Mavzu: Tibbiy geografik tadqiqotlar.
Reja;
1. Inson-tabiatga ta`sir etuvchi asosiy omil sifatida.
2. Inson ta`sirida tabiiy muhitning o`zgarishi.
3. Atrof-muhit va inson salomatligi.
4. Kasalliklar o`choqlari tabiati.
5. Tabbiiy landshaftshunoslik.
Tayanch so’z va iboralar:
inson salomatligi, tibbiy geografiya, kasalliklar o`choqlari,
xududiy geoekologik muammolar, kasalliklar o`choqlari.
20
Insoniyat tarixi davomida uning tabiat bilan bo'lgan munosabati doimo o'zgarib,
murakkablashib borgan).
Tabiat bilan jamiyat o'rtasidagi o'zaro ta'sirni besh bosqichga bo'lish mumkin:
1. Termachilik, ovchilik va baliqchilik bosqichi. Bundan 30 000 yil awal boshlangan.
Ushbu davrda odam termachilik, ovchilik va baliqchilik bilan shug'ullangan. Shuning uchun
mazkur bosqichni termachilik, ovchilik va baliqchilik bosqichi deb ataladi. Ibtidoiy odamni
iqlimi qulay, biologik resurslarga boy (yirik hayvonlar, mevalar) joylar ko'proq qiziqtirgan. Bu
bosqichda inson tabiatni o'zgartirmagan, balki unga moslashgan.
2. Qishloq xo'jalik inqilobi bosqichi. Bundan 6—8 ming yil ilgari sodir bo'lgan ushbu
davrda odam ovchilik va baliqchilikdan dehqonchilikka o'tgan. Tabiiy landshaftlarning kuchsiz
o'zgarishi ro'y bera boshlagan.
3. O'rta asrlar bosqichi. Bu davrda insonning tabiatga bo'lgan ta'siri kuchaya borgan,
hunarmandchilik rivojlangan, xo'jalikda tabiiy boyliklar keng qoilanila boshlangan.
Dehqonchilik va chorvachilik yanada rivojlangan, ammo ular asosan qo'l kuchiga asoslanganligi
uchun ekologik muvozanatga ta'sir etmagan.
4. Sanoat inqilobi bosqichi. Bu davr bundan 300 yil awal ro'y berdi. Jamiyatning tabiatga
ta'siri kuchaydi. Tabiiy landshaftlar tez sur'atlarda o'zgara boshladi. Buyuk geografik
kashfiyotlar tufayli boshqa qit'alar ham o'zlashtirila boshlandi. Ispaniya, Portugaliya, Angliya,
Fransiya davlatlari tomonidan ulkan mustamlakalar, imperiyalar vujudga keltirildi. Sanoat
rivojlangani sayin jamiyatning tabiatga ta'siri ham orta boshladi.
5. Fan-texnika inqilobi bosqichi. Bu davr XX asrning ikkinchi yarmidan boshlandi. Fan va
texnikaning yuksak darajada rivojlanishi munosabati bilan tabiiy resurslar juda katta miqyosda
o'zlashtirila boshlandi. Katta-katta hududlar qishloq xo'jaligi maqsadida o'zlashtirildi, ulkan
zavodlar qurildi, cho'llar, shimoliy hududlar, tog‘'lar hamda Dunyo okeani o'zlashtirildi va
ekologik muvozanat bo‘zila boshladi. Natijada umumsayyoraviy ekologik muammolar vujudga
keldi.
Muxandislik inshootlari va ularning turlari
Tabiat va jamiyat o'rtasidagi o'zaro ta'sir asosan, muhandislik inshootlari va ularning ish
faoliyati orqali ro'y beradi.
Har qanday jamiyatda ham xo'jalikni rivojlantirish va jamiyat a'zolarining talablarini
qondirish maqsadida uy-joy, yo'l, zavod-fabrika va boshqa inshootlar quriladi.
Ma'lum bir maqsadlarda qurilgan binolar muhandislik inshootlari deb ataladi. Muhandislik
inshootlarini quyidagi guruhlarga bo'lish mumkin.
Shaharsozlik inshootlari. Mazkur inshootlarga ma'muriy binolar, uy-joy binolari,
kommunal xo'jalik binolari, maishiy xizmat binolari, sog'liqni saqlash, maorif va moliya binolari
kiradi. Uy-joy binolari shaharlarda ko'p qavatli, qishloqlarda asosan bir qavatli binolardan iborat.
Sanoat inshootlari. Bularga tog‘-kon sanoati inshootlari, metallurgiya sanoati inshootlari,
yoqilg'i-energetika sanoati inshootlari, mashinasozlik sanoati inshootlari, yengil sanoat
inshootlari, qurilish sanoati inshootlari, oziq-ovqat sanoati inshootlari kiradi.
Tog‘-kon sanoati inshootlariga karyerlar, shaxtalar, tashlamalar, ma'muriy binolar, boyitish
fabrikalari, tog‘'-metallurgiya kombinatlari kiradi.
Metallurgiya sanoati inshootlariga asosan qora va rangli metallurgiya zavodlari binolari
kiradi. Ularning maydoni katta va chiqindilar hajmi ham yirik bo'ladi.
Kimyo sanoati inshootlari mineral o'g'it, kislota, sun'iy tola ishlab chiqaradigan zavodlar
21
binolaridan iborat.
Yoqilg'i-energetika sanoati inshootlariga neft va gazni qayta ishlash zavodlari, issiqlik
elektrostansiyalari va markazlari binolari kiradi.
Mashinasozlik sanoati inshootlari asosan podshipnik, stanoksozlik, avtomobilsozlik,
samolyotsozlik, teplovozsozlik, vagonsozlik zavodlari binolaridan iborat.
Yengil sanoat inshootlari asosan to'qimachilik, tikuvchilik, poyabzal, qishloq xo'jalik
mahsulotlarini qayta ishlovchi zavod va fabrikalar binolaridan iborat.
Transport inshootlari yo'llardan, ko'priklardan, tunnellardan, vokzallar, aerodrom va
portlardan iborat.
Tabiat bilan inson o‘rtasidagi munosabatlar tobora jiddiylashib, ayrim o‘lkalarda bu
ziddiyat juda chigal va xavfli tus olmoqda. Buning natijasida ekologik vaziyat joylarda ba‘zan
tang yoki faloqat darajasiga yaqinlashmoqda. Keyingi yillarda noxush xodisalar avvalgi
davrlarga nisbatan sayyoramizda tez-tez qaytarilib, tobora katta xududlarni egallab olmoqda.
Xududiy muammolar quruqlik va suv xavzalarida Yer kurrasining ma‘lum tabiiy chegaralariga
ega bo‘lgan ayrim qismlarida tarkib topmoqda, binobarin ularning ko‘pincha bir necha davlat,
ba‘zan esa yirik bir mamlakat doirasida xam rivojlanishi ko‘zatilmoqda. SHuning uchun xam
vujudga kelayotgan ekologik muammolar regional xususiyat kasb etmoqda.
Dunyoda keng tarqalgan xududiy geoekologik muammolar O‘rta, Qora, Azov, Boltiq,
SHimoliy, Karib dengizlari xavzalari. Fors qo‘ltig‘i, quruqlikdagi suv xavzalari: Kaspiy va Orol
dengizlari, Baykal, Balxash, Ladoga, Onega, CHad, Buyuk ko‘llar; Issiqko‘l, yirik daryolar:
Dunay, Volga, Missisipi, Reyn va boshqalarga xos. Demak, ta‘kidlab o‘tilganidek, bugungi
kunning eng jiddiy muammolaridan biri Orol dengizining qurib borishi va buning natijasida
cho‘llashish jarayonini rivojlanishidir. Endogen omillar (kuchlar) ta'sirida vulkan otilishi va
zilzilalar ro'y beradi. Ular juda katta talofat, vayronagarchiliklar keltiradi, ayrim hollarda ko'plab
odamlarning fojiali halok bo'lishiga olib keladi. Shuning uchun bunday hodisalar sodir
bo'ladigan hududlarni aniqlash, baholash va bashorat qilish muhim ilmiy va amaliy ahamiyatga
ega.
Zilzilalar. Sizga ma'lumki, Yer po'sti juda ulkan palaxsalardan, ya'ni Litosfera plitalaridan
iborat. Bu litosfera plitalari doimo harakatda, ular bir-biri bilan o'zaro to'qnashib turadi. Ikkita
litosfera plitasi to'qnashgan joylarda tez-tez vulkan va zilzilalar sodir bo'lib turadi. Bunday
mintaqalar seysmik mintaqalar deb ataladi.
Yer yuzasida ikkita asosiy seysmik mintaqa mavjud: 1) Tinch okean seysmik mintaqasi; 2)
Yevropa-Osiyo seysmik mintaqasi. Mamlakatimiz O'zbekiston Yevropa-Osiyo seysmik
mintaqasida joylashgan. Shu sababli, mamlakatimizda ayrim yillari kuchli zilzilalar sodir bo'lib
turadi. Masalan, 1902 yilda Andijonda, 1932 yilda Tomdibuloqda, 1946 yilda Chotqolda, 1959
yilda Burchmullada, 1966 yilda Toshkentda, 1976 yilda Gazlida, 1980 yilda Nazarbekda va
boshqa joylarda zilzilalar sodir bo'ldi.
Vulqonlar Tinch okean qirg'oqlari va unga tutashgan orollarda keng tarqalgan. Mazkur
mintaqada 800 dan ortiq harakatdagi vulkanlar mavjud bo'lib, u "Tinch okean olovli halqasi" deb
ataladi (8-rasm). Bundan tashqari, Yerning ichki kuchlari ta'sirida geyzerlar va issiq buloqlar
otilishi, yer yuzasi bir qismining asta cho'kishi va boshqa qismining esa asta ko'tarilishi ham
sodir bo'lib turadi.
Geyzerlar va issiq buloqlar asosan vulkanlar tarqalgan mintaqalarda uchraydi. Ulardan
binolarni isitishda hamda elektr energiya olishda foydalaniladi. Bunday ishlar Islandiya,
Yaponiya, Italiya, Rossiya va Yangi Zelandiya davlatlarida yo'lga qo'yilgan.
Yer yuzasining asta-sekin cho'kishi okean va dengiz qirg'oqlarida joylashgan davlatlar
22
uchun katta zarar yetkazadi. Masalan, Niderlandiya qirg'oqlarining cho'kishi munosabati bilan u
yerlarda yirik to'g'onlar qurilgan, to'g'onning balandligi har yili orttirib turiladi. Ho-zirgi paytda
Niderlandiya hududi dengiz sathidan pastda hisoblanadi.
Tashqi (ekzogen) kuchlar ta'sirida nurash, sel, eroziya, surilmalar, karst, qor ko 'chkisi va
boshqa jarayon-lar sodir bo'ladi.
Nurash deb, haroratning o'zga-rishi, kimyoviy jarayonlar, atmosfera, suv va organizmlar
ta'sirida tog‘' jinslarining yemirilishiga aytiladi. Nurash uch turga ajratiladi: fizik, kimyoviy va
organiq nurash .
Fizik nurash asosan harorat va namlikning o'zgarishi natijasida sodir boiadi. Kundo‘zi havo
haroratining ko'tarilib ketishi natijasida tog‘ jinslarida darzlar hosil bo'lib, ular bo'lak-larga
bo'linib ketadi. Ammo tog‘' jins-larining kimyoviy tarkibi o'zgarmay-di. Fizik nurash cho'llarda
va qoyali tog‘'larda keng tarqalgan.
Kimyoviy nurash deb, havo, suv ta'sirida tog‘' jinslarining yemirilishi va kimyoviy
o'zgarishiga aytiladi. Kimyoviy nurash ta'sirida barqaror mine-rallar hosil bo'ladi.
Organiq nurash deb, tog‘ jinslarining organizmlar (o'simlik, hayvonot dunyosi,
mikroorganizmlar) ta'sirida yemirilishiga aytiladi.
Sel tog‘'li o'lkalarda jala yog'ishi natijasida hosil bo'ladi. Sellar o'zi bilan birga loyqa va
toshlarni olib keladi. Uning tezligi soatiga 10—15 km ni tashkil etishi mumkin, u yo'lda
uchragan hamma narsani yuvib ketadi va juda katta moddiy va ma'naviy zarar yetkazadi.
Masalan, Peruda 1970-yilda sel kelishi natijasida 50 ming kishi halok bo'lgan, 800 ming kishi
boshpanasiz qolgan, bir qancha shahar vayronaga aylangan. Sel hodisasi O'rta Osiyoda,
Kavkazda, Qrimda, Yevropa va Amerikada ko'proq sodir bo'ladi.
Eroziya (lotincha "erosio" -yeyilish, yuvilish) deb, tog‘' jins-larining oqar suvlar ta'sirida
yuvilishiga aytiladi. Eroziya yuza-lama va chiziqli turlarga bo'linadi. Yuzalama eroziya jarayoni
tog‘' yonbag'irlarida keng tarqalgan. Uning oqibatida
tog‘' yonbag'irlaridagi jinslar yuvilib, pastga tushadi. Yumshoq jinslardan tashkil topgan
qiya joylarda yuvilish natijasida jarlar vujudga keladi. Chiziqli eroziya daryo eroziyasi deb ham
ataladi. Buning natijasida daryo o'zanlari va qirg'oqlari yuviladi.
Daryo qirg'oqlarining yuvilishi Xorazm va Qoraqalpog'istonda "deygish" deb ataladi.
Amudaryo 1925-yilda sobiq To'rtko'l shahriga yaqin joydan oqib o'tar edi, 1938-yilga kelib
Amudaryo shaharni yuvib keta boshladi, 1950-yilga kelib esa daryo To'rtko'l shahrini butunlay
yuvib ketgan. Keyinchalik daryo-dan ancha o‘zoqda yangi, hozirgi To'rtko'l shahri bunyod etildi.
Okean va dengiz qirg'oqlarining to'lqinlar tomonidan yemirilishi abraziya (lotincha "abrasio" —
qirish, qirtishlash) deb ataladi. Abraziya natijasida okean va dengiz qirg'oqlarida tekisliklar hosil
bo'ladi.
Surilma deb, tog‘ jinslarining og'irlik kuchi ta'sirida pastga qarab surilishiga aytiladi.
Surilmalar asosan tog‘'li o'lkalarda sodir bo'ladi. Surilmalar ham sellar kabi xalq xo'jaligiga juda
katta moddiy zarar yetkazadi. Masalan, 1963 yil 9 oktabrda Italiyaning Polve daryosi vodiysida,
Vayont to'g'oni atrofida hosil bo'lgan surilma suv omboriga surilib tushgan. Uning hajmi 240
mln kub/metr bo'lgan. Suv ombori 15-30 sekund ichida surilib tushgan jinslar bilan to'lib qolgan.
Suv omboridan chiqqan suv 100 m balandlikda oqib, yo'lidagi Ponjerono, Pirago, Vilganovo,
Rivanota va Faye shaharlarini yuvib ketgan. 7 minut davom etgan faloqat oqibatida 3 ming kishi
halok bo'lgan.
Karst deb, eriydigan tog‘' jinslarini yer usti va yer osti suvlari ta'sirida eritib, oqizib
ketilishiga va yer ostida turli xil bo'shliqlarning (g'orlarning) hosil bo'lishiga aytiladi. Suvda tez
eriydigan jinslarga ohaktoshlar, dolomitlar, bo'r, mergel, gips va turli xil to‘zlar kiradi. Bunday
23
jinslar tarqalgan joylarda qurilish ishlari olib borish ancha murakkab jarayon hisoblanadi.
Ayrim vulkanlar odamning ko'z o'ngida sodir bo'ladi. Parikutin vulkani shunday vujudga
kelgan. 1943 yil 13 fevralda Meksikaning janubidagi kichik qishloq aholisi kuchsiz, ammo tez-
tez takrorlanib turgan yer osti zarblarini sezgan. 20 fevralda makkajo'xori ekilgan dala o'rtasida
o‘zunligi 20 m dan ortiqroq yoriq paydo bo'ldi. Undan qora tutun ko'tarilib, bir necha kundan
so'ng kuchli portlash ro'y berdi, alanga paydo bo'ldi, yoriqdan kul, toshlar otilib chiqa boshladi. 2
soatdan so'ng esa balandligi 2 m ga yetadigan marza vujudga keldi. Keyingi kunlarda bu marza
o'sa boshladi, besh kundan so'ng uning balandligi 160 metr bo'ldi. 1946 yilga kelib uning
balandligi 518 metrga, 1952 yilda esa 2800 metrga yetdi.
Sun'iy omillarga ilgari aytganimizdek, qishloq va suv xo'jaligi, sanoat va transport
vositalari ta'sirida sodir bo'ladigan jarayonlar kiradi.
Qishloq xo'jaligining rivojlanishi natijasida sho'rlanish, shamol va suv eroziyasi ham
rivojlanadi.
Yer osti suvlari sathi yer yuzasiga yaqin joylashgan bo'lsa, suvlarning bug'lanishi oqibatida
tuproq sho'rlana boshlaydi. Chunki suv bug'langanda uning tarkibidagi to‘zlar tuproqda qolib,
to‘z miqdorining ortib ketishiga olib keladi. Bunday holat Xorazm vohasida va Mirza-cho'lda
namoyon bo'lmoqda.
Shamol eroziyasi doimiy shamollar esadigan joylarda ko'proq uchraydi, bunda tuproqning
yuqori unumdor qismi uchirib olib ketiladi.
Suv eroziyasi qiya joylarni sug'orish jarayonida ro'y beradi va turli kattalikdagi jarlarning
vujudga kelishiga va hosildor yerlarning ishdan chiqishiga olib keladi.
Suv inshootlarining qurilishi ham ayrim noxush hodisalarni kel-tirib chiqaradi. Qoraqum
kanalining qurilishi, Amudaryo va Sirdaryo suvlarining sug'orishga sarflanishi natijasida Orol
dengizining sathi 1960-yildan so'ng pasaya boshladi. Orol dengizi tubining ochilib qolgan
qismidan to‘zlarning shamollar ta'sirida uchirib olib ketilishi natijasida Orol bo'yi atrofidagi
yerlarning sho'rlanish darajasi ortib bormoqda. Hozirgi paytda Orol tubining ochilib qolgan
joylariga to‘zlarning uchirib ketilishining oldini olish maqsadida sho'rga chidamli o'simliklar
ekilmoqda.
Sanoat tarmoqlarining rivojlanishi munosabati bilan turli noxush tabiiy geografik
jarayonlar vujudga keladi. Masalan, tog‘-kon sanoatining rivojlanishi natijasida juda ulkan
surilmalar, yer yuzasining cho'kishi, o'pirilishlar, yer osti suvlari sathining pasayishi va boshqa
hodisalar ro'y beradi. Ohangaron vodiysida 20-25 yil davomida ko'mir gazga aylantirilishi
oqibatida yer ostida 1 kv.km dan ortiqroq may-donda bo'shliq hosil bo'lgan. Natijada, tog'
yonbag'rining barqarorligi buzilib, hajmi 700-800 mln kub m ni tashkil qilgan surilma hosil
bo'ldi va xalq xo'jaligiga katta moddiy zarar yetkazdi. Foydali qazilma konlarini qazib olish
jarayonida suvlarni kondan tashqariga chiqarib yuborish oqibatida yer osti suvlarining sathi
keskin pasayib ketadi. Juda katta maydonlarda neft va gaz qazib olish esa yer yuzasining
cho'kishiga olib keladi. Masalan, neft va gaz qazib olish natijasida Rossiyaning G'arbiy Sibir
pasttekisligi cho'kmoqda, oqibatda bu tekislikda yer osti suvlari sathi ko'tarilib, botqoqliklar va
ko'llar maydoni kengayib borrnoqda.
Sanoat korxonalaridan atmosferaga chiqarilayotgan changlar havoni ifloslab, "issiqxona
samarasi"ni keltirib chiqarmoqda, oqibatda Yer yuzasidagi o'rtacha harorat ortib bormoqda.
Otchasoy surilmasi. Ohangaron vodiysidagi Ahgren ko'mir konining Otchasoy havzasida
ko'mir yer ostida gazga aylantiriladi. Hosil bo'lgan gaz quvurlar orqali iste'molchilarga yetkazib
beriladi. O‘zoq vaqt davomida (20 yildan ortiq) ko'mirning gazga aylantirilishi oqibatida yer
ostida maydoni bir kvadrat kilometrdan ortiqroq bo'shliq (g'or) vujudga keldi. Natijada qurama
24
tizmasining shimoliy yonbag'rining muvozanati bo‘zilib, vodiy tomon surila boshladi.
Surilmaning o‘zunligi 4 km, kengligi 2 km, maydoni 8 km, chuqurligi 100-120 m, hajmi 700-
800 mln. m3ni tashkil qildi. Surilmaning etagida joylashgan Teshiktosh qishlog'ida uylar buzila
boshladi. Ohangaron daryosining to'silib qolishi xavfi tug'ildi. Surilma oqibatida Teshiktosh
qishlog'i tamoman boshqa joyga ko'chirildi.
Ohangaron daryosi uchun yangi kanal qazilib, xavfli zonadan tashqariga olib o'tildi.
Mazkur surilma "Asr surilmasi" deb nom olgan.
Markaziy va SHarqiy Yevropa mamlakatlaridagi mavjud resurslar atrof-muxit xolatini
yaxshilash uchun juda chegaralangan imkoniyatga ega. Nari borsa kelasi, besh-o‘n yilni o‘z
ichiga olishi mumkin. CHegaralangan resurslar birinchi navbatda eng zarur muammolarni
yechish uchun ishlatishi kerak. Imkoniyat bor yerlarda ifloslanishni nazorat qilish uchun bozor
mexanizmidan foydalanish mumkin. Ifloslanganlik uchun soliq to‘lash, yoqilg‘i uchun soliqlar,
xarajatlarni qoplash sxemasi kabi bozor mexanizmi elementlaridan foydalanish, atrof-muxitni
orzu qilingan xolatga keltirishda yordam beradi. Bunga albatta tartibga solishda odatiy
yondoshuvlar bilan erishiladi. Tartibga solish chora-tadbirlarini o‘tkazish asosan mayda
ifloslantiruvchi zarrachalarni zararini sinash nazoratida talab qilinadi. (Og‘ir metallar, ayniqsa
qo‘rg‘oshin zarralari zaxarli, kimyoviy vositalar).
Birinchi navbatda diqqat e‘tiborni lokal muammolarga qaratish kerak. Ko‘pgina odamlar
ularning sog‘ligiga ta‘sir ko‘rsatuvchi atmosfera, tuproq tarkibidagi qo‘rg‘oshin, xavodagi
oltingugurt changlari, nitratlar, xamda ichimlik suvi va oziq-ovqat maxsulotlari tarkibidagi
zararli vositalardan jabrlanadilar. Bu muammoni yechish sog‘liqni saqlash va farovonlikni
oshirishga katta naf keltiradi.
Zararli
chiqindilarni
kamaytirishga
qaratilgan
chora-tadbirlar
keng
miqyosli
transchegaraviy va sayyoraviy muammolarni xal qilishda xam o‘z xissasini qo‘shishi kerak.
Oldin ekologik zarar keltirganlik uchun javobgarlik to‘g‘risidagi masalalarni xal qilish
muximdir. Buni aniqlamaslik moliyalashtirish va xususiylashtirishda qiyinchiliklar tug‘diradi.
Xukumat amaliy maqsadlarda oldin ifloslanish bilan bog‘liq zararlarni qoplash bilan
shug‘ullanishi kerak. Xukumat ekologik standartlarni aniq belgilashi kerak, chunki bugungi
korxonalarning yangi egalari rioya qilishlari kerak xamda yangi sharoitga o‘tib ishlash davrini
xam aniqlash kerak. Xomiy mamlakatlar Markaziy va SHarqiy Yevropa mamlakatlarida
transchegaraviy va sayyoraviy muammolarni yechimini tezlashtirish uchun mablag‘ ajratish
masalalarini ko‘rib chiqishlari kerak. Sarf xarajatlarni minimum darajasiga kamaytirpsh Yevropa
mamlakatlarini ko‘plarini diqqat e‘tiborida turibdi. Agar transchegaraviy oqimlarga sof
xarajatlar qisqarsa, mamlakatlar boshlang‘ich bosqichlarda erkin xarakat qiladilar yoki eng
muxim vazifalarni bajaradilar.
Ekologik-iqtisodiy
dastur
vazifalarini
amalga
oshirnsh
uchun
qator
xalqaro
tashkilotlarining moliyaviy yordami imkoniyati xalqaro xamkorlikning muxim aspekti
xisoblanadi. Bu yordamni Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki, Xalqaro Valyuta fondi, qishloq
xo‘jaligi taraqqiyoti bo‘yicha Xalqaro fond, YuNET fondi va boshqalar ajratishi mumkin.
Yer yuzida aholi zich joylashgan, sanoat va transport rivojlangan yirik shaharlar ko‘p.
SHahar, qishloq va suv havzalarn havosidagi changlar yer yuzasining rel‘f xususiyati, to‘zilishi,
balandligi, xatto uning geografik o‘rniga qarab turli miqdorda uchraydi. Keyingi yo‘z yil ichida
dunyodagi yirik shaharlar meteorologik stantsiyalar, teleminoralarda, baland uylar tomida
kundalik ko‘zatishlar va sun‘iy yo‘ldoshlardan olingan maxsus fotoaxborotlar asosida
ko‘zatiladi. Ma‘lum bo‘lishicha, katta-kichik shaharlarda havo xaroratini atrofga qaraganda
25
baland bo‘lishligi va o‘ziga xos "issiklik" oroli vujudga kelganligi hamda shahar ustida (300-500
metr qalinlikda) harorat envertsiyasi ko‘zatiladi.
Radiatsiya balansi shahar ustidagi ifloslangan havoda shahar atrofiga qaraganda ancha farq
qiladi. Masalan, Markaziy Yevropaning bir necha shaharlarida quyosh radiatsiyasining shaharga
tushishi shahar atrofiga qaraganda 29-36% kam. SHahar havosi tarkibidagi har xil zaharli
gazlar, ayniqsa antropogen changlar transportlardan, sanoatdan, isitish inshootlaridan,
qurilishlardan chiqadi. SHaharlarda havo aylanishining (tsirkulyatsiya) sustligi tufayli diametri
4-10 mikron changlar 1 km balandlikkachi ko‘tarilib, radiusi 10 km bo‘lgan maydonga tarqaladi.
Diametri kattaroq (10 mikrondan katta) bo‘lgan changlar uncha yuqoriga ko‘tarilmay atrofga
yoyilib. 300-500 metr balandliklarda uchib yuradi va so‘ngra shaharga chang, qurum sifatida
qaytib tushadi. SHahar havosining ifloslanib, chang miqdorining ko‘payishp ul‘trabinafsha
nurlarning o‘tishini kamaytiradi, bu esa havoda kasal tarqatuvchi bakteriyalarning ko‘payishiga
sharoit yaratadi.
Sanoatlashgan katta shaharlarda ba‘zan shamol esmasligi oqibatida iflos havoning bir
necha kun turib qolishi natijasida "smog", ya‘ni zaharli gaz va changlardan vujudga kelgan
achchiq tuman vujudga keladi. Nam dengiz iqlimi mavjud bo‘lgan London shahri ustida
iqlimning namligi tufayli atmosferadagi antropogen chang va gazlar kimyoviy reaktsiyaga
kirishib, o‘ta zaharlashadi va sarg‘ish achchiq tuman (smog) vujudga keladi. Kam bulutli,
shamol kam, ochiq va quruq ob-havo hukm surgan Los-Anjeles shahrida achchiq yoki
fotokimyoviy achchiq tuman hosil bo‘ladi. CHunki, havo ochiq va shamol kam bo‘lganligi
sababli zaharli gaz, tutun va changlar quyosh nuri ta‘sirida fotoqimyoviy reaktsiyaga kirishadi,
natijada achchiq Los-Anjeles tipli tuman vujudga keladi. SHaharda yiliga achchiq tutun (smog)li
kunlar 100 dan 270 kungacha bo‘lib, kishilar salomatligiga juda yomon ta‘sir etadi.
O‘zbekiston Respublikasining katta shaharlarnda havonnng tozaligi doimo ko‘zatib
turiladi. Lekin shaharlar havosini toza saqlash ustidan nazorat inspektsiyalarining amalga
oshirayotgan ishlariga qaramay, ba‘zi korxonalarda tozalovchi inshootlarning yo‘qligi tufayli
atmosferaga chang, qurum va zaharli gazlarni chiqarib yuborish holati ro‘y bermoqda.
Fanda tasniflash, tartib berish, turlashtirish, taksonomiya kabi bir biriga yakin tushunchalar
mavjud. Bulardan tasniflash va tartib berish tushunchalari birhbiriga anchagina yakin bulib,
ranghbarang va turlihtuman narsa va xodisalarni ma`lum bir tartib bilan, xar birining
pogonamahpogona mavkeiga yoki kulamini saqlagan xolda guruxlarga ajratish yoki birlashtirish
degan ma`noni anglatadi.
O‘z o`rganish ob‘ektini tasnif qilmagan yoki tasnif qilishga urinmagan bironta fan
bo‘lmasa kerak. Sababi biron fanni fai sifatida tanilishi uchun xam unnig o‘z ob`ektning tasnifi
ishlab chiqilgan bo`lishi kerak. «Fan - bu eng avval tasniflashdir», tasniflash jarayoniga borib
etmagan ilmiy izlanishlarni xali «qiyomiga etmagan» deb baholash mumkin.
O`rganish ob`ektini tasniflashning xam ilmiy, xam amaliy axamiyati kattadir. Uning ilmiy
axamiyati shundan iboratki, ob‘ekt tasnif kelganda uning kelib chiqishi, tuzilishi, rivojlanishi
kabi barcha xususichtlari o`rganilishi va u xaqdagi barcha ma`lumotlar batafsil taxlil qilishi
kerak.
Yer yuzasida muayyan landshaftlar xaddan tashqari ko`p bo‘lganligi uchun ularning xar
birini aloxidahaloxida ta`riflab utiriishing iloji bulmay koladi. SHuning uchun landshaftlarki
ma`lum maqsadlarda ( masalan, qishloq ho`jaligi, shaxar kurilishi va x.k.) guruxlab ta`riflashga
va shunga xos xolda bir turdagi tadbirlarni rejalashtirishga to‘g‘ri keladi. Bu landshaftlar tasnif
qilishning amaliy axamiyatiga ega ekanligini ko‘rsatadi.
26
Fanning o`rganish ob`ekti qanchalik serqirra, xilma-xil va murakkab bo‘lsa, uni tasniflash
xam shunchalik murakkab bo‘ladi. Xar qanday tasnifni amalga oshirishda ob`ekt haqida to‘la
aniq tushunchaga ega bo`lish kerak. Ob`ektni ob`ektiv turlicha talkin qilish va tushunish turlicha
tasnif tarixlarning to‘zilishiga sabab bo‘ladi. Landshaftlikshunoslik fani xam boshqa tabiiy fanlar
katori juda ko`p va xilma xil, ammo o‘ziga xos xususiyatlariga ega bo‘lgan aniq ob`ektlar
landshaftlarni tasnif qiladi. Landshaftshunoslik uchun puxta ishlangan. Ilmiy va mantiqiy
talablarga to‘lik javob beradigan tasniflar jadvalini tuzib olish juda katta axamiyatga ega.
CHunki er yo‘zida ko`plab uchraydigan xilma xil landshaftlarni birhbiriga o‘xshash yoki
birhbiridan farq qiladigan tomonlarini aniqlab, xar birini o‘z mavkeini saqlagan xolda ma`lum
bir tartibga tushirib olinmasa ularni to‘g‘ri tadkik qilish xatto landshaft xaritasini to‘zib olish
xam mumkin bulmay koladi.
Keyingi 15-20 yil ichida geograflar tomonidan bajarilayotgan ko`plab ishlar uchun
jumladan, xalq ho`jalgini rivojlatirish axolining yashash va sog‘ligi nuktai nazaridan
landshaftlarnn baholash, geografik bashorat qilish va tabiat muxofazasini ko‘zlab bajarilayotgan
ishlar uchun xam katta rayonlar jumxuriyat xatto tabiiy geografik o`lkalar miqyosida barcha
landshaftlar haqida batafsil ma`lumotlarga yoki boshqacharoq qilib aytganda landshaftlar
kadastriga ega bo`lish axamiyatlidir. Mamlakatimiz landshaftlarning aniq va puxta tasif jadvalini
ishlab chnkish landshaftshunoslikning eng yirik masalalaridan biridir.
Landshaftlarni tasniflash bilan ko`pchilik geograflar shug‘ullangan. Ulardan ayniqsa N. A.
Gvozdetskiy (1961 ), A .G. Isachenko ( 1961 1975), V. A. Nikolaev( 1973, 1979) kabilarni
tajribalari e`tiborga loyiq. Bu olimlar tavsiya etgan tasniflar ichida B. A. Nikolaev (1979)
bajargan tasnif o‘zining mukamalligi bilan ajralib turadi. Bu tasnifning yaratilishi asosida
landshaftshunos olim V. A. Nikolaevning ko`p yillar davomida Qogoziston dashtlarida
landshaftlarni xaritaga tushirish borasida borgan izlanishlari yotadi. Quyida keltiriladigan
fikrlarnng ko`pchiligi V. A. Nikolaev ilgari surgan g‘oyalar ta`sirida yuzaga keladi.
V. A.Nikolaevning fikricha landshaft faqat regional birlik (A G Isachenko, 1961) yoki
faqat tipologik birlik (I. A .Gvozdentsiy, 1961) sifatida kabul qilish birday bir tomonlamapikka
olib keladi. Am.mo biz landshaftni tipologik birlik deb kabul kilar ekanmiz uni asosida xar bir
o‘ziga xos gsofafik ikdividdir. Lekin bir vaqtning o‘zida u qaysidir tipologik landshashftlar
majmuasining bir qismidir. Haqikatlan xam yer yo‘zida ikkita xar tomonlama bir xil bo‘lgan
landshaftni topib bo‘lshaydi Ammo qaysidir xususiyatlari bilan bir biriga o‘xshashlik tomonlari
bo‘lgan landshaftlarni uchratish va tasnif qilish mumkin. Landshaftlar tasnifini ishlab chiqishda
turlicha tomoyillarga amal qilingan bo`lishi mumkin. Masalan, tarixiy evolyutsion tamoyili
genetik tamoyil arfologik tamoyil va x. k. SHu tamoyillardan bir varakayiga bir nechtasiga amal
kilgan ma`kul. SHulardan faqat bittasigina amal qilib to‘zilgan tasnif doimi xam aniq va puxta
bo‘lavermaydi. SHu bilan birga landshaftlarning o‘zini ma`lum bir tamoyilga asoslanmay birma-
bir sanab o‘tishning o‘zi xam ilmiy tasnifdan uzoqdir.
Xozirgacha qo‘llanib kelayotgan tamoyillarning eng asosiylaridan biri tarixiy evolgotsion
tamoyildir. Bunda landshaftlarni invariant tushunchasi nuktaii nazaridan karashga to‘g‘ri keladi.
Ushbu tamoyilga amal qilinganda bir tasnif jadvalini o‘zida geografik tizimlardagi juda ko`p va
turli tuman moddiy borlikni kamrab olish mumkin bo‘ladi. Kul ostimizda ma‘lum miqdorda
poleografik ma`lumotlar mavjud bo‘lgan taqdirda bu tamoyildan foydalanish juda yaxshi
natijalar berishi mumkin, ya`ni landshaftlarning tashkil topishi va rivojlanishidagi ichki va tashqi
aloqadorlikni tasnif jadvalida aks ettirish mumkin bo‘ladi.
27
Landshaftlar
tasnifida
tarixiy
yondoshish
albatta
landshaftlarning
kelib
chiqqanligi(genezisi)ni taxlil qilish bilan bog‘liqdir. Landshaftlarning kelib chiqish va
rivojlanish tarixi ularning ichki strukturasining o‘ziga xosligini keltirib chiqaradi.
SHuning uchun landshaftlarning tasniflashda faydalakiyotgan tarxiy gentik tamoyil
landshaftlarning ichki tuzilishini taxlil qilish bilan bevosita bog‘liq bo‘lib qoladi.
Landshaftlar tasnifida landshaftlar ichki tuzilishini taxlil qilish qoidasi asosida bir butunni
uning qismlaridan xamda qismlari orasidagi o‘zaro ta`sir va aloqadorliklarni taxlili yotadi. Biz
landshaftlarni ko`p yaruslik geotizmlar deb qabul qilgan edik. Bu bilan biz xar bir landshaft
ma‘lum kompenentlar majmuasidan iboratgina bo‘lib qolmasdan balki, o‘zidan kichikroq
bo‘lgan mujjassamlardan tuzilganligini xam e`tirof etgan bo‘lamiz. SHunday ekan
landshaftlarning ichki tuzilishi haqida gap borganda faqat komponentlar orasidagina emas balki
kichik yoki oddiy mujassamalar orasidagi o‘zaro aloqadorliklar xam tushiniladi. M. A.
Glazovskaya (1961) tomonidai tavsiya etilgan geokimyoviy landshaftlar tasnifi xam ana shu
tamoyil asosida tuzilgandir.
Do'stlaringiz bilan baham: |