O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi namangan davlat universiteti


 JSTning tashqi savdo operatsiyalarini tartibga solish uslublari



Download 2,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet127/178
Sana20.04.2023
Hajmi2,47 Mb.
#930717
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   178
Bog'liq
Umarkulov JAHON IQTISODIYOTI Majmua 230413 110836

 11.5. JSTning tashqi savdo operatsiyalarini tartibga solish uslublari 
Jahon amaliyotida tashqi savdo operatsiyalarini tartibga solishni tarif va notarif 
uslublari mavjud bo’lib, ularni qay me’yorda va qay ko’lamda qo’llanilishi har bir 
davlatning tashqi iqtisodiy siyosati va tashqi iqtisodiy faoliyatidagi asosiy 
yo’nalishlari bilan belgilanadi. JST talablariga ko’ra barcha tashqi savdo 
operatsiyalari imkon qadar tariflar yordamida, ya’ni bojxona bojlari asosida tartibga 
solishni maqsadga muvofiq. 
JST tashkil etilgunga qadar GATT 1960-yillar oxirlarida notarif uslublarni 
tashqi savdo operatsiyalarini tartibga solishda qo’llanilishi “xalqaro savdoni erkin 
oqimiga to’sqinlik qiluvchi, tarifdan o’zga barcha choralar”-deb e’tirof etgan. Ularni 
turkumlash va tegishli guruhlarga ajratish bo’yicha hozirgi kungacha xalqaro 
miqesda kelishilgan va tasdiqlangan umumiy bir qoida yo’q. SHu tufayli tashqi 
savdoni davlat tomonidan notarif uslublar asosida tartibga solishda xalqaro 
(universal) me’eriy xujjat mavjud emas.
15
JST, xalqaro savdo palatasi, BMTning savdo va rivojlanish bo’yicha 
Konferentsiyasi, Jahon taraqqiyot va tiklanish banki, AQSH tarif komissiyasi hamda 
turli olimlarning notarif uslublarini turkumlashga o’zgacha yendashuvlari mavjud. 
BMTni savdo va rivojlanish konferentsiyasi tashqi savdodagi notarif uslublarni 
(notarif cheklovlarni) quyidagi turkumlarga bo’ladi va u umuman olganda JSTning 
turkumlashiga mos keladi: 
a) paratarif uslublar 
b) narxlarni nazorat etish choralari 
s) moliyaviy choralar
d) miqdoriy nazorat choralari (kvotalash) 
ye) avtomatik litsenziyalash choralari 
i) monopolistik choralar 
f) texnik choralar 
Paratarif uslublar o’z mazmuniga ko’ra tegishli davlat hududida xorijiy 
tovarlarni kiritish chog’idan bojxona bojlaridan tashqari mavjud bo’lgan barcha 
to’lovlar, soliqlar, aktsizlardan tarkib topgan bo’lib, bojxona yoki boshqa savdoni 
nazorat etuvchi organlar tomonidan undiriladi. Bir ko’rishdan ular bojxona bojlari 
15
Жахон иқтисодиёти. Назарова Г.Г.,Халилов Х.Х., Ханова И.М.,Хакимов Н.З., Бобожонов Б.Р. Т.: МЧЖ “RAM-
S”, 2007 й 


singari qo’llanilsada, iqtisodiy mazmuniga ko’ra notarif uslublar sanaladi. Masalan, 
qo’shilgan qiymat solig’i (QQS), aktsizlar, bojxona undiruvlari, ichki soliqlar, 
maxsus maqsadli to’lovlar. Ular ichida QQS, aktsizlar juda keng qo’llanilsada, 
ayrim davlatlarda esa o’zgacha tarzdagi to’lovlar, soliqlar tarzida belgilangan. 
Masalan, Avstriyada “Eksportni rivojlantirish fondiga yig’im”, Daniyada 
“Atrof muhit himoyasi uchun yig’im”, SHvetsiyada “O’simliklarni himoyalash 
uchun soliq”, Finlandiyada “CHiqindilarga kurash uchun yig’im” va boshqa shu 
kabi yig’im va soliqlar shular jumlasidandir. Umuman olganda paratarif uslublar 
tegishli mamlakatning yalpi bojxona rejimiga bilvosita ta’sir o’tkazadi.
Narxni nazorat etish choralari-import qilinayotgan tovarlar narxini sun’iy 
kamaytirishiga yeki eksporter davlatdagi eksport subsidiyalariga qarshi belgilangan 
barcha turdagi chora tadbirlarni o’z ichiga oladi. Bu holat ko’pgina importyor 
davlatlarga jahon eksport narxlaridan past narxlarda tovarlar kiritilishida uchraydi 
va antidemping to’lovlari (poshlinalarni) qo’llanilishini keltirib chiqaradi. 
GATTning 1994 yillarda qabul qilingan VI- moddasiga (odatda u 
“Antidemping Kodeksi” deb ataladi) ko’ra, dastlab demping holatini (faktini) 
aniqlash uslubi orqali antidemping to’lovlari (poshlinalarni) qo’llash yuridik 
jihatdan asoslanishi lozim. SHundan so’ng, antidemping to’lovlarni (poshlinalarni) 
qo’llash uchun tegishli tekshiruvlar o’tkaziladi va u haqiqatda importyor davlatning 
tegishli tarmog’i uchun moddiy zarar yetkazganligini aniqlash kerak. 
Ko’plab davlatlar o’rtasidagi savdo-sotiq operatsiyalarida antidemping 
tekshiruvlari tahlili shuni ko’rsatadiki, ko’pgina holatlarda “dempingdagi ayblov” 
to’liq isbotlanmay qoladi. Lekin, ushbu tekshiruvlarni boshlanish jarayonining o’zi 
davlatlar o’rtasidagi savdo-sotiq munosabatlariga, ayniqsa yirik eksportyor va 
importyor tashkilotlar o’rtasiga sovuqchilik tushiradi. 
Bundan tashqari, ko’p davlatlar eksportga ko’mak berish maqsadida 
dotatsiyalar, soliq imtiyozlari, imtiyozli tariflar va boshqa turdagi moliyaviy 
vositalar bilan protentsionistik siyosati tadbirlarini amalga oshiradilar. “Yangi 
protektsionizm” deb nom olgan ushbu choralarni qo’llash tartibi JST doirasida qabul 
qilingan “Subsidiyalar va kompensatsion poshlinalar to’g’risidagi Bitim”da o’z 
aksini topgan. 
Moliyaviy choralar- valyuta operatsiyalarini amalga oshirishning o’ziga xos 
qoidalari tarzida tashqi savdo aloqalarida qo’llaniladi. (Masalan, tashqi savdo 
operatsiyalaridan olingan valyuta tushumining bir qismini albatta sotish tartibi). 
Miqdoriy nazorat choralari (kvotalash) tegishli mamlakatga muayyan 
tovarlarni kiritish va chiqarishdagi miqdoriy chegaralarni qo’llanilishida o’z 
ifodasini topadi. 
GATTning 1994 yilda qabul qilingan xujjatlarida miqdoriy choralarni 
amaliyotda qo’llanilishidan voz kechish-jahondagi tegishli iqtisodiy 
munosabatlarni erkinlashtirish omili sifatida belgilangan bo’lsada, u yoki bu tovar 
bo’yicha miqdoriy cheklovlarni qo’llashga ruxsat etilgan. SHu tufayli, ko’pgina 
davlatlar, mamlakatning to’lov balansida muvozanatni saqlash, ichki bozordagi 
raqobatni ta’minlash maqsadlarida miqdoriy cheklov (kvotalash) choralarini 
qo’llaydilar. Ko’p hollarda u import qilinayotgan tovarning fizik miqdori bo’yicha 


cheklov, (xususan tonna, dona, metr va h.k.) yoki tovarlar guruhi bo’yicha pul 
miqdoridagi cheklov (masalan, 5 mln. AQSH dollari hajmida) belgilandi. 
Avtomatik litsenziyalash choralari, tegishli tovarni mamlakatga kiritish va 
chiqarishda muayyan xujjat-litsenziyaning mavjud bo’lishini talab etadi. 
Litsenziyalash kiritilishi bilan tovarlar savdosini monitoring qilish, kuzatish imkoni 
vujudga keladi. Odatda litsenziyalashning avtomatik tarzda amalga oshirilishi 
ko’pgina davlatlar tajribasida keng qo’llanildi. JST doirasida “Importni 
litsenziyalash tadbirlari to’g’risidagi Bitim” (Importni litsenziyalash Kodeksi) 
mavjud bo’lib, u import litsenziyalarini berishdagi rasmiyatchiliklarni 
soddalashtirish va unifikatsiyalashtirishga qaratilgan. 
Monopolistik choralar tarkibiga davlatning rivojlanish bosqichida ichki va 
tashqi savdo tizimini davlat qo’lida saqlanishiga oid bo’lgan tashkiliy jarayonlar 
kiradi. Tashqi savdoga davlat monopoliyasi u yoki bu tovar guruhiga yoki barcha 
tizimga ham taaluqli bo’lishi mumkin. Bunda ushbu tadbirlar ma’naviy asoslar, 
sihat-salomatlikni saqlash (masalan, alkogolь va tamaki mahsulotlariga nisbatan), 
aholini uzluksiz dori-darmon bilan ta’minlash, oziq-ovqat bo’yicha xavfsizlik 
(masalan, don mahsulotlariga nisbatan), sanitariya-veterinariya nazoratini 
kuchaytirish maqsadlarida (masalan, oziq-ovaqat va go’sht mahsulotlariga nisbatan) 
qo’llanilishi mumkin. 
GATTning 1994 yilgi Bosh Bitmining XVII- moddasi tashqi savdoda 
monopolistik choralar qo’llanilishini nazarda tutadi va davlat savdo korxonalarining 
unda faoliyat yuritishini man etmaydi. Lekin, ular o’z faoliyatida diskriminatsiyaga 
yo’l qo’ymasliklari va tijorat printsiplari asosida sifat va narx bo’yicha 
mutanosiblikni ta’minlashlari zarurligi alohida ta’kidlab o’tilgan. 
Texnik choralar yoki texnik barьerlar. Import qilayotgan mamlakat o’z milliy 
standartlari asosida xavfsizlik va tovarlar sifatini nazorat etish maqsadida ushbu 
notarif uslubdan foydalandilar. Ushbu turkumga cheklovlar muayyan bir standartlar 
tarzida bo’lib, eksport qilinayotgan tovarlar sifatini ta’minlash, ishlab chiqarish 
texnologiyasini takomillashtirish, insonlar hayoti va xavfsizligini ta’minlash, atrof 
muhit himoyasi, milliy xavfsizlik nuqtai nazaridan asoslangan bo’lishi lozim. 
JST doirasida savdoda texnik barьerlar to’g’risidagi Bitimga asosan har qanday 
davlat majburiy texnik standartlarini belgilashi mumkinligi ta’kidlab o’tilgan. 
Xususan, u tovarlarni qadoqlanishi, markirovkasiga ham tegishli bo’lishi mumkin. 
Amalda qo’llanilaetgan texnik barьerlar texnik standartlar tarzida mahsulot 
sifatining texnik me’yorlarini (masalan, elektr toki quvvati, kuchlanishi, 
mahsulotning milliy o’lchov birliklar tizimiga mosligi, ekologik zararsizligi va h.k. 
talablar) ifodalaydi. Tashqi savdoda texnik barьerlarni qo’llayotgan davlatlar 
xalqaro standartlar asosida uni belgilashlari yoki nima asosida kiritilayotganliklari 
haqida JST sekretariatiga xabar berishlari lozim. 
Tashqi savdo operatsiyalarini tartibga solishda asosiy o’rinni tarif uslublari 
xususan, import bojxona tarifi egallaydi. o’z tabiatiga ko’ra import bojxona tariflari 
bir-biriga bog’langan to’rt asosiy elementdan tarkib topadi: 

mamlakatga kiritiladigan tovarlar turkumining (nomenklaturasi) tizimga 
solingan tarkibi. Odatda u Bojxona hamkorligi Kengashi tomonidan 
ishlab chiqilgan va JST/GATT tizimida tan olingan “Tovarlarni 


tavsiflash va kodlashtirishning komil tizimi” (ingl. Harmonised 
Commodity Description and Coding System) asosida amalga oshiriladi. 
Ko’pgina hollarda u sodda tarzda “Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar 
nomenklaturasi” (ruscha, odatda. TN VED) deb ataladi; 

bojxona qiymatini aniqlash uslublari va bojlar undirish tartibi. U tegishli 
davlatning Bojxona Kodeksi va Boj tariflari to’g’risidagi qonun va 
hukumatning maxsus qarorlari asosida amalga oshiriladi; 

bojlarni kiritish va bekor qilish mexanizmi (tartibi). Bu elementlar ham 
Bojxona kodeksi, Boj tariflari to’g’risidagi qonun hamda hukumat yoki 
qonun chiqaruvchi organlarning maxsus qarorlari asosida amalga 
oshiriladi; 

tovarlarni kelib chiqish mexanizmini aniqlash qoidalari. JST/GATT 
hamda xalqaro bojxona tashkiloti yo’riqnomalari, tavsiyalari asosida 
tovarga qaysi manzilda ko’proq qo’shimcha qiymat qo’shilganligiga 
asoslanib, unga asosiy ishlab chiqarilgan davlat manzilini belgilash. 
SHunday qilib, tashqi savdoni tartibga solish uslublari o’ta murakkab va 
o’zaro bog’liq bo’lgan qoida va tartiblar bilan bir qatorda, turli yo’nalishdagi 
choralarni o’z ichiga oladi. Tashqi savdoda tarif va notarif uslublarni qay me’yorda 
qo’llanilishi tegishli mamlakatning tashqi savdo siyosatiga bog’liq.

Download 2,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish