O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi namangan davlat universiteti


 Jahon xo’jaligidagi global tashkilot - Birlashgan millatlar tashkiloti



Download 2,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet124/178
Sana20.04.2023
Hajmi2,47 Mb.
#930717
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   178
Bog'liq
Umarkulov JAHON IQTISODIYOTI Majmua 230413 110836

 
11.2. Jahon xo’jaligidagi global tashkilot - Birlashgan millatlar tashkiloti 
tizimi 
BMT shtab-kvartirasi Nьyu-Yorkda joylashgan bo’lib, uning tarkibida 190 dan 
ortiq a’zo-mamlakat mavjud. BMT nizomining 1-moddasida tashkilot faoliyatining 
asosiy maqsadlari ichida, «iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va gumanitar harakterdagi 
xalqaro muammolarni hal etishda xalqaro hamkorlik qilish» maqsadi ham yetakchi 
o’rinda turadi. 
BMT iqtisodiy sohada asosan quyidagi to’rtta yo’nalish bo’yicha 
faoliyat olib boradi: 
-global muammolarni hal etish; 
-davlatlarning iqtisodiy hamkorligiga ko’maklashish; 
-mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanishidagi uzilishlarni yengib o’tish; 
-hududiy rivojlanishni rag’batlantirish. 
Yuqorida sanab o’tilgan yo’nalishlarning har biri BMT muassasalarning 
faoliyatida axborot, texnika-maslahat va moliya sohasida hamkorliklarni ham o’z 
ichiga oladi. BMT bosh va yordamchi organlari, shuningdek, 18 ta 
maxsuslashtirilgan institut va bir qator avtonom tuzilmalar bo’limlari Bosh 
Assambleya (BA), Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengash (EKOSOS) hamda Sekretariat 
hisoblanadi. 
Bosh Assambleya yilda bir marta sessiyalar o’tkazadi (sentyabr, dekabr), bu 
sessiyalarning har birida rais, uning o’rinbosarlari va asosiy qo’mitalarning 
boshliqlari saylanadi. Jahon iqtisodiyotidagi asosiy masalalar ham umumiy 
majlislarda ham maxsus ikkinchi qo’mita doirasida muhokama qilinadi. 
BMTning iqtisodiy va ijtimoiy kengash bo’limi (EKOSOS) 1946 yilda tashkil 
etilgan. 54 mamlakat uning a’zolari sanaladi va a’zolarning uchdan bir qismi (Buyuk 
Britaniya, Xitoy, Rossiya, AQSH va Frantsiyadan tashqari) har yili uch yil muddatga 
qayta sanaladi. Yuqoridagi beshta davlat urush va tinchlik masalalari bilan 
shug’allanuvchi Xavfsizlik kengashida bo’lgani kabi doimiy ravishda EKOSOS 
tarkibiga kiradi. Kengash odatda bir yilda ikki marta (ijtimoiy-huquqiy va gumanitar 
mavzuda, shuningdek, iqtisodiy va ijtimoiy masalalar bo’yicha) sessiya o’tkazadi. 


XIM muammolari bo’yicha qarorlar va tavsiyalar qabul qilish huquqiga ega bo’lgan 
barcha tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish mas’uliyati ham EKOSOS 
zimmasidadir. Bugungi kunga kelib EKOSOS oltita doimiy qo’mita, yettinchi 
funktsional va beshta hududiy komissiyalarni ta’sis etgan. Bulardan tashqari 18 ta 
maxsuslashtirilgan muassasa, Jahon oziq-ovqat dasturi va YuNKTAD/UST 
Xalqaro savdo markazi ham EKOSOS patronaji ostida faoliyat olib boradi. 
BMTning iqtisodiy organlari tizimida uchinchi bo’g’in sifatida Sekretariat faoliyat 
olib boradi. Sekretariat bir necha bo’limlardan (iqtisodiy va ijtimoiy masalalar 
bo’yicha Departament) tarkib topgan bo’lib, ma’muriy-ijrochi tuzilma sifatida ish 
olib boradi. 
Jahon xo’jaligi muammolarini hal qilishda BMTning savdo va taraqqiyot 
bo’yicha Anjumani (YuNKTAD) va BMTning sanoat taraqqiyoti bo’yicha tashkiloti 
(YuNIDO) to’g’risida alohida to’xtalib o’tish lozim. 
1964 yilning oxirida BMTning Bosh Assambleyasi xalqaro savdo bo’yicha 
hamkorlikka ko’maklashish uchun YuNKTADni ta’sis etish haqida qaror qabul 
qildi. Anjumanning oliy organlari to’rt yilda bir o’tkaziladigan sessiya va yilda ikki 
marta to’planadigan Kengash hisoblanadi. Kengash nazorati ostida doimiy 
qo’mitalar, vaqtinchalik ishchi guruhlari va Sekretariat faoliyat ko’rsatadi. 
YuNKTADga hozirgi kunda 186 ta davlat a’zo bo’lib, uning shtab-kvartirasi 
Jenevada joylashgan. YuNKTAD rahbarligi ostida o’tkazilgan hukumatlararo 
maslahatlar natijasida bir qator muhim savdo bitimlari imzolandi, xom-ashyo 
tovarlari savdosi sohasidagi holatlarni o’rganish uchun ekspert guruhlari tashkil 
etildi. Anjuman Yevropa va Amerika bozorlarida rivojlanayotgan mamlakatlarning 
mahsulotlari uchun maxsus imtiyozlar berish rejimini quvvatlash yo’nalishida 
faoliyat ko’rsatmoqda. 
1967 yilda tashkil etilgan YuNIDO 166 ta davlatni birlashtirgan bo’lib, uning 
shtab-kvartirasi Vena shahrida joylashgan. Bu tashkilotning bosh vazifasi Osiyo, 
Afrika, Janubiy Amerika va Okeaniyadagi kambag’al va rivojlanish darajasi past 
bo’lgan mamlakatlar guruhini iqtisodiy qoloqlikdan olib chiqish jarayonini 
rag’batlantirish 
maqsadida 
BMT 
doirasida 
sanoat 
rivojlanishini 
muvofiqlashtirishdan iborat. YuNIDOning oliy organi ikki yilda bir marta 
chaqiriladigan Bosh Anjuman sanaladi. Boshqaruv tuzilmalari esa sanoat taraqqiyoti 
bo’yicha kengash va byudjet masalalari bo’yicha qo’mita hisoblanadi. YuNIDO 
faoliyati hukumatlar va xususiy tarmoq bilan hamkorlik asosida qurilgan. Tashkilot 
investitsiyalar, texnik va sanoat hamkorligi masalalari bo’yicha forumlar o’tkazadi. 
Xorijiy investitsiyalarning ko’payib borishiga, rivojlangan mamlakatlarga 
texnologiyalar yetkazib berishga ko’maklashadi. Bu masalalarni amalga oshirishda 
YuNIDOning Sanoat va texnologik axborotlar banki (STAB) samarali faoliyat 
ko’rsatmoqda. 
Moliyalashtirishdagi muammolar, ortiqcha qog’ozbozlik va qarorlarning 
bajarilishini nazorat qilishning kuchsizligiga qaramasdan, zamonaviy xalqaro 
iqtisodiy munosabatlarning rivojlanishida BMT tizimidagi iqtisodiy tashkilotlarning 
ahamiyati ortib bormoqda. BMTning maxsuslashtirilgan muassasalari rolining 
kuchayib borishida xalqaro mehnat taqsimoti tuzilmasining murakkablashuvi, 
axborot-texnologik ayirboshlashning yangidan-yangi kanallarining vujudga kelishi 


jahon xo’jalik hayotining jadallashuvi va shuningdek insoniyat oldida turgan jiddiy 
global muammolar va h.k.lar muhim rol o’ynamoqda. 

Download 2,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish