O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti «Geografiya» kafedrasi


Mavzu: Hududiy dasturlash va rejalashtirish. SHaharsozlik asoslari



Download 3,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/156
Sana28.01.2023
Hajmi3,22 Mb.
#904767
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   156
Bog'liq
O`UM Amaliy geografiya

 
Mavzu: Hududiy dasturlash va rejalashtirish. SHaharsozlik asoslari.
 
Reja: 
1. Rayon planirovkasi, uning mohiyati va asosiy maqsadi. 
2. Rayon planirovkasining fanlar tizimida tutgan o`rni, uning konstruktiv ahamiyati. 
3. Ishlab chiqarishni hududiy tashkil etish va hududning o`zini tashkil etish tushunchalari. 
4. Sobiq Ittifoq va O`zbekistonda rayon planirovkasi bo`yicha amalga oshirilgan ilmiy-
tadqiqot ishlari. 
Tayanch so’z va iboralar: 
Rayon planirovkasi, shaharlar geografiyasi, Ishlab chiqarish 
omillari, hududiy tashkil qilish, ishlab chiqarish majmualari, aholi manzilgohlari, qishloq 
tumanlari.
 
Rayon planirovkasi ma‘lum bir hududda ishlab chiqarish korxonalari aholi joylashuvi 
infrastrukturasi elementlarning geografik, iqtisodiy, qurilish, arxitektura va muhandislik, texnik 
sharoit hamda omillarni hisobga olgan holda tashkil qilishning nazariy va amaliy masalalari 
bilan shug‘ullanadi. Aynan shu ma‘noda u konstruktiv geografiya (D.I.Bogorod), rayonning 
amaliy goeografiyasi sifatida tan olingan. Darhaqiqat rayon planirovkasi iqtisodiy ijtimoiy 
geografiyaning amaliyot bilan bog`liq bo‘lgan eng asosiy yo‘nalishidir. U shaharlar geografiyasi, 
ishlab chiqarishni hududiy tashkil qilish mamsalalari bilan yaqindapn aloqador. SHuni takidlash 
lozimki, umuman iqtisodiy geografiyada ishlab chiqarish kuchlari hududiy tashkil etish g‘oyasi 
asosiy o‘rinda turadi. Binobarin, bu fanda hududiy ishlab chiqarish majmualari katta ilmiy va 
Amaliy ahamiyatga ega. Rayon planirovkasi bu avvalgi xalq xo‘jaligini planlashtirish emas, u 
ma‘lum bir hududni loyihalashtiriladi. Shemalarini tuzish aholi manzilgohlarining bosh planini 
yaratiish bilan shug‘ullanadi. SHu ma‘noda planlashtirish bilan prognozlash o‘rtasida turadi. 
Mazkur muammolar bilan maxsus ishlmiy tekshirish va loyihalashtirish institutlari mashg‘ul 
(TashNIIG; O‘zNIP gradosroitel‘stva va h.k.). Rayon planirovkasi ayni vaqtda mintaqaviy 
planlashtirish ham emas. Biroq u mintaqaviy iqtisod siyosat bilan bog‘liq. Rayon planirovkasi, 
shuning dek iqtisodiy rayonlashtirish bilan ham alohtda iqtisodiyy rayonlashtirish rayon 
planirovkasining nazariy asosidir. Rayon planirovkasida uning ob‘ektlarining to‘g‘ri aniqlapsh 
katta ahamiyatga ega. Odatda rayon planirovkasi uchun o‘rta darajadagi iqtisodiy rayon (viloyat) 
va undan kichik hududlar tanlab olinadi. Hudud kichraygan sari rayon planirovkasining aniqlik 
darajasi ortib boraveradi. Ko‘pincha viloyat ko‘lamidagi rayon planirovkasi ishlari sxemalar 
tuzish bilan belgilanadi. Ular 1:100000 - 1:300000 uchun rayon planirovkasining loyihasi 
tuziladi. Bunday loyiha ishlari sanoat tugunlari uchun ham bajariladi. Agar viloyat ichidagi 
iqtisodiy rayonlarda 1:100000 – 1:50000 masshtab qo‘llansa, sanoat tugunlarida masshtab 
yanada aniqlashadi. 1:25000 yoki 1:10000 Shuningdek, qishloq tumanlari uchun rayon 
planirovkasi ishlab chiqiladi. Alohida aholi qo‘rg‘onlari uchun bosh planlar tuzilib shahar va 
qishloq hududi sanoat, uy joy qurilishi, dam olish nuqtai nazardan kichik rayonlarga ajratiladi, 
hatto ayrim korxona, maktab, bekat, magazin kabi ob`yektlarni joylashish o‘rni aniq belgilanadi. 
Bosh planlar 1:10000 yoki 1:5000 masshtabda yaratiladi. Bunday planlar shaharning alohida 


73 
qismi uchun ham tuzilishi mumkin. Xorijiy mamlakatlarda sanost yoki industrial parklar 
tashkillashtirilgan snoat rayolni industrial uchastkasi kabilar uchun ham ishlab chiqiladi. 
Ularning maydoni ko‘pincha 200 gektardan oshmaydi. Rayon planirovkasining sxema va 
loyihalari aholi manzilgohlarining bosh planlari odatda 25 yilga mo‘ljallangn bo‘ladi. Ana shu 
davr uchun aholi sonining bashorati ham ishlab chiqiladi. Bu bashoratlar turli usullarda 
(ekstropoliyatsiya, mehnat resurslari balans turli yoshdagi aholi sonini demografik surish yoki 
siljitish v. b.) bajariladi.Yana shuni unitmaslik kerakki mamlakatimizning bozor 
munosabatlariga o‘tishi mulkchilikning turli shakllarini vujudga kelishi tufayli davlatning ilgari 
boshqaruvchanlik ro‘li o‘zgaradi. Bu esa rayon planirovkasining maqsad va vazifalariga ham 
yangicha qarashni taqozo etadi. SHaxarlarning xam tarixi uzoq. Biroq bu tarix insoniyat 
tarixidan qisqa bo‘lib, bu davr jamiyat tarixiga mos keladi. SHaharlar jamiyatning 
xudidiy birikmasi (sotsiumi) shaxsida sinfiy tuzum, ya‘ni quldorlik davrida ko‘proq rivojlana 
boshladi. Umuman olganda, shaxarlarning vujudga keliishni ijtimoiy mexnat taqsimoti bilan 
bog‘laydilar. 
Ma‘lumki, dastlabki ijtamoiy mehnat taqsimoti dexqonchnlikning chorvachilikdan 
ajralib chiqishidir. Dexqonchilik, xususan sug`orma dexqonchilikning paydo bo‘lishga muhim, 
doimiy (statsionar) axoli manzi.lgoxlarining barpo bo‘lishiga sabab bo‘ldi. Dastlabki sug‘orish 
inshootlari yoki vositalarini ko‘pchilik qurar edi, undan ko‘pchilik foydalanar va ularni 
ko‘pchilik qo‘riqlardi. SHu asosda kishilarning qadimiy jamoasi vujudga keladi. Ammo bu 
jamoa (jamiyat emas!), kishilarning xududiy birligi u davrda shaxar xam qishloq xam deb 
aytilmasdi. 
SHaharlar 
esa ijtimoiy mexnat taqsimotining navbatdagi 
bosqichi, ya‘ni 
dexqonchilikdan xunarmandchilik va savdoning ajralib chiqishi natijasida paydo bo‘ldi. 
Ushbu kasbdagi kishilar, bevosita qishloq xo‘jaligi bilan shug‘ullanmaydilar va binobarin, ular 
xar xil mexnat qurollari ishlab chiqarish, hamda tovar ayriboshlash (almashtarish)da 
vositachilik vazifasini bajargan, qulay joyda o‘rnashgan axoli punktlarida yashaganlar. 
Keyinchalik bunday joylar «shaxar» deb atalgan. 
Quldorlik davrida shaharlar qul savdosi markazi bo‘lgan. Ayni shu vaqtda, ular davlat 
markazlari vazifasini xam o‘taganlar. Natijada, Shaxar-davlat (goroda - polisi) vujudga kelgan. 
Masalan, Rim, Afina, Vizantiya, Vavilon, Buxoro, Samarqand (Marokand) shular 
jumlasidandir. 
Feodalizmda shaharlar rivojlanishining hunarmandchilik va qishloq xo‘jaligi, yerdan 
foydalanish bilan (feod-er) bog‘liq bo‘lgan. Bu davrda shaharlar katta xududlarning 
siyosiy, diniy, iqtisodiy va madaniy hamda savdo markazlari funktsiyasini bajargan. 
Jamiyat va odamlar ehtiyojini qondirish uchun moddiy ne'matlar yaratish va xizmatlar 
ko'rsatish ishlab chiqarish jarayoni deb ataladi. 
Ishlab chiqarish jarayonida iqtisodiy resurslar ishlatiladi. Iqtisodiy resurslarga yer, kapital, 
mehnat va tadbirkorlik kiradi. Bu resurslar ishlab chiqarish omillari deb ham ataladi. 
Ishlab chiqarishning rivojlanishi unda qo'llaniladigan omillarning soni va sifatiga bog'liq. 
Bu omillarga quyidagilar kiradi: 
Inson omili. Bunga moddiy va ma'naviy ne'matlar yaratish uchun maxsus kasbiy 
tayyorgarlikka ega bo'lgan odamlar kiradi. 
Moddiy omil. Tabiiy (yer) va inson tomonidan yaratilgan (mashinalar, texnika, inshootlar) 
mehnat vositalaridan iborat. 
Mehnat qurollari. Mazkur omilga qayta ishlanmaydigan, ishlab chiqarishda bevosita 
foydalaniladigan tabiiy moddalar kiradi (masalan, shaxtadagi ko'mir, ruda va h.k.). 


74 
Yer omili. Bu tabiiy omil bo'lib, unga tabiiy boyliklar, foydali qazilmalar, haydaladigan 
yerlar, bog'lar, o'rmonlar va h.k. kiradi. 
Kapital omili. Bu tovar ishlab chiqarishda va xizmat ko'rsatishda ishlatiladigan ne'matlar 
majmuasidan iborat. Kapital juda ko'p qirralarga ega. U ma'lum miqdordagi pul, inson qobiliyati, 
malaka va ma'lumot bo'lishi mumkin. 
Tadbirkorlik omili. Bu omil ikki qismdan iborat.
1. Tadbirkorlik faoliyati, bunda tashabbus, topqirlik, tavakkalchilikdan foydalanish ko'zda 
tutiladi.
2. Tadbirkorlik qobiliyati inson kapitalining muhim turi bo'lib, u ne'matlar yaratish va 
xizmatlar ko'rsatish uchun boshqa omillarni muvofiqlashtirish va uyg'unlashtirish faoliyatini o'z 
ichiga oladi. 
Moddiy omillar inson omili bilan birikkan taqdirdagina ishlab chiqarish sodir bo'ladi, 
hayotiy ne'matlar yaratiladi. Ular, birinchidan, moddiy mahsulotlardan, ikkinchidan, turli 
xizmatlardan iborat bo'ladi. 
Ishlab chiqarishning mazkur omillari nuqtayi nazaridan fikr yuritganda O'zbekiston 
Respublikasining imkoniyati juda yuqori ekanligini ta'kidlash lozim. Chunki, O'zbekiston 
Respublikasi aho-lisining 69 foizi yoshlardan iborat bo'lib, ular salohiyatli mehnat resurslarini, 
ishchi kuchini tashkil etadi. Bundan tashqari, mamlakat aholisining savodxonlik darajasiga ko'ra 
rivojlangan mamlakatlar bilan raqobatlasha oladi. Bu ishlab chiqarishning ko'p (aqliy va 
jismoniy) mehnat talab etuvchi tarmoqlarini rivojlantirish imkoniyatlari mavjud ekanligidan 
dalolat beradi. Ayni paytda O'zbekiston hududi (447,4 ming kv.km) da mashhur Mendeleyev 
davriy jadvalining barcha elementlari topilgan. Demak, mamlakatda ishlab chiqarishning barcha 
shakllarini rivojlantirish uchun asos bor. 
Ishlab chiqarish o'zining maqsad-mohiyatiga ko'ra ikki qismga ajratiladi: 
1. Moddiy ishlab chiqarish - moddiy shakldagi mahsulotlarni, masalan, oziq-ovqat, kiyim-
kechak, turar joy va boshqalarni yaratish hamda ishlab chiqarish uchun zarur bo'lgan xizmatlar 
ko'rsatish. Masalan, yuk tashish, yo'l xizmati ko'rsatish, ishlab chiqarish axborotini o‘zatish va 
hokazolar. Mazkur sohaga sanoat, transport, aloqa, qurilish, qishloq xo'jaligi va boshqa shu kabi 
tarmoqlar kiradi. 
2. Nomoddiy ishlab chiqarish - moddiy shaklga ega bo'lmasa-da, aholi uchun zarur 
xizmatlarni o'z ichiga oladi. Mazkur sohaga jismoniy tarbiya, sport, bilim berish, madaniy-
maishiy va tibbiy xizmat ko'rsatish kabilar kiradi. 
Ishlab chiqarish jarayoni deb, jamiyat va odamlar ehtiyojini qondirish uchun moddiy 
ne'matlar yaratish va xizmatlar ko'rsatishga aytiladi. 
Moddiy ishlab chiqarish - moddiy shakldagi mahsulotlarni, masalan, oziq-ovqat, kiyim-
kechak, turar-joy va boshqalarni yaratish hamda ishlab chiqarish uchun zarur bo'lgan xizmatlarni 
ko'rsatish. Masalan, yuk tashish, yo'l xizmati ko'rsatish, ishlab chiqarish axborotini o‘zatish va 
hokazolar. Moddiy ishlab chiqarish birlamchi bo'lib, unga asosan nomoddiy soha rivojlanadi. 
Nomoddiy ishlab chiqarish - moddiy shaklga ega bo'lmagan, lekin aholi uchun zarur 
xizmatlar. Mazkur sohaga jismoniy tarbiya, sport, bilim berish, madaniy-maishiy va tibbiy 
xizmat ko'rsatish kabilar kiradi.
 
Ishlab chiqarishni (moddiy va nomoddiy) hududiy jihatdan tashkil etishda, joylashtirishda, 
albatta hudud shart-sharoitlari va omillari hisobga olinadi. Bu omillarni to'g'ri tanlay bilish ishlab 
chiqarishning hududiy tarkibi va tizimining rivojlanish qonuniyatlarini asoslashga imkon beradi. 
Ishlab chiqarish tarmoqlarini joylashtirishda geografik o'rin, ekologik omil, bozor 
iqtisodiyoti omillari bilan bir qatorda tabiiy (xomashyo, yoqilg'i, suv, iqlim), ijtimoiy (mehnat 


75 
resurslari, iste'molchi) va iqtisodiy (elektroenergiya, transport) omillar e'tiborga olinadi . 
Muayyan bir ishlab chiqarish tarmog'ini hududiy tashkil etishda barcha omillar emas, balki 
ulardan faqat ayrimlari yetakchi, hal qiluvchi rol o'ynaydi. 
Ishlab chiqarish tarmoqlarini joylashtirishda qaysi bir omil yetakchi ekanligini aniqlash 
uchun quyidagi formuladan foydalaniladi. K qO/M O bu yerda K - ishlab chiqarish koeffitsienti; 
O — mazkur korxona yoki umuman ishlab chiqarishni hududiy joylashtirishga ta'sir etuvchi 
omil; M — mahsulot birligi. 
Ushbu formula yordamida ma'lum bir mahsulot birligini hosil qiluvchi barcha omillar 
alohida-alohida hisoblab chiqiladi (masalan, bir tonna shakar olish uchun qancha xomashyo, 
ya'ni qancha qand lavlagi ishlatiladi, qancha elektroenergiya yoki mehnat sarflanadi). Qaysi omil 
bo'yicha yirik son chiqsa, odatda uning ahamiyati shuncha yuqori bo'ladi va u mazkur ishlab 
chiqarish tarmog'ini joylashtirishda belgilovchi, aniqlovchi vazifasini o'taydi. 
Shuni alohida qayd etish lozimki, ma'lum tarmoqqa kiruvchi barcha korxonalar yoki kichik 
"tarmoqchalar" uchun bittagina omil tegishli bo'lmaydi. Jumladan, mashinasozlik tarmog'iga 
kiruvchi ba'zi bir korxonalarni joylashtirishda xomashyo (metall) ko'proq ahamiyatga ega bo'lsa, 
boshqasi uchun malakali ishchi kuchi muhim omil hisoblanadi. Endi yuqorida ko'rsatilgan asosiy 
omillarga qisqacha to'xtalib o'tamiz. 
Xomashyo. Tabiiyki, ishlab chiqarish jarayonida xomashyo resurslari muhim omil 
hisoblanadi. Ayrim mahsulotlarni ishlab chi-qarishda esa xomashyo boshqa omillarga qaraganda 
ko'proq talab etiladi. Shuning uchun bunday mahsulotlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan 
tarmoqlar va korxonalar mumkin qadar xomashyo rayonlariga yaqin joylashtiriladi. 
Sanoatning ba'zi tarmoqlari masalan, tog‘'-kon, o'rmon, baliqchilik sanoati tarmoqlarining 
joylashuvi xomashyo bo'lmagan rayonlarda rivojlanmaydi. Bunday sanoat tarmoqlarining 
joylashuvi bevosita foydali qazilmalar yoki tabiiy boyliklar ko'lami bilan belgilanadi. 
Boshqa sanoat tarmoqlarining hududiy tashkil etilishi esa biroz murakkabroq ko'rinishga 
ega. Masalan, bir tonna paxta tolasi olish uchun taxminan 3 tonna paxta, bir tonna paxta yog'i 
uchun 5 tonna chigit, 1 tonna pista yog'i uchun 3 tonna kungaboqar, 1 tonna shakar uchun 7 
tonna qand lavlagi ishlatiladi. 
Yoqilg'i. Ko'mir havzalari qora metallurgiya sanoatining dastlabki bosqichi (cho'yan 
eritish)ni joylashtirishda asosiy rol o'ynaydi. Ammo uning ta'siri har doim ham yetakchi kuchga 
ega emas. 
Qora metallurgiya (cho'yan erituvchi) zavodlarini joylashtirish qonuniyatlari bir xil emas. 
Ma'lumki, qazib olinadigan temir ruda-sining taxminan 48—50 foizi foydali, bu "o'rtacha" 
raqam hamma joyda ham bir xil emas, ayrim konlarda temirning qazib olinadigan rudadagi 
ulushi atigi 17—19 foizni tashkil etadi. Bunday konlarga Uraldagi Kochkonar yoki 
Qoraqalpog'istondagi Tebinbuloq konlarini misol qilib ko'rsatish mumkin. Bu yerlardan qazib 
olinadigan rudani bevosita domna pechlarida eritib bo'lmaydi, zero unda kerakli mineraldan 
ko'ra foydasiz jinslar ko'proq. Shuning uchun bu rada dastlab boyitilishi va uning tarkibidagi 
foydali mineralning hissasi oshirilishi lozim. Boyitilganidan so'ng ruda tarkibidagi temirning 
(rangli metallar uchun boyitish jarayoni ayniqsa muhim, chunki ularning rudalar tarkibidagi 
ulushi ancha past) miqdori bir necha barobar ortadi. 
Ammo bu bilan ham uning hissasi yetarlicha bo'lmaydi. Shuning uchun metallurgiya 
korxonalari ko'proq xomashyo rayoniga yaqinroq joylashtiriladi. Ba'zi metallurgiya zavodlari 
xomashyo va yoqilg'i rayonlari o'rtasida joylashgan, zero mazkur sanoat tarmog'i uchun bu ikki 
omilning ahamiyati deyarli bir xil. Bunga yorqin misol bo'lib, Cherepoves metallurgiya 
kombinatini (Rossiya Federatsiyasi) ko'rsatish mumkin. U Pechora kokslanuvchi ko'mir havzasi 


76 
bilan Kola yarimoroli temir rudasi konlarining o'rtasida qurilgan. 
Elektroenergiya (elektr quvvati). Hozirgi zamon ishlab chiqari-shini, hatto transportni, 
qishloq xo'jaligini elektr quwatisiz tasawur qilish qiyin. Bu sohaning o'ziga xos xususiyati 
shundaki, u yaratgan mahsulotni, ya'ni elektr quvvatini jamg'arib omborxonalarga yig'ib 
bo'lmaydi, undan ayni paytning o'zida foydalanish kerak. 
Odatda elektr quwati omilini ishlab chiqarishning hududiy tashkil etilishida eng awalo 
uning arzon turiga ahamiyat beriladi. Arzon elektr quwati GESlardan olinadi, issiqlik elektr 
stansiyalarida esa ko'mir, mazut yoki gaz sarflanadi. 
Elektr quvvati omiliga quyidagi misollarni keltirish kifoya:
1 tonna titan ishlab chiqarish uchun (titan po'latdan bir necha marta yengil va chidamli) 
40—50 ming kVt/soat, aluminiy uchun 17—19 ming kVt/soat, misni tozalash, temir 
qotishmalarini ishlab chiqarish, elektr pechlarida poiat eritish uchun ularning har bir tonnasiga 
8— 10 ming kVt/soat atrofida elektr quvvati sarflanadi. Tabiiyki, bunday korxonalarni arzon 
elektr quvvati manbalariga yaqin joylashtirish iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq bo'ladi. 
O'rta Osiyoda yagona bo'lgan Tursunzoda (Regar) shahridagi aluminiy zavodi Norak 
GESiga yaqin joyda qurilgan. Demak, elekf quvvati bir qator sanoat korxonalarini o'z atrofiga 
omil sifatida "U1 g'ar" ekan. Shu sababli, u yirik rayon va majmua hosil qilish quvvatiga ega. 
Bizning sharoitimizda elektr quwati yangi yerlarni o'zlashtirish uchun ham kerak. Jumladan, 
Qarshi dashtining asosiy qismi Tolimarjondagi bir qator nasos stansiyalari vositasi bilan 
sug'oriladi. Elektr quvvati Norak—Tursunzoda (Regar) — G'o‘zor orqali ke Hozirgi kunda esa 
shu yerning o'zida juda yirik, mahalliy tabiiy asosida ishlaydigan Tolimarjon GRESi 
qurilmoqda. 
Suv va iqlim sharoiti ham ishlab chiqarish tarmoqlarini joylashtirishda katta ahamiyatga 
ega. Suv manbalari ayniqsa, kimyo, yog'och selluloza, metallurgiya zavodlarining faoliyatiga 
sezilarli ta'sir qiladi jumladan, cho'yan erituvchi pechlarni sovutish uchun ham suv kerak. 
Suv va iqlim sharoitlari boshqa sanoat korxonalarini qurishda ham e'tiborga olinadi. 
Qishloq xo'jaligi uchun bu omilning ahamiyati katta.Chunonchi, O'rta Osiyo, xususan 
O'zbekistonda an'anaviy deh-qonchilik uning issiq va quraq iqlimiy sharoitida faqat sun'iy 
sug'orisn asosida olib boriladi. 
Aholi va mehnat resurslari. Albatta, har bir ishlab chiqarisn jarayoni ishchi kuchisiz sodir 
bo'lmaydi. Bu o'rinda ikki holni qayd etish lozim: birinchidan, shunday korxonalar borki, ularga 
son ji hatdan ko'p ishchi kerak. Masalan, tikuv fabrikasi, konserva chiqarish, paxta yetishtirish 
va uni qayta ishlash. Ayni bir boshqa bir korxonalarda mehnat resurslarining miqdori ko'p shart 
emas, ularga "oz va soz" malakali ishchi kuchi talab qilinad Mazkur korxona va tarmoqlar (radio 
va asbobsozlik, aniq mashina sozlik va shunga o'xshash) malakali ishchi kuchi mavjud bo'lgan 
shaharlarda, ilmiy-texnik markazlarga joylashtiriladi. 
Aholi faqat ishchi kuchi emas, balki u eng awalo iste'molchi hamdir. Bu omilning roli esa 
hozirgi kunda, xalqning yashash sharoiti va turmush darajasini yaxshilash doirasida keskin oshib 
bormoqda. 
Ijtimoiy qiyinchiliklarga barham berish aholiga kerak bo'lgan oziq ovqat, kiyim-kechak va 
uning boshqa ehtiyojlarini qondiruvchi mahsulotlarni yetarli miqdorda ishlab chiqarishni taqozo 
etadi. Shu sababli, iste'mol omili oziq-ovqat korxonalarini o'ziga "tortadi", ya'ni bunday zavod 
va fabrikalar bevosita aholi yashovchi maskanlarga joylashtiriladi. Iste'mol omili faqat xalq 
ehtiyoji bilan belgilanmaydi. Ishlab chiqarishning talabi, boshqa xil mahsulotlarning keng 
miqdorda sarflanishi ularning transportda keltirishning noqulayligi ham bunday korxonalarni 
iste'mol rayonlarida qurilishini nazarda tutadi. Masalan, qishloq xo'jaligi mashinasozligi o'sha 


77 
mintaqaning ishlab chiqarish ixtisoslashuviga muvofiq shu yerda rivojlanishi zarur. 
Umuman, qaysi rayon nimaga ixtisoslashsa, bu yerda shunga mos mashinasozlik tarmog'i 
yaxshi rivojlangan bo'lishi qonuniy bir holdir. O'zbekistonda paxta teruvchi, Belarasda kartoshka 
teruvchi, Ukrainada qand lavlagi teruvchi, Gro‘ziyada choy teruvchi mashina-larni ishlab 
chiqarish bunga yaqqol misol bo'la oladi. Shuningdek, boshqa sanoat va qishloq xo'jaligi 
tarmoqlarini ham aholi yashab turgan joylarda bo'lishi maqsadga muvofiq. 
Transport omili. Bu omil juda muhim bo'lib, u ishlab chiqarishning bevosita davom 
ettiruvchi tarmog'i hisoblanadi. Shuning uchun transportning ahamiyati barcha boshqa omillar 
bilan birga qo'shilib, uyg'un-lashib ketadi va uni "sof" holda ajratib olish qiyin. Shu bilan birga 
transport masalasi iqtisodiy-geografik o'rin omili bilan ham chambarchas bog'liq, zero bu o'rin 
ob`yektning eng avvalo tashqi iqtisodiy munosabatlarini anglatadi. 
Fan-texnika taraqqiyoti omili. Bu omilning ta'siri bir qator tarmoqlarning hududiy tashkil 
etilishida aniq va ravshan ko'rinadi (mashinasozlik, elektrotexnika va kimyo). Shubhasiz, 
mazkur sanoat tarmoqlariga tegishli ko'pgina korxonalar, ayniqsa, mashinasozlik zavodlari 
yuksak darajada ilmiy-texnika qudratiga ega bo'lgan yirik shaharlarda joylashtiriladi. 
Ekologik omil. Hozirgi kunda ayrim sanoat korxonalarining fao-liyati shu nuqtayi 
nazardan to'xtatilgani bejiz emas. Ekologik jihatdan ko'plab sanoat tarmoqlari va eng awalo, 
kimyo, yog'och-selluloza, go'sht, konserva, charm zavodlari, issiqlik elektrostansiyalari va 
shunga o'xshash korxonalar "nomaqbul" hisoblanadi. Binobarin, ular aholi istiqomat qiladigan 
markazlardan o‘zoqroqda joylashishi lozim. 
Bozor iqtisodiyoti omili. Bozor iqtisodiyoti – murakkab tushuncha bo'lib, bosqichma-
bosqich o'tiladigan iqtisodiy munosabatdir. Yevropa davlatlari bu borada boy tajribaga ega, 
chunki ularda bu munosabat o‘zoq yillar davomida shakllanib kelgan. 
Bozor iqtisodiyoti munosabatlariga birdaniga o'tib bo'lmaydi, bu-ning uchun awalo barcha 
shart-sharoitni yaratish kerak, ya'ni uning o'ziga xos moddiy, maishiy va madaniy 
infrastrukturasi bo'lmog'i lozim. Shuning uchun bunday munosabatlarga o'tish tarixan bir-
muncha o‘zoq davrni talab etadi va bosqichma-bosqich, ya'ni evolutsion rivojlanishni taqozo 
etadi. 
Bozor iqtisodiyoti – ishlab chiqarish erkinligi, xarid erkinligi va raqobat demakdir. 
Bunday sharoitda ko'p ukladli iqtisodiyot, mulkchilikning turli shakllari va sog'lom raqobat 
muhitini vujudga keltirish, monopoliyaga qarshi kurash muhim ahamiyat kasb etadi. Demak, 
bozor iqtisodiyoti omilini ishlab chiqarish tarmoqlarini hududiy tashkil etish nuqtayi nazaridan 
tahlil qilar ekanmiz, unda bu boradagi ilgarigi an'anaviy fikr yuritishimiz tamomila o'zgarib 
ketadi. Chunki bu sharoitda nimaga ixtisoslashuvni va qayerga joylashtirishni pirovard natijada 
bozor, raqobat, talab va taklif belgilaydi, davlat esa o'zining regional (hududiy) va soliq siyosati 
orqali bu jarayonni boshqarib yoki tartibga solib turadi. 
SHaharlarning jadal taraqqiy etishi, hozirgi zamon urabanizatsiya jarayonining 
rivojlanishi ko‘p mamlakatlarda kapitalistik ishlab chikarish, iqtisod, moliya, transport va 
boshqa soxalarning mujassamlashuvi asosida sodir bo‘lgan. Bizning o‘lkamizda esa 
shaharlar an‘anaviy ravishda (sharq madaniyatiga xos holda) sug‘orma dexqonchilik, savdo va 
xunarmandchilik negizida rivojlanib kelgan. 
SHuni alohida ta‘kidlash joizki, «shahar» tushunchasi, barcha el va yurtlarda, mamlakat 
va mo‘zofotlarda aynan bir ma‘noda talqin kilinmaydi, ular buiday maqomda turli davlatlarda 
turlicha belgilanadi. CHunonchi, islom dini mamlakatlarida shaharlar (Qubbalar) 
avvalombar bozor va masjidlarning soni bilan belgilangan. G‘arb mamlakatlarida shaxarlar 
aholi soni va zichligi, joylarning arxitekturasi va qurilish shakli, manzilgohning oajaradigap 


78 
vazifasiga o‘xshash mezonlar orqali alfatilgan. O‘zbekistonda 1972 yildan beri axoln 
manzilgohining shaxar makomnni olishi uchun eng kamida 7 ming aholngn ega bo‘lishi xamda 
ularning ko‘pchiligi qishloq xo‘jaligi bilan bog‘liq bo‘lmagan soxalarda band bo‘lmog‘i 
shart. 
SHaharlar murakkab tushuncha. SHu bois ulardan turli fan vakillari har xil talqin 
diladilar. Masalan, iqtisod uchun shaxar asosan ishlab chiqarish, eig avvalo sanoat markazi, 
sotsiologiya uchun o‘ziga xos yashash muxiti, tarixchi uchun o‘tmishdan guvoxdik beruvchi 
joydir va x.k. Iqtisodiy geografiyada esa shaxar – bu qishloq xo‘jalit bo‘lmagan soxalar va 
ular bilan shug‘ullanuvchi aholining hududiy tashkil etash shaxsllidir; u dinamik ijtimoiy - 
iqtisodiy tazim (sistema) xisoblanadi.Iqtisodiy va sotsial geografiyaning muhim tushunchalari - 
dan biri — iqtisodiy geografik o‘rin (IGO‘) ayniqsa shaharlarga xos. Sababi - shaharlar hududiy 
birlik sifatida yaqqol va yaxlitdir. Yeinobarnn, ularning geografik o‘rni xam darhol ko‘zga 
tashlanadi. 
SHaharlarning iqtisodiy (ularning tabiiy geografik, siyosiy ,teografik, matematak 
o‘rinlari ham mavjud) geografik o‘rin degandabiz ma‘lum oir shaxarnnng o‘zidan tashqarida 
yotgan geografik ob‘ektlarga nisbatan joylashganligi va bu ob‘ektlarning shahar iqtiodiy 
rivojlanishnga ta‘sirini tushunamnz. 
SHaxardan tashqarida, uning yon atrofida o‘rnashgan geografik ob‘ektlar tog‘, ko‘l, 
daryo, yo‘l, kon. boshqa aholi manzilgoxi, qishloq xo‘jaligi dalalari, davlat chegaralari, elektr 
stantsiyalari, sug‘orish inshoatlari, rekreaktsiya ob‘ektlari va xokazolar bo‘lishi mumkin. Ularni 
shaharga ta‘siri, tarixiy va ayni paytda iqtisodiy mazmuniga ega bo‘lishi kerak. 
IGO‘ —ning tarixiyligi shundaki, bu o‘rinning qulay yoki noqulayligi davr o‘tishi bilan 
o‘zgaruvchan, bir vaqt qulay bo‘lgan o‘rin keyinchalik noqulay va aksincha bo‘lishi mumkin. 
Biroq, umumiy qonuniyat shundan iboratki, shaharlar o‘z iqtisodiy geografik o‘rinlarini 
yaxshilashga intiladilar. 
SHaxarning iqtisodiy geografik o‘rni ham murakkab, uning ichida transport, 
geografik, gidrogeografik, demogeografik, agrogeografik kabi yo‘nalishlar mavjud. 
SHubhasiz, bularning orasidy eng muhimi transport geografik o‘rindir. 
IGO‘ —uch bosqichga ega makro, mezo va mikrogeografik o‘rin. Bu bosqichlarning 
hududiy ko‘lami va qamrovi bir xil emas. Masalan, makro — geografik o‘rin shaxarning 
bevosita o‘rnashgan joyi. Uning eng yaqin atrofi bo‘lsa, mezo —geografik o‘rni esa 
shaharaprning nisbatan kengroq va kattaroq xududdagi mavqeidir; makro -geografik o‘rin 
o‘rganilayotgan shaharning yanada ulkanroq xududdagi xolatini anglatadi. Bu yerda shuni 
unutmaslik lozimki, muayyan bir shaxarning mezo yoki makrogeografik o‘rni boshqa shaxar 
uchun (xatto ular qo‘shni joylashgan bo‘lsa ham) hudud ko‘lami jihatidan to‘g‘ri kelmaydi. 
Bu. shaharning katta — kichikligi, bajaradigan funktsiyasiga bog‘liq. Masalan, 
Toshkentning mezogeografik o‘rni (u Markaziy Osiyo mintaqasi bilan belgilanishi mumkin) 
CHirchiq yoki Bekobodning, Namangan yoki Qarshining mezogeografik o‘rniga muvofiq 
kelmaydi; aksincha, bu shaharlar uchun Markaziy Osiyo makrogeografik mazmunga ega 
bo‘lishi mumkin. 
Toshkent viloyatidagi Bo‘ka shaxrining makrogeografik o‘rni esa juda nari borsa, 
Toshkent viloyati va unga tutash bo‘lgan kichik hududlar doirasida belgilanadi. Axir, 
Bo‘kaning rayon markazi, kichik shahar ekanligyni Qirg‘iziston yoki Tojikiston, Orolbo‘yi 
yeki Farg‘onada xamma bilmaydi —da! 
SHaxarning vujudga kelishi, aynan shu joyda o‘rnashganligiga eng avvalo uning 
mikrogeografik holati sababchi bo‘ladi. Bu tog‘ yonbag‘ri, daryoning quyilish joyi yoki 


79 
uning qirg‘oga, tepalik va va boshqajoyida bo‘lishi mumkin. Vujudga kelgan shaharning 
keyinchalik gurkirab rivojlanishida esa uning mezo va makrogeografik o‘rinlari katta 
ro‘l o‘ynaydi. Demak, agar geografik o‘rin noqulay bo‘lsa, shahar xuddi shu joyda vujudga 
kelmagan bo‘lardi (bunday qadimiy shaharlar xarobalariniPanjakeit, Axsi, Nasaf, Pop, 
Kosonsoy, Qiyot va boshqa joylarda ko‘rish mumkin). Ba‘zi shaxarlar, masalan, CHust, 
Denov, G‘ijduvon, Nurota, Piskent, Xiva kabilar juda katga tarixga ega bo‘lishiga qaramay, 
ular xamon kichik shaxar darajasida qolmoqdalar. Extimol, buning sababi, ularning 
mezogeografik o‘rnini noqulayligi bo‘lsa ajab emas. Ayni vaqtda, uncha katta tarixga ega 
bo‘lmagan Navoiy yoki CHirchiq esa allaqachon «yo‘z minglik» chegarani bosib o‘tishgan yirik 
shaxarlardir. Albatga, bunga ularning mezogeografik o‘rnini qulayligi katta ta‘sir qilgan. 
SHaxarlar iqtisodiy geografik o‘rnini o‘rganishda ayniqsa, Toshkent, Xo‘jand 
(Aleksandr Es-Xate), Bekobod, Stanbul (Konstantinopol‘, Vizantiya), Kiev, Volgograd, 
Samara, Moskva, Sankt-Peterburg, Buxoro va Samarqand, Tbilisi, Novosibirsk misollariga 
murojaat qilish samarali natijalar beradi. SHu bilan birga talabalarniyag o‘zlari xam istagan 
shaxarlarining iqtisodiy geografik o‘rnini ochib berishlari kerak. Biroq, eng muximi 
iqtisodiy geografik o‘rin — bu shaxarlarning iqtisodiy geografik ta‘siri va tavsifi emas, 
aksincha u o‘rganishning, taxlil qilishning maxsus usuli, iqtisodiy geografik bilimning «kaliti» 
ekanligini unutmaslik lozim. Ana shundagina, biz nima uchun mazkur shahar, xuddi shu 
joyda vujudga kelgan va rivojlangan, nima uchun u shunday vazifalarni bajaradi va bu yerda 
sanoatning shu tarmoqlari rivojlangan kabi jumboq savollarga javob topa olamiz. 
Xuddi shu ma‘noda, Buxoroyi sharif va Sayqali ro‘yi zamin Samarqandning tarixiy 
«musobaqasini», Movarounnaxrning dorulsaltanati bo‘lishiga talashganligini, Sohibqiron 
Amir Temurning Samarqandni o‘zining bbuyuk imperiyasining poytaxti, Somoniylarning esa 
Buxoroni «Qubbai islom» qilinishini o‘rganish qiziqarli bo‘lsa kerak. 

Download 3,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish