melioratsiya
fani deyiladi.
Melioratsiya - lotincha yaxshilash demakdir.
Melioratsiyaning asosiy vazifalari ikkiga bo‘linadi.
1.
Sug‘orish melioratsiyasi. 2. Zax qochirish melioratsiyasi.
Zax qochirish melioratsiyasi asosan tuproqda to‘plangan ortiqcha suvlarni (nam) chiqarib
tashlash uchun xizmat qiladi.
Sug‘orish melioratsiyasining vazifalariga quyidagilar kiradi:
1.Sug‘orishni rivojlantirish uchun yer usti suvlarini rostlash va qo‘shimcha suv
manbalarini qidirish.
2.Sug‘oriladigan yerlarda sho‘rlanish va botqoqlanishni oldini olish xamda ularga qarshi
kurash.
3.Qo‘riq va bo‘z tuproqlarni o‘zlashtirish.
4.Erlarning iqlim sharoitini yaxshilash, shamol va garmsel, tuproq eroziyasi, sel oqimi,
qumlarni ko‘chishiga qarshi kurashish.
Maxalliy joylarning iqlim, tuproq, yer usti va sizot suvlari rejimini yaxshilash
melioratsiyaning asosiy ob‘ektlaridir.
Bu ob‘ektlarni noqulay sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha melioratsiya quyidagi turlarga
bo‘linadi.
1. Gidrotexnik melioratsiyasi: bu suv omborlari, sug‘orish tarmoqlari, suv chiqarish
inshoatlari, kollektor-zovur tarmoqlari va selga qarshi inshoatlarni loyixalashtirish va qurilish
ishlarini amalga oshiradi.
2. Suv-xo‘jalik melioratsiyasi: bu sug‘orish va zax qochirish inshoatlaridan to‘g‘ri
foydalanish, suvdan samarali, tejab-tergab foydalanish, suv isrofgarchiligiga qarshi kurashish
kabi tadbirlarni o‘z ichiga oladi.
3. Agrotexnik melioratsiyasi: bunda agrotexnik tatbirlarni o‘tkazish yo‘li bilan
mikroiqlim, tuproq xossasi va sizot suvlar tartibi yaxshilanadi. Bu tadbirlarga yer tekislash,
ixotazorlar barpo qilish, chuqur shudgorlash, yumshatish, tilmalash, yerga o‘z vaqtida yuqori
sifatli ishlov berish, tuproq tarkibidagi zararli to‘zlarni va ximiyaviy moddalarni yuvish
tadbirlari kiradi.
4. Biologiya melioratsiyasi: bunda tuproqning meliorativ xolatini yaxshilash uchun turli
organiq moddalar solish (go‘ng, lignin, maydalangan go‘zapoya, organiq chiqindilar) va beda
ekini ishtirokidagi ilmiy asoslangan almashlab ekish, to‘z ta‘siriga chidamli ekinlar, tuproq
tarkibidagi zaxarli moddalarni ko‘proq o‘ziga so‘rib oladigan ekinlarni, tez o‘sib yerni qoplab
bug‘lanish va to‘z to‘planishini kamaytiradigan ekinlarni ekish va boshqa tadbirlar kiradi.
38
5. Ximiyaviy melioratsiya: bunda ximiyaviy birikmalar qo‘shish yo‘li bilan noqulay
tuproq xossalari yaxshilanadi. Bunda nordon tuproqlarni oxaklash, sho‘rtobli tuproqlarni
gipslash, fosfogipslash, zichlashgan tuproqlar donadorligini oshirish uchun K-4, K-9, tuproqni
shamol eroziyasidan saqlash uchun esa SSB ximiyaviy birikmalarni sepish tadbirlari kiradi.
6. Mexanik melioratsiya: tuproq yuzasida to‘plangan tuzlarni mexaniq usullar yordamida
to‘plash va dalalardan tashqariga chiqarish, tuproqni turli chiqindilardan tozalash, ko‘chma
qumlarni mexaniq usullar bilan mustaxkamlash, mexanik tarkibi og‘ir tuproqlarni qumlash,
toshloq yerlarni ustiga tuproqlar solish kabi tadbirlarni o‘tkazish kiradi
.
Xar bir joyning tabiiy va xo‘jalik sharoiti xisobga olinib bitta yoki bir nechta melioratsiya
turi qo‘llanilishi mumkin.
Tuproq, yer usti va yer osti suvlarining tarkibida asosan kalьtsiy (Sa), magniy (Mg), natriy
(Na), kaliy (K), kislorod (O), xlor (Sl), oltingugurt (S), uglorod (S),azot (N) elementlari boshqa
elementlarga nisbatan ko‘proq uchraydi. Bu elementlar xavo, tog‘‘ jinslari va minerallar
tarkibida bo‘lib suv, shamol, iqlim va bioximik omillar ta‘sirida yemirilib tuzlarni xosil qiladi.
Tabiatda tuzlarning asosiy manbalari quyidagilar xisoblanadi.
1. Tog‘ jinslari va minerallarining yemirilishi.
2. Vulqon otilish jarayoni.
3. Yer yuzasiga yaqin joylashgan gumbaz, tosh to‘zlar (to‘z konlari)
4. Yerning tub qatlamlaridan chiqayotgan sho‘r buloqlar.
5. Bioximiyoviy omillar ta‘sirida tuzlarning paydo bo‘lishi (sho‘rxoq va sho‘rtob
yerlarda o‘sadigan o‘simliklarning kul xosil qilishi va bu kulning tarkibida juda ko‘p miqdorda
natriy xlor va natriy sulfat borligi).
Yuqorida ko‘rsatilgan manbalar bo‘yicha xosil bo‘lgan to‘zlar yer usti, yer osti suvlari va
shamol xarakati ta‘sirida yerning ma‘lum mintaqalariga tarqaladi.
V.A.Kovda to‘zlarning to‘planish va sho‘r tuproqlarni paydo bo‘lishi jarayonini quyidagi
tsikllarga bo‘ladi.
1. Quruqlikda tuz to‘planishi, ya‘ni materiklarning (qit‘a) ichki qismlaridagi berk (suvi
okeanga qo‘shilmaydigan) o‘lkalarda tuzlarning to‘planishi.
2. Dengiz yaqinida tuz to‘planishi; ya‘ni dengiz soxillarida va sayoz suvli qo‘ltiq
qirgoqlarida dengiz suvlarining to‘planishi.
3. Delьtalarda tuz to‘planishi; bunda daryo va sizot suvlarining quruqlikdan olib
kelinayotgan to‘zlari xamda turli vaqtlarda dengiz tomonidan kelayotgan to‘zlar.
4. Yer osti suvlarining bug‘lanishidan tuz to‘planishi, bunda yerning chuqur
qatlamlaridagi sho‘r suvlarni tektonik yoriqlar orqali yer yuzasiga chiqishi va bug‘lanishi
(Kaspiy dengizga yaqin yerlar va Ustyurt platasi).
5. Antropogen tuz to‘planishi,ya‘ni sho‘r yerlarni me‘yoridan ortiqcha sug‘orish va
sug‘orish tarmoqlaridan filьtrlanayotgan suvlar evaziga minerallashgan sizot suvlarining
ko‘tarilishidan xamda sho‘r suvlar bilan ekinlarni sug‘orish oqibatida to‘planayotgan to‘zlar
.
Tuzlarning tarqalishida yer usti, yer osti, sizot suvlari va shamol katta rolь o‘ynaydi.
Tabiatda to‘zlar yer usti va yer osti, sizot suvlari bilan birgalikda tarqaladi.
To‘zlarning suvlar bilan tarqalishda joyning relьefi, geologik to‘zilishi, tuproq gruntning
suv o‘tkazish xossasi va boshqa tabiiy sharoitlar katta axamiyatga ega.
Suv ayirgichlar yuzasida ma‘lum miqdorda suvda eriydigan to‘zlar bo‘lib, ustiga yetarli
miqdorda atmosfera yog‘inlari yogib tursa to‘zlar eritmasi ikki yo‘nalishda oqib boradi:
1.
Yer yuzasidan oqar suvlar bilan birga. 2. Sizot va yer osti suvlari bilan birga.
39
Oqibatda suv ayirgichlardagi tuzlar daryolarga, undan dengizlarga va okeanlarga borib
tushadi.
Yerning tabiiy meliorativ xolati gidrogeologik mintaqalar bo‘yicha turlicha bo‘ladi.
1. Yer usti suvlarining singib kirish mintaqasida - qulay meliorativ xolat.
2. Sizot suvlarining sirtga tegish mintaqasida - qisman noqulay.
3. Sizot suvlarining tarqalish (bug‘lanish) mintaqasida - noqulay.
4. Soxil mintaqasida - turg‘unsiz meliorativ xolat vujudga keladi
.
Yerning meliorativ xolatiga salbiy ta‘sir ko‘rsatadigan asosiy irrigatsiya - xo‘jalik
sharoitlariga quyidagilar kiradi:
Yangi yerlarni o‘zlashtirish, qishloq xo‘jalik ekinlarini me‘yoridan ortiqcha sug‘orish,
sho‘rlangan yerlarni asossiz normalarda sho‘rini yuvish, ekinlarni sho‘r suvlar bilan sug‘orib va
sho‘r yuvish, sug‘orish va kollektor-zovur tarmoqlaridan noto‘g‘ri foydalanish, ularni o‘z
vaqtida ta‘minlamaslik, sug‘oriladigan yerlarni ba‘zan turli sabablarga kura foydalanmasdan
tashlab qo‘yish, yerlarga me‘yordagi ortiqcha mineral o‘g‘itlar va biotsidlarni qo‘llash kabilar
kiradi.
Sug‘oriladigan dexqonchilik sharoitida dastlab tuproq sho‘rlanmagan bo‘lib, keyinchalik
yangi yerlarni o‘zlashtirish va sug‘orish jarayonida shu tuproqlar turli darajada (kuchsiz
sho‘rlanishdan tortib sho‘rxoqgacha) sho‘rlanib, qishloq xo‘jaligida foydalanishiga yaroqsiz
bo‘lib qoladi. Bu xodisaga tuproqning qayta sho‘rlanishi deyiladi.
Irrigatsiya tarmoqlaridan va ekinlarni katta me‘yorda sug‘orish natijasida filьtrlangan
suvlar tuproq grutining juda chuqur qatlamlaridagi to‘zlarni eritadi va sizot suvlariga qo‘shilib
minerallashganlik darajasini oshiradi xamda uning joylashish satxini umumiy ko‘tarishga olib
keladi.
Natijada sizot suvlari bug‘lanib, tuproqni qayta sho‘rlantiradi va botqoqlantiradi yoki
sho‘rlanmagan tuproqlarda esa faqat botqoqlanish yo‘z beradi.
Yer tekislash 3 xil bo‘ladi.
1. Asosiy tekislash - dalaning umumiy nishabligi butunlay o‘zgartiriladi va juda katta
xajmda (300-700 m
3
/ga) ish bajariladi. Asosiy tekislash loyixa asosida yangi yerlarni
o‘zlashtirishda qo‘llaniladi.
2. Qisman tekislash - bunda yer sirtidagi ayrim baland-pastliklar tekislanib kam xajmda
ish bajariladi.
3.Joriy tekislash bu xar yili ekin ekishdan oldin o‘tkazilib, asosan shudgorlash natijasida
xosil bo‘lgan baland-pastliklar tekislanadi.
Yer tekislash asosan buldozerlar, skreperlar, greyderlar, uzun bazali planirovshiklar,
traktor molalari va chizel tekislagichlar yordamida amalga oshiriladi.
Yer sharida chuchuk suvga bo‘lgan talab kundan-kunga ortib bormoqda, gidrosferaning
faqat 2 foizini tashkil etuvchi chuchuk suv daryo, ko‘l, aktiv suv almashinish zonasidagi yer osti
suvlari, mo‘zliklarda mujassamlashgan. CHuchuk suv resurslarining 24,0 mln.km
3
hozircha
insoniyat juda kam foydalanayotgan muzliklarga to‘g‘ri keladi. CHuchuk suvga bo‘lgan talab
kundan-kunga ortib bormoqda. SHaharlarda 1 kishi sutkasiga 400-600 litr, qishloqlarda esa 100-
200 litr suv sarf qiladi (vodoprovod yo‘q yerlarda 30-50 litrga to‘g‘ri keladi).
A.M.Vladimirovning (1991) ma‘lumoti bo‘yicha turln qulayliklarga ega bo‘lgan yirik shaharlar
aholisining har bir kishisiga quyidagicha suv taqsim bo‘ladi: Moskva va N‘yu-York - 600
l/sutk., Parij va Sankt-Peterburgda – 500, Londonda 263 l/sut. Yer sharida aholini ko‘payishi
yangi shaharlarni paydo bo‘lishi oqibatida suvga bo‘lgan talab ortib bormoqda. Masalan, 1950
yildan to 1990 yilgacha suvga bo‘lgan talab 3 barobar, 1950 yildan to 2000 yilgacha 7 barobar
40
ortdi. 1970 yilda Yer shari bo‘yicha suvga bo‘lgan talab 120 km
3
ga yetgan. Daryo suvlari Yer
sharida bpr tekisda tarqalmagan. Dunyo aholisining 72 foizi yashaydigan Yevrosiyoda umumiy
daryo suvining 31 foiziga yaqini oqadi. Agar Yevronada jon boshiga yiliga 4,4 ming m
3
,
Osiyoda 6,24 ming m
3
, Afrikada 13,1 ming m
3
suv to‘g‘ri kelsa, Janubiy Amerikada 51,5 ming
m
3
to‘g‘ri keladi. Yer kurrasi bo‘yicha har bir kishiga yiliga o‘rtacha 11 ming m
3
daryo suvi
to‘g‘ri kelsa, maishiy xo‘jalik ehtiyojlari uchun bir yilda ishlatiladigan suvning (234000 km
3
) 20
foizi butunlay sarflanib ketadi, qolgan 80 foizi ifloslangan yoki yarim tozalangan holda
daryolarga, kanal va ariqlarga tashlanadi va chuchuk suvni ifloslab yuboradi. Toshkent shahrida
jon boshiga sutkada maishiy xo‘jaliklar uchun 300 kub litrgacha suv sarflansa, bir yilda 0,2 kub
km dan ortiq suv kerak bo‘ladi. Bu CHirchiq daryosining yillik suv miqdorining faqatgina 3
foizini tashkil etadi (CHirchiq daryosining yillik suv miqdori 6,9 kub. km).
Do'stlaringiz bilan baham: |