O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi namangan



Download 174,54 Kb.
bet1/16
Sana01.06.2022
Hajmi174,54 Kb.
#629203
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Ozbekiston respublikasi oliy va orta maxsus talim vazirligi n


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI


NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI


PEDAGOGIKA FAKULTETI BOSHLANG`ICH TA`LIM METODIKASI KAFEDRASI
DOTSENTI, FILOLOGIYA FANLARI NOMZODI MUHAYYOXON HAMIDOVA TOMONIDAN TAYYORLANGAN


«O`QITUVCHI NUTQI MADANIYATI»
O’ANIDAN
MA`RUZA MATNLARI


NAMANGAN-2015

Ushbu «O`qituvchi nutqi madaniyati» fanidan ma`ruzalar matni boshlang`ich ta`lim va sport tarbiyaviy ish, maktabgacha ta`lim va bolalar sporti hamda pedagogika-psixologiya yo`nalishi talabalari uchun tayyorlangan.


Tuzuvchi: dotsent, f.f.n. M.Hamidova



T U Sh U N T I R I III X A T I

Insondagi barcha qobiliyatlar ichida eng muhimi bo`lgan nutq qobiliyatiga e`tibor berish keyingi yillarda bir qator tilshunoslarning e`tiborini jalb qila boshladi. Bu e`tiborning asosiy natijalaridan biri shu bo`ldiki, jahon tilshunosligida, ayniqsa rus tilshunosligida nutq madannyati bo`yicha yaratilgan darslik, ish qo`llanmalarga tayanib, o`zbek tiligunosligida bir qator qo`llanma va darsliklar yaratildi. Shuning oqibati o`laroq, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» talablaridan kelib chiqib, hozirda pedagogika-psixologiya bakalavr yo`nalishi


bo`yicha ta`lim olayotgan 4-kurs talabalari uchun yaratilgan o`quv rejasiga

«O`qituvchi nutqi madaniyati» bo`yicha ma`ruza va amaliy mashg`ulot darslari o`tish kiritildi.




Kirish.


Ma`lumki, uzoq o`tmishga ega bvlgan o`zbek xalqi ta`lim-tarbiyaga oid boy merosga ega bo`lib, avlodlarda insonparvarlik, kamtarlik, mehnatsevarlik, do`stlik, mehr-oqibat, birodarlik, odoblilik kabi umuminsoniy fazilatlarni tarbiyalab kelgan. Sharq mutao’akkirlarining ta`lim-tarbiyaga oid asarlari ham ana shu boy merosning tub negizini tashkil etadi. Lekin mustabid tuzum davrida bu durdona asarlardan, undagi odob-axloqqa oid injuga barobar fikrlardan yetarlicha o’oydalana olmadik.
Shukurki, milliy istiqlol tuo’ayli o`zbek xalqining ham ko`kragiga shabada tegdi. Tariximizga, madaniyatimizga yangicha nazar bilan qaray boshladik. Shuiingdek, o`z yechimini kutayotgan muammolarni ijobiy hal qilishga bel bog`ladik.
Barcha sohalar singari ona tilimiz va u bilan bog`liq muammolar ham asta -sekin yechimini topmoqda. Xususan, nutq madaniyatiga doir masalalarni hal qilishda tilshunos olimlarimizning mehnatlari, izlanishlari tahsinga loyiqdir. Taniqli tilshunos olim Nizomiddin Mahmudovning «Til», «Ma`rio’at manzillari» nomli, Nusratilla Jumaxo`janing «Istiqlol va ona tilimiz» kabi risolalari ana shu sohadagi izlanishlarning yorqin misolidir.
Nutq madaniyati jamiyat madaniy taraqqiyoti, millat ma`naviy kamolotining muhim belgisidir. Mamlakatimizda ma`naviy-ma`rio’iy islohatlar davlat siyosatining ustuvor
yo’nalishi deb e`lon qilingan bugungi kunda nutq madaniyati masalalari har qachongidan ham dolzarblik kasb etadi.
Respublikamizning «Davlat tili» haqidagi Qonuni, «Ta`lim to`grisida»gi Qonuni, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» va boshqa hujjatlarida ma`naviy-ma`rio’iy tarbiya, til masalalariga alohida e`tibor berilgan. Har qanday kadr, eng avvalo, o`z ona tilining chnnakam sohibi bo`lmogi lozim. Prezidentimiz I.A. Karimov O`zbekiston Respublikasi Oliy majlisining 1997- yil 29-avgustdagi IX sessiyasida so`zlagan nutqida: «O`z o’ikrini mutlaqo mustaqil, ona tilida ravon, go`zal va lo`nda io’oda eta olmaydigan mutaxassisni, avvalambor, rahbar kursisida o`tirganlarni bugun tushunish ham, oqlash ham qiyin»-deb ta`kidlaydi. (Barkamol avlod- O`zbekiston taraqqiyotining poydevori.- Toshkent, 1997.- 9 bet).
Nutq madaniyati hozirgi davr tilshunoslik o’anining dolzarb muammolaridan biridir. Bu muammoni hal etish umummadaniyatimiz taraqqiyoti, shuningdek, oliy maktablarda, o`rta maxsus o`quv yurtlarida, o`rta maktablar va umuman dars o`tish jarayonini yaxshilash bilan ham bog`liq, Shuni qayd qilish kerakki, bugungi kunda o`qituvchi nutqi madaniyati kursini barcha o`quv yurtlarida o`rgatish quvonarlidir. Chunki notiqlik san`ati sirlarini o`rganish, o`z o’ikrini bayon qilayotgan, har bir til vositasini kerakli va lozim bo`lgan o`rinda qo`llash, mantiqan barcha sohada xizmat qiluvchi har bir mutaxassis uchun, umuman, har qanday madaniyatli kishi uchun hayotiy zarurat deb hisoblanishi kerak. O`zbek adabiy tili va uning normalarini ilmiy o`rganish ham o`zbek nutqi madaniyati sohasi uchun nihoyatda muhimdir. Adabiy tilning rivojlanish qonuniyatlarining adabiy til me`yorlarining umumiy holatini, undagi turg`un va noturg`un hodisalarni chuqurroq tekshirmay turib adabiy tilning nutq madaniyati haqida gapirish aslo mumkin emas.
Til ham, fe`l-atvor ham odamga qon bilan kirib uning butun jismu joniga taralib ketuvchi an`analar ekan, bularga e`tibor bermaslik, hamisha katta-kichik fojialarni keltirib chiqaradi.



Download 174,54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish