14- M
A’RUZA:
AHOLI GEOGRAFIYASI
Reja:
1.
Aholi geografiyasi iqtisodiy geografiyaning muhim va alohida tarmog’i
ekanligi.
2.
Aholi geografiyasining tuzilishi.
3.
Aholi geografiyasining muhim tushunchalari.
4.
Aholi dinamikasi. Aholi takror barpo bo’lishining an’anaviy tipi.
5.
Demografik portlash fenomen
i. Aholi takror barpo bo’lishining zamonaviy
tipi. Aholi sonining tez ko’payib borishi xavf soladimi
?
Tayan
ch so’z va iboralar:
Konsolidatsiya, optimum, demografiya, abort,
aholi manzilgohi, aholi registrlari,
aholi ro’yxati
, aholi soni, aholi tabiiy
ko’payishining netto koeffitsienti,
aholi tarkibi, aholining keksayishi, amaliy
demografiya, aniq yosh, assimlyatsiya, demografik siyosat, gerontodemografiya,
irq, mayatniksimon (moksimon) migratsiya, millat.
«Aholi» tushunchasi ko’proq aholi geografiyasi, iqtisodiyot, tibbiyot kabi
ijtimoiy (gumanitar) sohalarda qo’llanilib, u ma’lum bir hududda yashovchi
kishilarning birligini anglatadi. Masalan, Chust tumani aholisi, Namangan aholisi,
O’zbekiston aholisi, Dunyo aholisi va h.k. Ko’rinib turibdiki, bu yerda nisbatan
kattaroq hudud nazarda tutilmoqda, kichik hududlarda yashovchi kishilarning
birligini, hududiy umumiyligini
«sotsium» tushunchasi ifodalaydi va u sotsiologiya
fani uchun xos (o’zbek tilida bu jamoa, mahalla axli ma’nosiga mos keladi).
Sotsiologiya esa
ma’lum yoshdagi shaxs, millat, kasb egalarini odatda kichik
hududlar doirasida tadqiq qiladi.
Tarix va e
tnografiyada «xalq» tushunchasi qo’llaniladi, muayyan bir
ma’muriy hudud iqtisodiyoti «xalq xo’jaligi» atamasi bilan tavsiflanadi.
SHuningdek, biologiya, psixologiya, tibbiyot kabi fanlarda odam, inson
tushunchalari ko’proq uchraydi.
Aholi - jamiyatning asosiy ishlab chiqaruvchi kuchi. Aholisiz ishlab
chiqarishning O’zi ham, fan va texnikaning rivojlanishi va mavjudligi ham bo’lishi
mumkin emas. SHu bilan birga aholi sanoat, qishloq xo’jaligi maxsulotlarning,
transportning va xizmat kursatish sohasi xilma-xil tarlarining asosiy istemolsidir.
Shu sababli aholining soni har bir mamlakat uchun muhim omil hisoblanadi.
AQSh lik olim Dr Christion Sawyer aholi va demografiya masalalriga
quyidagicha ta’rif bergan ta’rif bergan
7
.
A)Demografiya asoslari
1. Demografiya inson populatsiyasini o`rganishdir.
2. Geograflar aholining hududiy tarqalishi va ularning ko`chishlarini o`rganishda
demografik taxlillardan foydalanishadi.
3. Mamlakat aholisining yosh tarkibi, ijtimoiy va etnik tarkibi va o`sish sur`ati
uning sog`lom bo`lishiga ta`sir ko`rsatadi.
B)Aholining hududiy joylashuvi.
1.
Aholining hududiy joylashuvi aholining yer yuzasi bo`ylab taqsimlanishida o`ziga
xos shakllarni hosil qilgan.
2.
Insoniyat tarixi davomida aholi notekis taqsimlangan.
7
Dr Christion Sawyer ap* Human geography crash course. Printed in the United States
of America. Green Edition. -2012.. 37-P. 244
3.
Aholi ko`pincha suv havzalari va haydaladigan yerlar kabi hayot bilan
ta`minlaydigan resurslar atrofida to`planadi. Kam o`zlashtirilgan hududlarda misol
uchun sahrolarda aholi kam yashaydi.
a)
Jami aholining deyarli 75%i yer yuzasining faqat 5%i da yashaydi
b)
Yer shari aholining taxminan 50%i shaharlarda va qolgan yarmi qishloqlarda
yashaydi.
c)
Bu aholi joylashuvidagi hududiy farqlar insoniyat tarixining ko`p davrida asosan
shahar joylarda emas balki qishloqlarda yashaganligini aks ettiradi.
C) Global aholi taqsimlanishi
1. Dunyo aholisining deyarli 80%i Lotin Amerikasi, Afrika va Osiyodagi
rivojlanayotgan davlatlarda yashaydi.
2. 1 mlrd dan ko`proq bo`lgan aholisi bo`lgan davlatlar faqat 2ta: Xitoy va
Hindistondir.
3.Aholining eng yuqori hududiy konsentratsiyasi Sharqiy Osiyo (Xitoy,Yaponiya,
Tayvan, Shimoli va Janubiy Koreya) da tashkil topgan.
4.Aholining ikkinchi yuqori konsentratsiyasi Janubiy Osiyo (Hindiston,
Bangladyosh, Shri-Lanka,Pokiston) davlatlarida tarkib topgan.
5. Aholining uchinchi yuqori konsentratsiyasi Yevropada Atlantika okeanidan Ural
tog`larigacha bo`lgan mintaqadadir
8
.
Taraqqiyot jarayonida aholining shaxsiy iste’moli bilan birga aholining o’zi
ham takror barpo qilinadi, ya’ni kishilar avlodlari tarbiyalanadi, voyaga
yetkaziladi. Shuning uchun ham aholini geograf
ik jihatdan o’rganayotganda uch
narsaga e’tibor berishimiz kerak:
1. Aholi moddiy boylik ishlab chiqaruvchi kuch, barcha moddiy ne’matlarni
yaratuvchisi.
2. Aholi ishlab chiqarilgan ijtimoiy mahsulotlarni ma’lum qismini
iste’molchisi.
3. Aholi butun ijti
moiy takror ishlab chiqarish jarayonini asosiy qismi bo’lib,
o’zi ham takror barpo qilinishi zarur.
Har qanday iqtisodiy geografik muammolarni hal qilishda aholiga xos
bo’lgan shu xususiyatni o’rganish zarur. SHuning uchun ham aholi geografiyasi
iqtisodiy geografiyaning tarkibiy qismidir.
Aholi geografiyasi iqtisodiy geografiyaning bir tarmog’i bo’lishi bilan birga
boshqa tarmoqlar sanoat geografiyasi, transport geografiyasi, qishloq xo’jaligi
geografiyasi orasida alohida o’rin tutadi.
Aholi geografiyasi aholining tarkibi, dinamikasi va joylashuvidagi regional
farqlarki, bu farqlarni vujudga keltiradigan qonuniyatlarni, aholi punktlarining
hududiy tizimlarini va ularning rivojlanish qonuniyatlarini o’rganadi.SHuningdek
aholi geografiyasi aholining yer shari
bo’yicha, ayrim davlatlar hamda rayonlar
bo’yicha xarakatini o’rganadi.
8
Dr Christion Sawyer ap* Human geography crash course. Printed in the United States of
America. Green Edition. -2012.. 37-P. 244
Aholi geografiyasining muhim tushunchalaridan biri - aholining hududiy
joylashish formalaridir.
Aholi geografiyasining yana bir muhim tushunchasi - aholining funktsional
gruppaga bo’linishi. Aholi uchta funktsional gruppaga bo’linadi:
1. Moddiy ishlab chiqarish tarmoqlarida ishlovchilar - (sanoat, qishloq
xo’jaligi va transport).
2. Xizmat doirasi sohasida ishlovchilar (savdo, maorif, sog’liqni saqlash,
kommunal xo’jalik, shahar transp
orti xodimlari).
3. Ijtimoiy ishlab chiqarishda ishtirok etmaydiganlar (bolalar, uy
bekalari,qariyalar)
Undan tashqari aholining migratsiyasi bilan bog’liq bo’lgan ham bir qancha
qonuniyatlar bor.
Aholi geografiyasi quyidagi yo’nalishlarga bo’linadi:
1. Aholi tarkibi va uning takror barpo qilinishidagi geografik farqlar va bu
farqning sababini o’rganish;
2. Mehnat resurslari va ulardan foydalanishdagi geografik farqlarni
o’rganish;
3. Aholining hududiy taqsimlanishi va ularning harakatini o’rganish;
4. Ahol
i punktlari va ularning hududiy tizimini o’rganish;
5. Aholining madaniyati va turmush sharoitidagi farqlarni va ularning
sababini o’rganish;
6. Tarixiy aholi geografiyasi. O’tgan tarixiy davrlarning aholi geografiyasini
o’rganish.
7. Aholini xaritaga tushirish.
Aholi geografiyasining o’z tadqiqotlari jarayonida aloqa qiladigan, bevosita
bog’liq holda tadqiqot olib boradigan fanlarni
ikki
guruhga bo’lish mumkin:
1)
Do'stlaringiz bilan baham: |