Qatlam. Murakkab chizmalarni chizishda chizmani qatlamlarga bo‘lish katta qulayliklar beradi. Buning uchun qatlamlararo qayta ulanib chizmalarni ko‘rish imkoniyati mavjud bo‘lishi kerak. Bu narsa har xil qatlam elementlarini bir-biriga nisbatan joylashishi haqida tasavvurga ega bo‘lish imkonini beradi. Qatlamlarga bo‘lish ularni bir-biri ustiga qo‘yish imkonini beradi, va bajariladigan grafik operasiyalar chizmalarni murakkabligini pasaytirish imkonini beradi. Olingan momentda ishlayotgan qatlam aktiv, qolgan qatlamlar passiv holatda bo‘ladi. Har qanday fon kabi passiv qatlam, grafik operasiyalar (tanlash, uchirish va h.k) ni sezmaydigan bo‘ladi. Qatlamli chizmalarni tayyorlashning qulayligi, har bir qatlamdagi konstruksiyaning alohida detallarini mustaqil qurish imkonini beradi. Agar yig‘ma chizmaning har bir detalini alohida qatlamda chizilsa kerakli qatlamni aktiv qilib alohida detallarning tayyor chizmalarini olish imkoni mavjud bo‘ladi. 3 rasmda AvtoCAD tizimsida qatlamlarni boshqarish dialog darchasi 27-rasmda ko‘rsatilgan.
Tur va bog‘lash. Chizmalarni chizishda yordamchi chiziqlardan foydalanish keng qo‘llaniladi. Bunday yordamchi chiziqlar chizma chiziqlarini qurishni osonlashtirib, ularni aniqroq bo‘lishini ta'minlaydi.
Chizmalarni avtomatlashtirilgan ishlab chiqish tizimlarida tur chiziqlari xuddi shunday yordamchi chiziqlar vazifasini o‘tab beradi. Turning gorizontal va vertikal chiziqlari bir-biridan bir xil masofada berilgan o‘lchamda chiziladi, chizma chiziqlari ularning ustidan chiziladi. Ba'zi tizimlarda turning kesishish joyidagi nuqtalar bilan ham berilgan bo‘lishi mumkin.
Tur chiziqlari ustidan to‘g‘ri chiziqlarni o‘tkazish uchun uning ikki uchidagi nuqtalar holatini berish kerak. Ularning koordinatalarini klaviaturadan kiritish yoki sichqon harakatini kuzatuvchi kursorni kerakli holatga o‘rnatib tugmachani bosish bilan ham kiritish mumkin. Buning uchun kursor “lokator” rejimida turgan bo‘lishi kerak. Ikkinchi usulda ko‘rsatilgan nuqta holati, qo‘lning qaltirashi yoki sichqon mexanizmidagi xatolik tufayli noaniq bo‘lishi mumkin. Shuning uchun bunday hollarda kursorni tur chiziqlarining eng yaqin kesishish nuqtasiga bog‘lashni qo‘shish bilan hal qilish mumkin. Sichqon tugmasini bosishda kompyuter bu kesishish nuqtasining aniq koordinatalarini qabul qiladi. Koordinatalarni berish aniqligi turning qadami orasidagi masofa bilan aniqlanadi. Bu qadam esa foydalanuvchining hohishi bo‘yicha sozlanishi mumkin. Bu funksiya “bog‘lash” (Sharrinq) deb ataladi. AutoSAD da turni qo‘shish komandasi quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi.
Commond: grid
Grid spacing (X) or ON/OFF/ Snap/Aspect <0>: 0.75/To’r chiziqlari orasidagi masofa ekran birligining 0.75 iga teng qilib o‘rnatiladi/.
0>