O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti «Geografiya» kafedrasi



Download 3,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/156
Sana28.01.2023
Hajmi3,22 Mb.
#904767
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   156
Bog'liq
O`UM Amaliy geografiya

Postdam bosqichi 1945 – 
yildan boshlandi. Berlin shaxri yaqinida joylashgan bu 
shaxarchada imzolangan shartnoma Germaniya va uning ittifoqchilari ustidan qozonilgan
g`alabadan so`ng Yevropadagi kuchlar muvozanatini o`zida aks ettirdi, yangi geosiyosiy
kuchlarning holatini, yangi chegaralarni aniqlab berdi. SHartnoma jahonning ko`pqirralilikdan 
biopolyar tizimga o`tganligidan dalolat berar edi. Ya`ni bir tomondan, kontinental (quruqlik)
kuchlarini namoyon qiluvchi sobiq ittifoq va uning ittifoqchilari, ikkinchi tomondan, ko`proq
dengiz kuchlarini o`zida namoyon qiluvchi AQSH va uning ittifoqchilari geosiyosat olamida tan 
olindi. Bu ikki qutbning qarama – qarshiligi Postdam bosqichining mazmunini aniqlab berdi. 
Uning ahamiyatga molik tomoni shunda ediki, ikkita yirik qutbning qarama – qarshiligi 
«sovuq» va yadro urushlari o`rtasidagi muvozanatda kechdi. 
Sobiq ittifoq iqtisodiyoti tashqi o`zgarishlar va rivojlanishlarga nisbatan moslashuvchanlik
darajasi past bo`lganligi uchun inqirozga yuz tutdi. 
Belovej davri ya
ngi davlatlarning paydo bo`lishi bilan xarakterlanadi. Birinchi navbatda
jaxonning yangi xukmdorlari «barxatli» va ma‘lum kuchga tayangan holda sobiq ittifoq 
atrofida, so`ngra Rossiyada yangi jaxon qoidalarini shakllantirmoqda. Ular Versal shartnomasi
qoidalariga asoslangan holda ish yuritmoqdalar.
Geosiyosatning asosiy qoidalar kategoriyalari. 
Geosiyosatning asosiy kategoriyasi siyosiy makonni nazorat qilishdir. Jaxon siyosiy 
makoni o`z navbatida mintaqalarga, rayonlarga davlatlar bloki va ittifoqlariga bo‘linib ketadi. 
SHu sababli geosiyosat kategoriyalari quyidagilardan iborat: geostrategik mintaqa, 
geosiyosiy mintaqa, davlatlar bloki, geosiyosiy ittifoqlar, qudratli, tengi yo‘q davlat, kuch 
markazlari, geosiyosiy chiziqlar (yo`nalishlar ), frontal raqobat va boshqalar. 
Geostrategik mintaqa
jaxon siyosiy makonining bir qismi bulib , u o`ziga xos hududga ,
savdo va madaniy – mafkuraviy aloqalarning o`ziga xos xususiyatlari bilan ajralib turadi. 
Geostrategik mintaqa esa geostrategik mintaqaning bir qismi bulib , maydoni uncha katta 
bo`lmasa xam, siyosiy, iktisodiy va savdo aloqalarining yuqori darajadagi sur‘ati bilan ajralib 
turadi (Evropa, Amerika, Xitoy, Janubi SHarqiy Osiyo va boshqalar). Geosiyosiy mintaqa o`z 
navbatida davlatlar chegaralari bilan mos tushuvchi siyosiy rayonlarga bo‘linadi. Siyosiy 
rayonning eng muxim xususiyati siyosiy birlik va yaxlitlikdir. Har bir rayon o`ziga xos shakl 
va o`lchamlariga ega.
Davlat chegaralarining barpo qilinishi va rasmiylashtirilishi milliy davlatning shakllanishi 
va rivojlanishi davrida amalga oshiriladi. CHegaralar ular o`rab turgan «Millat - davlat» 
makonining geosiyosiy rasmiylashtirilishidir. Bundan tashqari, tabiiy va sun‘iy chegaralar 
mavjud. Tabiiy chegaralarga tog‘lar, daryolar dengiz v ko`l akvatoriyalari kiradi. Sun‘iy 
chegaralar quruklikda ham, suvda ham aniq tabiiy ob‘ekt bo`lmagan joylarda o`tkaziladi. Bunda 
geografik kenglik va o‘zunlik elementlari bo`lgan parallellar va meridianlar hisobga olinadi. 
Masalan, AQSH va Kanada o`rtasidagi davlat chegarasi 49 parallellar buyicha 1450 km ga 
cho`zilgan. Sun‘iy chegaralar davlatlarning o`zaro kelishuvlari asosida o`tkaziladi va 
tasdiqlanadi. 
Geosiyosatda tabiiy chegaralarga ko`prok e‘tibor beriladi. Dengiz chegaralari eng qulay 
chegara xisoblanadi. Mashxur olim F. Fatsel «Qirg`oq bizlarga qo`shni sifatida tabiatni in‘om 
etdi va bu qo`shni har qanday do`stona davlatdan afzaldir», - degan edi.
Dengiz chegaralari boshqa davlatlar bilan aloqa o`rnatishga katta imkoniyat yaratadi. 


100 
SHuning uchun uning qiymati o‘zunligi ortgan sari ortib boradi. 
CHegara siyosiy , mudofaa va harbiy strategik vazifalarni bajaradi. Har qanday chegara 
chegaraoldi hududlariga ega. Ayrim hollarda bunday hududlar «bufer davlat»larga aylantiriladi. 
«Bufer davlatlar» odatda kichik mamlakat bulib, u ikkita kuchli davlatni turli xil kutilmagan
xatti – xarakatlardan saqlab turadi. Yevropada Reyn daryosining kuyi qismi SHveytsariyadagi
tog‘` dovonlari, Niderlandiya, SHveytsariya va Belgiya hududlari shunday hududlar qatoriga 
kiritiladi. CHunki ular Germaniya va Frantsiya o`rtasida «bufer davlat» vazifasini bajargan . 
Bir necha «bufer davlatlar» «bufer zona» larni hosil qilishi mumkin. Birinchi jahon urushi
davrida SHvetsiya, Norvegiya, Daniya, Niderlandiya, Belgiya, Luksemburg, Polsha, Eron, 
Afg`oniston, Koreya kabi davlatlar ana shunday «bufer zona»lar Germaniya va sobiq ittifoq 
tomonidan bo‘lib olingan (Sudet viloyati, Polsha, G`arbiy Ukraina, G`arbiy Belorus va 
boshqalar) 

Download 3,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish