O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti «Geografiya» kafedrasi


CHuchuk suvning yetishmaslik sabablari



Download 3,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/156
Sana28.01.2023
Hajmi3,22 Mb.
#904767
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   156
Bog'liq
O`UM Amaliy geografiya

CHuchuk suvning yetishmaslik sabablari: 
1. Xo‘jalik tarmoqlari va aholini tez o‘sishi tufayli suv resurslari ko‘p sarf bo‘ladi; 
2. Daryoning suv yig‘adigan havzalarida o‘simliklarni qirqish, yerlarni haydash, 
botqoqliklarni quritish va boshqalar sababli suv to‘planishining qisqarishi; 
3. CHuchuk suv resurslarini sanoat, maishiy-kommunal, qishloq xo‘jaligi va boshqa 
chiqindi, oqava suvlar bilan ifloslanishi. 
 
Suv resurslarini ifloslanishi deganda biz har xil organik, noorganik, mexanik, 
bakteriologik va boshqa moddalar to‘planib qolib, uning fizik xossalari (rangi, tiniqligi, hidi, 
mazasi) va kimyoviy tarkibining (reaktsiyasi o‘zgaradi, organik va mineral qo‘shimchalar ortib. 
zaharli birikmalar paydo bo‘lishi) o‘zgarishini suvning yuzasida har xil moddalar suzib, tagiga 
cho‘kaverishini, suvning tarkibida kislorodning kamayib ketishi, bakteriyalar ko‘payishi, 
yuqumli kasalliklar bakteriyalarini paydo bo‘lishini tushunamiz. Suvni ifloslovchi manbalar 
orasida eng muhim o‘rinni sanoat ishlab chiqarishdan hosil bo‘lgan va maishiy kommunal 
xo‘jalikdan chiqqan oqova suvlar egallaydi. 
Sanoat va maishiy-kommunal xo‘jalik korxonalaridan, davolash-sog‘lomlashtirish va 
boshqa tashkilotlardan chiqadigan iflos oqava suvlar; yuvuvchi sintetik moddalar; rudali va 
rudasiz qazilma boyliklarining qazib olinishidagi chiqindilar; shaxtalarda, konlarda, neft 
korxonalarida ishlatilgan va ulardan chiqqan iflos suvlar; yog‘och tayyorlash, uni qayta ishlash 
va suvda oqizishda, tashishda hosil bo‘lgan chiqindilar; chorvachilik fermerlari va 
majmualaridan oqib chiqadigan iflos suvlar; zig‘ir va boshqa texnik ekinlarni birlamchi ishlov 
berishdan chiqqan chiqindilar; ekinlarni sug‘orish natijasida vujudga kelgan oqava - tashlandiq 
va zovur suvlari; har xil mineral va organiq o‘g‘itlar hamda ekinlar zararkunandalariga sepilgan 
zaharli ximikatlar ishlatilgan dalalaridan oqib chiqadigan suvlar; shahar, ishchi shaharchalari va 
qishloq hududidan oqib chiqadigan (yog‘in suvlari) suvlar; elektr stantsiyasidan chiqqan issiq 
suvlar; radioaktiv ifloslanish va boshqalar. 
Sanoat chiqindi suvlarida tirik organizmlar uchun xavfli bo‘lgan har xil kislotalar, fenollar, 
vodorod sul‘fati, ammiyak, mis, rux, simob, tsionid, mish‘yak, xrom va boshqa zaharli 
moddalar, yog‘, neft mahsulotlari, har xil biogen moddalar mavjud bo‘lib, ular sanoat 
korxonalarida ishlatilgan oqava suvlar bilan birga daryo, ko‘l va suv omborlariga borib 
qo‘shiladi. Dunyo okeani quruqlik (litosfera) va atmosfera bilan uzviy aloqada bo‘lgan, alohida 
xususiyatga ega muhitdir. Dunyo okeanining ifloslanishi asosan quruqlik, atmosfera va suv 
havzalari (daryolar)ning ifloslanishi tufayli ro‘yobga chiqadi. 
Dunyo okeaniga tashlanayotgan neft mahsulotlari, sanoat-maishiy chiqindilar, oqava 
suvlar, radiaktiv va turli zaharli kimyoviy moddalar salmog‘i yil sayin ortmoqda. Yaqin chorak 
asr mobaynida okean suvlarining ifloslanishi 1,5-3 martaga ko‘payishi kutilmoqda. Dunyo 


41 
okeani suvlariga qo‘shilayotgan neft miqdori yiliga taxminan 10 mln tonnani tashkil etmoqda. 
Uning yarmiga yaqinini (44%) daryolar keltirayotgan bo‘lsa, qolgan katta salmog‘i dengiz floti 
zimmasiga to‘g‘ri kelmoqda. Dengiz ostidan neft qazib olish oqibatida yiliga 100-200 ming 
tonna neft quduqlardan chiqib okean suvlarini ifloslamoqda. Hozirda dunyo dengiz transporti 
orqali 3 ming nomdagi turli kimyoviy moddalar tashilmoqda. Ularning aksariyat qismi o‘ta 
zaharli birikmalar bo‘lib, turli yo‘llar bilan okean suvlariga qo‘shilmoqda. Dunyo okeanining 
pestitsidlar bilan ifloslanishi juda xatarlidir. Ular okeanlarga qishloq xo‘jalik maydonlari va 
atmosfera orqali tushmoqda. Bundan chorak asr muqaddam dunyo okeanida 450 ming tonna 
DDT to‘planganligini mutaxassislar hisoblab chiqqanlar. Hozirda okeanlarga faqat atmosfera 
orqali yiliga 130 ming tonna har xil pestitsidlar yog‘ilayotganligi ma‘lum. 
Okean suvlarining og‘ir metallar bilan ifloslanishi ham talofatlidir. Dunyo bo‘yicha ishlab 
chiqarilayotgan simobning (9-10 ming tonna) 35-50% i, qo‘rg‘oshinning 2 mln tonnasi 
okeanlarga tushayotganligi sir emas. Kaliforniya (AQSH) texnologiya instituti olimlari 
ma‘lumoti shuni ko‘rsatadiki, avtomobil gazlari tarkibidan ajralib chiqadigan qo‘rg‘oshinning 50 
ming tonnasi atmosfera orqali okeanlarga tushar ekan. Quruqlikdagi barcha daryolar esa yil 
davomida okeanlarga 2 mln tonna qo‘rg‘oshin, 20 ming tonna kadmiy va 10 ming tonna simob 
xadya etadi. Bulardan tashqari kemalardan yiliga taxminan 7 mln dona turli metal buyumlar va 
500 ming donadan ziyod shisha idishlar xamda 1 mln dan ortiq qog‘oz va plastmassa qutichalar 
okeanlarga maishiy chiqindi sifatida tashlanmoqda. Dunyo okeani suvlarining ifloslanishining 
ekologik hamda iqtisodiy-ijtimoiy zararlari beqiyosdir: 
Qutbyoni xududlarda neft bilan ifloslanish mo‘z yuzasining al‘bedosini 27-35%ga 
kamaytirishi sababli, mo‘zlarning erishi tezlashadi; 
Pestitsidlar, ayniqsa DDT dengiz florasida fotosintezga barham beradi, hayvonlarning 
tarqalishiga halaqit qiladi, dengiz hayvonlari yog‘ va jigarida to‘planib, turli og‘ir kasalliklarni 
keltirib chiqaradi; 
Okean suvlarining og‘ir metallar bilan ifloslanishi dengiz jonivorlari va ularni iste‘mol 
qilish orqali kishilarda o‘ta havfli kasalliklarni keltirib chiqaradi; 
Okean suvlarining ifloslanishidan Dunyoning turli qismlaridagi mashhur sohillarda 
cho‘milish faoliyati to‘xtatilgan, demak ularni mavqeyi yo‘qoldi; 
Okean suvini bir litrida neft aralashmasining 1 mg ga oshishi undagi barcha 
fitoplanktonlarni, 0,1-0,001 mg ga ortishi baliq ikralarini qirilishiga olib keladi; 
Dunyo okeani suvlarining neft mahsulotlari bilan ifloslanishi, uning mahsuldorligini 10-
20% ga, baliq ovlashni 15-25 mln tonnaga qisqartirib yubordi; 
Okean suvlarining ifloslanishidan faqat baliqlarning o‘zidan Yaponiya yiliga 100 mln 
AQSH dollari miqdorida iqtisodiy zarar ko‘rayotgan bo‘lsa, AQSHda okean suvlarini 
ifloslanishining barcha yo‘qotishlari 10 mlrd dollardan ortganligi ma‘lum. 
SHu tufayli dunyo okeani suvlarini ifloslanishdan saqlash uchun jahon mamlakatlari 
birgalikda amaliy tadbirlarni qo‘llashga kirishmoqlari zarur. Aks holda, taniqli fransuz 
okeanologi Jak Kustoning umidsiz bashoraticha «sanoat va turizm rivojlangan yirik davlatlar 
zaharlashni to‘xtamas ekanlar asrimizning so‘ngidayoq okeanlarda hayot yo‘qoladi». Ha, 
darvoqe Tur Xeyerdal ham, - «jonsiz okean-jonsiz sayyora» deb bejiz ta‘kidlamagan bo‘lsa 
kerak. 
O‘zbekiston suvlari va suv havzalari antropogen ifloslanishiga qarab 6 tipga bo‘linadi: 
1. Toza suv oqimlari va suv havzalari. Ular asosan tog‘‘lik hududlarda joylashgan bo‘lib, 
suvda mineral zarralari kam, biogen elementlar va organiq qo‘shilmalar kam uchraydi. Suv 


42 
havzalariga xos bo‘lgan og‘ir metallar va pestitsidlarga o‘xshash zararli moddalar me‘yordan 
oshmagan (PDK). Pskom, Oqbuloq, Qizilsoy, Toshkeskan, Tepekli, Oqsu, Gelendaryo. 
2. Tog‘ oldidagi sust ifloslangan suv oqimlari va suv havzalari. Rekreatsion ob‘ektlar va 
kichik aholi punktlari ta‘sirida ifloslangan. Oqtoshsoy, Ugom, Ohangaron (Angrendan yuqori), 
G‘ovasoy, Qashqadaryo, Omonqo‘ton, Sazagan, CHorvoq va Xisor suv omborlari. 
3. O‘rtacha ifloslangan tog‘ oldi va tekislikdagi suv oqimlari va suv havzalari. Ular 
ko‘pgina aholi zich joylashgan yerlarda mavjud. Biogen, mineral, organiq moddalar me‘yordan 
2-3 barobar ortiq. Og‘ir metallar va neft mahsulotlari me‘yordan ortiq. CHirchiq, Ohangaron 
(o‘rta oqim), Salarning yuqori qismi, Qorasuv kanali, Qo‘qonsoy, Norin, Qoradaryo, Isfaramsoy, 
Marg‘ilonsoy, Zarafshon (Samarqanddan yuqori), Tuyabo‘g‘iz, Janubiy Surxon, CHimqo‘rg‘on, 
Qayroqqum, Tuyamo‘yin suv omborlari, Sirdaryo (Farg‘ona vodiysi), Amudaryoni (Termiz-
Nukus) o‘rta va quyi oqimlari. 
4. O‘rtacha ifloslangan va ifloslangan suv oqimlari va suv havzalari. Bunday suvlar qishloq 
xo‘jaligida foydalanayotgan qadimgi sug‘oriladigan yerlarda uchraydi. Sanoat oqiziqlari, suvda 
azot minerali, organiq modda uchraydi. Me‘yordan 3-4 barobar og‘ir metall, neft qoldiqlari va 
pestitsidlar uchraydi. CHirchik (CHirchiq sanoat kompleksidan quyi), qo‘qonsoy (qo‘qonning 
quyi qismi), SHimoliy Bog‘dod, Siab kollektorlari va boshqalar. 
5. Iflos suv havzalari va suv oqimlari. Ular asosan sho‘r tuproqli qishloq xo‘jalik yerlarida, 
yuqori minerallashgan suvli yerlarda joylashgan. Yirik aholi punktlarini quyi qismida 
joylashgan. Bu toifaga kiruvchi suvlar, Amudaryoni - Orol bo‘yi zonasi, Buxoro voxasi, 
Mirzacho‘l massivi va Farg‘ona voxasi. 

Download 3,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish