Mavzu: Amaliy geografiyada prognozlashtirish
Reja.
1. Tabiat bilan jamiyat o‘rtasida o‘zaro munosabat
2. Bashoratlashtirish metodlari
3
.
Geografik baholash
Tayanch so’z va iboralar:
fundamental tadqiqiotlar, bashorat natijalari, majmuali
bashorat, ilmiy bilish, sifatli metodlar, morfologik metod, analitik metod, geografik bashorat
fani.
Tabiat bilan jamiyat o‘rtasida o‘zaro munosabatlarning borgan sari murakkablashishi
turli ekologik muammolarning tarkib topishiga va ularning keng maydonlarda sodir
bo‘lishiga sabab bo‘lmoqda. Xavo va suvning ifloslanishi, zaminning maxsuldorligini pasayib
borayotganligi o‘simlik va xayvonot dunyosi turlarining kamayish yo‘nalishida taraqqiy
qilinayotganligi, quruq o‘lkalarda cho‘llashish xodisasining kengayib borayotganligi va boshqa
tabiiy jarayon xamda xodisalarning miqyosini kuchayishi kelajakda qanday xunuk ekologik va
ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarga olib kelishi xozirdanok ko‘ra bilishni taqozo etadi. Inson
xujalik faoliyatining tezkorlik bilan taraqqiy qilayotganligi tabiat qo‘ynidagi boyliklarning
borgan sari xo‘jalik ishlab chiqarishiga kiritilishini tezlashtirish jarayonida tabiatda qayta
aks-sado xam joylarda tez-tez yuz bermoqda. Boshqacha aytganda, nixoyatda tezkorlik bilan
tabiiy resurslardan foydalanish uni tobora qashshoqlashtirib qo‘ymokda – ki, buning natijasida
tabiat insondan o‘ch olmoqda. Orol dengizining kurib borayotganligi, Balxash ko‘li,
Issiqqulning satxini tushib borayotganligi, O‘rtaosiyodagi daryo va ko‘llarning suvini
43
ifloslanib ketganligi sugoriladigan yerlarning melliorativ xolatini yomonlashib ketganligi
talay ekologik muammolarni keltirib chikaradi-ki, ularni tezroq xal qilish borgan sari
zaruriyatga aylanmokda. CHunki, bu xol katta miqyosda tabiiy ekologik zarar yetkazmoqda.
Ana shularni xisobga olganda yakin kelajakda yoki o‘zogi bilan yana 10-15 yillardan sung
o‘lkamizda xozirgi mavjud ekologik muammolar tobora kengayib, qanday miqyosda xunuk
oqibatlar tarkib topishiga sabab bo‘lishi mumkin, ular yana qanday boshqa muammolarni
keltirib chiqarishi extimoli bor? Ana shunday qator savollarga to‘g‘ri va obe‘ktiv javob
topish uchun ularni bashoratlashtirish va buning natijasida yetuk asoslangan ilmiy bashoratli
ma‘lumotlarni ishlab chiqish insoniyat uchun naqadar zarur.
Darvoqe, bashorat natijalariga qarab xozirdanoq ularni qaysi usulda tezroq xal qilish
lozimligi, ilmiy asoslangan majmuli chora – tadbirlarni qo‘llash zarurligi ishlab chiqilishi
yanada oydinlashdi. Binobarin, tabiiy geografik bashorat amaliy axamiyatiga ega bulib, tabiiy
muxitning optimallashtirishga, yuz berishi mumkin bo‘lgan noqulay tabiiy xodisa va
jarayonlarning o‘z vaqtida oldini olishga xizmat qiladi. Tabiiy – geografik bashoratlashtirish
tabiiy muxitda tabiiy va antropogen yo‘nalishli o‘zgarishlarning xajmi va sodir bo‘lish
vaqtlarini aniqlashga yo‘naltirilgan ilmiy tadqiqotdan iborat. U tabiiy komplekslarning xozirda
va o‘tmishdagi strukturasi va mavjud xarakatini taxlil qilish bilan ularning kelajakdagi xolatini
ilmiy jixatdan kura bilishdir.Ilmiy asoslang bashorat tabiatdan oqilona foydalanish uni
muxofaza qilish va tabiiy muxitini optimal boshqarishni asoslashi lozim.K. K. Makarov ( 1973),
V.B. Sochava (1978, 1986), I. P. Gerasimov (1985) xozirgi sharoitda tabiiy geografik
bashoratlashtirish bilan shug‘ullanish vujudga kelayotgan mamlakat miqyosidagi muammolarni
to‘g‘ri xal qilish geograflarning ilmiy faoliyatdagi eng muxim shakllaridan biri bo‘lib qolishini
ta‘kidlagan edilar. I. P. Gerasimov geografik bashorat boshqa fanlardan farqli o‘larok majmuali
xarakterda ekanligini, uning regional va global xususiyatlarini chuqur asoslab bergan. A.
G.Isachenko (1982), ,‖landshaftli bashorat‖ tushunchasini fanga kiritdi. V. S.Anoshko (1985),
A.G. Yemel‘yanov (1982), Yu.G. Simonov (1982) va boshqalarning geografik bashorat
soxasidagi ishlari uning ayrim soxalarini chuqurroq asoslashga xizmat qiladi. Lekin shuni tan
olish kerakki, geografik bashorat faninig ayrim soxalari kabi endigina usish boskichlarini
boshdan kechirmokda. Xali uning ko‘pgina xususiyatlari, xamda qonuniyatlari nazariy asoslari
to‘la va chuqur ishlab chiqilmagan, uzoq muddatga muljallangan majmuali bashorat borasida
xali ko‘pgina samarali ilmiy metodlar atroflicha amaliyotga tadbiq qilinmagan. Binobarin, bu
soxada xali talay ilmiy izlanishlar va fundamental tadqiqiotlar olib borilishi darkor.
Geografik bashoratlashtirishda aslida majmuali va soxali qismlarni ajratiladi, majmuali
bashoratlashtirish asosan tabiiy va iqtisodiy geografik, soxali bashoratlashtirishda esa ayrim
geografik fan metodlari qo‘llaniladi. Biroq, majmuali bashoratlashtirishda (masalan, tabiiy –
geografik, iqtisodiy va ijtimoiy geografik va boshqalar.) muammoga majmuli yondoshish
ancha murakkab, chunki tabiiy komplekslar strukturali – tadjiriy xolati bo‘yicha ko‘pincha
xududlarda juda xam beqaror va o‘zgaruvchandir. Ularda inson ta‘sirining keng mikiyosda
sodir bulishi to‘g‘ri va teskari ichki aloqalar bashoratning natijasini aniqlovchi tashqi
omillarning ko‘pligi, shuningdek murakkab sharoitda oddiy metodlarning qo‘llashning
qiyinchiligi,
ko‘pincha
turli
ma‘lumotlarning
yetishmasligi
to‘la
mazmundagi
bashortlashtirishni amalga oshirishga to‘sqinlik qiladi. Bashoratni aniq va chuqur ilmiy
asoslangan xolda ishlab chiqish ko‘p jixatdan uning maqsadini va obe‘ktini aniqlashga
bog‘liqdir.
Tabiiy geografik bashoratlashtirishning umumiy ilmiy usullari.
44
Bashoratlashtirishning asosini uning ishchi usullari tashkil qiladi. Bashoratning ishlab
chiqish usullari xamda yondoshishlari jami bashoratlashtirishning metodikasini tashkil qiladi.
SHu kunga qadar bashoratlashtirishning ish metodlarini ishlab chiqish borasida faqat ma‘lum
yutuqlarga erishilgan xali bu soxada qulay va sodda metodlar yaratilib keng mikiyosda
foydalanilayotgani yo‘q. Xozirgi vaqtda juda ko‘plab turli metodlar yaratilgan, lekin ularning
faqat ayrimlarigina ya‘ni, unchalik murakkab bo‘lmagan va ko‘p vaqt talab kilmaydiganlari
amalda foydalanilmoqda.
Bashoratlashtirish uchun asosiy va amaliy axamiyatga ega bo‘lgan fanlarning metodlari.
Miqdoriy va sifat metodlaridan foydalanish.
Bashorat ilmiy bilishga asoslanadi. Bu soxada fundamental axamiyatga ega bo‘lgan
fanlarning yutuqlaridan foydalanish uning natijalarini xaqiqatga yaqinroq, yoxud aniqroq
chiqishga imkon beradi.Tabiatda yuz beradigan qonuniy xodisalar tabiiy muxitning rivojlanish
qonuniyatlari, barqaror takrorlanib turadigan voqelik va xodisalar, ritmik jarayonlar
qaytariladigan va qaytarilmaydigan o‘zgarishlar tasodifiy omillar va boshqa xodisa xamda
jarayonlarning yo‘z berish qonuniyatlari turli asosiy va amaliy axamiyatga ega bo‘lgan fanlar
tomonidan chukur va xar tomonlama asoslangan. Ularni tabiiy geografik bashoratlashtirishda
keng foydalanish xam nazariy xam amaliy axamiyat kasb etadi. Bu borada dialektik falsafa
qonuniyatlari, matematika, kibernetika, fizika, biologiya, geologiya fanlarining erishgan
yutuklaridan bashoratlashtirishda keng foydalanib. Uning natijalarini miqdoriy ko‘rsatkichlar
bilan asoslansa aniqrok yutuqlarga erishiladi. Bu soxada kompyuterlardan foydalanish ayniqsa
samarali natija beradi. Lekin tabiiy geografik bashoratlashtirishda juda ko‘p tabiiy va antropogen
omillar majmusidan foydalanilganligi tufayli ularni dasturlashtirish juda xam murakkab, shuning
uchun xam ko‘pincha mashinada xisoblash jarayonida ba‘zan teskari ma‘lumotlar xam olinadi.
Olib borilgan kator bashoratli ishlar yakuniga ko‘ra EXMda ko‘proq bir yoki ikki omil
ishtirokidagi tuzilgan ish dasturi yaxshi natija beradi va uni mashina to‘g‘ri qabul qilib, aniqroq
natija chiqaradi.
Geografiya uchun eng yaqin bo‘lgan geologiya faning erishgan yutuqlari va ishlab
chiqqan konunlari bashoratniishlab chikishda zarurdir. Injenerlik geologiyasi barcha tabiiy
geologik xodisa va jarayonlarni chuqur urganib uning inson omili ta‘sirida o‘zgarishi tadjiriy
xarakatlarini obdon asoslab chikkan, turli xil mavzudagi xaritalar tayyorlangan, gidrologiya
soxasi yer osti suvlarining xarakati va rejimini o‘rganish borasida insoning xo‘jalik faoliyati
ta‘sirida o‘zgarish qonuniyatlarini to‘la-to‘kis ishlab chiqqan.
Albatta bu yutuqlar bashoratlashtirishda keng miqyosda foydalanilsa ko‘zlangan bashorat
yutuqlariga erishiladi.
Bashoratlashtirish metodlari
Geografik bashoratlashtirish soxasida keyingi vaqtlarda ko‘plab turli metodlar taklif qilindi
va amalda qo‘llashga joriy qilinmoqda.(Rabochaya kniga po prognozirovaniyu, 1982, Zvonkova
1987). Yu.T.Simonov va I.M.Zeydis (1982) bashoratlashtirishning metodlarini sifatli (ichki xis)
va miqdoriy guruxlarga bo‘ladilar. Sifatli metodlar uch guruxchaga bo‘linadi: mantiqiy taxlil
metodlari (morfologik); makon- zamon o‘xshashlik metodlari va ekspert baholash metodlari.
Miqdoriy metodlar ikki guruxchadan iborat: statistik(regresiya taxlili va diskriminant funktsiya
taxlili, informatsiya taxlili) va analitik (evolyutsion graflar taxlil modellari, statsionar xolatdagi
jarayonlarning tadrijiy xolatini taxlil modellari va xokazolar). Metodlar T. V.Zvonkova (1987)
geografik bashoratlashtirishda ko‘prok quyidagi metodlarning foydalanishiga axamiyat beradi.
Mantikiy metodlar. Ular ma‘lum ketma–ketlikda amalga oshiriladigan fikrlash
operatsiyalariga asoslanadilar va oddiy yoki murakkab bashorotlashtirilayotgan joy uchun
45
qo‘llaniladi. Geografiyada ko‘proq juda ko‘p omillar majmuasi ishtirokida bashoratlashtirish
ishlari bilan shugullanganligi tufayli ushbu metodlar keng mikyosida foydaniladi. Mantiqiy
metodlardan foydalanish borasida tadqiqiotchi murakkab tuzilgan tabiiy kompleksning ayrim
qismlari orasida xayolan aloqalar o‘rnatadi va mantiqiy sxema ko‘rinishida
bashoratlashtirilayotgan voqeilikni tasdiqlaydi.
Mantiqiy metodlarga induksiya va deduksiya metodlarini ekspertli baholsh va sistemali
taxlilni kiritish mumkin. Induksiya metodi predmet va xodisalar orasida sababiy aloqalarni
urnatadi. Tadqiqot asosan xususiylikdan umumiylikka tomon olib boriladi, ya‘ni ayrim
faktlardan umumiy xulosaga kelish, bu xol tabiiy kompleksning taraqqiyoti jarayonida
o‘xshashlik va farqlanishlarni aniqlash bilan amalga oshiriladi. Prognozlashtirishda induktiv
metodning kulanilishi ko‘prok yetarli ma‘lumotnomaning mavjud bulmagan taqdirdagi ya‘ni
statistik ma‘lumotlarni ko‘p yillar uchun yetishmaligi xususida extimoli muloxaza olish uchun
foydalaniladi.
Deduktsiya metodi umumiy xolatdan xususiy xulosalarga kelish, xususiy xulosalarni
chikarishni tavsiflaydi.Mutaxassislarning fikricha deduksiya metodini ko‘prok induktiv usulda
tadqiqiotdan so‘ng kullash samarali natija berishligi maqsadga muvofiqdir deb ta‘kidlaydilar,
chunki ikki metod xam zaruriy xisoblanib, jarayonni to‘xtovsiz davom etishigina ishonchli
prognonostik xulosolar chiqarish uchun imkon beradi. SHuni xam xisobga olish zarurki, deb
ta‘kidlaydi T.V.Zvonkova, endilikda matematik mantiq metodlarining geografiyada ko‘prok
qo‘llanila boshlanishi tufayli deduktiv usulining ko‘llanilishiga e‘tibor kuchayib bormoqda.
Bashorat qilinayotgan tabiiy kompleks ob‘ekti to‘grisida aniq ma‘lumotlar
bashoratlashtirilayotgan elementlar orasida bir–biriga bog‘liq bo‘lgan miqdorli ko‘rsatgichlar
mavjud bulmagan taqdirida ekspertli baholash metodi qo‘llaniladi. Ushbu metodning moxiyati
shundan iboratki ob‘ektning kelajagdagi o‘zgarishi yukori malakali mutaxasislarning
ishtirokida,ularning fikrlari asosida tegishli xulosa ishlab chiqariladi. Eksperimentli ishning
muxim qismini atrof- muxitning inson xo‘jalik faoliyati ta‘sirida o‘zgarishlarini taxlil qilish
tashkil qiladi. Bu jarayonda u yoki bu xo‘jalik (sanoat, gidrotexnik va b.) ob‘ektning
joylashtirish va biror irrigatsiya massivini o‘zlashtirish loyixalari shu joy uchun mos kelishi yoki
kelmasligi aniqlanadi.Bu ishni amalga oshirish borasida normativ aktlar asosida ushbu
ob‘ektlarni kurish yeki ko‘rish mumkin emasligi asoslanadi. Ekspertli baholash usuli yakka
mutaxasis yeki mutaxasislar guruxi ishtirokida utkazilishi mumkin, bu ushbu ob‘ektning
qanchalik murakkabligi va xajmiga bog‘liqdir. Ekispertli baholash metodi T.V.Zvonkova (1987)
tomonidan anchagina chukur ishlab chiqilgan.
Geografik tadqiqiotlarda, ayniqsa, keng tarqalgan metodlardan biri o‘xshatish usulidir.
Ushbu usul asosida basharat qilish – u ushbu geografik ob‘ektning xususyatlarini boshqa joydagi
tabiiy komplekis bilan xamma jixatdan o‘xshashliklari asosida amalga oshiriladi. Bu jarayonda
makon-zamondagi axvol avvlgi tarixiy axvol bilan xam solishtrib ko‘riladi, ya‘ni ikkala tabiiy
komplekslar o‘tishdagi vokelik xamda xozirgi strukturali tadrijiy xolat deyarli bir xilda bulishi
lozim. O‘xshashlik metodi bashoratning ko‘rsatkichlari xamda kutilayotgan tabiiy geografik
jarayon va xodisalarning vujudga kelish vaqti va xajmini aniqlashga imkon beradi.
O‘xshashlik metodini kullash jaraenida bir necha boskichlardan iborat tadqiqiot ishlarini
amalga oshiriladi, ayniksa o‘xshash tabiiy komplekisni kidirib topish boskichi juda xam
ma‘suliyatlidir. Bu jarayonda quyidagilarga aloxida axamiyat berilmogi lozim: 1)
solishtirilayotgan tabiiy komplekslar aynan o‘xshash bo‘lishi bilan birga tarixiy o‘tmishdagi
rivojlanish bosqichlari aynan bir xil bulishi darkor, 2) solishtirilayotgan xusuiyatlar vaziyalar
bir vaqtda va makonda qaytarilishi lozim, 3) tabiiy komplks resurslaridan foydalanish xarakteri
46
turlicha bulishligi mumkin , lekin ularning turlari bir-birlariga yaqin bo‘lishi yoki bir xil
bo‘lishligi va xokazo. O‘xshashlik metodi ko‘pincha maxalliy bashoratlarni tayyorlashda
ishlatiladi. Masalan quruq iqlim sharoitida suv omborlari magistral kanallar, o‘zlashtirilgan
quruq yerlar deyarli bir-birlariga yaqin bo‘lgan tabiiy sharoitlarda loyixalanilishi ularning
xozirda mavjud bo‘lgan aynan shunday gidrotexnik inshootlarining tabiiy komplekslarini
o‘rganish asosida o‘xshashlik metodini qo‘llab tegishli bashoratli xulosalarini ishlab chiqishi
mumkin.
O‘xshashlik elementlari, mantiqiy metod sifatida boshqa fanlarning bashoratlashtirish
tadqiqiot ishlarida keng foydalaniladi. Lekin ushbu metodning barcha afzalliklari bulishiga
karamasdan, u bir variantlikdir, tusatdan bo‘ladigan turli nomutallib xodisalar va vokelik lar
to‘g‘risida ma‘lumot olib bulmaydi shuningdek o‘zoq kelajakda yo‘z berishi mumkin
bo‘ladigan xodisalarni oldini oldindan aytib beoishi murakkabdir. O‘xshashlik metodi boshqa
usullar majmuasida qo‘llanilishi maqsadga muvofiqdir. Ko‘pgina fanlarda, jumladan geografik
tadqiqiotlarda bashoratlashtirishning genetik metodlari keng qo‘llaniladi. Ushu metodlar xodisa
va jarayonlarning taraqqiyotini evolyutsion bosqichlarini tuzish va shu orqali kuzatilayotgan
faktlarning noma‘lum xususiyatlarini oldindan aytib berishga asoslangan . Lekin vokelikni sodir
bulish vaqtini bu metod bilan aniqlash mumkin emas. Tabiiy geografik tadqiqiotlarda genetik
strukturali genetik katorlar metodisifatida qo‘llaniladi. CHunonchi yangi kurikerlarini
o‘zlashtirish jarayonida quyidagi genetik metod strukturali qatorlarni vujudga kelishini
ko‘zatish mumkin: yer osti suvlarining satxini ko‘tarilishi, tuproqda sho‘rlash xodisasini
rivojlantirishi, ya‘ni mikroiqlim tarkib topishi, agroirrigatsion qatlamcha vujudga kelishi va
boshqalar aslida grunt suvlarining rejimini o‘zgarishi bilan bog‘liqdir.
Ko‘pgina fanlarning ilmiy tadqiqiot ishlarida shujumladan geografik bashoratlashtirishda
sistemali taxlil metodlari keng urin olmokda. Geografik sistemalar – geosistemalar sifatida
sistemali yondoshish asosida urganilishini taqozo qiladi, bu borada tadqiqiot ishlari sistemali
metodlarni qo‘llangan xolda olib boriladi. Sistemali metod tadqiqiotning aloxida usuli , vositasi
bulib, tadqiqiotning predmeti to‘g‘risida u bir butunlikning aloxida bir qismi sifatida baholashni
o‘rganish bilan fikr yuritadi (Smirnov, 1981). Binobarin, bashorat qilinayotgan bo‘lajak
geosistema xam sistemali metod bilan tadqiqot qilinish lozim T. V. Zvankova (1987)
bashoratli geografik vazifalarni majmuli xal qilish nuqtai nazardan ikki muxim xolda
axamiyat berishni ta‘kidlaydi: 1) sistema integral xususiyatlarga ega bo‘lganligi sababli, ular
uning ayrim elementlarida mavjud bulmaganligi tufayli, ularni faqat sistemaning bir butun
xodisa sifatida urganilgandagina aniqlash mumkin; 2) sistemali yondoshish ma‘lum bir
ma‘noda umumiy vazifani xal qilish uchun turli fanlarning manfaatlarini birlashtiradi.
Bashoratlashtirishda sistemali yondoshish sistemalararo metodni asosini tashkil qiladi,
ushbu metod xozirgi vaqtdagi bir sistemaning xolatini o‘rganish bilan kelajakdagi sistemani
xolatini aniqlashga imkon beradi (bashorat qilingan vabashorat kilinayotgan sistemalar ) . bunda
ikkala sistema bir –birlari bilan argument va funktsiya yoki vaqt birligida va parametrlar
buyicha korelyativ boglangan bulishi taxmin kilinadi Ikkala sistema xam ular uchun umumiy
bo‘lgan metasistema tarkibiga kirishi kerakki, izomorfli , ya‘ni umumiy bir –birlariga mos
keluvchi strukturaga ega bulishi , umumiy bo‘lgan manbadan kelib chikishi va o‘zaro to‘g‘ri
xamda teskari aloqalarga ega bulishi darkor (Zvankova,1987).
Formalashtirilgan metodlar. Umumiy belgilarining xarakteri va xarakat pirintsiplari
buyicha bashoratli ekstrapolyatsiya, statistik, analitik modellashtirish va boshqalarni
birlashtiriradi. Bashoratda keng qo‘llaniladigan metodlardan biri kelajakda taraqqiyot
yo‘nalishining ekstrapolyatsiya qilish metodidir. Ushbu metod matematika statistikaga
47
asoslangan xolda amalga oshiriladi. Ekstrapolyatsiya metodi ma‘lum sifatli miqdorli qiymatlar
va birliklar asosida bashorat kilinayotgan ko‘rsatkichni extimolli miqdorini bashoratlashtirish
davrining davomini xisobga olgan xolda belgilangan vaqtda topishni taqozo etadi. Buning
uchun bashorat kilinayotgan tabiiy kompleksning o‘zgarish yo‘nalishi vaqt birligida aniqlanadi
. (L.E. Smirnov. Sistemniy podxod i kartog‘rafirovanie sistem v geografii.
«Kartog‘rafirovanie geograficheskix sistem» MGU 1981, s. 5) grafiklar tuziladi, unga
geosistemani avvalgi o‗tmishdagi va kelajakdagi o‘zgarish yo‘nalishi aniqlanadi.
Gap grafikda yo‘nalishning qaysi xolatida chikishiga bog‘liq. Agarda taraqqiyot
yo‘nalishning o‘zgarmas, nisbiy barqarorlik yoki bashorat qilinayotgan ko‘rsatkichni mutlak
oshib borishi saqlanib qolsa – u xolda ekstrapolyatsiyaning printsiplariga eng maqbul to‘g‘ri
keladi, bu xolda to‘g‘ri bog‘liqlik bir xilda oshib boruvchi yoki kamayib boruvchi chiziq
vujudga keladi. Ekstrapolyatsiya metodi geografik tadqiqiotlarda qo‘llaniladi. CHunonchi ushbu
metod kartografik ilmiy tekshirish ishlarida, masalan, turli yillarda tuzilgan iqtisodiy geografik
kartalar asosida biror iktisodiy rayonning ma‘lum bir vaqt birligida umumiy rivojlanishi
aniqlanadi. Kaspiy dengizining satxini o‘zgarib turishi munosabati bilan uning kelajakdagi
o‘zgarishini suvga bo‘lgan extiyojlarini xisobga olagan xolda 200 yilga qadar ishlab chiqilgan .
SHu metod asosida orol dengizi satxining 2015 yilga kelib qancha miqdorgacha tushib borishi,
suv xajmi, buglanish miqdori aniqlab to‘g‘ri bashoratli xulosalar tayyorlangan. Matematik
modellashtirish assosini o‘xshashlik tashkil qiladi, chunki model‘ bashorat kilinayotgan tabiiy
kompleksni aynan o‘xshashi asosida to‘ziladi. Xar bir model (u fizik yoki mantiqiy bo‗lishi
mumkin ) ma‘lum bashorat funktsiyasinibajaradi. Bashoratlashtirishda modellar murakkab tabiiy
komplekslarni ishlashda yaxshi samara beradi. Bu xolatda model tuzilib, unda
bashoratlashtirilayotgan sistemaning strukturasi, uning komponentlari orasidagi o‘zaro bog‘liqlik
xamda ichki va tashqi rivojlantiruvchi omillar kayd etiladi. Belgilangan maqsadga muvofiq
modellar va modelchalar majmuali global regional va maxalliy darajada, shuningdek modellar
va modelchalar geografik tadqiqiotlarda keng qo‘llaniladi, zero ular tabiiy muxitning eng
muxim qismlari, jarayon va xususiyatlarini, ayniqsa ekologik muammolarning ayrim bloklarini
obe‘ktiv ravishda ko‘rsatib beradi. Ammo ushbu modellarni ishlab chiqish juda xam
murakkab, bu jixatdan matematik tabiiy muxitning rivojlanishini asosiy qonuniyatlarini to‗liq
tushunib yetishi yoki biror regional muammoning asosiy geoekologik xususiyatlarini to‘g‘ri
faxmlay olishi darkor. SHu tufayli xozirga qadar keng miqyosda foydalanishayotgani yo‘q.
Logik modellarning turlaridan biri grafikli modeldir. Ushbu metod V. S.Preobrajeniskiy va T.
D.Aleksandrova (1988) tomonidan ishlab chiqilgan.
Tabiiy sharoit yoki landshaftlarni foydalanish maqsadlarida baholash - geografik baholash
deb ataladi. Masalan, dehqonchilik, chorvachilik, sanoat, transport, rekreatsiya, suv xo'jaligi va
boshqa maqsadlarda baholash amalga oshirilishi mumkin.
Geografik baholash quyidagi bosqichlardan iborat:
a) baholash ishlarining maqsad va vazifalarini aniqlash (masalan, daryo vodiysining
ma'lum bir qismini suv ombori qurish maqsadida baholash);
b) baholash uchun zarur bo'lgan ko'rsatkichlar yoki ma'lu-motlar ro'yxatini to‘zish;
d) o'rganilayotgan hudud daryo vodiysining hozirgi va kelajakdagi holatini belgilaydigan
ko'rsatkichlar yoki xossalarni o'rganish va o'lchash (vodiyning geologik to‘zilishi, o‘zunligi,
kengligi, balandligi, yonbag'irlar qiyaligi, suvning sarfi, loyqaligi, me'yori va h.k.);
e) olingan ma'lumotlar va ko'rsatkichlarni bir-biriga taqqoslash asosida har bir komponent
bo'yicha alohida baholashni amalga oshirish (relyef, geologik to‘zilish, suv o'lchamlari va h.k.
haqida);
48
f) alohida baholashlar asosida umumiy baholashni amalga oshirish (suv omborini mazkur
joyda qurish mumkinmi yoki yo'qmi);
g) yakuniy jadval va xaritalar to‘zish.
Tabiiy geografik baholashning aniq maqsadiga ko'ra sifat va miqdor usullaridan
foydalaniladi. Sifat ko'rsatkichlari qulaylik darajasiga qarab "juda qulay", "qulay", "o'rtacha
qulay", "kamroq qulay", "qulay emas" deb baholanadi.
Masalan, tekisliklar yo'l qurilishi uchun juda qulay, qumli cho'llar qulay, to'lqinsimon
tekisliklar o'rtacha qulay, adirlar kamroq qulay, tog‘'lar esa qulay emas.
Baholashning miqdor usuli har bir darajani sonli ko'rsatkich-lar asosida amalga oshirishga
asoslangan. Masalan, vegetatsiya davrida havo haroratining 10 °C dan yuqori bo'lgan kunlar
yig'indisi qishloq xo'jalik ekinlarining qaysi turlari hududning qaysi joylarida o'si-shi
mumkinligini aniqlashda asosiy mezon bo'lib xizmat qiladi. Masalan, arpaning pishib yetilishi
uchun quyidagi haroratlar yig'indisi bo'lishi shart. Vegetatsiya davrida havo haroratining Q10 °C
dan yuqori yig'indisi 1000° gacha bo'lishi eng tezpishar arpa navining yetilishi uchun yetarli
emas, mazkur arpa navi 1000—1400° da pishadi, 1400—1800° da esa o'rta pishar, 1800° dan
oshganda esa eng kechki navlar yetiladi. Ko'rsatilgan ushbu miqdor ko'rsatkichlari baholashning
ma'lum bonitetli darajalari hisoblanadi.
Yer resurslari xo'jalik jihatdan juda ko'p maqsadlarda baholanadi. Ayniqsa, yer resurslarini
dehqonchilik maqsadlarida baholash keng tarqalgan.
Dehqonchilikni amalga oshirish asosan relyef, agroiqlimiy re-surslar, tuproq sharoiti, yer
osti suvlarining joylashishi va xossala-rining qulayligi, suvning mavjudligi va boshqa omillar
bilan belgilanadi.
Dehqonchilik uchun yaroqli yerlarni o'zlashtirish va ulardan foydalanishning murakkablik
darajalari landshaftlaming xususiyatlariga qarab turlicha bo'ladi. Yuqorida ko'rsatilgan
omillaming tahlili asosida O'zbekiston tabiiy-hududiy komplekslari murakkablik darajasiga ko'ra
to'rt guruhga bo'linadi: oddiy, o'rtacha murakkab, murakkab va juda murakkab tabiiy
komplekslar.
Oddiy tabiiy komplekslarga tog‘' oldi prolyuvial va daryo vodiyla-rining yuqori terrasalari
kiradi. Yer osti suvlarining gorizontal harakati yuqori darajada ta'minlangan bo'lib, bu
suvlarining sathi ko'taril-maydi, chunki lyoss va lyossimon jinslar ostida shag'al toshlar yotadi.
Mazkur joylar dehqonchilik uchun juda qulay.
O'rtacha murakkablikdagi tabiiy komplekslarga yoyilmalar va daryo deltalarining yuqori
qismlari kiradi. Yer osti suvlarining gorizontal harakati ta'minlangan, ammo ayrim pastqam
joylarda u yer yuzasiga yaqin ko'tariladi va sho'rlanishga sabab bo'lishi mumkin. Shamol va suv
eroziyasi yo‘z berishi mumkin. Shuning uchun ihota daraxtzorlarini vujudga keltirishni
loyihalashtirish zarur.
Murakkab tabiiy komplekslarga yoyilmalar va deltalarning o'rta qismlari va allyuvial
terrasalar kiradi. Yer osti suvlarining gorizontal harakati yaxshi emas, sug'orish davomida
ularning sathi ko'tariladi va tuproqda to‘z to'plana boshlaydi. Buning oldini olish uchun
gorizontal va tik zovurlar qurishni ko'zda tutmoq lozim.
Juda murakkab tabiiy komplekslarga deltalarning etak qismlari, prolyuvial tekisliklarning
quyi yoki chekka joylari, adirlar, plato va balandliklar kiradi. Yer osti suvlarining gorizontal
harakati ta'min-lanmagan, ularning sathi sug'orish paytida tezda ko'tarilib ketadi. Buning oldini
olish maqsadida zich zovurlar tarmog'ini qurish, yerni sifatli qilib yuvish va tekislash, shamol
eroziyasiga qarshi ihota daraxtzorlarini vujudga keltirish lozim. Suv shimilishining oldini olish
uchun tomchilatib, yomg'irlatib va tuproq ostidan sug'orish usullarini qo'llash zarur.
49
Iqlim resurslarining miqdor ko'rsatkichlari ko'p jihatdan qishloq xo'jalik ekinlarining turini
va hosildorligini belgilab beradi. Har qanday ekinlarning pishib yetilishi uchun ma'lum
miqdorda issiqlik zarur bo'ladi. Shuning uchun ham mamlakatimiz iqlimiy resurslarini qishloq
xo'jaligi nuqtayi nazaridan baholash muhim amaliy ahamiyatga ega.
Vegetatsiya davrida kerakli miqdorda issiqlik mavjud bo'lsagina ekinlar urug'i unib
chiqadi, rivojlanadi va pishib yetiladi. Ekinlarning urug'i unib chiqishi, ko'p hollarda, havo
harorati o'rtacha Q 10 °C dan yuqori bo'lganda yo‘z beradi.
O'zbekistonning tekislik qismida quyidagi issiqlik mintaqalari mavjud: issiq, juda issiq,
o'rtacha jazirama, jazirama, o'ta jazirama.
Issiq mintaqaga O'zbekistonning shimoli g'arbida joylashgan Ust-yurt platosining Orol
dengizi sohillari kiradi. Q10 °C dan yuqori haroratlar yig'indisi 3500° dan kam. Mazkur
mintaqada o‘zumning ertapishar navlari yetilishi mumkin.
Juda issiq mintaqada haroratlar yig'indisi 3500-4000°. Mazkur mintaqaga Ustyurt
platosining shimoliy va o'rta qismlari, Amudaryo deltasining shimoliy qismi kiradi. Ushbu
mintaqada o‘zumning tez-pishar, sholining ertapishar, makkajo'xorining kechpishar navlari
pishib ulguradi.
O'rtacha jazirama mintaqada haroratlar yig'indisi 4000-4500° gacha boradi. Ustyurt platosi
va Amudaryo deltasining janubiy qismlari, Xorazm vohasi, Qizilqumning shimoliy qismiga
to'g'ri keladi. Mazkur mintaqada paxtaning ertapishar navlari to'liq pishib yetiladi.
Jazirama mintaqada haroratlar yig'indisi 4500° dan 5000° gacha yetadi. Ushbu mintaqaga
Qizilqumning katta qismi, Zarafshon vodiysining quyi qismi, Mirzacho'l, Farg'ona vodiysi
kiradi. Mazkur mintaqada paxtaning o'rtapishar navlarini ekish mumkin.
Juda jazirama mintaqada haroratlar yig'indisi 5000° dan yuqori bo'ladi. Qashqadaryo,
Surxondaryo viloyatlarining janubiy qismlari shu mintaqada joylashgan. Ushbu mintaqada
ingichka tolali paxta yetishtiriladi.
Sizga ma'lumki, O'zbekistonning sharqiy va janubi sharqiy qismlari asosan tog‘'lardan
iborat. Tog‘'larda balandlikka ko'tarilgan sayin havo harorati pasayib boradi, natijada musbat
haroratlar yig'indisi kamayib, yetishtiriladigan ekin turlari ham o'zgarib boradi.
Tog‘'larda quyidagi issiqlik mintaqalari ajratiladi: iliq mintaqa, salqin mintaqa, juda salqin
mintaqa.
Iliq mintaqada haroratlar yig'indisi 3000—4000° atrofida va o'rtacha balandlikdagi
tog‘'lami o'z ichiga oladi. Ushbu mintaqada lalmikor yerlarda don yetishtirish hamda sug'orma
o‘zumchilikni rivojlantirish mumkin, paxta yetilmaydi.
Salqin mintaqada musbat haroratlar yig'indisi 3000° dan kam. O'rtacha balandlikdagi
tog‘'larni o'z ichiga oladi. Mazkur mintaqadan asosan yaylov sifatida foydalaniladi.
Juda salqin mintaqada haroratlar yig'indisi 1000° dan kam, dehqonchilik uchun yaramaydi.
Bu mintaqa baland tog‘'larni o'z ichiga oladi.
Tabiat komplekslarining dam olish maqsadlarida foydalaniladigan xususiyatlari yoki
komponentlari rekreatsion resurslar deb ataladi. Masalan, manzarali o'rmon, dengiz va okean
qirg'oqlari, tog‘' vo-diylari, g'orlar, manzarali chiroyli o'simliklar, ajoyib relyef shakllari, mo‘zlar
shular jumlasidandir.
Rekreatsiya (tiklash, o'rnini to'ldirish)ning qamrovi katta bo'lib, odamlarning dam olishi,
salomatligini tiklashi, madaniy hordiq chiqarishi ma'nosida ishlatiladi.
Tabiiy komplekslar yoki landshaftlarni rekreatsion nuqtayi nazardan tadqiq qilish asosan
landshaftlarning rekreatsion imko-niyatlarini va ularga rekreatsion bosimning ta'sirini
baholashdan iborat.
50
Dam olish tashkiliy va notashkiliy (ixtiyoriy) boiishi mumkin. Tashkiliy dam olish turli
muassasalar tomonidan uyushtiriladi. Notashkiliy (ixtiyoriy) dam olish esa odamlarning o'z
xohishlari bo'yicha bir yoki bir necha kishi bo'lib, tanlangan hududlarda uyushtiriladi.
Dam olishdan ko'zlangan maqsad turlicha bo'lishi mumkin: davolanish, sog'lomlashtirish,
sport, tanishuv va h.k.
Dam olish mavsumga qarab ham turlicha bo'lishi mumkin. Yozgi dam olish turlari
quyidagilarni o'z ichiga oladi: cho'milish, quyosh vannalari olish, piyoda yurish (davolanish,
salomatlikni tiklash, ekskursiya), qayiq sporti, baliq ovi, turli xil mevalar va qo'ziqorin terish,
otda sayr qilish, alpinizm bilan shug'uUanish va h.k. Qishki mavsumda quyidagi dam olish
turlari bilan shug'uUanish mumkin: chang'i sporti, mo‘z osti baliq ovi, sport ovchiligi,
davolanish, salomatlikni tiklash, piyoda sayr.
Rekreatsion baholash obyekti — landshaftlar, joylar, maydonlar va fatsiya bo'lishi
mumkin. Rekreatsiya komplekslarini joylashtirishni loyihalashda landshaftlarni tahlil qilish
yaxshi natija beradi. Bunda turli landshaftlarni rekreatsion maqsadlarda foydalanish darajasiga
qarab eng qulay landshaft turi tanlanadi. Masalan, daryo vodiysi, tog‘' yonbag'ri, ko'l yoki suv
ombori qirg'og'i, tekislik, okean yoki dengiz qirg'og'i, o'rmon va h.k.
Alohida rekreatsion komplekslarni (dam olish uylari, sanatoriylar, sayyohlik majmualari va
h.k.) loyihalashtirayotganda aniq maydonni baholash yaxshi natija beradi.
Aniq bir dam olish muassasalarining ichki to‘zilishini loyihalashda tabiat komplekslarini
fatsiya darajasida baholash lozim. Asosiy inshootlarni fatsiyaning relyef sharoiti, suvlari,
o'simligi, landshaft manzarasiga qarab joylashtirish maqsadga muvofiq bo'ladi
Rekreatsion maqsadlarda baholashda ularni estetik jihatdan baholash ham muhim o'rin
tutadi. Bunda tabiiy sharoitning, relyef-ning, o'simliklarning, landshaft umumiy ko'rinishining
estetik jihatdan zavq bera olish imkoniyati hisobga olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |