Jaxonning eng yirik Megapolislari
Urbanizatsiyani ta`riflashda AQSHlik olima Dr Christion Sawyer
quyidagicha ta’rif bergan:
1.
Urbanizatsiya shaxar landshaftlarini va shaxar turmush tarzining o`sishi va
yoyilishidir.
Hamma ham shaxar sifatida klassifikatsiya qilishga kerakli odamlarning soniga
mos kelavermasligi sababli shaxarni aniqlash va tasniflash qiyin bo`ladi.
(shaharshunos olimlar shaharlarga beradigan ta`rifga yondashuv turlicha)
2.
Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlar yuqori urbanizatsiyalashgan xolda,
rivojlanayotgan mamlakatlarda shaxarda yashovchilarning soni va ulushi yaqin
yillarda ancha o`sgan.
3.
Rivojlanayotgan mamlakatlardagi ko`plab shaxarsozlik idoralari bunday
“portlovchi” urbanizatsiya jarayonin
i nazorat qilishga harakat qilishmoqda.
Haqiqatda, har yili taxminan 10 mln kishi “portlovchi” urbanizatsiyani
kechirayotgan hududlardagi yuqori demografik sig`im va yetarli darajada
infrastruktura ta`minotiga ega bo`lmaganligi sabab bo`ladigan hatarli sharoitlar
tufayli nobut bo`lmoqda
6
.
«Urban» (urban)
-
shahar, «zatsiya»
- jarayon demakdir
. SHu ma’noda
urbanizatsiya mamlakat yoki boshqa hududlarning shaharlashuvini anglatadi. U
o’ta murakkab, ijtimoiy
-iqtisodiy va butun dunyoga xos global jarayondir.
Urbanizatsiya
—
jamiyat hayotida shaharlar rolining ortib borishi; ishlab
chiqaruvchi kuchlarning joylashuvi, aholining ijtimoiy, demografik tarkibi,
turmush tarzi va madaniyatidagi o’zgarishlar bilan bog’liq. U tarixiy rivojlanish
asosida shakllangan jamiyat bosqichlari va hududiy mehnat taqsimoti natijasida
sodir bo’lgan ko’p qirrali geografik, ijtimoiy
-iqtisodiy va demografik jarayondir.
Uning torroq doiradagi demografik-statistik tushunchasi dunyoda, alohida
hududlarda, mamlakatlarda shaharlarning (ayniqsa, katta shaharlarning) va shahar
aholisi salmog’ining ko’payib borishini anglatadi.Dastlabki shaharlar mil. av. 3—
1ming yilliklarda Misrda, Mesopotamiya, Suriya, Hindiston, Kichik Osiyo, Xitoy,
Hindixitoy, shuningdek, Yevropa va Afrikaning O’rta dengiz s
ohillarida vujudga
kelgan. Yunon Rim dunyosida esa Rim va Karfagen shaharlarining mavqei yuqori
bo’lgan. O’rta asrlar va uyg’onish davrida kapitalistik ishlabchiqarish unsurlari
shakllana boshladi. Bu jarayon shaharlarda aholi sonining o’sib borishiga,
konsentratsiyalashuviga olib keldi.Iqtisodiy rivojlangan davlatlarda yirik shaharlar
paydo bo’la boshladi. Biroq uning geografik jihatlari
ham kam emas, chunki
urbanizatsiya turli mamlakat va rayonlarda o’zgacha sodir bo’lmoqda.
Urbanizatsiya murakkab hodisa
ekanligi tufayli uni faqat bitta mezon, ko’rsatkich
bilan ifodalash, o’lchash mumkin emas. Ammo, shunday bo’lsa
-da, barcha uchun
qulay bir o’lchov kerak. U ham bo’lsa mamlakat va boshqa hududlar aholisining
qanchasi, qancha qismi shahar joylarda yashashi, ulushi, nisbiy hissasidir.
Masalan, O’zbekiston Respublikasida bu ko’rsatkich 38%,Tojikistonda
-32%,
Afg’onistonda
-19%, Turkmanistonda-48% va x.k. Rivojlangan mamlakatlarda
urbanizatsiya koeffitsienti 90 va undan ortiq foizni tashkil etadi.
Urbanizatsiyanin
g umumiy ko’rsatkichi bilan mamlakat iqtisodiyotining
rivojlanganlik darajasi va uning tarkibiy tuzilishi orasida ma’lum aloqadorlik bor.
Chunonchi, agar urbanizatsiya koeffitsienti taxminan 70-
75 va undan ortiq bo’lsa,
u holda mamlakat sanoat jihatidan yuksak darajada rivojlangan industrial
mamlakat hisoblanadi; 50-70%-bu ham rivojlangan, milliy iqtisodiyoti industrial-
6
Dr Christion Sawyer ap* Human geography crash course. Printed in the United States of America.
Green Edition. -2012.
185-P.
agrar; 30-50%- rivojlanayotgan agrar-
industrial va 30 foizdan past bo’lsa, sust
rivojlangan agrar mamlakat holatida bo’ladi.
Ammo, shuni al
ohida ta’kidlash joizki, urbanizatsiyaning yuqoridagi
ko’rsatkichi hamma vaqt va hamma joylarda ham real hududiy
-iqtisodiy vaziyatni
aks ettirmaydi. Masalan, Rossiya Federatsiyasining Chukotka o’lkasida yoki
Kamchatka, Magadan viloyatlarida, o’zimizning Qoraqalpog’istonda urbanizatsiya
ko’rsatkichi nisbatan yuqori. Biroq, bu hududlar iqtisodiy jihatidan uncha
rivojlanmagan.
O’zbekiston bilan Turkmanistonni olaylik: urbanizatsiyaning demografik
ko’rsatkichi Turkmanistonda biznikidan ko’ra ancha yuqori. Vahol
anki,
iqtisodiyotda bunday xulosa chiqarish notug’ri bo’lardi.
Do'stlaringiz bilan baham: |