Nazorat uchun savollar:
1.
Valyuta kursi qanday aniqlanadi?
2.
Valyuta pariteti nima?
3.
Jahon valyuta tizimi deganda nimani tushunasiz?
4.
Jahon valyuta tizimining rivojlanish bosqichlarini ko’rsatib bering?
5.
Bretton-Vuds valyuta tizimining xususiyatlari nimada?
6.
Yamayka tizimini vujudga kelishining sabablari nimada?
7.
Evrodollar nima?
8.
Evroning kiritilishi YeI davlatlari va shuningdek, jahon iqtisodiyotiga qanday
ta’sir ko’rsatdi?
9.
Xalqaro moliya bozorlaridagi tendentsiyalarni gapirib bering.
8-mavzu. Jahon xo’jaligida rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyoti
Reja:
§ 8.1. Jahon xo’jaligida rivojlangan mamlakatlarning tutgan o’rni
§ 8.2. G’arbiy Yevropa davlatlarining jahon xo’jaligidagi o’rni
§ 8.3. Rivojlangan mamlakatlarning integratsion birlashmalari
§ 8.4. Jahon mashinasozlik sanoati va uning rivojlanish xususiyatlari
§ 8.5. Yaponiya iqtisodiyoti va uning jahon xo’jaligida tutgan o’rni
§ 8.1. Jahon xo’jaligida rivojlangan mamlakatlarning tutgan o’rni
XX-XXI asrlar bo’sag’asida jahon xo’jaligida rivojlangan mamlakatlarning
tutgan o’rni juda katta bo’lib, bunday guruhga kiruvchi davlatlar asosan Yevropa
qit’asi va SHimoliy Amerika materigida joylashgandir.
Ma’lumki, rivojlangan “katta yettilik” davlatlar (hozirgi kunda ushbu davlatlar
guruhiga Rossiya Federatsiyasini qo’shilishi bilan “katta sakkizlik” davlatlar degan
so’zlar ham jahon iqtisodiyotida ishlatilmoqda) iqtisodiyotini rivojlanishi asosan
tabiiy resurslardan qanday foydalanishlik darajasiga va shuningdek uzoq yillarga
mo’ljallangan zamonaviy ilmiy-texnikaviy taraqqiyotdagi o’zgarishlarga bog’liqdir.
SHuning uchun ham bu mamlakatlar iqtisodiyotida tabiiy resurslardan tejamli
foydalaniladi, ishlab chiqarishda esa energetika quvvati pasayishiga yo’l
qo’yilmaydi. Masalan, AQSH ishlab chiqarishida asosan kam harajat qilish evaziga
yalpi ishlab chiqarilayotgan mahsulot 1900-1990 yillar davomida 8-9 baravarga,
qishloq xo’jalik mahsulotlarini ishlab chiqarish esa 4-5 baravarga ortgan edi.
Hozirgi kunda rivojlangan mamlakatlarda sanoat tarmoqlarining rivojlanishi
qanchalik yuqori bo’lmasin narx-navoning ko’tarilishi ushbu davlatlarda
yuqoriligicha qolmoqda. Bu holat albatta xizmat ko’rsatish sohalari va shunindek
ilmiy-texnikaviy inqilobga asoslangan yangi tarmoqli sanoat korxonalarining
vujudga kelishi bilan bog’liqdir.
Jahon xo’jaligining rivojlanishida rivojlangan mamlakatlarning qay darajada
sanoat energetikasi bilan ta’minlanganligi ham muhim rol o’ynaydi. Hozirgi kunda
bir qator rivojlangan mamlakatlar o’zlari ishlab chiqarayotgan sanoat energetikasi
mahsulotlaridan tejamkorlik bilan samarali foydalanib kelmoqdalar. Masalan, 1970-
1990 yillar davomida AQSH sanoat energetikasi iste’molini 40% ga, Yaponiya va
Frantsiya davlatlari esa, 30% ga qisqartirish imkoniyatiga ega bo’lishgan edi.
Jahonning rivojlangan mamlakatlarining barchasida qayta ishlash sohalari
yaxshi yo’lga qo’yilgan bo’lib, ular asosan tejamkorlik bilan samarali
foydalanishning ijtimoiy dasturlari asosida amalga oshirilmoqda. Masalan, 90-yillar
boshida AQSHda qalayning 72-73% xom-ashyoga bo’lgan talabi, misning 60% i,
po’latning 50% i, oltinning 47%i, ruxning 43% i qayta ishlash sanoat korxonalari
hisobiga qondirilgan edi. Xullas, hozirgi kunda rivojlangan mamlakatlarning ishlab
chiqarishida qimmatbaho nodir metallar o’rnini bosuvchi mahsulotlarni kengroq
ishlatilishi muhim rol o’ynamoqda.
Jahon xo’jaligi rivojlanishida yetakchi sanoati rivojlangan mamlakatlar
(AQSH, GFR, Yaponiya, Buyuk Britaniya, Frantsiya, Kanada, Italiya) iqtisodiyoti
muhim rol o’ynamoqda. Ushbu mamlakatlar ulushiga rivojlangan davlatlarda ishlab
chiqarilayotgan jami sanoat mahsulotlarning 79-80%i va dunyo mamlakatlarida
ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotlarning 59-60%i, tovarlar eksportining 60-61
% i va xizmat ko’rsatish sohalarning 49-50%i to’g’ri kelmoqda.
Rivojlangan mamlakatlar guruhi hozirgi kunda o’z tarkibida jahonning 30 dan
ortiq
davlatini birlashtirgan bo’lib, bu davlatlar dunyo mamlakatlari xo’jaligida
tutgan o’rniga ko’ra bir necha klassifikatsiya bo’lib o’rganiladi. Ular
quyidagilardan iborat:
1. Yalpi ichki mahsulot (YaIM) hajmi bo’yicha rivojlangan katta “ettilik”
davlatlar guruhi (ushbu davlatlar guruhiga 2014 yilda Rossiya Federatsiyasini
qo’shilishi bilan “katta sakkizlik” davlatlar guruhi degan so’zlar ham ishlatilgan).
Ushbu guruhga AQSH, Yaponiya, GFR, Buyuk Britaniya, Frantsiya, Italiya, Kanada
davlatlarini kiritish mumkin.
2. Evropa Ittifoqi kiruvchi davlatlar guruhi. Ushbu guruhga GFR, Belьgiya,
Daniya, Irlandiya, Ispaniya, Italiya, Lyuksemburg, Niderlandiya, Portugaliya,
Buyuk Britaniya, Frantsiya, SHvetsiya, Finlandiya, Avstriya kabi davlatlarni kiritish
mumkin.
3. Evropa Erkin Savdo assotsiatsiyaga (EAST) kiruvchi davlatlar guruhi.
Ushbu guruhga Islandiya, Lixtenshteyn, Norvegiya, SHvetsariya kabi davlatlarni
kiritish mumkin.
4. Benilyuks guruhiga kiruvchi davlatlar guruhi. Ushbu guruhga Belьgiya,
Niderlandlar va Lyuksemburg kabi davlatlar kiradi.
5. SHimoliy Amerika Erkin savdo shartnomasiga (NAFTA) kiruvchi davlatlar
guruhi. Ushbu guruhga AQSH, Kanada, Meksika kiradi.
90-yillar boshida aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulotni (YaIM) to’g’ri
kelishi bo’yicha jahonning rivojlangan mamlakatlari quyidagicha tavsiflangan edi:
Yaponiya dunyoda ushbu ko’rsatkich bo’yicha uchinchi o’rinda turgan bo’lsa,
Kanada 11, Norvegiya 6, SHvetsariya 1, SHvetsiya 5, AQSH 10, Avstriya 20,
Frantsiya 13, Niderlandiya17, Buyuk Britaniya 21, Islandiya 9, GFR 8 o’rinda
turgan. Xullas, jahon xo’jaligida rivojlangan mamlakatlar o’z rivojlanish sohalari
bo’yicha katta imkoniyatlarga ega bo’lib, jahon mamlakatlarini rivojlanishida
asosan generatorlik rolini o’ynab kelmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |