kooperatsiya
bilan chambarchas bog‘liq. Yuqorida
ta‘kidlaganimizdek, o‘tish davri iqtisodiyotida mamlakatlararo, xususan sobiq ittifoqdosh
respublikalar orasidagi kooperatsiya ancha bo‘zildi. Mamlakat ichida dastlabki paytlarda har bir
korxona, shahar yoki viloyat xo‘jaligi ham mustaqil bo‘lishga uringanligi tufayli ular o‘rtasidagi
hamkorlik ham biroz qisqarishi mumkin.
Masalan, to‘qimachilik sanoatini olaylik. Ilgari Toshkent, Farg‘ona, Buxoro kabi
markazlarda yirik ip-gazlama kombinatlari barpo etilgan edi. Ular xom-ashyoni, ya‘ni paxta
tolasini yaqin joylashgan qo‘yshni viloyatlar paxta tozalash zavodlaridan ham olar edi. Hozirgi
kunda bunday tipdagi korxonalar deyarli barcha viloyatlarda qurilgan. Natijada yuqoridagi
korxonalarning kooperatsiyasi (hamkorligi) bo‘zildi, katta quvvatga, ko‘p ishchi xodimlarga ega
bo‘lgan kombinat oqsab qoldi.
Ayni paytda kooperatsiyaning boshqa shakllari rivojlanib bormoqda. CHunonchi, xorijiy
mamlakatlar bilan hamkorlikda qo‘shma korxonalarning qurilishi ham kooperatsiyaning muhim
bir turidir.
Ishlab chiqarishda detal va texnologik ixtisoslashuvning vaqtincha kamayishi,
kooperatsiya jarayonining qisqarishi o‘z navbatida
kombinatlashuvning
rivojlanishini taqozo
etadi. CHindan ham hozirgi sharoitda har qanday yiriklikdagi korxona yoki tashkilot «universal»
bo‘lishga harakat qilmoqda.
Ma‘lumki, kombinatlashuvda muayyan bir xom ashyo aosida turli xil mahsulot ishlab
chiqarish tashkil etiladi. U deyarli barcha sanoat tarmoqlariga xos ob‘ektiv jarayonlardir. Ammo
kombinatlashuv albatta aniq bir yo‘nalishga ixtisoslashuv, asosiy ishlab chiqarish jarayoni
atrofida shakllanishi lozim. CHunki har qanday mamlakat yoki viloyat xo‘jaligi eng avvalo
ma‘lum rivojlangan soha bilan tavsiflanadi.
Kombinatlashuvning muhim iqtisodiy tomonlari mavjud. CHunonchi, xom-ashyo, «yarim
mahsulot» (polufabrikat) va boshqa imkoniyatlardan foydalanishda transport harajatlari
kamayadi, iqtisodiy samaradorlikka erishiladi. Kombinatlashuv ishlab chiqarish chiqindilaridan,
«ikkilamchi» xom-ashyodan foydalanish negizida ham olib boriladi. Bu, shubhasiz, katta
iqtisodiy va eng zaruri- ekologik ahamiyatga egadir. Ammo, avval ta‘kidlaganimizdek, korxona-
kombinat darajsini nihoyatda kattalashtirish ham maqbul emas. Sababi-bunday holatda aks yoki
15
teskari samaradorlik vujudga keladi, transport xarajatlari, integratsiya jarayonlari, ekologik
vaziyat salbiylashadi.
Oddiy ishlab chiqarish kombinatlaridan tashqari hududiy ishlab chiqarish komplekslari
yoki majmualarida ham xuddi shunga o‘xshash sharoit yuzaga keladi. Bu esa iqtisodiy geografik
samaradorlik bilan bog‘liq bo‘lib, mintaqaviy iqtisodiyotning miqdor ko‘rsatkichinigina emas,
balki uning sifat jihatlarini ham belgilab beradi.
SHunday qilib, bozor munosabatlariga (bu demak-ochiq va erkin iqtisodiyot,
mulkchilikning turli shakllari, monopoliyaga qarshi iqtisodiyot, raqobat muhiti va h.k.) o‘tish
davrida ishlab chiqarishni ijtimoiy tashkil etish shakllarida ham o‘zgarishlar sodir bo‘ladi.
Bunday sharoitda kichik va o‘rta korxonalarni barpo qilish, ixtisoslashuvni kooperatsiya va
kombinatlashuv bilan uyg‘unlashtirgan holda amalga oshirish katta ahamiyatga ega.
Muhandislik geografiyasi inson bilan tabiat o'rtasidagi o'zaro ta'sir natijasida vujudga
kelishi mumkin bo'lgan oqibatlami baholash va bashorat qilish hamda ularning oldini olish
muammolari bilan shug'ullanadi.
Muhandis-geografik tadqiqotlar qurilish loyihalarini amalga oshi-rishda asos bo'lib xizmat
qiladi. Muhandis-geografik tadqiqotlar asosan sanoat korxonalarini joylashtirishda, gidrotexnik
inshootlarni (kanallar, to'g'onlar, suv omborlari va h.k.), yo'llarni loyihalashda, foydali qazilma
konlarini qidirishda olib boriladi.
Sanoat korxonalarini joylashtirishda muhandis-geografik tadqiqotlar ikki bosqichda
o'tkaziladi. Birinchi bosqichda korxona qanday xomashyo asosida mahsulot ishlab chiqarishi va
atrof-muhitga qanday chiqindilar tashlashi aniqlanadi. Ikkinchi bosqichda korxona uchun joy
tanlanadi va mazkur joyning tabiiy-geografik sharoitining asosiy xususiyatlari aniqlanadi
(geologik to‘zilishi, relyefi, iqlimi, suvlari, tuprog'i, o'simlik va hayvonot dunyosi, aholisi,
xo'jaligi). Sanoat korxonasi zararli chiqindilarni ko'proq chiqaradigan boisa (ko'mir asosida
ishlaydigan issiqlik elektrostansiyalari, sement, kimyo zavodlari), ularni aholi manzilgolilaridan
olisda, shamol yo'nalishiga teskari bo'lgan hududlarga joylashtirish zarur. Masalan, Buxoro
viloyatidagi Qorovulbozor neftni qayta ishlash zavodi, Qashqadaryo viloyatidagi Sho'rtang gazni
qayta ishlash zavodi cho'lda, ya'ni aholi zich yashaydigan hududlardan ancha olisda joylashgan,
shuning uchun ularning tabiat va insonga ta'siri kam.
Gidrotexnik inshootlarni loyihalashda muhandis-geografik tadqiqotlar olib borishda
quyidagilarga e'tibor beriladi: suv inshooti va tabiiy muhit o'zaro ta'sirining asosiy qirralari,
suvning kirish-chiqishi, sho'rlanganlik darajasi, loyqaligi, bug'lanishi, to'lqinlar ta'sirida
qirg'oqlarning yemirilishi, suvning shimilishi va suv inshootining samaradorligi, botqoqlanish,
to‘z to'planishi, o'simlik va tuproq qoplamining o'zgarishi kabilar aniqlanadi, ayrim noxush
hodisalarning oldini olish bo'yicha choralar ishlab chiqiladi. Masalan, Amudaryo suvi loyqa
bo'lganligi (1 kub m da 3500 g loyqa bor) sababli, undan suv oladigan Amu-Buxoro, Qarshi,
Shovot, Toshsoqa, Qizketken va boshqa kanallarda "o'tirib" qoladigan loyqa nasoslar yordamida
qirg'oqqa chiqarib tashlanadi.
Yo'l qurilishini loyihalashda muhandis-geografik tadqiqotlar, asosan relyefning tahliliga
yo'naltirilgan bo'ladi. Chunki ko'p hollarda loyihalanayotgan yo'lning yo'nalishini, o‘zunligini,
kengligini, arzon-qimmatligini relyef sharoiti belgilab beradi. Shuning uchun yo'llarni
loyihalashda relyefning qiyaligi, qanday tog‘' jinslaridan tashkil topgardigi, mutlaq balandligi
birinchi navbatda tahkl qilinadi. Avtomobil yo'llarining qiyaligi 12—15° dan oshmasligi lozim.
Baland va qiyaligi yuqori bo'lgan joylarda yo'llar yer osti tunnellari orqali o'tkaziladi.
Masalan, Toshkent — Andijon avtomobil yo'lining Kamchiq dovonida o‘zunligi 2,5 km I tunnel
qazilgan). bundan. tashqari, yo'llarni loyihalashda surilmalar, sellar, qor ko'chkilari, daryo
16
toshqinlari ham hisobga olinadi.
Foydali qazilma konlarini qidirish davomida muhandis-geografik tadqiqotlar ikki
yo'nalislida olib boriladi. Birinchi yo'nalishda kon joylashgan hududning tabiiy va iqtisodiy-
geografik sharoiti o'rganiladi va baholanadi. Ikkinchi yo'nalishda foydali qazilma konini qazib
olish jarayonida atrof-muhitda ro'y beradigan o'zgarishlar bashorat qilinadi (relyef, tuproq,
o'simlik, iqlim, ichki suvlari, qishloq xo'jaligi, sanoati, transporti, aholisi va h.k.).
Eslab qoling!
Muhandislik geografiyasi inson bilan tabiat o'rtasidagi o'zaro ta'sir natijasida vujudga
kelishi mumkin bo'lgan oqibatlarni baholash va bashorat qilish hamda ularning oldini olish
muammolari bilan shug'ullanadi.
Tabiiy geografik jarayonlar deb, tabiiy va sun'iy omillar ta'sirida sodir bo'ladigan
jarayonlarga aytiladi
Tabiiy geografik jarayonlar tog‘' jinslarining yemirilishida, tog‘' jinslari fizik holatining
o'zgarishida, yer yuzasi relyefming shakllanishi va o'zgarishida, vulkan va zilzilalar sifatida,
atmosfera hodisalari rivojlanishida namoyon bo'ladi.
Tabiiy geografik jarayonlar rivojlangan hududlarda turli xil in-shootlarni joylashtirish,
qurish va ishlatishda ma'lum bir qiyinchi-liklar tug'iladi. Shuning uchun tabiiy geografik
jarayonlar rivojlangan va tarqalgan joylarda turli xil inshootlar qurishning ilmiy asoslarini ishlab
chiqish muammosi vujudga kelmoqda.
Tabiiy geografik jarayonlar turlari zilzila, vulkan, sel, surilma, ko'chki, botqoqlanish, ko'p
yillik mo‘zloq, qurg'oqchilik, o'pirilma tarqalgan joylarda qurilish ishlari olib borish uchun
hozirgi paytda maxsus qoidalar, yo'riqnomalar ishlab chiqilgan.
Tabiiy geografik jarayonlar tabiiy va sun'iy omillar ta'sirida vujudga keladi va rivojlanadi.
Tabiiy omillar o'z navbatida ikki katta guruhga bo'linadi: Yerning ichki kuchlari bilan
bog'liq bo'lgan jarayonlar va tashqi kuchlar yoki tashqi omillar bilan bog'liq bo'lgan jarayonlar.
Yerning ichki kuchlarini endogen (yunoncha "endo" - ichki, "genos" — kelib chiqish)
kuchlar deb ataladi. Ular ta'sirida vulkanlar otiladi, zilzilalar sodir bo'ladi. Bunday jarayonlar
endogen jarayonlar deb ataladi.
Tashqi omillarni ekzogen (yunoncha "exo" - tashqi, "genos" - kelib chiqish) omillar yoki
kuchlar deb ataladi. Tashqi kuchlar ta'sirida vujudga keladigan jarayonlar ekzogen jarayonlar
deb ataladi. Bunday jarayonlar Quyosh issiqligi, og'irlik kuchi, yer usti va osti suvlari hamda
organizmlar ta'sirida vujudga keladi, rivojlanadi. Ekzogen jarayonlarga nurash, eroziya,
qirg'oqlarning yemirilishi, mo‘z va shamolning ishi kabi hodisalar ham kiradi.
Sun'iy omillarni antropogen yoki texnogen omillar deb ham ataladi. Ularga insonning turli
xil xo'jalik faoliyati kiradi: qishloq xo'jaligi, suv xo'jaligi, tog‘'-kon sanoati, metallurgiya, shahar
qu-rilishi, transport va boshqalar. Sun'iy omillar ta'sirida antropogen yoki texnogen jarayonlar
sodir bo'ladi. Bunday jarayonlarga suril-malar, yer yuzasining cho'kishi, o'pirilishlar, yer osti
suvlari sathining ko'tarilishi yoki pasayishi, daryo va ko'llarning qurishi, yangi suv havzalarining
vujudga kelishi, yerlarning sho'rlanishi kiradi. Mazkur jarayonlar xalq xo'jaligiga katta zarar
yetkazadi.
Amaliy landshaftshunoslikning tub moxiyati xalq ho`jaligining turli xil amaliy
maqsadlarini xal etishda landshaft haqidagi ta`limotning nazariy tamoyillari va usullaridan
foydalanish va tatbik etishdan iboratdir.
Landshaftshunoslikning amaliy jixatlaridan biri, asosan xalq ho`jaligining u yoki 6u
tarmogi talablaridan kelib chikkan xolda landshaftlarni ta`riflovchi turli ma`lumotlar bilan
ta`minlab turishdir. Bunday ma`lumotlar bilan ta`minlab turishdir. Masalan, landshaft xaritalari
17
tabiiy geografik rivojlantirish natijalari landshaftlarning batafsil ta`rifi va xakozolar kiradi.
Landshaftlarga ta`lukli ma`lumotlarni amaliyotga tadbik qilishning yana bir turi landshaftlarni
xalq ho`jaligining ma`lum tarmoklari maqsadlarida baholash bo`lishi mumkin. U ayniksa
qishloq ho`jaligi maqsadlarida yul kurilishi, shaxar kurilishi soglikni saqlash yoki rekreatsiya
maqsadlarida qilingan ishlarda yakkol ko‘zga tashlanadi. Ammo landshaftshunoslik fanining
maqsadi tabiiy muxitni faqat o`rganibgina yoki baholabgina kolmasdan balki tabiiy muxitni
yaxshilash, samaradorligini oshirish rssurslardan to‘g‘ri va okilona foydalanishning
ilmnyhnazariy asoslarini ishlab chikishda faol ishtirok etishdir. Bundagi dastlabki kadamlardan
biri xalq ho`jaligining yoki uning ayrim tarmoklarining yirik va muxim dasturlarini ishlab
chikishda, turli inshootlar kurilishlari, loyixa oldi izlanishlarida landshaftshunoslarning faol
ishtiroki bo`lishi ksrak.
Amaliy landshaftshunoslik buyicha qilingan izlanishlar mantikan olganda umum amaliy
landshaft xaritalariga asoslangan xolda olib borilishi shart. Bunday xaritalar odatda yagona
dastur metodika buyicha to‘zilib, zalvorli (fundamental) tadqiqiotlar ma`lumotlariga va
natijalariga asoslangan, ya`ni geotizmlarning ob`ektiv umumilmiy taxliliga tayangan bo‘ladi.
CHunki ilmiy nazariy landshaftshunoslikda xam amaliy landshaftshunoslikda xam tadqiqiot
ob`ekti bir, ya`ni turli kulamdagi geotizimlar xisoblanadi.
Ilmiy nazariy landshaft tadqiqiotlaridan amaliy landshaft izlanishlariga utishda
geotizimlarning kulami izlanishlarining qaysi kulamda olib borishini aniqlab olish axamiyatlidir
. CHunki izlanishlarning maqsadiga maydoning katta kichikligiga bog‘liq xolda uning bevosita
izlanishi ob`ekti xam masshtabi xam turlicha bo`lishi mumknn,
Amaliy landshaftshunoslik uchun zarur ma‘lumotlarning yana biri bu umumilmiy landshaft
xaritasida aks ettirilgan xar bir landshaft (kompleks)ii xar tomonlama yoritib bora oladigan
ta`rifdir. Bunday ta`rifdan oldimizda to`rgan vazifa va maqsaddan kelib chikkan xolda turli
ma`lumotlarni olishimiz mumkin. Masalan, qishloq ho`jaligi maqsadlarida bir turdagi
ma`lumotlar kerak bo‘lsa, shaxarsozlik nuktaihnazarida esa boshqa turdagi ma`lumotlar zarur
bo‘ladi. Bunday ma`lumotlarnn to‘g‘ri va okilona ajratib ola bilish ishning natijalariga
to‘g‘ridanhtugrn ta`sir etadi. Boshqacharok kilib aytganda qishloq ho`jaligidagi
maqsadlarida xam shaxarsozlnk yoki boshqa maqsadlarda xam joyning iqlimi tog‘ jinslari,
rel‘efi, tuprogi, suv rejimi kabilarni xisobga olish kerak bo‘ladi, Ammo qishloq ho`jaligi
maqsadlarida iqlim yoki tuproqning ayrim xususiyatlarini aks ettiruvchi ko‘rsatkichlar taxlil
kilinsa. shaxarsozlik bilan shugullanuvchi muxandis uchun esa boshqa xususiyatlarni aks
ettiruvchi ko‘rsatkichlar ko`proqaxamiyat kasb etadi.
Landshaftlarga taalukli ma`lumotlarni amaliyotga tadbik qilish jarayonida landshaftlarning
ma`lum bir maqsadni ko‘zlagan xolda guruxlarga birlashtirish ya`ni landshaft turlarini aniqlash
zaruriyati tugiladi. Ularni xalq ho`jaligining u yoki bu tarmogini rivojlantirish maqsadlaridan
kelib chikkan xolda inson tomonidan amalga oshiriladigan tadbir (inshoot kurilish, melioratsiya,
agrotexnika va xokazo) larga qanday rsaktsiya bsrishiga karab ayrim guruxlarga birlashtirish
landshaftlarni amaliy jixatidan baholanishni osonlashtiradi. YAna bir narsani ta`kidlab kuymok
kerakki zalvorli ilmiy hnazariy landshaft tadqiqiotlarning natijalari joylar amaliy jixatidan
baholashnn zarur asos bo`lishi bilan bir katorda xar doim xam ma`lum maqsad uchun zarur
bo‘lgan ma`lumotlarni beravsrmaydi. Bunday xolda kushimcha tarzda tadqiqiotlar dalada
o`rganish ishlari utkazishga to‘g‘ri ksladi
A.G. Isachenko 1991 tabiiy muxitni muvofiqlashtirish maqsadlarida bajariladigan
landshaft tadqiqiotlarning ikki qismdan nborat deb ko‘rsatadi.
18
1 Tadqiqotlarning zalvorli qismihgsotizmlarning strukturasi va xayotiy faoliyatiga
bo‘ladigan inson ta`sirini xar tomonlama taxlil qilish sanaladi.
2 Amaliy qismi esa geotizmlarni muxofaza qilish, yaxshilash va okilona foydalanish
buyicha amaliy masalalarni echishda zalvorli tadqiqiotlardan olingan ma`dumotlarni kullay
bilishdir.
Amaliy landshaftshunoslikning tadqiqiot ishlari haqikatdan xam bosknchmahboskich
bajarilishi kerak. Birinchi boskichda bajarilishi lozim bo‘lgan asosiy ishlar landshaftlarni
aniqlash xaritaga tushirish, ularni tafsifini to‘zishdan iborat bo‘lsa, keyingi boskichda
landshaftlar baholanadi. Bunda xar bir landshaft inson xayoti va salomatligi nuktaihnazaridan
yoki yangi erlarni o‘zlashtirish turli sanoat va ho`jalik kurilishlari rskretsiya kabi u yoki bu
maqsadlarda baholanishi va taxlil kilinishi lozim bo‘ladi. Xozirgi kungacha bajarilgan amaliy
landshaft tadqiqiotlarining ko`pchiligi ana shu baholash ishlariga bagishlangandir. Ammo amaliy
landshaftshunoslik faqat baholash bilan cheklanib kolmay o‘z oldida to`rgan maqsad va
vazifalardan kelib chikkan xolda turli xil tavsifnomalarni ishlab chikishda faol ishtirok etish
kerak. Landshaftshunoslik bunday ishlarni amalga oshirishda ksrakli mutaxassislar bilan
xamkorlik qilishi lozim.
Xalq ho`jaligining u yoki bu tarmogini rivojslantirish maqsadlarida tavsifnomalar ishlab
chikishda albatta landshaftlarning tabiiy rivojlanishi davomida ruy bsrishi mumkin bo‘lgan
o‘zgarishlar va insonning ho`jalikdagi faoliyati natijasida yo‘z beradigan o‘zgarishlar inobatga
olinishi kerak. Bunday o‘zgarishlarnnng bo`lish yoki bo‘lmasligini oldindan kura bilish
(prognozlash) amaliy landshaftshunoslikning muxim masalalaridan biridir.
Birinchi boskichda bajarilishi lozim bo‘lgan ishlar ya`ni landshaftlarni aniqlash xaritaga
tushirish ularni ta`riflab berish kabilarnn landshaftshunoslikning nazariy qismida ko‘rib o‘tgan
edik. SHuning uchun biz quyida asosan keyingi bosqichlar haqida tuxtalamiz.
Lanshaftlarni xalq xo‘jaligining u yoki bu tarmoqning rivojlantirish maqsadlarida
baholash amaliy lanlshaftshunoslikning yo‘nalishidir. SHuning uchun landshaftlarni baholash
muammosi amaliy landshaftshunoslikning shu kunga asosiy muammolaridan biri
xisoblanadi.
Landshaftlarni u yoki bu maqsad uchun baholashning asosiy mazmuni kishilik
jamiyatining u ski bu talablaridan kslib chiqqan xolda landshaftlarning yaroqliligi. Qulay yoki
noqulayligini aniqlab berishdan iboratdir. Tabiiy komplekslarni baholashning uch jixati aniq
bo`lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |