O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi namangan davlat universiteti


-bob. Jahon xo’jaligining globallashuv jarayonlarida O’zbekistonning



Download 2,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet129/178
Sana20.04.2023
Hajmi2,47 Mb.
#930717
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   178
Bog'liq
Umarkulov JAHON IQTISODIYOTI Majmua 230413 110836

12-bob. Jahon xo’jaligining globallashuv jarayonlarida O’zbekistonning 
ishtiroki 
§ 12.1. O’zbekistonning iqtisodiy salohiyati va imkoniyatlari 
§ 12.2. O’zbekiston Respublikasining jahon mamlakatlari bilan iqtisodiy 
aloqalarining rivojlanishi 
§ 12.3. O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida xalqaro iqtisodiy tashkilotlar bilan 
hamkorlikning ta’siri 
§ 12.1. O’zbekistonning iqtisodiy salohiyati va imkoniyatlari 
Butungi kunda mamlakatimiz ulkan territoriyaga, ko’p millionli 
aholisiga, turli-tuman resurslarga ega bo’lsada, u boshqa mamlakatlar bilan doimiy 
va belgilangan iqtisodiy aloqalarga ega bo’lmasdan turib, yakka holda 
rivojlanishning yuqori cho’qqilariga erisha olmaydi. 
O’zbekistonning jahon xo’jalik aloqalariga qo’shilish jarayoni ob’ektiv 
tuzilmaviy shart-sharoitlar yetilgan va tashqi iqtisodiy aloqalarning xo’jalik 
mexanizmi isloh qilina borgan sari bosqichma-bosqich rivojlanmoqda.
Milliy iqtisodiyotning jahon xo’jaligiga munosib tarzda kirib borishiga 
yo’naltirilgan strategiya respublikaning iqtisodiy salohiyatiga asoslanishi real 
vaziyatidan kelib chiqqan holda tug’iladi va u davlatimizni siyosiy-iqtisodiy 
rivojlantirishning asosiy maqsadlariga erishishga qaratilgan. 
Jahon xo’jalik aloqalarining moddiy-ashyoviy asoslarini u yoki bu mintaqaviy 
guruhlar yoxud ittifoqlarga birlashgan mamlakatlarning integratsiyaviy salohiyati 
tashkil qiladi. 
Mamlakatning integratsion salohiyati deganda, fikrimizcha, xalqaro iqtisodiy 
integratsiyaning alohida tomonlari-sub’ektlari amalga oshiradigan xalqaro ishlab 
chiqarish-iqtisodiy hamkorlik va almashuv predmeti bo’lgan milliy tabiiy, mehnat, 
ishlab chiqarish, moliya-kredit, savdo resurslari, ilmiy xodimlar va odamlarning 
aqliy qobiliyati majmuini tushunish zarur. O’zbekistonning integratsion aloqalarini 
jadallashtirishga xizmat qiladigan omillar va sharoitlar orasidan respublika 
integratsion salohiyatining quyidagi aniq-ravshan ustunliklarini sanab o’tish 
mumkin: 
-
O’zbekistonning Yevroosiyo qit’asidagi qulay geostrategik joylashuvi; 
-
er, mineral-xom ashyo va o’simliklarning ancha katta zahirasi,
shuningdek, qishloq xo’jaligini rivojlantirish uchun qulay bo’lgan 
tengi yo’q tuproq-iqlim sharoitlari; 
-
muhim tashqi savdo va eksport salohiyati; 
-
tegishli davlatlararo koopretsiyalashuv va birgalikdagi investitsiyalar 


mavjud bo’lganda ancha qisqa muddatlar ichida tayyorgarlikning
yuqori darajasiga ega raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishni
tashkil qilishga imkon beradigan yirik ishlab chiqarish salohiyati; 
-
insonlar salohiyati, tez ko’payib borayotgan mehnat resurslari, 
shuningdek, nisbatan arzon (jahon miqyosida olib qaraganda) ish 
kuchining mavjudligi; 
-
rivojlangan ishlab chiqarish infratuzilmasi, birinchi navbatda 
respublikani MDHning boshqa mintaqalari bilan bog’lab turadigan, 
avtomobil va temir yo’l magistrallari, telekommunikatsiya tizimining 
mavjudligi; 
-
respublikada chet el kapitalini investitsiya qilish, o’zaro foydali
tashqi iqtisodiy va integratsion hamkorlikning yaxshi kafolati 
bo’lgan barqaror siyosat. 
Yuqorida ko’rsatilgan pozitsiyalar bo’yicha milliy iqtisodiyotning bozor 
iqgisodiyotiga o’tayotgan sharoitida mamlakat integratsiyaviy salohiyatidan 
samaraliroq foydalanish uchun bu salohiyatning hozirgi holatiga baho berish kerak. 
Birinchi navbatda, bu potentsialning tarkibiy qismlari bo’lgan geostrategik 
joylashuv, tabiiy-xomashyo va mehnat resurslari, shuningdek eksport imkoniyatlari 
kabilarni tavsiflash lozim. 
Respublika noyob tabiiy boyliklarga, kudratli iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy, 
aqliy va ma’naviy salohiyatga ega. Tarixning o’zi O’zbekistonning o’rnini G’arbni 
SHarq bilan, Janubni SHimol bilan bog’laydigan Yevroosiyo yo’llari chorrahasida 
belgilagan. Bizning Respublikamiz Yevroosiyo iqtisodiy va madaniy ko’prigi 
bo’lib xizmat qilishi mumkin. Bu ko’prik doirasida tovarlar, texnologiyalar, 
sarmoyalar va madaniy qadriyatlarning xarakati va almashuvi uchun yaxshi 
sharoit yaratilgan.
16
34,5 milliondan ortiqrok aholisi bo’lgan O’zbekiston jo’g’rofiy jihatidan 
ham, siyosiy jihatidan ham Markaziy Osiyoning o’zagini tashkil etadi. Dunyodagi 
eng qadimiy tsivilizatsiyalardan biri mana shu mintaqada paydo bo’lgan. Qadim 
zamonlarda Buyuk Ipak yo’li shu yerdan o’tgan. Xalqimizning tarixi o’z ildizlari 
bilan asrlarga borib taqaladi va uch ming yildan ko’proq davrni o’z ichiga oladi. 
Qadimiy Turon, Movarounnaxr, Turkiston hududida ravnaq topgan davlatlar 
jahon madaniyatini rivojlantirishda yorqin iz qoldirgan. 
Toshkent, Samarkand, Buxoro, Xiva shaharlari juda qadim zamonlardan 
dunyoga mashhur bo’lgan. Olis asrlarda bu shaharlar Xitoydan Ispaniyagacha, 
Yevropadan Hind okeanigacha aloqa bog’lagan, Bundan ko’rinib turibdiki, 
o’tmish ajdodlarimiz azaldan tashqi dunyo xalqlari bilan har taraflama xalqaro 
aloqalarni rivojlantirib kelgan. 
16
Жахон иқтисодиёти. Назарова Г.Г.,Халилов Х.Х., Ханова И.М.,Хакимов Н.З., Бобожонов Б.Р. Т.: МЧЖ “RAM-
S”, 2007 й 


O’zbekistonning xalqaro mehnat taqsimotida ishtirok etishi va uning jahon 
xo’jaligi tizimiga integratsiyalashuvi, o’z navbatida uning salohiyati, dunyoda 
tutgan mavqei bilan
 
xarakterlanadi. 
O’zbekiston tabiiy resurslarga boy o’lka. Mamlakat hududida 2 2700 dan ortiq 
foydali qazilma boyliklari koni mavjud, ulardan 900 ga yaqini o’zlashtirilgan. 
O’zbekistonning kelajagi qimmatbaho qazilma boyliklari, rangli va noyob 
metallar, organiq yonilg’ilarning barcha turlari - neftь, tabiiy gaz va gaz kondensati, 
ko’mir, uran, qurilish materiallarining ko’plab turlari va boshka konlarni 
o’zlashtirish bilan bog’liq. 
Qator foydali qazilmalar - oltin, tabiiy gaz, volьfram, kaliy tuzi, fosforitlar, 
kaolinlarning aniqlangan zahiralari va istiqbolli loyixalari bo’yicha O’zbekiston 
nafaqat MDHda, balki dunyo miqyosida ham yetakchi o’rinlarni egallaydi. 
O’zbekiston kazib olinadigan oltinning umumiy xajmi bo’yicha dunyoda 
sakkizinchi o’rinni, uni aholi jon boshiga ishlab chiqarish bo’yicha esa beshinchi 
o’rinni egallaydi; respublika 30 ga yaqin oltin konlar aniqlangan. Muruntodagi oltin 
konlarini (mikdori va sifati bo’yicha) Kolondayk (AQSH), Vitvatersrand (JAR), 
Kolar (Hindiston) singari jahondagi eng yirik konlar bilan bir qatorga qo’yish 
mumkin. Mustaqillik sharofati tufayli, oltin zahiralarini o’zi tasarruf etish 
imkoniyatiga ega bo’lgan O’zbekiston, jahon oltin bozorida ham teng xuquqli 
hamkor bo’la olishi mumkin. 
Butun Markaziy Osiyo mintaqasi bo’yicha gaz kondensati zahiralarining 74 
%, neftning 31 %, tabiiy gazning 40 
%, 
ko’mirning 55 %i O’zbekiston xissasiga 
to’g’ri keladi. Tabiiy gaz qazib olish bo’yicha respublika MDH mamlakatlari ichida 
uchinchi o’rinda va dunyodagi bu sohaning kuchli yetakchi 10 mamlakatlari 
qatorida turadi.
O’zbekiston Markaziy Osiyoda va MDH doirasida paxta yetishtiruvchi asosiy 
mamlakat bo’lib hisoblanadi. Agar butun Markaziy Osiyo mamlakatlari 2 mln. 
tonna paxta tolasi yetishtirsa, uning 1,4 mln. tonnasi o’zbek tolasidir. O’zbekiston 
paxta tolasi yetishtirish bo’yicha dunyoda turtinchi o’rinda, uni eksport qilish 
bo’yicha esa ikkinchi o’rinda turadi.
O’zbekiston gaz uzatish tizimi MDH davlatlarining yagona gazquvur tizimiga 
kiradi. U Markaziy Osiyo, Rossiya va Ukraina kabi Yevropa davlatlariga gaz 
uzatish texnik imkoniyati bilan birgalikda 9 ta bosh gaz transport tarmog’i nafaqat 
O’rta Osiyo uchun, MDHning Yevropa kismi davlatlari va Kavkazorti uchun ham 
umumdavlat ahamiyatiga ega. 
Respublikada yuk va yo’lovchilarni mamlakat ichkarisida va tashqari tashishni 
MDH, yaqin va uzok xorij mamlakatlari bilan iqtisodiy aloqalarni ta’minlovchi 
tarmoklangan transport tizimi shakllandi. O’zbekiston Kozog’iston respublikasi 


bilan mustahkam transport aloqasiga ega. Bu aloqa orqali respublikamizning 
Rossiya, Xitoy, Osiyoning boshka davlatlari va Tinch okeani regioni avtoyo’llariga 
chiqishi ta’minlanadi. O’zbekistonning bevosita ishtirokida Transosiyo 
magistralining bir qismi hisoblangan, Janubiy-SHarqiy Osiyoni G’arbiy Yevropa 
bilan tutashtiradigan va Transsibirь magistralidan 1500 km qisqa bo’lgan Tajan-
Seraxs-Mashxad yangi yo’li ishga tushirildi. SHu bilan bir qatorda O’zbekiston
 
va 
Markaziy Osiyo mamlakatlariga Poti porti orqali Yevropa bilan bog’lanish 
imkoniyatini beruvchi Turkmaniston va Transkavkaz yo’li orqali o’tgan transport 
yo’lagi o’zlashtirildi.
Respublika avtomobilь yo’llari 
tarmog’i 
rivojlanishining 
asosiy 
ko’rsatkichlari bo’yicha MDH mamlakatlari orasida yetakchi o’rinda turadi. 
Mavjud avtomobilь yo’llari respublika hududdi orqali Kirgiziston, Turkmaniston, 
Tojikiston, Afg’oniston, ular orqali esa Pokiston, Hindiston, Eron, Janubi-SHarqiy 
Osiyo davlatlari yo’llariga tranzit yuk va yo’lovchilarning uzluksiz o’tishini 
ta’minlaydi. 
O’zbekiston milliy aviakompaniyasi Boing- 747, A-310, Il-86, TU-154 va 
boshqa shu kabi zamonaviy havo laynerlariga va mahalliy yo’llarga mo’ljallangan 
ko’p miqdordagi havo kemalariga ega. 
Xozirgi vaqtda O’zbekiston MDHning bir necha yirik shaharlari va jahonning 
20ta davlati: AQSH, Germaniya, Buyuk Britaniya, SHveytsariya, Hindiston, 
Turkiya, Saudiya Arabistoni, Isroil, Janubiy Koreya, Singapur va boshqa davlatlar 
bilan bevosita havo yo’llari orqali bog’langan. 
Mavjud transport va telekommunikatsion tarmoklarning rivojlanishi, 
O’zbekistonning dunyo mikyosidagi nufuzini oshirmokda va uning xalqaro 
aloqalarini yanada kuchaytirmokda. 
Sayohatni rivojlantirish uchun imkoniyatlarimiz juda katta. Respublika 
hududida 4 mingdan ortiq me’morlik yodgorliklari mavjud. Ularning ko’plarini 
YuNESKO o’z muhofazasiga olgan.
O’zbekistonning xalqaro bozorga mustaqil sur’atda chiqishi va dunyo 
xo’jaligiga integratsiyalashuvi sharoitlarida uning boshlang’ich iqtisodiy salohiyati 
jahon xo’jaligiga samarali qo’shilish istiqbollariga umid qilish imkonini beradi. 

Download 2,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish