Ko`rgazmali materiallar
Savollar
«Tushish” yo’nalishidagi loyihalash
"Chiqish" yo’nalishida loyihalash
Interatsion usulda loyihalash
Unifikatsiyalashtirish
Andozalashtirish
Loyiha obekti parametrlari
Loyiha obekti modeli
Loyihalanadigan ob’ektga talablar.
5-MAVZU. Gometrik modellash tizimlari (Karkasli modellash, Yuzali modellash, Qattiq tanali modellash).
Reja:
AutoCAD dasturi haqida umumiy tushunchalar.
Dasturning ishlatilish sohalari va imkoniyatlari.
Chizma o`lchamlarda ishlash.
Tayanch so`zlar va ifodalar: CAD, chizma, 2D loyihalash, qatlam, boglanish, dastur, AutoCAD.
CAD tizimsi, chizma parametrlari, CAD tizimi chaqirish funiksiyalari, o‘lcham birliklari, chizma o‘lchamlari, qatlam, tur, bog‘lash, chizmaning bazaviy funksiyalari, yordamchi funksiyalar, ilovalar, makrodasturlash, chizma fayllarining o‘zaro muvofiqligi
Loyihalash jarayonini ishlab chiquvchining g‘oyasi rivojlanib borishi bo‘yicha shakllarni asta-sekin detallashtirib borish sifatida qarash mumkin. Kompyuterli loyihalash tizimlarining dastur ta'minoti bu jarayonni yengillashtiruvchi oddiy vositalardan biridir. CAD dasturlari ikki guruhga bo‘linishi mumkin. Chizmalarni avmomatlashtirilgan ishlab chiqish tizimlari loyihalovchiga o‘zining g‘oyalarini ikki o‘lchamli fazoda amalga oshirishda yordam beradi. Geometrik modelash tizimlari esa shakllar bilan uch o‘lchamli fazoda ishlash imkonini beradi.
Chizmalarni avtomatlashirgan ishlab chiqish tizimsi dastur mahsuloti bo‘lib, ishlab chiquvchiga interaktiv rejimda har xil chizmalarni yaratish va o‘zgartirish imkonini beradi. Bundan tashqari bu tizim ma'lumotlar bazasini tayyor chizmalar va ulardagi o‘zgartirishlarni saqlash bilan yangilab-to‘ldirib borish imkonini ham beradi. Shunday qilib chizmalarni avtomatlashirgan ishlab chiqish tizimlaridan foydalanish matnli prosessorlardan foydalanishga o‘xshash bo‘lib, faqat chiqishda matnli emas chizma hujjati olinadi. Matnli proessordagi kabi chizmalarni avtomatlashirgan ishlab chiqish tizimsida ham mavjud chizmalar asosida ularni o‘zgartirish natijasida yangi chizmalarni tez tayyorlash mumkin. Mutlaqo yangi chizma hujjatlarini tayyorlashda chizmalarni avtomatlashirgan ishlab chiqish tizimlari yaqqol afzalliklarga ega emas, lekin mavjud chizmalarni o‘zgartirish va ular asosida yangi chizma hujjatlarini ishlab chiqishda yaqqol qulaylik va afzalliklarga ega.
Har bir tizimning chizmalar ustida ishlashda chaqirish funiksiyalari o‘zgacha bo‘lishi bo‘lishi mumkin, zaruriyati bo‘lganda mos tizimlarining qo‘llanmalariga murojat qilish mumkin, lekin ko‘pgina chizmalarni avtomatlashirgan ishlab chiqish tizimlarida turdosh funksiyalar qo‘llanadi. Bu yerda asosan shular haqida to‘xtalamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |