Tomiziladigan dori vositalarini tayyorlash
53. Hajmi va konsentratsiyasini saqlash maqsadida dori vositalari tozalangan suvda eritiladi. Olingan eritma suv bilan yuvilgan filtr orqali filtrlanadi, suvning qolgan qismi ma’lum hajm olingunga qadar o‘sha filtr orqali filtrlanadi.
Kombinatsiyalangan eritmalarda (etil spirti, glitserin, moylar va boshqa erituvchilar) tomiziladigan dori vositalarini tayyorlash chog‘ida dori vositalarining eruvchanligi va erituvchining tarkibi, shuningdek standart tomchi o‘lchagich bo‘yicha ushbu Nizomning 8-ilovasiga muvofiq 20 oS da 5% og‘ish me’yorlari bilan 1 gramm hamda 1 millilitrdagi tomchilar miqdori, suyuq dori vositalarining 1 tomchisining og‘irligi hisobga olinadi.
18-amaliy mashg’ulot
Dorivor o’simlik maxsulotlarini idishlarga joylash va saqlash qoidalarni omborxonalarga quyiladigan talablarni o’rganish
DORIVOR MAHSULOTLARNI STANDART HOLIGA
KELTIRIS
Dorivor mahsulotlar qabul punktlariga tayyorlov idoralari, jamoalar va ayrim
shaxslar tomonidan turli ko‘rinishda, ya’ni standart talabiga javob bermaydigan
holatda kelishi mumkin. SHuning uchun mahsulotlarni idishlarga joylashtirib
(qadoqlab), omborlarga jo‘natishdan oldin ularni ma’lum talablarga javob beradigan
holda keltirish zarur.
Dorivor mahsulotlarni standart holiga keltirish uchun quyidagi ishlar bajariladi:
1. Aralashmalardan tozalash. Tayyorlovchilarning tajribasizligi yoki shoshilib va
pala-partish ishlashlari sababli qabul punktlariga topshirilgan dorivor mahsulotlar
tarkibida turli aralashmalar bo‘lishi mumkin. Ular organik va mineral aralashmalarga
bo‘linadi.
Organik aralashmalarga dorivor o‘simlikka o‘xshagan yoki uning yonida o‘sadigan
boshqa o‘simliklar qismlari, xashak, somon, ko‘mir va boshqalar hamda shu dorivor
o‘simlikning mahsulot bo‘lmagan qismi kiradi. Mineral aralashmalar odatda kesak,
tosh, tuproq, qum hamda shisha, sopol, chinni bo‘lakchalaridan iborat bo‘ladi.
Mahsulotni standart holatga keltirish uchun uni aralashmalardan tozalash kerak.
Buning uchun u mashinalar yordamida yoki qo‘lda elanib, aralashmalardan
tozalanadi va navlapga ajratiladi, ayrim hollarda esa (o‘simlikning er ustki qismidan
gul va barglarning aralashmasini ajratib olish uchun) mahsulot avval mashinalarda
yanchilib, so‘ngra elanadi, poya va shoxlar ajratib tashlanadi.
2. Mahsulotning nuqsonli qismlarini ajratish. Agarda dorivor mahsulot yomg‘ir
yog‘ib turgan vaqtda, yomg‘ir yog‘ib o‘tgan, lekin o‘simlik hali qurimagan va havoda
namlik ko‘p vaqtda, o‘simlikdan ertalabki shudring hali ko‘tarilmaganda tayyorlansa,
u quritish paytida sarg‘ayib yoki qorayib qolishi mumkin. Mahsulot to‘g‘ri, havo
quruq vaqtda tayyorlansa, lekin noto‘g‘ri quritilsa ham ular sarg‘ayib yoki qorayib
qolishi mumkin. Bu nuqsonlar tegishli GOST larda ma’lum miqdorda ruhsat etiladi.
Agar ular ko‘rsatilgan miqdordan ortiq bulsa, bu mahsulot sifatiga ta’sir kiladi.
SHuning uchun dorivor mahsulot navlarga ajratilib, qoraygan va sarg‘aygan
qismlardan tozalanadi.
3. Mahsulotni maydalangan qismdan tozalash. Dorivor mahsulot tarkibida
maydalangan qismning miqdori tegishli GOST da chegaralangan bo‘ladi. CHunki
mahsulotni tarkibida maydalangan qismi me’yoridan ortiqcha bo‘lsa, uning sifati past
hisoblanadi. SHy sababli dorivor mahsulotni standart talabiga javob beradigan qilish
maqsadida uni mayda qismidan tozalanadi. Buning uchun mahsulot tegishli GOST
talabiga binoan kerakli teshikli elaklarda elanadi.
4. Mahsulotni qayta quritish. Qabul punktlarida qabul qilib olingan mahsulotlar,
ko‘pincha, etarli darajada quritilmagan bo‘ladi. Bundan tashqari, bu mahsulotlar
(ayniqsa gigroskopik mahsulotlar) saqlash davrida (tayyorlovchilar zudlik bilan qabul
punktlariga topshirmaganlarida) va qabul punktlariga olib ketilayotgan vaqtda
sharoitga qarab bir oz namlanib qolishi mumkin. Xatto, keyinchalik ham, bu
mahsulotlar omborlarda yoki dorixona va laboratoriyalarda saqlanish davrida
mog‘orlab, sarg‘ayib yoki qorayib o‘z sifatini yo‘qotadi. Mahsulotning qimmatini
saqlab qolish uchun tegishli GOST da ko‘rsatilgan namlik qolguniga qadar qayta
quritiladi.
5. Mahsulotni maydalash. Dorixonaga ko‘pchilik mahsulotlar maydalangan (mayda
bo‘laklarga qirqilgan yoki kukun-poroshok) holda yuboriladi. Mahsulotlar faqat
omborlarda tezda buzilib, o‘z sifatini yo‘qotmasligi uchun butunligicha, mayda-
lanmasdan saqlanadi.
Mahsulotlarni maydalash (barglarni qirqish, er ustki qismini yanchish, ildiz va
ildizpoyalarni kubsimon qilib qirqish, kukun–poroshok holiga keltirish) mashinalar
yordamida amalga oshiriladi. Har bir mahsulotni qay darajada maydalash kerakligi
tegishli standartlar (GOST) da ko‘rsatilgan bo‘lib, bu ishlar markazlashtirilgan va
moslangan qabul punktlarida bajariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |