Mavzu: Iqtisodiy rayonlashtirish va mintaqaviy siyosat
Reja:
1. Mintaqaviy siyosat, uning tarmoq yo`nalishlari va bosqichlari (darajalari).
2. Rivojlangan mamlakat va mintaqaviy siyosat.
3. Siyosiy-geografik tadqiqotlarning asosiy yo‘nalishlari
Tayanch so’z va iboralar:
siyosat, geosiyosat, geografik sharoit, demografik muammolar,
97
siyosatshunoslik, etnografiya, sotsiologiya,
Geosiyosat — turli siyosiy jarayonlarning geografik sharoit (muhit)ga bog'liq holda
rivojlanishini o'rganadigan fandir. XX asrda dunyo siyosiy xaritasining tubdan o'zgarishi,
hududiy, ijtimoiy-ekologik va demografik muammolarning keskinlashuvi geosiyosat faniga
bo'lgan e'tiborni kuchaytirib yubordi.
Geosiyosat fanini o'rganish geografiya, tarix, demografiya, etnografiya, dinshunoslik,
ekologiya, sotsiologiya, harbiy fanlar, siyosatshunoslik va boshqa fanlar bo'yicha ham bilimlarga
ega bo'lishni taqozo etadi.
Geosiyosat tushunchasini fanga birinchi bo'lib, 1916 yilda shvetsiyalik olim Rudolf
Chellen kiritgan. Uning fikricha, har qanday davlat bir butun geografik organizm sifatida
qaralmog'i lozim.
Geografik organizmni ma'lum bir landshaft sifatida o'rganish mumkin. Landshaft o'z
navbatida tabiiy, hududiy, ijtimoiy, iqtisodiy majmua bo'lib hisoblanadi.
Geosiyosat fani siyosiy geografiya asosida shakllandi va rivojlandi.
Siyosiy geografiya jahondagi davlatlarning turg'un (statik) ho-latdagi tavsifini to‘zish bilan
shug'ullanadi. Siyosiy geografiyani ko'proq davlatlarning joylashishi, hududining shakli,
o'lchamlari, che-garalari, xo'jaligi, aholisining savodxonlik darajasi, madaniyati qiziqtiradi.
Geosiyosat fani siyosiy jarayonlarning geografik makondagi o'zaro aloqalarini, ularning
Yerga va madaniy omillarga ta'sirini o'rganadi. Geosiyosat fani asosiy e'tiborni tabiiy muhit
omillarini harbiy-siyosiy, iqtisodiy va ekologik xavfsizlik maqsadlarida faol foydalanishga
qaratadi.
Geosiyosat fanining o'rganish obyekti: sayyoraviy (planetar) makon, geosiyosiy jarayonlar
va hodisalardir. Sayyoraviy makonga quraqlik, suvlik (Dunyo okeani), havo qobig'i, davlatlar va
ularning resurslari kiradi.
Geosiyosatning asosiy vazifasi, ya'ni o'rganish predmeti sayyoraviy makonni nazorat
qilishdir.
Bunda geosiyosiy omillarni o'rganish va baholash muhim ahamiyatga ega. Geosiyosiy
omillarga quyidagilar kiradi:
— geografik (geografik o'rni, tabiiy resurslari);
— siyosiy (siyosiy to‘zumi, davlat chegaralari, jamiyatning ijtimoiy tarkibi, asosiy
erkinliklarning mavjudligi);
— iqtisodiy (ishlab chiqarish kuchlarining quwati va tarkibi, aho-Kning turmush darajasi,
strategik zaxiralar va safarbarlik (mobili-zatsion) quvvatlari;
— harbiy (qurolli kuchlarning kattaligi, quwati, harbiy tayyor-rtigi, harbiy kadrlarni
tayyorlash holati);
— ekologik (cheklangan yoki tugaydigan va tiklanmaydigan) re-surslarga bo'lgan
demografik bosim, xomashyo resurslarining ka-mayishi va tugashi, aholi turmush darajasining
o'zgarishi);
— demografik (aholi soni, o'sish sur'ati, zichligi va tarkibi);
— madaniy-ma'rifiy (konfessalar, millat va elatlar, mehnat an'analari, ilm-fan, ta'lim,
sog'liqni saqlashning rivojlanganligi, ur-banizatsiya darajasi va boshqalar). Yuqoridagi omillarni
geosiyosiy ji-hatdan tahlil qilish uchta yo'nalishda olib boriladi: a) ijtimoiy-siyosiy vaziyatni
ularning ma'lum bir hudud va davr doirasida rivojlanishi bilan bog'liq holda tadqiq etish; b)
ma'lum bir hudud to'g'risidagi haqiqiy ma'lumotlarni ayrim hollarda tamomila qarama-qarshi
tasawurlar bilan taqqoslash; d) makonni o'zgartirish bo'yicha siyosiy strategiyani amalga
98
oshirishni bashoratlash.
Geosiyosat - turli siyosiy jarayonlarning geografik sharoitga bog'liq holda
rivojlanishini o'rganadigan fan. Geosiyosat tushunchasini fanga birinchi bo'lib, 1916-yilda
shvetsiyalik olim Rudolf Chellen kiritgan.
Insoniyat tarixini geosiyosiy nuqtayi nazardan geosiyosiy bosqichlarning yoki ma'lum bir
kuchlaming navbatma-navbat almashinib kelishi sifatida qarash mumkin. Har bir geosiyosiy
bosqich kuchlar muvozanatiga, ta'sir doirasiga va chegaralariga ega boiadi.
Geosiyosiy bosqichlarning rivojlanish jarayonida
Do'stlaringiz bilan baham: |