20-amaliy mashg’ulot
O’zbekiston respublikasining “Maxsulotlar va xizmatlarni sertifikatlash to’g’risidagi” qonuni o’rganish. MAHSULOTLAR VA XIZMATLARNI SERTIFIKATLASHTIRISH TO‘G‘RISIDA
Oldingi tahrirga qarang.
Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasida mahsulotlar, xizmatlar va boshqa obyektlarni shu jumladan ishlab chiqarish jarayonlarini, menejment tizimlarini, muvofiqlikni baholash sohasida xodimlar sifatida ishtirok etishga talabgor mutaxassislarni (matnda bundan keyin “mahsulotlar” deb yuritiladi) sertifikatlashtirishning huquqiy, iqtisodiy va tashkiliy asoslarini, shuningdek sertifikatlashtirish ishtirokchilarining huquqlari, majburiyatlari va javobgarligini belgilab beradi.
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 11-dekabrdagi O‘RQ-381-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 50-son, 588-modda)
I BOB. UMUMIY QOIDALAR
1-modda. Asosiy tushunchalar
Mazkur Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar ishlatilmoqda:
“sertifikatlashtirish milliy tizimi” — davlat miqyosida amal qiladigan, sertifikatlashtirish o‘tkazishda o‘z tartib va boshqaruv qoidalariga ega bo‘lgan tizim;
“mahsulotlarni sertifikatlashtirish” (matnda bundan keyin “sertifikatlashtirish” deb yuritiladi) — mahsulotlarning belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlashga oid faoliyat;
“muvofiqlik sertifikati” — sertifikatlangan mahsulotning belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlash uchun sertifikatlashtirish tizimi qoidalariga binoan berilgan hujjat;
“muvofiqlik belgisi” — muayyan mahsulot yoxud xizmat aniq standartga yoki boshqa normativ hujjatga mos ekanligini ko‘rsatish uchun mahsulotga yoxud ko‘rsatilgan xizmatga doir hujjatga qo‘yiladigan, belgilangan tartibda ro‘yxatga olingan belgi;
Oldingi tahrirga qarang.
“mahsulotlarni (ishlarni, xizmatlarni) sertifikatlashtirish tizimi” — ayni bir xil standartlar va qoidalar qo‘llaniladigan muayyan mahsulotlar, ishlar yoki xizmatlarga taalluqli sertifikatlashtirish tizimi;
(1-moddaning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 11-dekabrdagi O‘RQ-381-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 50-son, 588-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
“sifat bo‘yicha ekspert-auditor” — qonunchilikda belgilangan tartibda attestatsiyadan o‘tkazilgan, muvofiqlikni baholash sohasidagi ishlarni olib borish uchun tegishli malakaga ega bo‘lgan mutaxassis;
“sertifikatlashtirish bo‘yicha inspeksiya organi” — qonunchilikda belgilangan tartibda akkreditatsiya qilingan, sertifikatlashtirilgan mahsulotlar ustidan sertifikatlashtirish organlarining topshirig‘iga ko‘ra inspeksiya nazoratini amalga oshiruvchi yuridik shaxs;
(1-moddaning yettinchi va sakkizinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
“sertifikatlashtirilgan mahsulotlar ustidan inspeksiya nazorati” — sertifikatlashtirilgan mahsulotlarning sertifikatlashtirilayotganda belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlash maqsadida amalga oshiriladigan sertifikatlashtirilgan mahsulotlarni davriy takroriy baholash tartib-taomili.
(1-moddaning yettinchi — o‘ninchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 11-dekabrdagi O‘RQ-381-sonli Qonuniga asosan yettinchi, sakkizinchi va to‘qqizinchi xatboshilarga almashtirilgan — O‘R QHT, 2014-y., 50-son, 588-modda)
Do'stlaringiz bilan baham: |