Tekshirish savollari:
Nutqning qanday uslubiy turlari bor?
Rasmiy uslub bilan ilmiy uslubni taqqoslang, o`ziga xosligini izohlang.
Publitsistik va badiiy uslublarning farqli tomonlarini ayting.
Til sistemasi deganda nimani tushunasiz?
Til normasi nima? Til normasi maxsus adabiyotlarda qanday yoritilgan?
Umumiy norma va adabiy norma, ularning o`ziga xosligini ayting.
TAYANCH SO`ZLAR:
so`zlashuv uslubi - adabiy norma
publitsistik uslub - so`z yasash normasi
rasmiy uslub - uslubiy norma
badiiy uslub - fonetik norma
ilmiy uslub - talaffuz normasi umumiy norma - lug`aviy norma morfologik norma
sintaktik norma
Mavzu: Nutq madaniyati va notiqlik san`ati tarixidan. Qadimgi Yunoniston va Rimda notiqlik san`ati.
Reja:
Nutq madaniyati va notiqlik san`ati tari`xidan.
Qadimgi Yunoniston va Rimda notiqlik san`ati.
Foydalaniladigan adabiyotlar:
Nurmatov A. Tilni sistemali o`rganish va sintaksisning ayrim munozarali masalalari.- Toshkent: «O`zbek tili va adabiyoti" jurnali, 1998 yil, 5 —son.
A. Sodiqov va boshqalar. Tilshunoslikka kirish. -Toshkent, 1981 - yil.
Begmatov E., Boboyeva A., Asomidlinova M. Adabiy norma va nutq madaniyati. -Toshkent, 1983- yil.
Qo`ng`urov R., Begmatov E., Tojiyev Yo. Nutq madaniyati va uslubiyat asoslari. – Toshkent: O`qituvchi, 1992 yil.
Barkamol avlod orzusi.- Toshkent, 2000.
Nutq madaniyati haqidagi ta`limot qadimgi Rim va Afinada shakllangan bo’lsa ham, unga qadar Misrda, Assuriyada, Vavilion va Hindiston mamlakatlarida paydo bo’lganligi notiqlik san`ati tajribasidan ma`lum. Bu davrda davlatning, savdo-sotiqning, sud ishlarining nihoyatda taraqqiy etishi notiqlikni san`at darajasiga ko’tardi. Chunki u paytlarda davlat arboblarining obro’- e`tibori va yuqori lavozimlarga ko’tarilishi ularning notiqlik mahoratiga ham bog’liq bo’lgan. Notiqlik san`at sarkardalik mahorati bilan barobar darajada ulug’langan. Bu ikki san`atni mukammal egallagan kishilargina yuqori lavozimlarga saylanganlar. Umuman, yetuk inson bo’lish uchun, albatta, notiqlik san`atini egallash shart qilib qo’yilgan. Yunon notig’i Demosfen va Rim notiqlari Sitseron, Kvintillian, Arist otel kabi nazariyotchilarning hayotlari bunga misoldir. Ular kishilik jamiyatida ritorika va notiqlik san`atining o’ziga xos maktabini yaratdilar. Sitseronning «Notiqlik haqida», «Notiq», «Brut» asarlari, Mark Fabiy Kvintillianning «Notiq bo`lish haqida, Aristotelning «Ritorika» kabi asarlari ham qadimgi Rimda madaniy nutq, notiqlik nazariyasi rivojlanganligini ko’rsatuvchi bir omildir.
Do'stlaringiz bilan baham: |