7.
|
GLOSSARIY
|
|
8.
|
ILOVALAR
|
|
9.
|
FAN DASTURI
|
|
10.
|
ISHCHI FAN DASTURI
|
|
11.
|
TARQATMA MATERIALLAR
|
|
12.
|
TESTLAR
|
|
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
NAVOIY KON-METALLURGIYA KOMBINATI
NAVOIY DAVLAT KONCHILIK INSTITUTI
ENERGO-MEXANIKA FAKUL’TETI
«MASHINASOZLIK TEXNOLOGIYASI» KAFEDRASI
« KOMPYUTERLI LOYIHALASH »
o’quv fanidan
ma’ruzalar matni
Navoiy-2021
|
KIRISH
Bugungi kunda nafaqat fan-texnika, balki butun jamiyat taraqqiyotini informasion texnologiyalarsiz tasavvur qilish qiyin, chunki informasion texnologiyalar qo’llanmaydigan biror-bir sohani topish juda qiyin. Injenerlik sohasida keng qo’llaniladigan informasion texnologiyalar orasida «Kompyuterli loyihalash tizimlari» alohida o’rin tutadi.
Birinchidan, avtomatlashtirilgan loyihalash fani su’niy fan bo’lib, uning tarkibiy qismlarini juda ko’p boshqa informasion texnologiyalar tashkil etadi: avtomatlashtirilgan loyihalashning texnik ta’minoti – hisoblash tarmoqlari, telekommunikatsion texnologiyalar, personal kompyuterlar va avtomatlashtirilgan ishchi stantsiyalar tashkil etadi; matematik ta’minotida – hisoblash matematikasi, statistika, matematik dasturlash, diskret matematika, sun’iy intellekt usullaridan keng foydalaniladi; dasturlar ta’minoti esa UNIX, WINDOWS-NT, S, S++, JAVA va boshqa dasturlash tillariga, zamonaviy SASE texnologiyalarga, ob’ektga orientirlangan ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlariga va kompyuter vositalarida ma’lumotlar almashish tizimlariga asoslangan murakkab tizimdir.
Ikkinchidan, loyihalashni avtomatlashtirish asoslarini bilish va loyihalashni avtomatlashtirish vositalarida ishlay olish har bir muxandis xodim uchun odatiy narsa bo’lib, bugungi kunda konstruktor yoki texnologning odatdagi kulman oldida ishlashi, logarfmik leneykalar yordamida hisoblashlarni bajarishi, pechat qilish mashinalarida hujjatlar tayyorlashi anoxronizm hisoblanadi.
Kompyuterli loyihalash tizimlaridan foydalanmaydi gan yoki ulardan kam darajada foydalanadigan ishlab chiqarish korxonalari loyihalashga ketadigan katta material va vaqt sarfi xarajatlari, hamda olinadigan loyiha sifatining pasatligi natijasida raqobatga dosh barolmaydi.
Hozirgi vaqtda loyihalash jarayonlarini avtomatlashtirish uchun juda ko’p, har xil darajada maxsuslashtirilgan va amaliy orientirlangan uslubiy-dastur komplekslari yaratilgan. Natijada, «Loyihalash jarayonlarini avtomatlashtirish fani muxandislar tayyorlashning zaruriy qismi bo’lib, Kompyuterli loyihalash CAD/CAM/CAEni bilmaydigan va undan foydalana olmaydigan muxandislar to’la qonli mutaxassislar hisoblanmay qoldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |