atrofida kichik shaharlar paydo bo’lib, katta shaharlarga qo’shilib boradi va
shaharlar ag
lomeratsiyasi hosil bo’ladi.
Avvalo, urbanizatsiya jarayoni va uning hududlar bo‘yicha
rivojlanish
mezonlari haqida umumiy tushuncha hosil qilish maqsadga muvofiqdir. SHu
asnoda tabiiy sharoit omillarining yirik shaharlarga ta’sirini urbanizatsiya
jarayoni
da sezilarli kechishini ko‘rish mumkin.
Shaharlar barcha zamonlarda rivojlanish uchun turtki bo‘luvchi asosiy
nuqtalar sifatida xizmat qilib kelgan. Ularning bu xususiyati fan-texnika
taraqqiyotidan keyin ayniqsa umumjahon mezoniga aylandi. Bugungi kunda
mamlakatlarning industrial va texnologik va hokazo mezonlar bilan belgilanuvchi
rivojlanish darajasi urbanizatsiya darajasi bilan chambarchas bog’liqdir. Bir so‘z
bilan aytganda urbanizatsiya mamlakat taraqqiyotini belgilovchi asosiy mezondir.
Eng birinchi yirik shaharlar 4
ming yil oldin Mesopotamiya, Nil, Hind,
Xuanxe daryolari vodiylarida vujudga kelgan. Shaharlarning vujudga kelishi
iqtisodiy taraqqiyot bilan bog’lanadi. Shaharlar hukmdorlar yashovchi hududlar,
bosh vazifasi mudofaa bo‘lgan qal’a
lar sifatida shakllangan. Bunday holatda ular
strategik jihatdan eng qulay joyda bunyod qilingan. Meksika va Peru hududlarida
Kolumbga qadar davrlarda ulkan shaharlar sivilizatsiyalari rivojlangan. Qadimiy
Amerika va Yevrosiyo hududlari bir-biridan butun
lay xabarsiz bo‘lsada ulardalgi
shaharlar sivilizatsiyasi o‘z xususiyatlariga ko‘ra juda o‘xshash bo‘lgan.O‘rta
asrlarda dunyodagi eng yirik shaharlar Nankin (470 ming kishi), Qohira (450 ming
kishi), Vidjvanagar (350 ming kishi), Pekin (320 ming kishi) b
o‘lgan. Yevropa
mintaqasining eng yirik shahri Parij bo‘lib, uning aholisi 275 ming kishi bo‘lgan.
Milan va Venetsiya shaharlari undan ikki barobar kichik bo‘lib, 19
-asrda 870 ming
aholisi bilan dunyoning eng yirik shahri bo‘lgan London aholisi o‘sha vaqtd
a 50
ming kishidan ortmaga
XVIII asr boshida dunyo aholisining 10% dan kamrog’i
shaharlarda yashagan.
O‘rta asrlarda eng katta bo‘lgan
shaharlar hozirgacha mavjud, ba’zilari
rivojlanishdan to‘xtab qolgan va provintsiyalar markaziga aylangan yoki butunlay
yo‘q bo‘lib ketgan.
Shaharlashish jarayonini qo’yidagi xususiyatlarda
ko’rishimiz mumkin.
1) Shahar aholisi sonining o’sib borishida.
2) Ishlab chiqarishning shaharlarda to’planishida.
Shaharlar maydonining kengayib borishida jamiyat rivojlanishi tarixda
shaharlarning ma’muriy markaz, madaniy markaz hamda iqtisodiy aloqalar
qilinadigan markazlar sifatida roli ortib bordi. 1808 yilda dunyo aholisining
2,4 % ining shaharlarda yashagan bo’lsa, hozirgi kunda bu ko’rsatkich 4
7 %
ga ortib ketdi.
Umuman olganda urbanizatsiya jarayonini
quyidagicha shakillanish
bosqichlari mavjud.
1.
XIX asrda asosan Yevropa va Shimoliy Amerikada yuzaga keldi.
2.
XX asrning birinchi yarmida butun dunyoda shahar aholisininig soni tez
suratlar bilan orta boshladi.
3.
XX asrning ikkinchi yarmida jahon mamlakatlarida shahar aholisi soni ortishi
bilan birga shaharlar maydonlari ham kengaya boshladi. 1900 yilda 1,4 % ,
1950 yilda 29 %, 1990 yilda 45 % bo’ldi. Davlatning urbanizatsiyalashgan
darajasi qo’yidagi ko’rsatkichlar asosida belgilanadi.
1) 50 % dan yuqori bo’lsa, yuqori darajada urbanizatsiyalashgan .
2) 20
–
50 % o’rtacha urbanizatsiyalashgan .
3) 20dan kam bo’lsa, past urbanizatsiyalashgan .
Do'stlaringiz bilan baham: