Savollar
Texnik tizim “hayot” sikli sxemasini ifodalab bering.
Ilmiy tadqiqot jarayoni qanday jarayon.
Texnik taklif nima.
Loyihalash jarayoni qanday jarayon.
Ishchi hujjatlar o‘z ichiga qanday hujjatlarni oladi.
Loyihalash tizimsi modelini ifodalab bering.
Avtomatlashtirilgan loyihalash deb qanday loyihalashga aytiladi.
MA’RUZA №2
AVTOMATLASHTIRILGAN LOYIHALASH TIZIMINING TA`MINOTI TURLARI.
Ma’ruza rejasi:
Avtomatlashtirilgan loyihalashning matematik ta’minoti.
Avtomatlashtirilgan loyihalashning texnik ta’minoti.
Avtomatlashtirilgan loyihalashning dastur ta’minoti.
Avtomatlashtirilgan loyihalashning informasion ta’minoti.
Avtomatlashtirilgan loyihalashning lingvistik ta’minoti.
Avtomatlashtirilgan loyihalashning metodik ta’minoti.
Avtomatlashtirilgan loyihalashning tashkiliy ta’minoti.
Tayanch so`zlar va ifodalar:
Ta’minot, matematik ta’minot, texnik ta’minot, dastur ta’minot, informasion ta’minot, lingvistik ta’minot, metodik ta’minoti, tashkiliy ta’minoti
Loyihalash jarayonini avtomatlashtirish uchun quyidagi ta’minot turlari albatta bo’lishi shart (10-rasm).
2.1 rasm. Avtomatlashtirilgan loyihalashning ta’minot turlari
10-rasmda keltirilgan ta’minot turlariga qisqacha ta’riflar berib o’tamiz.
Matematik ta’minoti - loyiha ob’ektining matematik modellari, loyihalash operasiyalari va proseduralarini amalga oshirish usullari va algoritmlari to’plami. Matematik ta’minot elementlariga funksional modellarni tuzish printsiplari, algebraik va differensial tenglamalarni yechishning sonli usullari, ekstremal masalalarni qo‘yish, ekstrimumni qidirishlar kiradi. Matematik modellar va algoritmlar asosida avtomatlashtirilgan loyihalashning dastur ta’minoti ishlab chiqiladi.
Matematik ta’minotni ishlab chiqish loyihalash jarayonini avtomatlashtirishning eng murakkab bosqichi hisoblanadi va avtomatlashtirilgan loyihalashning unumdorligi va samaradorligi ko‘p jihatdan belgilab beradi.
Loyihalsh jarayonini avtomatlashtirishning matematik ta’minotini vazifasi va amalga oshirish usullari bo‘yicha ikki qismga bo‘linadi:
1) matematik usullar va ular asosidagi loyiha ob’yektlarining matematik modellari;
2) loyihalash jarayonini avtomatlashtirish texnologiyasini formalashtirish.
Loyiha ob’yektlarining matematik modellari amalga oshirishning usullari va vositalarini o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi va loyiha ob’yektlarining xususiyatlaridan bog‘liq bo’ladi.
Loyihalash jarayonlarini avtomatlashtirshni formalashtirish loyihalashni avtomatlashtirish texnologiyasi mantiqini butunligicha formalashtirilishni, avtomatlashtirish vositalari, loyihalovchilarning avtomatlashtirish vositalari bilan muloqotlarini va avtomatlashtirish vositalari asosida bir-biri bilan o’zaro muloqotlarini yagona pozisiyada formalashtirishni talab etadi.
Loyihalash jarayonlarini avtomatlashtirshning matematik ta’minoti loyihala ob’yekti, loyihalash jarayoni va vositalarini o‘zaro bog‘liqlikda iaodalashi kerak bo’lib, bunad ikkita yo‘nalishni ajratish mumkin:
avtomatlashtirilgan loyihalashda optimal loyihaviy yechimlarni olish usullariining rivojlantirish;
avtomatlashtirilgan loyihalash jarayonini o‘zini takomillashtirish va tipiklashtirish.
Loyihalashning namunaviy jarayonini modellashning matematik apparatini markazlashtirilgan holda ishlab chiqish va bunday modellarni amalga oshiruvchi bazaviy dasturaviy-metodik komplekslarni chiqarish avtomatlashtirilgan loyihalash jarayonlari texnologiyasini takomillashtirish va tipiklashtirishda istiqbolli yo‘nalishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |