Tishli g’ildiraklar uchun quyidagilarni ko`rsatish mumkin: Tishli g’ildiraklar mashinasozlikda ommaviy chiqariluvchi detallar hisoblanadi va ular uchun texnologiklik xususiyati katta ahamiyatga ega. Tishli g’ildiraklar konstruktsiyasining texnologikligini tahlil qilishda asosiy e`tibor tishlarni sovuqlayin yoki qizdirilgan holda plastik deformatsiyalab hosil imkoni mavjudligiga qaratiladi. Tishli g’ildirak konstruktsiyasi quyidagi sifatlarni o`zida aks ettirishi kerak:
markaziy teshikning shaklini oddiy bo`lishi, chunki murakkab shaklli markaziy teshik maxsus revol’verli dastgoh yoki yarimavtomatlarda ishlov berishni talab qiladi;
tishli g’ildirak tashqi konturining soda chiqiqlarsiz (stupitsasiz) bo`lishi (binobarin, tekis shaklli tishli g’ildiraklar texnologikligi yuqori bo`ladi);
stupitsalar bir tomonda bo`lishi zarur, agar ikki tomondan stupitsa joylashtirilsa detallarga tish frezalash dastgohlarida bittadan o`rnatib ishlov berishga to`g’ri keladi va buning natijasida dastgohlarning soni 25…30 % ga ortishiga olib keladi;
tishli g’ildiraklar uchun stupitsa va gardish o`rtasidagi birlashtirgich (peremichka) simmetrik joylashuvi zarur. Agar tishli g’ildirak termik ishlov berishga tortilsa bu yanada muhim ahamiyatga ega bo`ladi. Aks holda termik ishlov berish natijasida bir tomonlama egri bo`lishiga olib keladi;
kesuvchi asboblarni chiqishi uchun kanavkalarning shakli va o`lchamlari to`g’ri bo`lishi;
ko`p keskichli ishlov berish imkoniyatining mavjudligi.
Shular singari konstruktsiyasida shunga o`xshash elementlar mavjud, boshqa detallarning ham texnologikligi tahlil qilinadi.
Detal konstruktsiyasining texnologikligi tahlil qilingandan keyin konstruktsiyaga o`zgartirishlar kiritish taklifi bildiriladi.
Ishni bajarish tartibi Detal konstruktsiyasi texnologikligini quyidagi tartibda bajarish maqsadga muvofiq hisoblanadi:
Detalning ishlash sharoiti o`rganilgan holda va yillik dasturga qarab detal konstruktsiyasini soddalashtirish imkoniyatlarini tahlil qilish, konstruktsiyani payvandlangan, yig’ma yoki boshqa usul bilan almashtirish imkoniyatini ko`rib chiqish. Zarur bo`lganda materialni almashtirishning imkoniyati va maqsadga muvofiqligini ko`rib chiqish.
Ishlov berishning yuqori samarador usullarini qo`llash imkoniyati mavjudligini o`rganish.
Detalning konstruktiv elementlarini texnologik jihatdan tahlil qilish, ishlov berish qiyin bo`lgan yuzalarni ko`rsatish.
Texnologik va o`lchov asoslarini birlashtirish imkoniyatlarini aniklash, berilgan dopusk qiymatlarini ta`minlash uchun, shuningdek yuza g’adir-budirligini ta`minlash uchun talab qilinadigan qo`shimcha texnologik operatsiyalarni ko`rsatish.
Chizmada keltirilgan o`lchamlarning dopusklarini, g’adir-budirligi, geometrik shakldan fazoviy chetlanishlarini va yuzalarning o`zaro joylashuvlarini dastgohning geometrik xatoliklari bilan bog’lash yoki taqqoslash.
Chizmada berilgan o`lchamlarni bevosita o`lchash imkoniyatini aniqlash.
Asos yuza sifatida ishlatilishi mumkin bo`lgan yuzalarni aniqlash, sun`iy bazalar kiritish imkonini ko`rib chiqish.
Detalga quyilgan maxsus talablardan kelib chiqadigan qo`shimcha texnologik operatsiyalar zaruriyatini aniqlash va bu talablarni o`zgartirish imkoniyatlarini ko`rib chiqish.
Xom ashyo olishning ratsional usulini iqtisodiy omillarini hisobga olgan holda tahlil qilish.
Termik ishlov berishga tortiladigan detallarning konstruktsiyasida qizdirish va sovutish jarayonida detalning tob tashlashini oldini oluvchi konstruktiv elementlarni o`rganish va detal materialining tanlanishida termik ishlov berishni inobatga olinganligini aniqlash.
Misol.
Har qanday detal o`zining ma’lum bir bajaradigan ish vazifasiga ega. Detalning ish bajaradigan yuzalariga qarab ishlov berish tozaligi belgilanadi. Asosiy ish bajaradigan yuzalar odatda yuza tozaligi aniqligi yuqori qilib ishlov beriladi. Detalni ish bajarishi kam yoki ish bajarishda ishtirok etmasa yuza tozaligi aniqligi past yoki ishlov berilmaydi. Yuza tozaligi yuqori bqlgan yuzalar mexanik ishlov berish jarayonlarida asosiy baza qilib olinadi.
Detalni konstruktiv jixatdan tahlil qilamiz. Detalning chizmasiga e`tibor beradigan bo`lsak, ushbu detal «Val shesternya» deb nomlanadi. Detalning materiali Po`lat 40X GOST 4543–71 dan tayyorlangan bo`lib, umumiy ko`rinishi jihatdan aylana shaklga ega. Detalning eng katta o`lchami 88x486mm. Har burchagida 1x450 faska mavjud. 110 mm masofada R8 mm 16x70 mm li ariqcha hamda 1:10 konus joylashgan. Detalda uzunligi 100 mm va 32 mm bo`lgan Æ50K6 mm li yuza joylashagan. 228 mm masofada o`lchamlar Æ88,8 va uzunligi 80 mm bo`lgan moduli m=4 va tishlar soni z=20 ta bo`lgan tishli g’ildirakli kismi, 4 ta teshik bor. 146 mm li qismida Æ60 mm bo`lgan aylana qismi mavjud. 25 mm o`lchamlarda M35x3-7N bo`lgan rezbali yuza mavjud.
Xom ashyo ushbu detal uchun Pulat 40X GOST 4543–71 dan tayyorlangan bolg’alanma usulida olinadi. Detalning qattiqligi NV 269-302 bo`lguncha umumiy termik ishlov berilib, tish yuzalari kattikligi NRC45..50 bo`lgunga qadar YUCHT da toblanadi.
Detalning yuza tozaligi 4-sinfdan 7- sinfgacha, aniqlik darajasi esa 6-kvalitetgacha.
Detal aylana ko`rinishga ega bo`lganligi uchun ishlov berish jarayonida tokarlik ishlov berish yordamida yo`niladi. Bunda detalni mahakamlab turish uchun maxsus moslamalardan foydalanamiz.
Detal o`lchamlarining ko`rsatilmagan chegaraviy chetlanishlari N14; h14 va yoIT14/2 bo`lishi talab qilingan.