6-modda. Sertifikatlashtirish obyektlari va subyektlari
Oldingi tahrirga qarang.
Mahsulotlar, shu jumladan dasturiy va boshqa ilmiy-texnikaviy mahsulotlar sertifikatlashtirish obyektidir.
(6-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 11-dekabrdagi O‘RQ-381-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 50-son, 588-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
“O‘zstandart” agentligi, akkreditatsiya qilingan sertifikatlashtirish organlari, sinov laboratoriyalari (markazlari), sertifikatlashtirish bo‘yicha inspeksiya organlari, sifat bo‘yicha ekspert-auditorlar, muvofiqlikni baholash faoliyatida ishtirok etadigan xodimlar, shuningdek mahsulotlari sertifikatlashtirilishi lozim bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslar sertifikatlashtirish subyektlaridir.
(6-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 11-dekabrdagi O‘RQ-381-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 50-son, 588-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Sertifikatlashtirish subyektlari — yuridik shaxslar sertifikatlashtirish milliy tizimi doirasida sertifikatlashtirish tizimlari tuzishlari mumkin. Yuridik shaxslarning sertifikatlashtirish tizimlari “O‘zstandart” agentligi belgilagan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi shart.
(6-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 25-apreldagi 482-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 5-son, 67-modda)
II BOB. SERTIFIKATLAShTIRISh FAOLIYATIGA DOIR UMUMIY TALABLAR
7-modda. Muvofiqlik sertifikati va muvofiqlik belgisi
Mahsulotning belgilangan talablarga muvofiqligi tasdiqlangani taqdirda sertifikatlashtirish organi muvofiqlik sertifikati beradi, tayyorlovchi ana shu sertifikat asosida muvofiqlik belgisini ishlatish huquqiga ega bo‘ladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Sertifikatlashtirish tizimida foydalaniladigan muvofiqlik sertifikatlarining, namunalari, milliy muvofiqlik belgisining shakllari va hajmlari “O‘zstandart” agentligi tomonidan tasdiqlanadi.
(7-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 11-dekabrdagi O‘RQ-381-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 50-son, 588-modda)
Muvofiqlik sertifikatlari, muvofiqlik belgilari, sertifikatlashtirish organlari va sinov laboratoriyalarining (markazlarining) akkreditatsiya qilinganlik to‘g‘risidagi guvohnomalari “O‘zstandart” agentligi tomonidan belgilangan tartibda Davlat reyestridan o‘tkazilishi shart.
(7-moddaning ikkinchi va uchinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 25-apreldagi 482-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 5-son, 67-modda)
Davlat reyestrida ro‘yxatdan o‘tkazilmagan muvofiqlik sertifikatlari, muvofiqlik belgilari, sertifikatlashtirish organlari va sinov laboratoriyalarining (markazlarining) akkreditatsiya qilinganlik to‘g‘risidagi guvohnomalari haqiqiy emas.
Oldingi tahrirga qarang.
Muvofiqlik sertifikatidan, muvofiqlik belgisidan foydalanish huquqini arizachi boshqa yuridik yoki jismoniy shaxsga berishi man etiladi.
(7-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 11-dekabrdagi O‘RQ-381-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 50-son, 588-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Do'stlaringiz bilan baham: |