TIL NORMASI. UMUMIY NORMA.
Umumiy norma bir tilni boshqa tillardan ajratuvchi normalar bilan birga, tilning ichki normalarini ham o`z ichiga oladi. Umumiy norma xususiy normalardan tashkil topadi. Xususiy norma muayyan nutq shakllarida amal qiladigan normalardir. Har bir lahjaning, so`zlashuv tilining, adabiy tilning o`z normalari bo`lganidek, nutqning alohida ko`rinishlari bo`lgan argolar, jargonlar ham o`z normasiga ega. Xususiy normalarni quyidagicha ko`rsatsa bo`ladi: 1. Dialektal norma. 2. So`zlashuv nutqi normasi. 3. Sotsial argolar, jargonlar normasi. 4. Adabiy til normasi (adabiy norma).
ADABIY NORMA.
Ma`lum bir hududda tarqalgan o`z imkoniyatlari o`sha hududda yashovchi aholi uchun beistisno tushunarli bo`ladi, ya`ni aloqaning yengil amalga oshuviga imkon beradi. Bu tilning o`zi normadan iboratligini ko`rsatadi. Norma-tilning yashash shaklidir. Tilning qaysi bir unsuri normativlikni yo`qotdimi, uning o`zi ham yashashdan to`xtaydi. Tilning, uning elementlarining normativligi, ularning til jamoasi uchun beistisno tushunarli bo`lishidir.
Kishilar nutqiy aloqaning qulayligiga erishish maqsadida o`z shevasi uchun begona bo`lgan, qo`shni shevaga tegishli til hodisalarini o`z nutqlarida ishlata boshlaydilar. Ma`lum davrlar o`tgach, bunday muomala katta jamoa uchun tushunarli bo`lgan "tilni" yuzaga keltiradi. Kishilar o`zaro o`sha til bilan so`zlashishni afzal ko`ra boshlaydilar. Chunki u bilan o`zbeklar yashaydigan hamma joyda muomala qilish mumkin bo`ladi. Bunday tilning paydo bo`lishi va
rivojlanishiga o`z davrining ilg`or kishilari, madaniyat, fan, san`at arboblari, shuningdek, savdo xodimlari katta hissa qo`shadilar.
Bu til - o`zbek adabiy tili normasidir. Adabiy tilga xos quyidagi xususiyatlar uning umumo`zbek tili doirasida tutgan o`rnini yaqqolroq ko`rishga imkon beradi:
Adabiy til umumxalq o`zbek tilining bir tarmog`i.
Adabiy til umumxalqiy til.
Adabiy til umummajburiy til.
Adabiy til ko`p vazio’ali til.
Adabiy til ko`p uslubli til.
Adabiy til o`ziga xos normalangan til.
Umumxalq o`zbek tili tarkibida mahalliy dialektlar, jargonlar, ijtimoiy argonlarning mavjudligi adabiy tilning umumxalq tilining bir tarmog`i -xususiy ko`rinishlaridan biri ekanligini ko`rsatadi. Ammo adabiy til o`z vazifasi, tarqalishiga ko`ra tilning boshqa xususiy ko`rinishlaridan farq qiladi.
Adabiy til - hamma birdek o’oydalanadigan til. Uning umumxalqiyligi shunda ko`rinadi.
Adabiy tilni egallash har bir o`zbek uchun zarur. Uning majburiyligini shu holat belgilaydi.
Adabiy til o`zbek xalqi hayoti bilan bog`liq hamma vazio’alarni bajarishga da`vat etilgan. U ilmiy, amaliy, pedagogik va boshqa vazifalarni bajaradi. Bunda adabiy tilning normalariga qattiq amal qilinadi.
Adabiy norma o`z holicha (stixiyali) ravishda shakllanadi. Uning shakllanishi va taraqqiyotiga tilning tarkibiga kiruvchi lahja, shevalar turlicha hissa qo`shdilar.
Xalqning madaniyati, fan borgan sari normani tashkil etuvchi til vositalari qo`llanish jihatidan takrorlanib, mustahkamlashib boradi. Norma til o’mumkin: 1. Fonetik normalar. 2. Talaffuz normalari. 3. So`z yasash normalari. 4. Morfologik normalar. 5. Sintaktik normalar. 6. Uslubiy normalar. 7. Lug`aviy normalar.
Adabiy norma umumiy normadan olinadi, unga suyanadi. Adabiy norma umumiy normaning xususiy ko`rinishi bo`lgani uchun undan hajm jihatidan kichikdir.
Diktorlar, artistlar o`z nutqlarida, asosan, kodlangan normadan foydalanadilar. O`qituvchi sinfda kodlangan normada muomala qiladi. Nutq madaniyati fani adabiy til normalarini, ya`ni kodlangan normani o`rganadi. Adabiy normalarni tadqiq etar ekan, u normadagi mustahkam va zaif o`rinlarni belgilaydi. Zaif tomonlarni mustahkamlashga ko`maklashadigan tavsiyalar ishlab chiqadi, bu boradagi xolisona (ob`yektiv) qonunlarni kasho’ etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |