Mavzu: Sharqda notiqlik san`ati:
Reja:
Sharqda notiqlik san`atining yuzaga kelish tarixi.
Sharq noiqlari.
O’rta Osiyo madaniyati tarixidah nutq madaniyati o’ziga xos mavqega egadir. Sharqda, jumladan, Movarounnahrda notiqlik, voizlik, ya`ni va`zxonlik, «Qur`on»ni targ’ib qilish bilan mushtarak holda so’zning ahamiyati, ma`nosi va undan o’rinli foydalanish borasida ko’p yaxshi fikrlar aytilgan. Ana shu nuqtai-nazardan qaralsa, «Nutq odobi», «Muomala madaniyati» nomlari bilan yuritilib kelgan nutq madaniyati tushunchasi juda qadimdan olimlar, ziyolilarning diqqatini tortgan: Abu Rayhon Beruniy, Abu Nasr Farobiy, Ibn Sino, Abu Abdulloh Al-Xorazmiy, Mhҳmud Qoshg’ariy, Zamahshariy, Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yugnakiy, So’fi Olloyor, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy kabi ulug’ siymolar nutq odobi masalalariga, umuman, nutqqa jiddiy e`tibor berishga da`vat etish bilan birga, tilga, lug’atga, grammatikaga va mantiqshunoslikka oid asarlar yozdilar. Buyuk qomusiy olim Beruniy
(973-1048) o’zining «Geodeziya» asarida har bir fanning paydo bo’lishi va taraqqiy etishi inson hayotidagi zaruriy ehtiyojlar talabi bilan yuzaga kelishini aytadi. Uningcha, grammatika, aruz va mantiq fanlari ham shu ehtiyojning xosilasidir.
Ulug’ vatandoshimiz Abu Nasr Farobiy to’g’ri so’zlash, to’g’ri mantiqiy xulosalar chiqarish, mazmundor va go’zal nutq tuzishda leksikologiya, grammatika va mantiqning naqadar ahamiyati zo’rligi haqida shunday deydi: «Qanday qilib ta`lim berish va ta`lim olish, fikrni qanday ifodalash, bayon etish, qanday so’rash va qanday javob berish masalasiga kelganimizda, bu haqda bilimlarning eng birinchisi jismlarga va hodisalarga ism beruvchi til haqidagi ilmlar deb tasdiqlayman...»
Kaykovus tomonidan 1082-1083 yilarda yaratilgan, Qadimgi Sharq pedagogikasining ajoyib asarlaridan biri hisoblangan «Qobusnoma»da ham nutq odobi va madaniyati haqida ibratomuz fikrlar aytilgan. Asar 44 bobdan iborat bo`lib, uning 6-7 boblari so`z odobi haqidadir. Muallif farzandiga qilgan nasihatlari orqali o`quvchini yoqimli, muloyim, o`rinli so`zlashga, behuda gapirmaslikka undaydi. So`zlaganda o`ylab, har bir fikrdan kelib chiqadigan xulosani ko`z oldiga keltirib gapirish kerakligini, kishi kamtar bo`lishi, o`zini xalq orasida oddiy, kamtar tutishi lozimligini eslatib, mahmadonalik qilish, ko`p gapirish donolik belgisi emas... «Ey farzand, agar sen har qanday notiq bo`lsang ham, o`zingni bilganlardan pastroq tutgil, toki so`z bilimdonligi vaqtida bekor bo`lib qolmagaysan. Ko`p bilu, oz so`zla, kam bilsang, ko`p so`zlama, chunki aqlsiz kishi ko`p so`zlaydi, deganlarki, jim o`tirish salomatlik sababidir. Ko`p so`zlovchi aqlli odam bo`lsa ham, xalq uni aqlsiz deydi...»
Ulug’ shoir Yusuf Xos Hojib turkiy xalqlarning XII asrdagi ajoyib badiiy yodgorligi bo`lgan
«Qutadg’u bilig» («Baxt keltiruvchi bilim») asarida so`zlarni to`g`ri tanlash va to`g’ri qo`llash haqida:
«Bilib so`zlasa so`z bilig sanalur» degan edi. Qisqa so’zlash, so`zlarga iloji boricha ko`proq ma`no yuklash haqida:
Ugush so`zlama so`z biror so`zla oz, Tuman so`z tugunini bu bir so`zla yoz. deydi. Mazmuni;
So`zni ko`p so`zlama, kamroq so`zla. Tuman (min) tugunini shu bir so`z bilan yech. Gapirishdan maqsad so`zlovchi ko`zda tutgan narsa, hodisa, voqealarni tinglovchiga to`g’ri, ta`sirchach, yetkazishdan iborat. Shunday ekan, nutqning to`g`riligi, ravonligi va mantiqiyligiga erishish muhim ahamiyat kasb etadi. Mutafakkir so`zlovchini tilning ahamiyatini tushungan holda, hovliqmasdan, so`zning ma`nolarini yaxshi anglab, nutqni ravon qilib tuzishga chaqiradi.
Adib Ahmad Yugnakiy (XII-XIII) ham so`zlaganda nutqni o`ylab, shoshmasdan tuzishga, keraksiz, yaramas so`zlarni ishlatmaslikka mazmundor so`zlashga chaqiradi. Noto`g`ri tuzilgan nutq tufayli keyin hijolat chekib yurmagin, deb so`zlovchini ogohlantiradi:
O`quv so`zla so`zni esa so`zlama, So`zing kizla, kedin, boshing kizlama.
(So`zni uqib so`zla, shoshib gapirma, keraksiz, yaramas so`zlarni yashir, yaramas gaping tufayli keyin boshingni yashirib yurma.)
Nutq odobi deb yuritilgan qoida va ko`rsatmalarda sodda va o`rinli gapirish, qisqa va mazmundor so`zlash, ezmalik, laqmalikni qoralash, keksalar, ustozlar oldida nutq odobini saqlash, to`g’ri, rost va dadil gapirish, yolg`onchilik, tilyog’lamalikni qoralash va boshqalar haqida gap boradi.
O`rta Osiyo notiqligining o`ziga xos xususiyatlari shundan iborat ediki, u eng avval o`sha davr tuzumining manfaatlariga xizmat qilar edi. Bu davrda notiqlik san`ati ustalarining nadimlar, qissago`ylar, masalgo`ylar, badihago`ylar, qirotxonlar muammogo`ylar, voizlar, go`yandalar, maddohlar, qasidaxonlar deb yurigilishi ham ana shundan dalolat beradi. Ammo tilning yaratuvchisi xalq ekanligini va uning, eng avvalo, xalqqa xizmat qilishini to`g`rilovchi sog`lom fikrli kishilar uning ijtimoiy mohiyatini doim to`g`ri tushunib kelganlar. Navoiyning davlat arbobi sifatida mehnatkash xalq oldida qilgan chiqishlari, uning til haqida aytgan fikrlari buning dalilidir.
O`zbek mumtoz adabiy tilining homiysi bo`lgan buyuk shoir Alisher Navoiy turkiy tilda go`zal nutq tuzishning bayroqdori sifatida uning butun ijodi bilan o`zbek tili boyliklarini namoyon etdi. Navoiy o`zbek adabiy tilida buyuk asarlar yaratish mumkinligini namoyish qildi. Shoir o`zining «Muhokamatul – lug’atayn» asarida har bir tilning ijobiy va salbiy tomonlari borligini eslatib o`tdi. A.Navoiynish «Muhokamatul – lug’atayn», «Mahbubul- qulub»,
«Nazmul-javohir» asarlari o`zbek tilida nutq tuzishning go`zal namunalari bo`lishi bilan birga, uning yuksalishiga ham katta hissa qo’shdi. U o`zining «Mahbubul-qulub» asarida shunday deydi: «Til muncha sharaf bila nutqning olatidir va ham nutqdurki, agar nopisand zohir bo`lsa, boshning ofatidir...», ya`ni til o`zgarguncha sharafi bilan nutqning qurolidir, agar u o`rinsiz ishlatilsa tilning ofatidir.
A. Navoiy to`g`ri, qisqa, lo`nda, yoqimli, mantiqli, tushunarli, jo`yali aniq va ta`sirli nutq haqida o`ziniing «Arbain» asarida, shuninigdek, «Xamsa» asaridagi besh dostonning har birida ham ajoyib fikrlarni aytib o`tgan.
Xulosa qilib aytganda, o`zbek nutqi madaniyatining tarixiga nazar tashlaydigan bo`lsak, qadimdan bu sohaga «Nutq odobi» nomi ostida ancha keng e`tibor berilgan bo`lib, keyingi asrlarda, ayniqsa, X1X-XX asrlarning ayrim vaqtlarida e`tibor ancha susayganligi ko`zga tashlanadi. Biroq keyingi yillarda bu sohada ko`p ishlar qilindi.
Nutq madaniyati nima?
Nutq va uning turlari.
Nutq madaniyati lingvistik soha
Nutq madaniyati muammolari.
Nutq madaniyati fani hozirgi davr tilshunoslik fanining aktual muammolaridan biridir. Tafakkur nutq yordamida ro`y berib, shu tufayli kishilar bir-birlari bilan aloqa bog`laydilar. Nutq madaniyati esa biror tilda to`g`ri so`zlash va yozish, o`sha tilda fikri qisqa va aniq, sodda va obrazli, uslub jihatdan ravon ifodalash demakdir.
Tinglovchida kuchli taassurot qoldirish va kishining nutqi noaniq bo`lmasligi uchun dastlab til qoidalarini puxta bilish lozim.
Nutq turli shaklga ega bo`lib, quyidagicha klassifikatsiya qilinadi.
Моnоlоgik
Дialogik
Nutq, ko`pincha, ovoz chiqarmasdan, o`ylash protsessida ham ifodalanadi. Bunday odam ichida gapiradigan, ya`ni passiv nutqdir. Bunday ichki nutqda ikkinchi kishiniig bo`lishi shart emas. Ichki nutq og`zaki va yozma nutqning asosi sifatida muhim o`rin tutadi.
Tashqi muhit aktiv fikrlashni talab qiladi. Bunday nutq og`zaki va yozma formada amalga oshiriladi. Odatda, tovushli so`zlashuv protsessiga og`zaki nutq deyiladi. Bundan tashqari kishilar intonatsiya orqali mimika va imo-ishora orqali ham o`z fikr, his- tuyg`ularini boshqalarga yetkazadi. Og`zaki nutq hamisha bir yoki bir necha kishi tomonidan monolog yoki dialog shaklida namoyon bo`ladi. Monologik, nutq bir kishining ko`pchilikka qaratilgan fikrlarining ifodasidir.
Dialogik nutq ikki va undan ortiq shaxs o`rtasida amalga oshiriladi.
Nutq madaniyati hodisasining o`zini maxsus ilmiy tushuncha, maxsus lingvistik soha sifatida asoslab berishga bag`ishlab yozilgan adabiyotlar juda kam.
O`zbek tilshunosligida, shuningdek, deyarli butun turkologiya fanida, nutq madaniyati sohasi yangi bo`limdir Bu masala bo`yicha endigina sezilarli ishlar amalga oshirilmoqda.
Hozirgi vaqtdagi eng muhim narsa shuki, nutq madaniyatini ilmiy muammo sifatida qo`yish va ishlash lozimligi ko`pchilik olimlar tomonidan tan olindi. Nutq madaniyati deb yuritiluvchi tushunchaning ilmiy muammo sifatida «asoslanishi, dastlab rus tilshunosligida yuzaga keldi. Bu masalaning ilmiy muammo sifatida asoslalanishi atoqli rus tilshunosi Grigoriy Osipovich Vinokur (I897-1947) ning nomi bilap bog`liqdir.
O`zbek tilshunosligi nutq madaniyati oldida quyidagi aktual nazariy hamda amaliy muammolar turibdi:
Nutq madaniyatining umumnazariy muammolari:
Yozma nutq madaniyati muammolari:
Og`zaki nutq madaniyat muammolari:
Mazkur muammolarning ilmiy hal qilishni tilshunoslikning nutq madiniyati o`rganuvchi sohasini yanada yuksak pog`onaga ko`taradi.
O`zbek tilshunosligida nutq madaniyati tushunchasi bilan bog`liq bo`lgan yana bir qator masalalar ham borki, ularni umumlashtirib tubandagicha gruppalashtirish mumkin:
Nutq madaniyati yoki til madaniyati deb nomlanuvchi tushuncha, hodisaning mohiyatini aniqlash kerak.
Nutq madaniyati tushunchasining tilshunoslik fanida paydo bo`lishi tarixan asoslanishi lozim.
Nutq madaniyati va til madaniyati terminlarini ifodalovchi tushunchalarning aloqador va farqli xususiyatlarini aniqlash zarur.
Nutq madaniyati tushunchasining, bir tomondon, ilmiy muammo sifatida va ikkinchi tomondan, lingvistik soha sifatida mazmunini belgilash kerak.
Nutq madaniyati muammosini ilmiy tadqiq etish aspektlari aniqlanishi lozim.
Nutq madaniyati sohasi bilan tnlshunoslikning boshqa bo`limlari orasidagi munosabat, ulardagi o`zaro o`xshashlik, aloqadorlik farqli tomonlar belgilanishi shart.
Nutq madaniyati sohasining nazariy muammolari, unga kiruvchi masalalar aniqlanishi
zarur.
Nutq madaniyatining amaliy muammolari unga kiruvchi masalalarni aniqlanishi kerak.
Nutq madaniyati va individual nutq masalasi.
Nutq madaniyati va ommaviy nutq muammosi nimaligi aniqlanishi zarur.
Yuqorida qayd qilingan tushuicha va muammolarni talqin qilish va javob topishga
intilish o`zbek tilshunosligi fanining dolzarb masalalaridan biridir.
Mustahkamlash uchun savollar.
Nutq madaniyati deganda nimani tushunasiz?
Nutq va uning turlari haqida gapiring.
Og`zaki nutqning o`ziga xos xususiyatlari haqida so`zlang.
Yozma nutqqa qo`yiladigan umumiy talablar nimalardan iborat?
Takrorlash uchun savollar:
Nutq madaniyati haqidagi ta`limot qadimda qayerda shakllangan?
Sharqda nutq madaniyati masalalari bilan shug`ullangan mutafakkirlardan kimlarni bilasiz?
O`qituvchi nutqi madaniyati kursini o`qigishdan maqsad nima?
Kursning maqsad va vazifasi haqida so`zlang.
Tayaich tushunchalar: nahv - (arabcha) sintaksis grammatika.
nazm - (arabcha) she`riy asar: she`riyat janri, she`r o`lchovi. nasr - (arabcha) proza, prozaik asar , proza janri.
aruz - she`r tuzilishida қisқa va chuziқ hijo (bo`g`in)larning
ma`lum tartibda guruhlanib, takrorlanib kelishiga asoslangan vazn sistemasi. Aruz vazni. mantiq - (arabcha so`z) tafakkur shakli va qonunlari haqidagi fan; logika.
Do'stlaringiz bilan baham: |