O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi namangan davlat universiteti


§ 9.2. Rivojlanayotgan mamlakatlarning xalqaro tovar almashinuvida



Download 2,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet105/178
Sana20.04.2023
Hajmi2,47 Mb.
#930717
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   178
Bog'liq
Umarkulov JAHON IQTISODIYOTI Majmua 230413 110836

§ 9.2. Rivojlanayotgan mamlakatlarning xalqaro tovar almashinuvida 
tutgan o’rni va roli 
 
Xalqaro mehnat taqsimotida faol ishtirok etish, jahon xo’jaligi alokalarining 
rivojlanishi, moliyaviy resurslarning mamlakatlararo okib yurishi, iqtisodiy 
tarakkiyotning asosiy shart-sharoitlariga aylanib koldi. Mustakil davlat sifatida 
jahon hamjamiyatida ishtirok etish orqali, rivojlanayotgan mamlakatlarning barchasi 
60-70 yillardan e’tiboran xalqaro mehnat taqsimotida faol ishtirok etishga intilib 
kelmoqda. 
Ularning xalqaro mehnat taqsimotida faol ishtirok etish zaruriyati tayyor 
maxsulot ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan barcha narsalarni yetishtirish 
imkoniyatiga ega emasligi bilan asoslanadi. Hozirgi kunda rivojlanayotgan 
mamlakatlar deyarli sanoati rivojlangan mamlakatlar uchun xom – ashyo yetishtirib 
beruvchi hamda nisbatan arzon ishchi kuchi manbai bo’lib qolmoqda. 
Xalqaro mehnat taqsimotida xo’jalik faoliyatining barcha shakllari jamlangan. 
Eng muhimi, xalqaro savdoning asosini tashkil etuvchi xom – ashyo va tayyor
maxsulotlarni ishlab chiqarish barcha rivojlanayotgan mamlakatlar bilan dunyoning 
boshqa rivojlangan davlatlari o’rtasidagi tovar almashinuvini ta’minlaydi. Xalqaro 
savdo eng kambag’al rivojlanayotgan mamlakatlar uchun ham tashqi daromadning 
eng muhim manbai bo’lib hisoblanadi. Ammo, material va energiya sig’imining 
keyingi yillarida kamayishi munosabati bilan rivojlangan mamlakatning o’sishida 
tabiiy xom - ashyolarning xalqaro savdodagi tutgan o’rni pasayib borish 
tendentsiyalari namoyon bo’lmoqda. SHunga muvofiq u 1991 yilda jahon eksporti 
umumiy ulushining 25% ni tashkil etgan edi

Jahon iqtisodiyotida 70-90 yillarda 
Afrikaning rivojlanayotgan mamamlakatlarini umumiy eksport hajmidagi ulushi 
qisqarib borganligi qayd etiladi. Osiyo mamlakatlaridan jo’natilayotgan sanoat va 
qishloq xo’jalik mollarining doimiy o’sib borganligiga qaramasdan u 2 barobarga 
pasayib ketgan edi. Eksportini asosini tashkil etuvchi xom- ashyolardan iborat 
bo’lgan rivojlanayotgan mamlakatlarda, ularning jahon bozorida egallab turgan 
pozitsiyalarining yomonlashuvini tuxtatish imkoniyatiga ega bo’lgan kushimcha 
eksport resurslarini izlab topishga bo’lgan kuchli extiyoj sezilmoqda. Buning uchun, 


eksportning xilma-xilligini ta’minlashga, ya’ni chiqariladigan xom-ashyolarni qayta 
ishlash, boshqa turdagi sanoat maxsulotlarni jahon bozoridagi erkin xarakatini 
ta’minlash, eng muhim ustuvor yo’nalishlardan biri bo’lib qolmoqda. 
An’anaviy tovarlar eksporti hajmini kengaytirish borasidagi ko’pchilik 
muammolarga qaramasdan, rivojlanayotgan mamlakatlarning jahon eksportidagi 
umumiy ulushi asta-sekinlik bilan o’sib bormoqda. SHuningdek, u 1987 yildagi 22% 
o’rniga 1992 yilga kelib 24,7% ga yetgan edi. 1993 yilda rivojlanayotgan 
mamlakatlarning eksportini fizik hajmi, sanoati rivojlanayotgan mamlakatlarda 1,2 
% ga qisqarganiga qaramasdan, yana 10% ga ortgan edi. Rivojlanayotgan 
mamlakatlarda jami eksportni tarkiblashtirish jarayonlari ham sodir bo’lmoqda. 
SHuningdek, rivojlanayotgan mamlakatlar eksportidagi sanoat mollarining ulushi 
(rangli materiallarni hisobga olganda) 1991 yilda 57,7% ga yetgan edi. 
Rivojlanayotgan mamlakatlarning eksportidagi sanoat mollarining ulushi ham 
usib bordi. Agar u 1970 yilda – 7,6% ni tashkil etgan bo’lsa, 1980 yilda 11% ni, 
1991 yilda 19,5% ni , 1995 yilda 25%, 2003 yilda esa 30%ni tashkil etgan edi. 
Xullas,jaxon xo’jaligida 90 yillar rivojlanayotgan mamlakatlarning jahon 
eksportidagi ulushi doimiy o’sishlik tendentsiyasiga ega bo’lganligi bilan 
xarakterlanadi. 
Sanoat maxsulotlari eksporti hajmining o’sishida, mashina va asbob – 
uskunalar eng muhim rolь o’ynamoqda. Ularni eksport qilish 1970-1990 yillarda 85-
90 marotabaga usib, sanoatning umumiy ulushi 35-36% ni, tovarlar eksportining 
umumiy hajmi esa 22% ni tashkil etgan edi. Rivojlanayotgan mamlakatlarning ba’zi 
birlari (Eron, Kongo, Boliviya, Paragvay kabi 12 davlat) 1980-1990 yillar 
mobaynida xom-ashyo maxsulotlarni chetga chiqarish hisobiga uzlarining xalqaro 
mehnat taqsimotida katnashish imkoniyatlarini kuchaytirishga erishdilar. Boshqa 
mamlakatlar esa, uzlarining jahon eksportidagi shaxsiy ulushlarini, sanoatda qayta 
ishlanadigan maxsulotlarning tashki bozordagi aktiv xarakati hisobiga oshirib 
borgan edi. O’z navbatida, mazkur guruhlar o’rtasidagi alohida mamlakatlar 
erishgan muvaffakiyatlarni ham alohida ajratib ko’rsatish maqsadga muvofiqdir. 
Jahon iqtisodiyotida oldingi o’rinlardan birida “yangi industrial mamlakatlar” 
borayotgan bo’lsa, boshqa rivojlanayotgan mamlakatlar esa, eksportning asosini 
tashkil etuvchi sanoatni kuchaytirish va kengaytirish borasida eng kam ulushni 
qo’lga kiritishgan. Ba’zi birlari esa, masalan, Afrikaning eng yirik mamlakati 
hisoblanmish Nigeriya o’zining sanoat eksportidagi ulushini tobora qisqartirib 
bormoqda. 
Xalqaro savdo misolida, rivojlanayotgan mamlakatlarning xalqaro mehnat 
taqsimotida ishtirok etishini baholash orqali jahon xo’jaligi tizimining butunlay 
notenglik asosida kurilganligini kurishimiz mumkin. Ba’zi bir rivojlanayotgan 
mamlakatlar ilmiy texnologik yutuklardan kam foydalanayotgan bir paytda, 
rivojlanayotgan dunyoning kolgan qismi oldindek an’anaviy industriallashuvga, 
ba’zi bir qismi esa industriallashuvgacha bo’lgan texnalogik yutuqlarga asoslanib 
tarakkiy etmoqda. 
Rivojlanayotgan mamlakatlarning jahon iqtisodiyotidagi ahvoli bilan bog’lik 
bo’lgan umumiy xolatlarni xarakterlash orqali shu narsani ta’kidlab o’tish lozimki, 
qoloq rivojlanayotgan mamlakatlar borgan sari xalqaro iqtisodiy munosabatlar 


tizimidan “ajratib” qo’yilmoqda. Bunday fikrlar 1996 yilda xalqaro savdoning 
rivojlanishiga bagishlab o’tkazilgan BMT ning konferentsiyasida (YuNKTAD) 
qilingan ma’ruzalarda keltirib o’tilgan edi. Doklad avtorlarining fikricha, Urugvay, 
Raundi, doirasida amal qiluvchi global savdo bitimi maqomini olgan GATT – 
qishloq xo’jaligi maxsulotlarini eksport qilishda subsidiyalarni qiskartirish 
kerakligini ta’kidlab o’tadi. Bunday vaziyat, kuchsiz rivojlangan mamlakatlarga 
nisbatan berilgan kuchli zarba edi. Hozirgi kunda johon iqtisodiyotida bug’doy, 
qand, go’sht va boshqa turdagi oziq-ovqat maxsulotlarining bozor narxlari oshib 
bormoqda. 2000 yilda 300-600 mlrd. dollarni tashkil etgan edi. 
Dunyo savdosida xom-ashyo va oziq-ovqat maxsulotlarining ulushi tobora 
qisqarib borishi rolini yo’qotmoqda. Iqtisodiy o’sishni qo’llab-quvvatlash 
maqsadidagi xom-ashyoviy ixtisoslashuv esa vaqtincha o’zining yordamchilik rolini 
bajarishga kodirligini ko’rsatmoqda xalos. Xalqaro savdoning rivojlanish 
tendentsiyalarini guvohlik berishicha, so’nggi o’n yilliklarda turli xildagi 
xizmatlarning hajmi va ahamiyati beqiyos darajada o’sib bormoqda. 
Rivojlanayotgan mamlakatlar o’zlarining bu yo’ldagi imkoniyatlaridan 
samarali foydalanmoqdalar. Masalan, sayyoxlik va mehnat bilan bog’lik xizmatlar, 
turli xildagi “iflos” va past maosh to’lanadigan ishlar uchun ishchi kuchlarini eksport 
qilish shular jumlasidandir.
Sayyohlik ko’p yillardan buyon, rivojlanayotgan mamlakatlar uchun xorijiy 
valyutalar tushumining asosiy manbalardan biri bo’lib qolmoqda. Misr uchun turizm 
sohasidan kelayotgan daromad xorijiy mamlakatlarda vaqtinchalik band bo’lgan 
misrlik ishchilar hisobidan keladigan valyutalar va xorijiy yordamlardan keyingi 
uchinchi o’rinni egallaydi. So’nggi yillarda turizm Turkiyada yuqori sur’atlar bilan 
rivojlanib bormoqda. Bu ko’rsatkich turizmning umum jahon miqyosidagi 4% li 
o’sish ko’rsatkichi bilan taqqoslanganda, yiliga 8%ni tashkil etadi. Turkiya ko’proq 
milliy iqtisodiyotning turizm tarmog’ini dinamik rivojlanishi bilan farq qiluvchi 
besh mamlakat qatoriga kiritilgan. SHu narsa kutilmoqdaki, 2005 yillarning oxiriga 
borib Turkiya sayyoxlikdan tushadigan daromadning o’lchami bo’yicha dunyoda 
oltinchi o’rinni egallashi bashorat qilinmoqda. 

Download 2,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish