicha o’zining 
metropoliyali darajasidan yuqori pog’onaga ko’tarilgan edi. 
10.4.1-jadval

Download 2,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish