Mustahkamlash uchun savollar
Og`zaki va yozma nutqning o`zaro farqlari haqida gapiring.
Yozma ish turlari haqida so`zlang.
Yordamchi xarakterdagi yozma ishlar haqida nimalarni bilasiz?
Asosiy yozma ish turlari haqida gapiring. Mazkur mavzu bo`yicha tayanch iboralar:
19, 20, 65, 70, 83
Mavzu: Nutq madaniyati va o`qituvchining nutqi.
Reja.
O`qituvchi nutqiga qo`yiladigan talablar.
O`qituvchi nutqining o’azilatlari.
O`qituvchi notiq sifatida
Xulosa.
Nutqning to`g`riligi uning adabiy til me`yorlariga mosligidir. To`g`ri nutq o`zida adabiy tilning fonetik talaffuz, lug`aviy so`z yasalishi, grammatik, uslubiy me’yorlarini mujassamlashtirgan bo`lishi lozim. Bularning birortasidan chetlashgan nutq to`g`ri nutq bo`la olmaydi.
Har bir nutqning o`ziga xos xususiyatlari bo`ladi. O`qituvchilarning o`quvchilarga o`quv materiallarini tushuntirish, ular bilan suhbatlar olib borishiga qarab quyidagi nutq xususiyatlarini ko`rsatish mumkin.
Ba`zi o`quvchilarning nutqi juda ta`sirchan bo`ladi. Bunday o`qituvchilar nutqi his- tuyg`u bilan sug`orilgan, ular o`zlari gapirayotgan gaplardan ta’sirlanadilar, ana shundagina o`quvchilarga ham muayyan kayfiyatni yuqtiradilar.
Boshqa o`qituvchilarda esa nutq ancha oxista, ta`sirsiz, kam ifodali qat`iy izchilikka rioya qilingan holat dalilli va mantiqiy bo`ladi. Bunday nutqni «diskursiv», ya`ni mulohazali nutq deyiladi. ularning nutqlari emotsional hamda diskursiv emas, nima o`quvchilar ular nutqni yaxshi o`zlashtiradilar. Bunday nutqlarda zo`r ishonch kuchi yangraydi. Gapirayotgan gapga chuqur ishonch paydo qiluvchi kishining irodasi borligi sezilib turadi. o`z o`quvchilarida ishonch hosil qiladi.
Ta’lim-tarbiya ishlarida pedagog nutqi uchun xarakterli bo`lgan sifatlarni ikki guruhga
bo`lish mumkin: nutqning to`g`riligini ta`minlovchi sifatlar va ta`lim berish, tarbiyalash vositasi tufayli uni amalga oshiruvchi sifatlar. Birinchi guruhdagi pedagogik nutq sifatiga nutqning leksikasi, uslub fonetikasi, talaffuz etilishi, so`zlardagi urg`u, jumlalar benuqson bo`lishi, shevachilik, arxaizm, vulgorizmdan qochish, nutqni buzuvchi va ortiqcha so`zlar ishlatmaslik kiradi.
O`quv materialining tushunarli qilib bayon etish uchun o`sha fanni chuqur bilish g`oyat katta ahamiyatga ega. Materialni yaxshi bilish o`qituvchining uni soddalashtirib bayon etishga imkon beradi.
O`qituvchi o`z nutqining mukammal bo`lishi uchun g`amxo`rlik qilishi va bunday nutq uning ishida ishonchli qurol bo`lib xizmat qilmog`i lozim.
Tinglovchilarga tegishli ta`sir ko`rsatadigan pedagogik xususiyatlar ikkinchi gyryh nutq sio’atiga taalluqlidir. Bunga dastavval nutqning mazmundorligi shuningdek, uning ravshan, yengil bo`lishi, o`quv materialining tushunarli qilib berish kiradi. Boshlang`ich sinf o`qituvchilari ona tilining jonkuyar havaskori, targ`ibotchisi, himoyachisidir. U o`z o`quvchilariga ona tilining beqiyos boyligini bosiqlik, donolik, ishtiyoq bilan singdirib borishi, ona tili so`zlaridan bahra olish hissiyotini uyg`otishi lozim.
O`z nutqining qulay va to`g`ri tuza bilishda badiiy adabiyotni o`qib turish ayniqsa, katta ahamiyatga ega. Kitob o`qiganda kishidagi lug`at boyligi ko`payadi, fikrning obrazliligi ortadi, nutq ravshan, chiroyli va adabiy bo`ladi hamda grammatik jihatdan yaxshilanadi. O`qituvchining yaxshi, io’odali o`qiy olishi, chiroyli deklamatsiya qilishi, ayniqsa, til va adabiyot o`qituvchilari uchun juda muhim ahamiyatga ega.
Mustahkamlash uchun savollar.
O`qituvchi nutqitga qo`yiladigan talablar nimalardan iborat?
O`qituvchi nutqining fazilati deganda nimani tushunasiz?
Sizningcha, notiq o`qituvchi qanday bo`lishi kerak?
Do'stlaringiz bilan baham: |