O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan viloyati Kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi



Download 3,57 Mb.
bet19/76
Sana01.07.2022
Hajmi3,57 Mb.
#722177
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   76
Bog'liq
Eng yangi Nargiza Asqarova

Yangi oʻquv materialini mustahkamlash
2.8Yangi oʻquv materialini oʻzlashtirish darajasini tekshirish boʻyicha tezkor soʻrov oʻtkazadi
2.9. Darsda oʻzlashtirgan bilimlarini tekshirish maqsadida boshlangʻish nazorat olinadi

Tinglaydi, yozib oladi
Yozib oladi
Diqqat qiladi
Savollarga javob beradi

Kuzatadi, ma’lumotlarni daftarga qayd qiladi


Savollarga javob beradi,


test topshirigʻini bajaradi

3-bosqich: Yakuniy qism.
10 daqiqa

Mashgʻulotni yakunlash

    1. Mavzu yakunlanadi, bajarilgan ishlarni kelgusida kasbiy faoliyatlarida muhim ahamiyatga ega

ekanligiga oʻquvchilar e’tiborini qaratadi
Uyga vazifa berilishi

    1. Nazorat savollariga javob qaytarish

Diqqat qiladi

Topshiriqni yozadi


  1. ilova


Baholash mezoni va ko’rsatkichlari


t/r

Nazariy bilimlarni baholash

ball

1

Savollarga to'liq javob berish, misol dalil keltiradi, Mavzu haqida to’liq ma’lumotlarni keltiradi, yangi ma’lumotlarni amaliyotda qo’llay oladi

5



2

Savollarga noto'liq javob beradi, mavzu haqida tushunchalarini to’liq bayon eta olmaydi



4



3

Savollarga qisman javob beradi, yangi va o’tilgan mavzular bo’yicha qisman bilimga ega



3



4

Savollarga umuman javob bera olmaydi, yangi mavzu va o’tilgan mavzular yuzasidan bilimga ega emas.



2
  1. ilova


Kichik guruhlarda ishlash qoidasi



1

Talabalar ishini bajarish uchun zarur bilim va masalalarga ega bo’lmog’i kerak

2

Guruhlarga aniq topshiriqlar berilmog’i lozim

3

Kichik guruh oldiga qo’yilgan topshiriqni bajarish uchun yetarli vaqt ajratiladi

4

Guruhlardagi fikrlar chegaralanmaganligi va tazyiqqa uchramasligi haqida ogohlantirilishi zarur.

5

Guruh ish natijalarini qanday taqdim etishini aniq bilishlari, ishlab chiqarish ta’limi ustasi ularga yo’riqnoma berishi lozim.

6

Nima bo’lganda ham muloqotda bo’ling, bajargan ishini erkin namoyon etish



Fan bo'yicha o'quvchilarni o'zlashtirish, baholash mezonlari


  1. ilova



Baholash mezonlari

Baholar

“5” – a’lo

“4” - yaxshi

“3” - qoniqarli

“2” - qoniqarsiz

1.

Nazariy
ma’lumotlarni o’zlashtirishi













2.

Amaliy
ma’lumotlarni o’zlashtirishi













3.

Joriy nazorat
natijalari













4.

O’rtacha bahosi
















4-Mavzu:Sifat: grammatik kategoriyalar. Lug’at shakli. Sifatlarning 1-2- guruhi. Murakkab anatomik atamallar strukturasi.Moslashgan aniqlovchi ishtrokida anatomik terminlar.


Reja:

  • Sifatga umumiy tavsifni;

  • Sifatni turlanishini;

  • Sifatni lug'at ko'rinishini;

  • Sifatni otlar bilan moslashuvini;

Tibbiy atamalarni tarkibida juda ko'p sifatlar ham mavjud shuning uchun sifat ham o'rganiladi. Sifat - predmetni belgisini bildirib Qanday?Qanaqa? so'rog' iga javob beradi.


Lotin tilida ham rus tilidagi kabi sifat rod, son, kelishikka qarab turlanadi. Sifatni o'zini maxsus turlanishi bo'lmay otlarning I - II - III turlanishi kabi turlanadi. Sifat IV - V turlanishda turlanmaydi.
I guruhda turlanuvchi sifatga I - II turlanish, II guruhda turlanuvchi sifatga esa III turlanish sifatlari kiradi.
Sifatni 1 guruhi
Sifatni I guruhiga I - II turlanishdagi sifatlar kirib masculinum rodida - us, - er, femininum rodida - a, neutrum rodida - um qo'shimchasiga ega bo'lgan sifatlar kiradi. Masalan: albus, a, um-oq, ruber, bra, brum - qizil v.hk.
Lotin tilida sifat gap tuzganda doimo otdan key in turadi. Rus va o'zbek tlllarida esa otdan oldin turadi.
Lotin tilida sifat lug'atda masculinum rodida to'la ko'rinishda berilib, undan keyin femininum va neutrum rodi birlik son bosh kelishik qo’shimchalari qayd etilib tiredan keyin o'zbekcha tarjimasi beriladi.
Misol: albus, a, um, - oq; niger, gra, grum - qora va h.k.
O’zbek tilida rod bo'lmaganligi uchun bitta ko'rinishda yoziladi.
- er qo'shimchasi bilan tamomlanadigan ba'zi sifatlar femininum va neutrum rodlarini hosil qilishda - "e" harfini yo'qotadi, ba'zilari esa saqlab qoladi. Agar - "er" so'z o'zagi tarkibiga kirsa -"e" saqlanib qoladi, o'zak tarkibiga kirmasa turlanishda tushib qoladi.
Misol: ruber, rub ra, rub rum, - qizil
somnifer, somnifera, somniferum - uyqu chaqiruvchi.
Odatda sifatning birinchi turlanishi otning birinchi turlanishi kabi turlanadi: (femininum radidagidek) masculinum va neutrurn radidagi sifatlar esa otlarning II turlanishi kabi turlanadi.
Masalan: vena, ae, f- vena (I turlanish ot) cava, ae, f - kovak(sifat) cavus, m, - kovak (II tur) cavum, n - kovak (II tur)
Gapda sifat lotin tilida otdan keyin turib rod, son, kelishikka qaral moslanib keladi. Yani ot qaysi rod, qaysi kelishik, qaysi sonda kelsa sifat haf shu rod, shu son, shu kelishik bilan moslashadi.Masalan: Succus albus- oq sharbat (m); Linea alba - oq chiziq (f)
Unguentum album - oq maz (n)
Sifatning turlanish namunasi quyidagichadir.
Singularis

Casus

m

f

n

Nom.

albus

alba

album

Gen.

albi

albae

albi

Dat.

albo

albae

albo

Acc.

album

albam

album

Abl.

albo

alba

albo



Pluralis

Casus

m

f

n

Nom.

albi

albae

alba

Gen.

alborum

albarum

alborum

Dat.

albis

albis

albis

Acc.

albos

albas

alba

Abl.

albis

albis

albis

Sifat bilan ifodalangan aniqlovchi moslangan aniqlovchilardir. Terminologiyada ko'p terminlar moslangan aniqlovchi bilan uchraydi. Ularni lotin tilida to'g'ri tarjima qilishni o'rganish uchun moslashuv algoritmini bilish kerak.Buning uchun:


1. Gapdan ot topiladi va oldingi o'ringa qo'yiladi.
2. Otni rodi aniqlanadi
3. Sifat topiladi va uni lug'at ko'rinishi esga olinadi.
4. Tegishli sifatni ot rodiga qarab moslashtiriladi.
Masalan: lobus (dexter, tra, trum)
labus - II turlanish m - ot
dexter - II turlanish m - sifat
lobus dexter - o' ng bo'lakак (o'zbek tilida)
ot + sifat -> sifat ot(lotin tilida) va (o'zbek tilida)
Murakkab lotin farmatsevtika terminlarida birinchi o'rinda dori turining nomi (tinctura, infusum, extractum) va h.k. ikkinchi o'rinda esa moslanmagan aniqlovchi holidagi shu dori turi tayyorlangan dorivor modda nomi Genetivus kelishigida yoziladi, oxirgi o'rinda moslangan aniqlovchi holida kelgan shu dori turini xarakterlovchi sifat turadi.
Masalan: Do'lananing suyuq ekstrakti. Ot ->sifat (Nom)
S2 (Gen)
Extractum Crataegi fluidum
(Nom)(Gen) (Nom)


Quyidagi sifatiarni yod oling !
Coronarius, a, um - tojsimon
dexter, tra, trum - o' ng
sinister, tra, trum - chap
transverses, a, um - ко' ndalang
compactus, a, um - zich, tig' iz
durus, a, um - qattiq
oblangatus, a, um - uzinchoq
spongiosus, a, um - g'ovaksimon
acutus, a, um - o'tkir
chronicus, a, um - surunkali
dilitus, a, um -suyultirilgan
niger, gra, grum-qora
purus, a, um - toza
rectificatus, a, um - tozalangan
siccus, a, um - quruq
spissus, a, um - quyuq
aethereus, a, um - efirli
aethylicus, a, um - etIIIi
amylaceus, a, um - kraxmalli (ohakli)
anhydricus, a, um - suvsiz
hydricus, a, um - suvli
aquosus, a, um - suvli
causticus, a, um- achishtiruvchi
grossus, a, um- katta, yirik
oleosus, a, um- moyli
piperitrus, a, um- qalampirli
ruber, bra, brum- qizil
ustus, a, um- kuydirilgan -
cinereus, a, um- kulrang
concentratus, a, um - suyuq
coeruleus, a, um- to'yingan
cavus,a,u,m- kovak, ichi bo'sh
Foydalanilgan adabiyotlar

1. L.U.Xo`jayeva,X.A.Zohidova “Lotin tili” 2005 y.


2. M.Bo`liyev “Lotin tili va tibbiyot terminalogiyasi” Qayta ishlangan va to`ldirilgan 10- nashri Toshkent Ilm Ziyo nashriyoti 2016 yil
3. M.Bo`liyev “Lotin tili va tibbiyot terminalogiyasi” Qayta ishlangan va to`ldirilgan 7- nashri Toshkent Ilm Ziyo nashriyoti 2011 yil
4. N.Isroilova ”Tibbiyot terminologiyasi va lotin tili”
5. B.Xomidov “Lotin tili va tibbiyot terminalogiyasi” Namangan 2016
4. ”Lotin tili va tibbiyot terminalogiyasi” fanidan ma’ruzalar matni Asqarova Nargiza Yangi Namangan tumani 2021y





Quyidagi mashqdagi so'zlarni o'zbek tiliga tarjima qiling!
Lobus dexter - o'ng bo'lak (o'ng-sifat, bo'lak-ot)
Bronchus medius –
Sutura interna –
Ligamentum latum –
Glycosidium cardiacum –
Cera alba –
Amygdala amara –
Unguentum cinereum –
Extractum spissum –
Tinctura amara-


Yangi mavzuni mustahkamlash uchun savollar.
1. Sifat va unga umumiy tavsif;
2. Sifatni lotin tilida tutgan o'mi va turlanishi;
3. Sifatni lug'at ko'rinishi;
4. Sifatni otlar bilan moslashuvi;


Lotin maqollari va hikmatli so ‘zlar
Ars longa vita brevis.
Hayot qisqa, san’at esa abadiydir.
Vita sine litteris mors est.
Ilmsiz hayot — o ‘limdir.
Amat victoria curam.
Talabalik tirishqoqlikni talab qiladi.
Carpe diem.
Bugungi ishni ertaga qoldirma.
Domus propria — domus optima.
Mchmondorchilik yaxshi, uy undan ham yaxshi.



Download 3,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish