O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi namangan davlat universiteti



Download 2,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet110/178
Sana20.04.2023
Hajmi2,47 Mb.
#930717
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   178
Bog'liq
Umarkulov JAHON IQTISODIYOTI Majmua 230413 110836

Transmilliy korporatsiyalarni, aynan Osiyo mintakasiga 
jalb qilishida quyidagi shart –sharoitlar muhim ahamiyat kasb etgan edi.
1. “Yangi industrial mamlakatlar” ning foydali strategik joylashganligi. 
Ularning barchasi jahonning savdo iqtisodiy yo’llarining chorraxasida, ya’ni jahon 
xo’jaligi markazlari bo’lmish – AQSH va Yaponiya kabi rivojlangan mamlakatlarga
yakinrok xududlarda joylashganligi.
2. “Yangi industrial mamlakatlar” ning barchasida sanoati rivojlangan 
mamlakatlarga nisbatan munosib hisoblangan avtokratik yoki shunga yakin bo’lgan 
siyosiy muhitlar yaratilganligi. Ularda siyosiy barkarorlik ta’minlanib, siyosiy 
hamda demokratik o’zgarishlar, iqtisodiy isloxotlar amalga oshiriladi. Xorijiy 
investorlarning xavfsizligi uchun yuqori darajali kafolatlar ta’minlanadi.
3. Osiyodagi “yangi industrial mamlakatlar” axolisiga xos bo’lgan 
mehnatsevarlik intiluvchanlik, tartiblilik, matonatlilik singari noiqtisodiy omillar 
ham katta ahamiyat kasb etdi. Bu omilar ma’lum darajada Osiyo va Lotin 
Amerikasidagi –“YaIM” larning ikki modeli o’rtasidagi o’ziga xos bo’lgan 
bellashuvda xal kiluvchi ahamiyatga ega bo’ldi. Xo’sh, ushbu modellarning o’ziga 
xos tomonlarini nimada ko’rishimiz mumkin.
Jahon iqtisodiyotida birinchi modelь 


milliy iqtisodiyotning tashki bozor va eksportga tomon ustivor yo’nalishlari orqali 
rivojlanishini ko’rsatib bersa, ikkinchi modelь esa import o’rnini egallashga 
qaratilganligidir.
Birinchi modelda ko’rsatib o’tilgandek, XIXasrning oxiri va XX 
asrning boshlarida AKSH, ikkinchi jahon urishudan keyin –G’arbiy Yevropa 
davlatlari va Yaponiya, keyinchalik esa Osiyoning “YaIM” lari ham rivojlanishning 
birinchi modeli yo’lidan borishdi. Ikkinchi modelь esa sezilarli darajada Lotin 
Amerikasining “YaIM” lari tomonidan o’zlashtirib olingan edi.
Jahon tajribasi shuni ko’rsatmoqdaki, hozirgi kunda import o’rnini egallashga 
qaratilgan ishlab chiqarishni rivojlantirish strategiyalari bir qator rivojlanayotgan 
mamlakatlarning iqtisodiy tarakkiyotida muhim rolь o’ynamoqda. Import o’rnini 
egallash strategiyalari xujalik tarkibining xilma –xilligini ta’minlash imkoniyatini 
yaratadi. Ko’pchilik rivojlanayotgan mamlakatlarda esa yangi va muhim bo’lib 
hisoblanuvchi bir qator ishlab chiqarish tarmoqlari barpo etilishi bilan bir qatorda 
muhim yo’nalishlar bo’yicha o’z –o’zini ta’minlash darajasi ham o’sib bormoqda .
SHuningdek iqtisodiyotni tubdan islox qilishda asosiy yo’l bo’lib 
hisoblanuvchi import o’rnini egallashga muljallangan ishlab chiqarish sohalarini 
rivojlantirishni asosiy o’ringa qo’yuvchi barcha mamlakatlarda o’z-o’zidan jiddiy 
inkirozlar bo’lib turibdi. Gap shundaki, xorijiy kompaniyalar uchun imtiyozli 
kreditlarni yo’qligi va protektsionizm siyosatiga asoslangan milliy iqtisodiyotning 
faoliyat ko’rsatishini “qo’llab–quvvatlab turganlik” muhiti jahon iqtisodiyotida tez 
moslashuvchan va samarali iqtisodiy tizimning vujudga kelishiga yo’l qo’ymadi. 
Umuman olganda, import o’rnini egallash siyosati, rivojlanayotgan mamlakatlar 
faoliyatining dunyo xo’jaligida tub o’zgarishlar yasashiga yo’l qo’ymaydi.
Bundan tashkari, import o’rnini egallash siyosati nafakat tashki omillarni 
pasayishiga yo’l qo’ymaydi, balki uning o’sishini ham ta’minlaydi. Import o’rnini 
egallash printsiplariga o’zok vaqt tayanilganda mamlakatlarda qoloqlikni bartaraf 
etish imkoniyati paydo bo’ladi hamda keng mikyosdagi taraqqiyotga erishishni 
ta’minlovchi iqtisodiyotdagi yetakchi tarmoqlarni vujudga kelishiga xalakit 
beruvchi barcha to’siqlarga barham beriladi. Protektsionizm, ichki bozorlarni va 
biznesni ximoya qilish choralari sifatida qisman samarasiz ishalyotganiga 
qaramasdan, uning monopol xolati va baholarining keskin usayotganligidan 
foydalanib foyda olayotgan mahalliy korxonalarni qo’llab–quvvatlaydi. Xullas, 
hozirgi kunda jahon iqtisodiyotida import o’rnini egallash davri, ko’pchilik 
rivojlanayotgan mamlakatlarda, shu jumladan “yangi industrial mamlakatlar”da 
ham o’z nixoyasiga yetganligini kurishimiz mumkin.
Jahon iqtisodiyotida import o’rnini egallash strategiyasi Lotin Amerikasining 
“YaIM”lari (Braziliy, Argentina, Meksika) uchun xilma–xil bo’lgan milliy 
iqtisodiyotni barpo etishda va shuningdek bir qator tovarlarni ishlab chiqarish 
bo’yicha jahonda salmoqli o’rinni egallab kelishida muhim rolni o’ynamoqda. Nima 
bo’lganda ham ushbu mamlakatlar sanoati rivojlangan mamlakatlarga nisbatan 
qoloqlik darajasini bartaraf etish uchun zarur bo’lgan shart –sharoitni yarata 
olmadilar. SHuning uchun ham Lotin Amerikasining “YaIM”lari qanchalik 
kuchayib iqtisodiy potentsialga ega bo’lishlariga qaramasdan, Osiyodagi 
“YaIM”larga nisbatan iqtisodiy jihatdan ancha qoloqligicha qolmoqda. Masalan, 
Braziliyaning yalpi ichki maxsuloti (YaIM) SHarkiy Osiyodagi “yangi industrial 


mamlakatlar” ning umumiy yalpi ichki maxsulotiga nisbatan biroz kamroqdir. 
Lotin Amerikasining “YaIM”lari ekportining salmoqli o’sishiga ega 
bo’lmasdan turib, o’z iqtisodiyotini talab darajasida tubdan islox qilishga erisha 
olmadilar. Iqtisodiy o’sish sur’atlarining natijalariga qarab, ichki iqtisodiy 
muammolarni bartaraf etish uchun bir qator kamchiliklarga yo’l qo’yildi. Bir 
vaqtning o’zida tashki muammolar ham vujudga keldi. Eksportning past darajada 
o’sishi, to’lov balansi defitsitning hamda barcha yangi kreditlarga bo’lgan 
talablarning o’sishiga imkoniyat yaratdi. Oqibatda ushbu mamlakatlar sanoati 
tarakkiy etgan mamlakatlarning eng ilg’or bo’lmagan texnika va texnologiyalarini 
o’z iqtisodiyotida joriy etish siyosatida mustaxkamlanib qolaverdi. 
Qayd etish joizki, Lotin Amerikasining “yangi industrial mamlakat”lari 90- 
yillarning o’rtalariga kelib 80-yillardagi uzoq davom etgan inkirozdan chiqib oldi. 
Braziliy, Argentina, Meksika, CHili kabi davlatlarda amalga oshirilgan liberalь 
iqtisodiy o’sish sur’atlari yuksalib, savdo balansini yaxshilashda ijobiy yutuqlar 
qo’lga kiritildi. 
Lotin Amerikasining yirik “YaIM”laridan biri Braziliyada olib borilayotgan 
siyosat –bu ochiq iqtisodiyotni yaratishga qaratilganligidir. Buning uchun 
mamlakatning ichki bozorida raqobat kurashuvi uchun muhit yaratilayotgan bo’lib, 
unga bog’lik xolda import tariflari pasaytirildi. 1995 yilda MERKOSUR 
mamlakatlari (Braziliya, Argentina, Paragvay va Urugvay) o’rtasida bojxona 
tusiqlari tulik olib tashlandi. 
Osiyodagi “yangi industrial mamlakatlar” o’z iqtisodiyotining eksportga 
mo’ljallangan ancha samarali va tez moslashuvchan modelini joriy etdi. Bu modelь, 
ma’lum davr mobaynida bir vaqtning o’zida import o’rnini egallash siyosatini ham 
o’z ichiga olgan edi. Eksport siyosati o’rnini egallashga mo’ljallangan 
industriallashuvning tugallangan davrini qayta sodir etishni talab etmaydi. 
Ma’lumki, jahon iqtisodiyotida import o’rnini egallash va eksportga mo’ljallangan 
iqtisodiy siyosat bir–biri bilan tengma –teng xolda xarakat kilib, ba’zi davrlarda esa 
ular bir –biridan ustunlikka ham ega bo’lishi mumkin. Eksportni kengaytirish 
davriga yeppasiga o’tish oldidan, import o’rnini egallash uchun jahon mamlakatlari 
ishlab chiqarishining zamonaviy tizimlarini vujudga keltirish, xalk xo’jaligini 
an’anaviy sektorini qayta kurish kabi masalarga ham e’tiborni qaratishmoqda. 
Osiyoning ko’pchilik mamlakatlarida, jumladan XX asrning 50 va 60 yillarida 
Janubiy Koreya va Tayvanda, 60-yillarda Malayziyada; 60 va 70 yillarning 
boshlarida Tailandda, 50 va 60 yillarning oxirida Filippinda import o’rnini egallash 
siyosati ustuvor yo’nalishga ega bo’lgan edi. Gonkong va ma’lum darajada 
Singapur, o’zlarining tarixiy rivojlanish shart –sharoitlari, jugrofiy joylashuvi va 
ichki talabning seklanganligi ta’sirida ishlab chiqarishni ko’proq eksportga 
qaratdilar. Mahalliy ishlab chiqarishni ragbatlantiruvchi chora –tadibrlar, qayta 
ishlash sanoatidagi foyda me’yorini oshirish, iste’mol maxsulotlarni va shuningdek 
uzoq muddatli foydalanishga mo’ljallangan tovarlar ishlab chiqaruvchi 
tarmoqlarning asta –sekinlik bilan import o’rnini egallashiga sabab bo’lgan edi.
60-80 - yillarda Janubii Koreya jahon bozoriga uzoq muddatli foydalanishga 
mo’ljalangan maxsulotlarning 2,9%ni, 3,4%ni, 9,6%ni, 9,3%ni, 11,1%ni va 9,6%ni 
yetkazib bergan bo’lib, uning jahon kemasozlik sanoati eksportidagi ulushi 13,1% 


ga tugri kelgan edi. 
Osiyoning “yangi industrial davlatlari” sanoat mahsulotlari eksportining 
yuqori dinamikasiga asoslangan xolda, an’anaviy ayrim tovarlar eksporti bo’yicha 
tashki savdo aylanmasida hal kiluvchi o’rinni egallagan edi. Masalan, Janubii 
Koreya va Tayvan eksportida xom-ashyo va oziq-ovqatning ulushi mos ravishda 
7,1% va 7%ni tashkil etgan edi. Xullas, 90-yillarda Janubiy Koreyada tovarlar 
eksportida kiymati bo’yicha ikkinchi o’rinni poyafzal mahsulotlari egallagan bo’lsa, 
Tayvanda esa uyinchoklar va sport tovarlari egallagan edi.Janubii Koreya eksportida 
to’rtinchi o’rinda sintetik mahsulotlardan tayyorlangan tekstil tovarlari turgan 
bo’lsa, Tayvanda esa yettinchi o’rinda poyafzal mahsulotlari turgan edi. 
Osiyoning “Yangi industrial davlatlari”da ayniksa, mashina va asbob-
uskunalar ishlab chiqarish bo’yicha eksportida Xindiston va shuningdek Lotin 
Amerikasining “YaID”larining kuchsizligi sezilarlidir. Agar Lotin Amerikasining 
“YaID”larini tovarlar eksportinig rivojlangan davlatlar umumiy eksportidagi ulushi 
1998 yilda 1980 yilga nisbatan unchalik kamaymagan (0,5%) bo’lsada, mashina va 
asbob-uskunalar ishlab chiqarish bo’yicha ulushi qariyb 1,8 barobar kamayganligini 
ko’rishimiz mumkin.. Aynan ana shu mashinatexnik mahsulotlar eksporti 
rivojlanayotgan 
davlatlarning 
xalqaro 
mehnat 
taqsimotidagi 
holatlarini 
yaxshilanishining eng muhim omilidir. 
90-yillarda Osiyoning “Yangi industrial davlatlari”ni olib borayotgan faol 
tashqi savdo siyosati AQSHning Osiyo-Tinch okeani mintaqasi davlatlari bilan 
bo’lgan yillik o’zaro savdo hajmi (128,4 mlrd. doll.) G’arbiy Yevropa bilan bo’lgan 
savdo aylanmasidan (117,1 mlrd. doll.) yuqori bo’lgan edi. Bunda Osiyoning 
“YaID”lari (Yaponiyani qo’shib hisoblaganda) AQSH bozorida avtomobillar va 
elektrontexnikaning 30%ni, tekstil va tikuvchilik mahsulotlarining 50%ni egallagan 
edi.
80-90 yillarda Rivojlangan mamlakatlarning eng yirik kapital importyori 
bo’lgan “Yangi industrial davlatlar”o’z geografiyasini ancha kengaytirgan edi. 
Hozirgi kunda ilg’or sanoati rivojlangan davlatlarini kapitali uchun Osiyo-Tinch 
okeani mintaqasidagi rivojlanayotgan davlatlarning yangi bozorlaridir. Masalan, 
Janubiy Koreya firmalari AQSHda aniq maqsadga yo’naltirilgan eksport 
ekspansiyasini o’tkazmoqda. Amerika iqtisodiyotiga kapital qo’yishib, Janubiy 
Koreyaliklar o’z iqtisodiyoti uchun eng yangi texnologiyalarni kirib kelishiga yo’l 
ochmoqdalar. SHuningdek Janubiy Koreya firmalari Osiyoning “ajdarho” deb nom 
olgan boshqa davlatlariga ham kapital olib chiqishni ko’paytirmoqda. Masalan,
Tayvanning Xitoyga bo’lgan kizikishi juda kattadir. 90-yillarning o’rtalarida
Tayvanning XXRdagi investitsiyalari 9 mlrd. doll.dan oshib ketgan edi. O’z 
navbatida Gongkonglik ishbilarmonlar XXRda ruyxatga olingan kushma
korxonalarning yarmidan ko’prog’ini tashkil qilishgan. 
XX asrning 50-yillarida jahon xo’jalida
 
baynalminalallashuv jarayonlarining 
tezlashishi rivojlanayotgan davlatlarni, birinchi navbatda “yangi industrial 
davlatlar”ni ham kamrab olgan edi. Jahon iqtisodiyotida ishlab chiqarishni, mehnat 
va kapital bozorlarini va tovar ayirboshlash jarayonlarining baynalminallashuviga 
moliya bozorlarining baynalminallashuvi ham qushildi. “YaID”larning kredit 
imkoniyatini o’sishi, milliy moliyaviy bozorlarining rivojlanishi bilan va 


shuningdek moliyaviy saloxiyatining oshishi bilan ham chambarchas bog’liqdir. 
Ko’pgina “yangi industrial davlatlar” hozirgi kunda milliy moliyaviy bozorlarni 
tashkil topishining birinchi bosqichidan o’tishib ularning faoliyatini 
liberallashtirishning ikkinchi bosqichiga kirishdilar. Bu bilan esa ularning xalqaro 
moliya munosabatlari tizimiga faol integratsiyalashuviga asos yaratildi. Kapital 
harakatining baynalminallashish jarayonlari hatto rivojlangan davlatlar orasida ham 
yakunlanishdan uzoqdir. SHuning uchun ham bu haqda rivojlanayotgan davlatlar 
haqida gapirmasa ham bo’ladi. SHunga qaramasdan, ba’zi bir “yangi industirial 
davlatlar” (Singapur va Gonkong) bu yo’lda o’zlarining sezilarli qadamlarini 
qo’ydilar. Bunga, 70-yillarda jahon iqtisodiyotida yangi xalqaro moliyaviy
markazlarning hosil bo’lishi va tez o’sishini kiritish mumkin. XXI asr boshlarida 
Tayvanь Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi yirik valyuta-moliyaviy markaziga 
aylanishini o’z oldiga maqsad qilib ko’ydi. Osiyoning “YaID”lari xalqaro moliya 
markazlari kredit-moliya operatsiyalarini o’tkazish miqyosi bo’yicha London, Parij, 
TSyurix kabi yirik moliya markazlari qatoriga chiqib, ularni ssuda kapitali 
bozoridan asta-sekin siqib chiqarmoqda. 
Osiyoning “YaID”larini iqtisodiy evolyutsiyasining xarakterli tomonlaridan 
biri ularning bir-biriga bo’lgan kizikishini tobora ortib borayotganligidir. Sanoati 
rivojlangan Fap6iy Yevropa davlatlariga kapital yunaltirishning ustuvor 
tendentsiyasi, mintaqa va bir-biriga yaqin bo’lgan submintaqalarda savdo-iqtisodiy 
hamkorlarni olib borishligi bilan tuldirilmoqda. Ammo bu Osiyoning “YaID”larini
raqobatbardoshliligini oshirishga e’tibor bermayapti degani emas. Xullas, 90-
yillarning o’rtalarida tovarlarning raqobatbardoshligi bo’yicha jahondagi birinchi 
beshlikda Singapur, Gonkong, Tayvanь kabi davlatlar turgan edi. 
Bu davlatlarda kabul kilingan iqtisodiy strategiyaning asosiy yo’nalishi-
ilmtalab maxsulotlar ishlab chiqarishdir. Mehnattalab va past rentabelli ishlab 
chiqarishlar“YaID”larning “ikkinchi okimi”da turgan Xitoy va V’etnamga 
“topshirmoqda”. Natijada bu ishlab chiqarishlarni bir paytlar sodir etgan sanoati 
rivojlangan davlatlardan birinchi avlod “yangi industrial davlatlar”ga kuchish 
jarayoni amalda qaytarilmoqda. SHunday qilib“YaID”larni rivojlanishidagi qo’lga 
kiritilgan yutuklari, jahon xo’jaligiga integratsiyasi, iqtisodiy o’sishining 
istiqbollari, axoli turmush tarzini o’sishi ushbu davlatlarning iqtisodiyotida tashki 
iqtisodiy ekspansiyalarning roli yuqori darajada deyishga imkon beradi. XXI asrda 
ushbu davlatlar jahon iqtisodiy xukmronligida yuqorirok o’rinni egallab, yangi va 
muhim natijalarni namoyish kilmoqda. Jahon Bankininng bashoratiga 
qaraganda, yaqin 10 yillar mobaynida o’sishning o’rtacha sur’atlari Janubiy Osiyoda 
- 5,5%ni, SHarqiy Osiyoda - 7,7%ni, Lotin Amerikasida - 3,5%ni tashkil qilar ekan. 
1996-2004 yillarda SHarkiy Osiyoda aholi jon boshiga tugri keladigan 
daromadning yillik o’sishi 6,6%ni tashkil etib, o’rta hisobda aholi jon boshiga 
to’g’ri keladigan yillik daromad 1,9% ga o’sgan edi. 

Download 2,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish