O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi namangan davlat universiteti


§ 9.3. Xorijiy sarmoyalar – rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyotida



Download 2,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet106/178
Sana20.04.2023
Hajmi2,47 Mb.
#930717
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   178
Bog'liq
Umarkulov JAHON IQTISODIYOTI Majmua 230413 110836

§ 9.3. Xorijiy sarmoyalar – rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyotida 
Jahon iqtisodiyotida “qashshoqlik botqog’i”dan kutilishga bo’lgan intilish, 
iqtisodiyotning ilg’or tarmoqlarini rivojlanishga bo’lgan imkoniyatni yaratish va 
takomillashtirish rivojlanayotgan mamlakatlar uchun xorijiy sarmoyalarni izchil jalb 
qilishni talab etadi. Ana shu maqsadlarda, investitsion muhitni kafolatlaydigan shart-
sharoiti mavjud bo’lgan maxsus mintaqaviy iqtisodiy zonalar tashkil etiladi. 
Ko’pchilik rivojlanayotgan mamlakatlarda investitsion muhitni kuchaytirib 
borish jarayonlari osonlik bilan kechayotgani yo’q. 1992 yilda rivojlanayotgan 
mamlakatlarga kirtilgan to’g’ridan-to’g’ri yo’naltirilgan investitsiyalarning miqdori 
51,5 mlrd. dollarni tashkil etgan edi. 90-yillar boshida jahon bankining ma’lumotiga 
qaraganda, rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyotiga xususiy kapitalning jalb 
kilinishi yanada kuchayib, 1994 yilda 173 mlrd. dollarni tashkil etgan. Yangi fond 
bozorlaridagi aktsiyalarga band etilgan portfelь qo’yilmalar 1993 yilda 46,9 mlrd. 
dollarni tashkil etgan bo’lsa,1994-yilda 39,5 mlrd. dollarni tashkil etgan edi. O’z 


navbatida banklarda deponintlangan va obligatsiyalarga qo’yilgan xususiy 
sarmoyalarning kiymati 1993 yilda 45,7 mlrd. dollardan 1994 yildan 55,5 mlrd. 
dollarga o’sgan. To’g’ridan-to’g’ri yo’naltirilgan xorijiy investitsiyalar miqdori esa 
1993 yilda 66,6 mlrd. dollardan 1994 yilda 77,9 mlrd. dollarga o’sgan . Kayd etib 
o’tish joizki, 1993 yilda ba’zi-bir rivojlanayotgan mamlakatlarning o’zlari ham 14 
mlrd. AQSH dollari miqdoridagi sarmoyani xorijiy mamlakatlarga eksport 
qilishgan. 
“Ernest va Yang” amerika konsalting firmalarning bergan baholariga ko’ra 
yakin o’n yilliklarda rivojlanayotgan mamlakatlarning eng ko’zga ko’ringanlari - 
Xitoy, Xindiston, Indoneziya, Meksika va Braziliya kabi mamlakatlar bo’lishi 
bashorat qilinmoqda. 
Rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyotiga xususiy sarmoyalar jalb kilinar 
ekan, eng muhimi, ular dinamikali o’sish imkoniyatiga ega bo’lib, istikboli porloq 
bo’lgan mamlakatlar tomon ilgarilab bormoqda. Bugungi kunda 75-80% to’g’ridan-
to’g’ri yo’naltirilgan xususiy investitsiyalarning 20-25% i rivojlanayotgan 
mamlakatlarga to’g’ri kelmoqda. Bunda asosiy o’rinni SHarqiy Osiyo va Lotin 
Amerikasi mamlakatlari egallamoqda. Kuchsiz rivojlanayotgan mamlakatlar 
iqtisodiyotining turgunligi va shuningdek ulardagi siyosiy vaziyatning barqaror 
emasligi, ko’pincha sanoati rivojlanayotgan mamlakatlarning ishbilarmon 
doiralarini chuchitib qo’ymoqda. Ushbu mamlakatlar tomonidan uyushtirilayotgan 
davlat yordamlari, sunggi 70-80 yillarda yetarli darajada amalga oshirilgan bo’lsada, 
90 yillarining o’rtalaridan etiboran ularning miqdori sezilarli darajada qisqarib 
bormoqda. Xalqaro valyuta fondining analitiklarining fikriga qaraganda 1994 yilda 
butun dunyo bo’yicha inflyatsiyaning oldini olish maqsadida davlat yo’llari orqali 
59 mlrd. AQSH dollariga teng bo’lgan rasmiy yordamlar uyushtirilgan (bu 
ko’rsatgich 1993 yildagiga nisbatan 3 mlrd.AQSH dollariga kamdir). Rivojlangan 
mamlakatlarning rivojlanayotgan mamlakatlar bilan davlat mikiyosidagi o’zaro
hamkorligi o’zining myo’riga yetgan 1990 yildagi darajasi bilan takkoslab 
kurilganda, bu rakam 12 mlrd. AQSH dollariga kamaygan. Bu paytda iqtisodiy 
hamkorlik va rivojlanish tashkiloti tomonidan uyushtirilayotgan yordam jami yalpi 
milliy maxsulrotning 0,3% ni tashkil etgan xalos Muhim tomoni shundaki, Afrika 
mamlakatlariga uyushtirilayotgan barcha tashqi yordamlar qarzlarning foizlari 
shaklida G’arbiy Yevropa tomon qaytib ketmoqda. 90- yillarning o’rtalarida 
Afrikaning Saxarasidan janubgacha bo’lgan mintakasidagi barcha mamlakatlarning 
tashqi karzlari 211mlrd. dollarni tashkil etgan bo’lib, 1984-1994 yillarda Afrika 
davlatlari ushbu kredit karzlarining 150 mlrd. AQSH dollariga yakinini tulashga 
muvofak bo’lishgan xalos.1994 yilda Afrikaning barcha mintakalarida joylashgan 
davlatlarning umumiy karzlari taxminan 303 mlrd.AQSH dollarini tashkil etib, u 
Afrika mamlakatlarini yillik eksport daromadining 204% ga tengdir. 
1994 yilda eng katta tashqi qarz Meksika va Xitoyda bo’lib, uning miqdori 
Meksikada 5 mlrd. dollarni, Xitoyda 111 mlrd. dollarni tashkil etgan. Tailand, 
Janubiy Koreya, Xindiston, Filipin kabi Osiyo davlatlarining tashki qarzlari tez 
suratlar bilan o’sib bormoqda. Osiyo mintaqasidagi rivojlanayotgan 
mamlakatlarning tashqi qarzlarini miqdori 1994 yilda 1,7 trln. AQSH dollarni 
tashkil etgan bo’lib, 1993 yilgi darajaga nisbatan 10% ga o’sgan edi.


Jahon iqtisodiyoti va XIMda Lotin Amerikasi mamlakatlarining tashqi 
qarzlarini o’sib borayotganligini biz tashqi qarzlarni aholi jon boshiga nisbatan 
hisoblanganda mazkur mamlakatlar boshqa mamlakatlarga qaraganda ancha oldinda 
turganligini ko’rishimiz mumkin (bu ko’rsatgich Osiyoda 250 dollarga teng bo’lsa, 
Lotin Amerikasida esa 1000 dollarni tashkil etadi). 
Rivojlanayotgan mamlakatlarning amaldagi qarzlari xususiy kapital 
qo’yilmalarning hisobidagi mulkiy munosabatlar orqali to’planib boradi.1995 yilda 
kreditor mamlakatlar orasida Yaponiya birinchi o’rinni egallagan bo’lib, uning
rivojlanayotgan mamlakatlardagi (birinchi navbatda Osiyo mamlakatlarida) 
kreditlarning umumiy miqdori taxminan 236 mlrd. dollarni tashkil etgan. Keyingi 
o’rinni – 147 mlrd. dollar miqdoridagi ko’rsatkich bilan AQSH egallagan bo’lib, 
ularning yarmisi Lotin Amerikasi mamlakatlariga to’g’ri kelgan edi. Uchinchi 
o’rinda esa Germaniya turib, u 106 mlrd. AQSH dollari miqdoridagi sarmoyalarni 
chetga chiqargan. O’z navbatida Frantsiya ham xorijiy mamlakatlarga uncha katta 
miqdordagi kreditlarni beruvchi davlat hisoblanadi (103 mlrd. dollar). Uning 
qarzdorlari bo’lib, asosan Afrika va Osiyoning rivojlanayotgan mamlakatlari
hisoblanadi. 
Jahon iqtisodiyotida rivojlanayotgan mamlakatlar tomonidan qarzlarning 
qaytarilishi eng og’ir muammo bo’lib turgan bir paytda, qarzdorlikka qarshi 
kurashning birdan-bir yo’li, bu kreditor mamlakatlarning qarzlarini kechib 
yuboriladigan umumiy miqdorini 75-100%ga yetkazish ko’zda tutilganligidir. 
Bundan ko’zlangan bosh maqsad, 80- yillardan buyon qarzlarning miqdori yuqori 
sur’atlar bilan o’sib kelayotgan mamlakatlarga nisbatan yengillik berishdir. 

Download 2,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish