O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi namangan davlat universiteti


-bob. Jahon iqtisodiyotini tartibga solishda xalqaro tashkilotlarning roli



Download 2,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet123/178
Sana20.04.2023
Hajmi2,47 Mb.
#930717
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   178
Bog'liq
Umarkulov JAHON IQTISODIYOTI Majmua 230413 110836

 


11-bob. Jahon iqtisodiyotini tartibga solishda xalqaro tashkilotlarning roli 
 
Reja: 
11.1. Xalqaro iqtisodiy tashkilotlarning tasniflanishi. 
11.2. Jahon xo’jaligidagi global tashkilot - Birlashgan millatlar tashkiloti tizimi. 
11.3. Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti. Hududiy iqtisodiy tashkilotlar. 
11.4. Jahon savdo tashkilotining jahon xo’jaligidagi rivojlanish yo’nalishlari va 
uni mamlakatlar iqtisodiyotidaga ahamiyati. 
11.5. JSTning tashqi savdo operatsiyalarini tartibga solish uslublari. 
 
 11.1. Xalqaro iqtisodiy tashkilotlarning tasniflanishi 
Xalqaro iqtisodiy munosabatlar murakkab iqtisodiy mexanizm sifatida bir 
tomondan bozorga xos o’z-o’zini boshqarish qobiliyatiga ega bo’lsa (XIMning 
moddiy asosi hali ham jahon bozori hisoblanadi), ikkinchi tomondan, ayniqsa XX 
asrning ikkinchi yarmidan boshlab, alohida mamlakatlar va hududlar o’rtasida 
o’zaro aloqalarni osonlashtiruvchi davlatlararo tuzilmalarni yaratishni talab etadi. 
Ayni paytda shuni qayd etib o’tish kerakki, birinchi (1914-1918 yillar) va ikkinchi 
(1939-1945 yillar) jahon urushlari orasida xalqaro tashkilotlarni gurkirab vujudga 
kelish jarayoni (shu davrda Xalqaro mehnat tashkiloti, o’zining «Inkoterms» kabi 
tijoriy hujjatlari bilan taniqli bo’lgan Xalqaro savdo palatasi, Xalqaro hisob-kitoblar 
banki tashkil etilgan) va ayniqsa 40-yillarda ikkita to’qnashuvni boshidan kechirgan 
davlatlar tarixidagi favqulotda holatlar va 1929-1933 yillardagi chuqur iqtisodiy 
tanazzul bilan bog’liq. Xalqaro iqtisodiy tashkilotlarning vujudga kelishining 
ikkinchi «to’lqini» va harakatdagi faoliyatining faollashuvi ikkinchi jahon urushidan 
so’ng mustamlakachilik tizimining parchalanishi hamda 60-70 yillardagi iqtisodiy 
chayqalishlar bilan bog’liqdir. Va nihoyat, 80-yillarning boshlarida xalqaro iqtisodiy 
tashkilotlar faoliyatida uchinchi bosqichning boshlanganligini ko’rishimiz mumkin. 
Bunga sabab sifatida totalitar tizimlarning (cobiq SSSRni) inqirozga uchrashi va 
yangi ming yillik ostonasida insoniyatning global muammolarini keskin kuchayishi 
kabilarni ko’rsatish mumkin. Jahonning ko’plab mamlakatlarining hukumat 
organlari zamonaviy xalqaro iqtisodiy munosabatlardagi muammolarni mustaqil hal 
eta olmadilar va natijada ular qayd etib o’tilgan muammolarni hal etishda birgalashib 
harakat qilish usullarini ishlab chiqara boshladilar. Hozirgi kunda jahon 
iqtisodiyotida iqtisodiy gullab-yashnash va jahon xalqlari farovonligini ta’minlash 
masalasi bilan shug’ullanuvchi minglab xalqaro tashkilotlar hisobga olingan. 
Ekspertlarning fikricha jahon iqtisodiyotiga sezilarli ta’sir o’tkaza oladigan xalqaro 
tashkilotlar soni 100 ta atrofidadir. 
Xalqaro iqtisodiy tashkilotlarning shakllanishida muhim o’rin tutgan quyidagi 
omillarni keltirishimiz mumkin: 
1. Insonlar hayotining bir biriga bog’liqligining yanada o’sishi; 
2. Sanoat revolyutsiyasi va ilmiy yutuqlar insonlarni bir- biridan ajratib turgan 
masofalarni qisqartirishi va xalqaro munosabat va hamkorlikni kengaytirishi; 
3. Savdo, valyuta- moliya munosabatlari, kapital bozori umuman iqtisodiy 
o’sish; 
4. Davlatlarning barcha sohada bir – birlariga bog’liqligining o’sishi; 


5. Dunyodagi umumiy resurslardan oqilona foydalanishning zarurligini 
chuqurroq anglash. 
Davlatning xalqaro iqtisodiy tashkilotlarga a’zo bo’lishi uning har tomonlama 
rivojlanish imkoniyatlarini oshiradi. CHunki xalqaro iqtisodiy tashkilotlarga a’zo 
bo’lish, uning boshqa a’zo davlatlari bilan ham keng hamkorlikni yo’lga qo’yishni 
ta’minlaydi. 
Xalqaro iqtisodiy tashkilotlar topologiyasi haqida gapirganda, ikkita mezondan 
(jug’rofiy qamrovi kengligi va faoliyat xususiyatlari) foydalanish maqsadga 
muvofiqdir. Birinchisidan kelib chiqib, ikki tomonlama, hududiy va global 
tuzilmalar ajratib ko’rsatiladi. Ikkinchi mezonni qo’llagan holda maxsuslashtirilgan 
(sohalar bo’yicha) va global tashkilotlarga ega bo’lamiz. Bularning ichida ayniqsa 
1945 yilning 24 oktyabrida tashkil etilgan Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) 
tasarrufidagi iqtisodiy hamkorlik organlari alohida o’ringa ega. BMT – ikkinchi 
jahon urushidan so’ng Antigitler koalitsiyasi a’zolari tomonidan tashkil etilgan eng 
universal, obro’-e’tiborli va son jihatdan eng yirik xalqaro tashkilot hisoblanadi. 

Download 2,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish