Transmilliy korporatsiyalar ko’pchilik rivojlanayotgan mamlakatlarda yuksak
iqtisodiy o’zgarishlarni vujudga keltirayotganligi bilan bir qatorda, ushbu
koporatsiyalar texnik taraqqiyotining ichki omillariga ham juda katta imkoniyatlar
ochib bermoqda. Amaliyot natijalari shuni ko’rsatmoqdaki, transmilliy
korporatsiyalar “uchinchi dunyo” mamlakatlarining rivojlanishida muhim
ahamiyat kasb etmoqda. Bular quyidagilarni o’z ichiga oladi:
1. Bir qator ishlab chiqarish sanoat tarmoqlarda (engil sanoat, to’qimachilik
sanoati, elektron sanoati) qo’llaniladigan texnika va texnologiyalarni yetkazib
berishda TMKlar investor-sarmoyachi sifatida ham, shuningdek investitsiya
tovarlarini
yoki
texnologiyalarini
(litsenziyalarini)
yetkazib
beruvchi
korporatsiyalar sifatida ham muhim rolь o’ynaydi.
2. Rivojlanayotgan mamlakatlarni jahon bozoriga xom-ashyo eksport qiluvchi
davlatlardan tayyor mahsulotlarning sotuvchilariga aylantirish. Bunda, bevosita
ko’yilma, rivojlanayotgan mamlakatlarni ishlab chiqarishdagi tarkibiy
o’zgarishlari uchun to’g’ridan – to’g’ri yo’nalishidagi investitsiyalar moliyaviy
resurslarni oddiy joylashtirishga nisbatan ancha muhim hisoblanadi.
3. Transmilliy korporatsiyalar an’anaviy jarayonlarning tezlashuvini
ta’minlaydi. Texnologik innovatsilar hozirgi kunda asosan sanoati rivojlangan
mamlakatlarda to’plangan bo’lib, so’nggi o’n yilliklarda ular bir qator
mamlakatlarda, ayniqsa “yangi industrial davlatlar” iqtisodiyotida muhim rolь
o’ynamoqda. Texnologiyalarni qo’llanishi, atrof-muhit bilan bog’liq bo’lishi
mumkin. SHuning uchun ham TMKlarning filiallarini faoliyati ular tanlagan
mamlakatlarning tabiati uchun, shuningdek insonlarning manfaati va ularning
hayotiga tahdid solmasligi lozim. SHu munosabat bilan xususiy shuningdek xorijiy
korxonalar
ustidan
nazoratni
o’rnatish
maqsadida
rivojlanayotgan
mamlakatlardagi tartibot milliy organlarining faoliyatini kuchaytirish talab etiladi.
4. TMKlar rivojlanayotgan mamlakatlardagi mavjud ish bilan bandlik
muammolarini ham bartaraf etadi. SHunga qaramasdan, ta’kidlab o’tish joizki,
to’g’ridan –to’g’ri yo’naltirilgan investitsiyalar bilan bevosita bog’liq bo’lgan
ishchi o’rinlar unchalik ko’p bo’lmasdan rivojlanayotgan dunyodagi iqtisodiy aktiv
aholining 1% dan kamroq qismini ta’minlay oladi, xalos.
5.
Xalqaro
tashkilotlar
rivojlanayotgan
mamlakatlarga
texnik
yordamlarini ko’rsatishda TMKlar imkoniyatidan keng foydalanishmoqda. O’z
navbatida rivojlanayotgan mamlakatlarning hukumat rahbarlari ham TMKlarni o’z
iqtisodiyotiga jalb etish borasida o’zaro kurash olib bormoqdalar. Masalan,
AQSHning “Jeneral motors” kompaniyasi 2005 yilda o’zining Osiyo –Tinch okeani
mintaqasi bozoridagi ulushini ikki barobarga oshirish maqsadida, uning 10% ga
qadar ko’paytirishga harakat qilmoqda. Xullas, jahon xo’jaligi va xalqaro iqtisodiy
munosabatlar rivojlanishining ob’ektiv qonunlariga bo’ysungan holda,
rivojlanayotgan mamlakatlar xususiy maqsadlar bilan bir qatorda ijtimoiy –
iqtisodiy muammolarning hamda TMKlarning mamlakatlar iqtisodiyotidagi
manfaatlariga mos keluvchi zaruriy parametrlarini izlab topmoqdalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |