MA’RUZA №1
Kirish. Avtomatlashtirilgan loyihalash tizimlarining qurilish asoslari.
Ma’ruza rejasi:
Texnik tizim
Texnik tizimning «hayot» sikli
Ilmiy-tadqiqot jarayoni
Loyihalash jarayoni
Ishlab chiqarish jarayoni
Loyihalash tizimsi modeli
Texnik tizimning «hayot» sikli va loyihalash jarayonining undagi o’rni. Fanining maqsadi va vazifalari
Tayanch so`zlar va iboralar:
Tizim, texnik tizim, loyihalash, avtomatlashtirilgan loyihalash, ilmiy tadqiqot, texnik taklif, ishchi hujjatlar, yangi texnik tizimni yaratish
Muhandislik yo’nalishlari bo’yicha ta’lim oladigan bo’lajak bakalavrlarning asosiy maqsadi mavjud texnik tizimlarni o’rganish, vaqti kelganda talabga asosan yangi texnik tizimlarni yaratishni bilishdan iborat bo’lganligi sababli, avvalo, tizim va texnik tizim tushunchalariga to’xtalib o’tamiz.
Tizim deb ma’lum tartibda joylashgan, o’zaro aloqalarda bo’lgan chekli miqdordagi elementlar to’plamiga aytiladi.
Agar to’plamdagi mavjud elementlarni Ei(e1,e1,...,em) va ular o’rtasidagi aloqalarni Ag(a1,a2,...,an) deb belgilasak, to’plamlar nazariyasiga asosan tizimning umumlashgan matematik modeli quyidagicha yoziladi:
S = {Ei, Ag}; i =1/m; g = 1/n; (1.1)
bu erda m - tizimdagi mavjud elementlar,
n - elementlar orasidagi mavjud aloqalar (munosabatlar) soni.
Texnik tizimlar ma’lum maqsadlar uchun insoniyat tomonidan yaratiladi. Texnik tizimlarning asosini texnik vositalar va qurilmalar tashkil qiladi.
Texnik tizim yaratilishidan tortib to utilizatsiya qilinishigacha bo’lgan hayot siklini utadi. Texnik tizimning hayot sikli deb, talab asosida yaratiladigan yangi texnik tizim to’g’risidagi dastlabki g’oyadan boshlab, uni ekspluatatsiya qilish natijasida eskirib, belgilangan funksional vazifalarni bajara olmaydigan darajaga etguncha bo’lgan davrga aytiladi. Bu davr o’z ichiga ilmiy-tadqiqot, loyihalash, ishlab chiqarish (yasash) va ekspluatatsiya (ishlatish) jarayonlarini oladi.
Ilmiy-tadqiqot ishlari jarayoni yaratiladigan yangi texnik tizim to’g’risidagi birlamchi g’oyadan boshlab, g’oyani yuzaga oshirish maqsadida izlanish-tekshirish ishlarini olib borish va maqsadga mos texnik taklifni olishgacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi (T1 vaqt). Texnik taklif bu yaratiladigan yangi texnik tizimning dastlabki tasviridir.
Loyihalash jarayoni
Ilmiy tadqiqot jarayoni
Ishlab chiqarish jarayoni
Ishlatish jarayoni
Texnik
taklif
Yangi
texnik tizim
Ishchi
hujjatlar
1.1-rasm. Texnik tizimning «hayot» sikli
Loyihalash jarayoni ilmiy-tadqiqot ishlari natijasida olingan texnik taklifni ishlab chiqarish ishlari jarayonida foydalansa bo’ladigan ishchi hujjatlariga aylantirishgacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi (T2 vaqt).
Loyihalash jarayonining chiqish koordinatasidagi ishchi (konstruktorlik va texnologik) hujjatlar yangi texnik tizimni ishlab chiqarishning (yaratishning) birlamchi materiallari hisoblanadi, va ular asosida maqsadga mos yangi texnik tizimlar yaratiladi (T3 vaqt).
Demak, yangi TS T1+T2+T3 vaqt davomida yaratildi va undan foydalansa bo’ladi. Rasmda yaratilgan texnik tizimdan foydalanish vaqti T4 da ifodalangan.
Ishlatish natijasida, ma’lum vaqt o’tgandan so’ng texnik tizim fizik va ma’naviy eskiradi, undan ko’riladigan foyda keskin kamayib, texnik tizim maqsadga mos bulmay qoladi. Demak, uni yoki takomillashtirish kerak yoki tubdan o’zgartirib, yangi talablarga mos keladigan boshqa texnik tizim bilan almashtirishga to’g’ri keladi. Davrning bunday qayta takrorlanishlari rasmda shtrix chiziqlarda tasvirlangan.
Shunday qilib texnik tizim «hayot» siklining vaqti quyidagi yig’indida ifodalanadi:
T = T1 + T2 + T3 + T4 (1.2)
Agar bundagi T1 + T2 + T3 yig’indini texnik tizimning yaratilish davri Tya bilan belgilasak (ya’ni T1 + T2 + T3 = Tya);
T = Tya + T4 (1.3)
va bundan T4 aniqlasak:
Do'stlaringiz bilan baham: |