O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi namangan davlat universiteti


 Jahon savdo tashkilotining jahon xo’jaligidagi rivojlanish yo’nalishlari



Download 2,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet126/178
Sana20.04.2023
Hajmi2,47 Mb.
#930717
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   178
Bog'liq
Umarkulov JAHON IQTISODIYOTI Majmua 230413 110836

 11.4. Jahon savdo tashkilotining jahon xo’jaligidagi rivojlanish yo’nalishlari 
va uni mamlakatlar iqtisodiyotidaga ahamiyati 
Jahon savdo tashkiloti (JST) 1995 yilning 1 yanvarida tashkil topdi. JST ko’p 
tomonlama savdo tizimlarining xuquqiy va instituttsional asosidir. U muhim 
shartnoma majburiyatlarni ta’minlaydi. Bu shartnoma majburiyatlari hukumatlarga 
ichki qonunchilikni shakllantirish va amalga oshirishda, shuningdek tashqi savdoni 
boshqarishni aniqlab beradi. JST 1947 yilda tashkil topgan va 1948 yilning 1 
yanvaridan kuchga kirgan Tariflar va savdo bo’yicha bosh kelishuv (GATT)ning 
davomchisi hisoblanadi. JST kelishuvi xalqaro savdoning yangi qonuniyatlarini, 
Urugvaydagi ko’p tomonlama muzoqaralar jarayonida erishilgan bitimlarni umumiy 
idoraga jamlashni qamrab oladi. Bu qoidalar GATT doirasida 125 ta mamlakat 
ishtirokida yetti yil davom etgan va 1993 yilning 15 dekabrida Urugvayda tugagan 
ko’p tomonlama muzoqaralar natijasidir. Vazirlar 1994 yil aprelda Marokashdagi 
majlisda yakunlovchi aktni imzoladilar. 15 apreldagi “Marokko deklaratsiyasi” 
shuni tasdiqladiki, Urugvay raundi natijalari jahon iqtisodiyotini mustahkamlab, 
savdo va kapital qo’yilmalarini, bandlikni liberallashtirib, butun jahonda
tushumlarni ko’payishga olib keladi. GATT-JSTning qismi sifatida quyidagi asosiy 
qoidalarga ega: 
1. Tariflar orqali milliy iqtisodiyotni ximoyalash. GATT erkin savdo bilan 
shug’ullansa ham JSTga a’zo mamlakatlari o’zlarining milliy sanoatini tashqi 
raqobatdan ximoya qilish xuquqiga egaligini tan oladi. Biroq , GATT 
mamlakatlardan tariflar orqali ximoya qilishni talab etadi. Bu tamoyilni amalda 
bajarilishini ta’minlash uchun GATT qonun-qoidalariga ko’ra bir necha istisnolar 
bo’yicha miqdoriy cheklovlardan foydalanish man etildi. 
2.“Tariflarni aloqalash”. Davlatlar ko’p tomonli savdo kelishuvlari orqali 
milliy sanoatni qo’llab-quvvatlashni kamaytirishi, iloji bo’lsa, tariflarni kamaytirib,
boshqa savdo to’siqlarini olib tashlashi kerak. Tariflar ma’lum darajada kamayib 
“aloqa”ga kirmoqda. Aloqaga kirishish shuni bildiradiki, aniq bir mahsulotni 
munosabatga kirishishdagi tarif darajasi JST a’zosining majburiyatidir va asosiy 
savdo sherigi bilan kompensatsiya xaqidagi kelishuvsiz tarifni oshira olmaydi. 
3.“Eng qulay rejim. ”GATT ning ushbu qonuni ajratmaslik printsipi 
hisoblanadi. Qonunda ta’kidlanishicha, eksportyor va importyor davlatlarga 
o’zgartirilgan tarif va boshqa me’yorlar BSTning a’zosi bo’lgan boshqa davlatlarga 
ham kamsitishlarsiz qo’llanilishi kerak. Xech qanday davlat boshqasiga alohida 
savdo foydasi yoki kamsituvchi choralar qo’ya olmaydi. Hamma bir xil darajada va 
hamma savdo to’siqlarini tushirish maqsadidagi barcha choralardan foyda oladi. 
4. “Milliy rejim”.Agar afzal ko’rilgan davlatlarda kamsitish man qilingan 
bo’lsa, “Milliy rejim” qoidasida esa bozorga chiqarilgan tovarlar davlat ichida ishlab 
chiqarilgan ekvivalent tovarlar bilan bir xil shart-sharoitda amalga oshirilishi kerak. 
Jahon Savdo Tashkilotiga a’zo bo’lish jarayoni qiyin va uzoq vaqtni talab 
qiladi. Birinchi bosqichda JSTga qo’shilishni xohlovchi davlatlarning hukumat 
boshliqlari JSTda kuzatuvchilik huquqini beruvchi ariza beradi. Bunda hukumat 
JSTga yuboruvchi o’z memorandumida mamlakatning savdo va iqtisodiy siyosatini 
to’liq qamrab olgan aspektlarni taqdim etadi. Bu memorandum qo’shilish 


to’g’risidagi so’rovlarni to’liq o’rganish uchun asos bo’ladi. SHundan so’ng JSTga 
ariza beruvchi davlatlar bo’yicha ishchi guruh tuziladi. 
Ishchi guruh yigilishlarida ariza bergan hukumat tovar va xizmatlar savdosiga 
nisbatan o’z xuquq va majburiyatlarini aniqlab olishlari maqsadida qiziquvchi a’zo-
mamlakatlar hukumatlari bilan ikki va ko’p tomonlama muzokaralar olib boradi. 
Muzokaralar natijasida JSTga kirayotgan davlat tovarlar va xizmatlar savdosi 
bo’yicha bajarishi lozim bo’lgan va o’zgartirilmaydigan aniq bir tariflar beradi. 
Ariza beruvchi davlatning savdo rejimini o’rganish va bozorga kirishga imkon 
beruvchi muzoqaralar tuzish bilan ishchi guruh asosiy qo’shilish shartlarini ishlab 
chiqadi va yig’ilish natijasiga ko’ra JSTga kirayotgan davlat to’g’risida qaror 
tayyorlaydi va bu hujjatlar bosh kengash yoki vazirlar konferentsiyasida tasdiqlash 
uchun taqdim etiladi. Qo’shilish to’g’risidagi qaror JST a’zolarining 2/3 qismi ovoz 
bergan taqdirda imzolangan hisoblanadi. JSTga a’zo bo’lgan davlat Urugvay raundi 
qamrab olgan bitimlarni qabul qilishi va amalga oshirishi kerak bo’ladi. 
Urugvay raundi yangi ko’p tomonlama savdo tizimi tashkil topishida muhim 
rolь o’ynaydi. 1994 yilning 15 aprelida Marokashda (Marokko) 125 ta a’zo-
mamlakatlarning vazirlari Urugvay raundi quyidagi tizimlardan tashkil topganligini 
tasdiqlovchi bitimni imzoladilar. 
Jahon Savdo Tashkiloti to’g’risida Marokash bitimi. 

Tovarlar savdosi 

Xizmatlar savdosi. 
Tariflar va savdo (GATT-1994) bo’yicha bosh bitim va u bilan bogliq bo’lgan 
bitimlar quyidagilarni o’z ichiga oladi: 
O’zaro yuk tashish inspektsiyasi bo’yicha bitim
PSI 
Texnik barterlar va savdo bo’yicha bitim 
TBT 
Sanitar va fito sanitar holat bo’yicha bitim 
SPS 
Investitsiya savdo aspektlari holati bo’yicha bitim 
TRIMS 
To’qimachilik va kiyim-kechak bo’yicha bitim 
ATC 
Qishloq xo’jaligi bo’yicha bitim 
Qoidalarning kelib chiqishi bo’yicha bitim 

Xizmatlar savdosi. Xizmatlar savdosi bo’yicha bosh bitim (GATS) 

Intellektual resurslar xuquqi (IPRS). Intellektual resurslar savdosi 
bo’yicha bitim o’z navbatida: 
- CHegaralangan ishtirokchilar soniga ega sektorial savdo 
bitimga. 
- Fuqaro aviatexnikasi bo’yicha bitimga. 
- Davlat xaridorlari to’g’risidagi bitimlarga bo’linadi. 
2001 yilning noyabrida Doxa shahrida (Qatar) JSTning 4-vazirlar
konferentsiyasi bo’ldi. Uning natijasida “Doxa taraqqiyot tartibi” savdo 
muzoqaralarining yangi raundi bosqichi to’g’risida qaror qabul qilindi. 
Konferentsiyada dunyo savdo tizimining liberalizatsiyasi bo’yicha qo’yidagi asosiy 


mavzular- xizmatlar, sanoat mollari savdosi tariflari, intellektual mulk huquqining 
savdo tomonlari, qishloq xo’jaligida ichki qo’llab-quvvatlash va eksportga 
subsidiyalar berish, “Singapur muammolari”, savdo va investitsiya, raqobat borasida 
siyosat, davlat xaridlarida transparentlik, savdo hamkorligi, savdo va atrof-muhit 
muammolari kabi mavzular ko’rib chiqildi. Bu muammolar bo’yicha turli qarashlar 
kontseptsiyasi bilan bog’liq bo’lgan jahonning 148 mamlakatni savdo vazirliklari 
2003 yilning 10-14 sentyabrida Meksikaning Kankun shahrida bo’lib o’tgan 
JSTning 5-vazirlar konferentsiyasi chog’ida savdo tizimini erkinlashtirish bilan 
bog’liq bo’lgan yagona fikrga kela olmadilar. 

Download 2,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish