Tayanch tushunchalar:
Voiz - diniy maz^gunda va`z qiluvchi, va`z aytuvchi, va`zxon. Jargon - (frantsuzcha) Biror ijtimoiy guruhning o`ziga xos, va o`zigagina tushunarli bo`lgan, boshqalar tushunmaydigan yasama tili.
Uzus - Biror til jamoasida til sistemasida mavjud bo`lgan imkoniyatlarning foydalani kelinayotgan qismi uzus deyiladi. Uzus bir tilni boshqasidan ajratib turadigai shartlarni ham tiliing ichki normalarini ham o`z ichiga oladi.
Mavzu: Grammatik stilistika va nutq madaniyati.
Reja:
Nutq madaniyati nima?
Nutq madaniyati madaniyatimiz tarixi.
Nutq madaniyatining tarkibiy qismlari.
Nutq madaniyatining sifatiy belgilari.
Nutq madaniyati salomlashish madaniyati, ovqatlanish madaniyati kabi muayyan jamiyatga xos bo`lgan, ko`pchilik tomonidan me`yor sioftida qabul qilingan madaniyatlar tizimidagi bir halqadir.
Ana shu halqalarning o`zaro zich munosabatidan shu jamiyatning madaniyati vujudga keladi. Demak, nutq madaniyati ma`lum bir jamiyatning muayyan bir davrdagi milliy madaniyatning tarkibiy qismidir.
Shuning uchun ham bizning ajdodlarimiz nutq madaniyatiga alohida ahamiyat berganlar. Xususan, halifa Abdulmalik nutq madaniyatiga, notiqlik san`atiga ega bo’lmagan, til go`zalligini namoyish eta olmaydigan kishi hokimiyatni boshqarishi mumkin emasligini e`lon qildi. Natijada jamiyatda, hokimiyatni boshqarishda, fan sohasida katta yutuqqa erishish uchun har bir shaxs o`z ona tilining boy imkoniyatlarini to`la egallashi va uni amalda qo’llay olishi shart qilib qo`yildi.
Abu Nasr Farobiy ham "Fozil odamlar shahri" kitobida fozil kishining fazilatlaridan biri sifatida nutq madaniyatini tilga oladi. Bu an`ana islom olamida uzoq davrlargacha davom etdi. Xususan, Temuriylar davrida ham bola tarbiyasida nutqiy madaniyatni shakllantirishga katta e`tibor berildi. Zahiriddin Muhammad Boburning o`g’li Humoyunga yozgan maktubi, unda Humoyunning maktub yozishga e`tiborsizligi, g’ aliz va dabdabali ifodalar qo`llagani qattiq tanqid ostiga olgani va xatni qanday yozish kerakligi haqida pand — nasihatlar qilgani fikrimizning yorqin dalilidir.
Mustaqillik qo`lga kiritilgandan so`ng Prezidentimiz ko`rsatmasi bilan ta`lim tizimini tubdan yaxshilashga jiddiy e`tibor berildi. Shu tufayli "Kadrlar tayyorlashning milliy dasturi" ishlab chiqildi.
Dasturga muvofiq, ta`lim tizimida katta sifatiy o`zgarish ro`y berdi. Yurtboshimiz I.A.Karimov o`qitish jarayonini tubdan o`zgartirishga, o`quvchilarni passiv kuzatuvchidan faol, mushohadali, fikrlaydigan sub`yektga aylantirishga da`vat etmoqdalar. O`qitishning bosh maqsadi o`quvchilar fikrini o`stirishga qaratilmog’ini ta`kidlamoqdalar.
Til va tafakkur o`zaro dialektik aloqadadir. Fikr o`stirish bevosita nutq o`stirish demakdir. Shuning uchun ham hozirgi kunda ta`lim tizimida chuqur fikrlaydigan, o`z fikrini erkin va ta`sirchan bayon qilib beradigan yoshlarni tarbiyalashga e`tibor berilmoqda.
Nutq madaniyati haqida fikr yuritishdan oldin nutqning o`zi nima? Uning til bilan aloqasi qanday, degan savollarga javob berish kerak bo`ladi.
Hozirgi kunda til va nutq bir -biridan izchil ravishda farqlanadi. Bunday farқlanish tilshunoslik fanida mashhur Shvetsariya olimi Ferdinand de Sossyurdan boshlandi. U o`zining "Umumiy lingvistika kursi" asarida bu ikki tushunchani bir — biridan aniq farqlab berdi.
Biz bevosita fikr almashish jarayoinida ma`lum bir xalqning uzoq davrlardan beri foydalanib kelayotgan aloqa vositasini ishga solamiz. Fikr almashish jarayoni nutqiy jarayon yoki nutqiy faoliyat hisoblanadi.
Nutqiy faoliyat ikki va undan ortiq kishilar o`rtasidagi fikr almashuv faoliyatidir. Har qanday nutqiy faoliyat nutq ishtrokchilari uchun oldindan tayyor holda ajdodlardan meros bo`lib o`tgan, barcha jamoat a`zolari uchun babbaravar xizmat qiluvchi aloqa vositasi orqali amalga oshadi. Demak, so`zlashuvchilar ongida tayyor holda aloqa vositasi mavjud bo’ladi. Ana shu ijtimoiy ruhiy jamiyatning barcha a`zolari ongida o’zidan oldingi ajdodlari og’zidan eshitish orqali ko’nikma sio’atida mavjud bo’lgan aloqa vositasi til hisoblanadi. Har qanday tilning fikr almashish jarayonida bevosita voqe bo’lishi nutqdir. Demak, biz real talao’o’uz qilgan va qulog’imiz bilan eshitgan birliklar nutqiy birliklar sanaladi,
Nutqiy faoliyat uchun muayyan axbrotni uzatish va qabul qilishgina kifoya qilmaydi. Nutq faoliyati uchun nimani bayon qilish bilan birga, uni qanday bayon qilish ham katta ahamiyatga ega. Axborotni qanday bayon qilish nutqiy madaniyatning o`rganish ob`yekti sanaladi.
Nutq madaniyati va tilning adabiy me`yori (normasi) o`rtasida uzviy aloqa mavjud. Nutq madaniyati tilning adabiy me`yoriga asoslanadi. Demak, nutq madaniyati haqida gapirishdan oldin adabiy me`yori haqida fikr yuritish lozim bo`ladi.
Adabiy me`yor ma`lum bir tilning muayyan bir davrida umumxalq tomonidan e`tirof etilgan va badiiy til ustalari, tilshunoslik mutaxassislari tomonidan belgilangan til me`yorlari sistemasidir.
Adabiy me`yor sistema ekan, demak, u ham ma`lum ichki tuzilishga ega bo`ladi. Uning ichki tuzilishi quyidagilardan iborat:
Fonetik me`yor:
Orfograo’ik me`yor:
v) Leksik me`yor:
g) Morfologik me`yor:
Sintaktik me`yor.
Normativlik xususiyati adabiy tilning markaziy va eng muhim belgisidir. Normativlik adabiy tilning o`ziga xos mohiyatidan iborat bo`lib, adabiy tilning ko`p vazio’alilik, umumxalqiylik, umummajburiylik xususiyatlari mana shu belgisiz amalga oshmaydi. Chinakam ma`noda normativlikka erishgan, adabiy normalari mana shu asosda shakllangan tilgina o`zining umumiylik doirasidagi kommunikativ vazifalarni to`liq amalga oshira oladi. Shu tufayli ham milliy adabiy tilda uning okzaki va yozma shaklida norma (me`yor) tushunchasi belgilovchi xususiyat hisoblanadi.
Norma termini tilshunoslikda ko`pincha ikki ma`noda tushuniladi: birinchidan, tildagi umum tomonidan qabul qilingan va mustahkamlangan ikkinchidan, norma deb grammatikalarda lug`atlarda, qo`llanmalarda tavsiya qnlingan yetakchi yozuvchi yoki shoirlar asarlaridan keltirilgan nufuzli faktlar bilan isbot qilingap va mustahkamlangan qoida tushuniladi.
Normativlik, ya`ni me`yoriylik adabiy tilning yashash shartlaridan biridir. Adabiy tilda mavjud bo`lgan tovushlar, so`zlar, so`z birikmalari, turli qo`shimchalar, sintaktik qurilma nutq jarayonida ma`lum qonun-qoidalarga aytaylik kelishilgan ko`pchilik tomonidan ma`qullangan norma deb tan olingai ko`rsatmalarga bo`ysungan holda amal qiladi. Mana shu qonun - qoidalarning buzilishi yoki ulardan chetlashish tilda normaning buzilishi, unga amal qilmaslik deb baholanadi. Demak, adabiy til muaayyan konkret normativ vositalar, imkoniyatlar ularni qo`llash bilan bog`liq, qonun-qoidalar ko`rsatmalar yng`indisidan iboratdir O`zbek adabiy tili normalari ilmiy asoslarda tubandagicha tasnif etiladi:
Leksik-semantik normalar-leksik (so`z-qo`llash) normalari.
Talaffuz (orfoepik) normalar.
Aktsenologik (so`z va formalarda urg`uning to`g`riligi) normalari.
Fonetik normalar.
Grammatik (moro’ologik va sintaktik normalar).
So`z yasalishi normalari.
Imloviy normalar.
Yozuv (grafik) normalari.
Punktuatsion normalar.
Uslubiy normalar.
Norma tilning ijtimoiy vazifa bajarilishining asosiy sharti bo`lib, unga amal qilish shu tilda so`zlashuvchi va yozuvchilar uchun majburiydir. O`zbek tilining qanchalik normaga keltirilganligi va unga qanchalik amal qilinishi umummilliy o`zbek madaniyatining taraqqiyot darajasini belgilovchi omillardan biridir.
Adabiy normaning yuqorida keltirilgan turlari va ular orasidagi munosabatlarni o`zbek adabiy tiliga tadbiqan jadvalda tubandagicha ko`rsatish mumkin:
O`zbek
adabiy tili
Og`zaki adabiy til normasi
Yozma adabiy
nutq normalari
Mu
Mustahkamlash uchun savolllar:
Adabiy me`yor haqida ma`lumot bering.
Adabiy me`yorning turlari va ulardan foydalanish haqida gapiring.
Til normasi (me`yori) va nutq me`yori deganda nimani tushunasiz?
Do'stlaringiz bilan baham: |