O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti tehnologik ta’lim kafedrasi fan va texnika tarixi


«Fan va texnika tarixi» fani bo’yicha mashg’ulotlar qo’yidagicha taqsimlangan



Download 3,48 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/71
Sana29.05.2022
Hajmi3,48 Mb.
#615785
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   71
Bog'liq
Fan va Texnika tarixi

«Fan va texnika tarixi» fani bo’yicha mashg’ulotlar qo’yidagicha taqsimlangan: 
umumiy soat 90, auditoriya soati 42, shu jumladan 16 soat ma‘ruza, 26 soat seminar va 48 soat 
mustakil ta‘lim mashg‘ulotlaridan iboratdir.
 
O‘zbekiston mustaqilligining dastlabki kunlaridanoq yuksak malakali va yangicha 
dunyoqarashga ega bo‘lgan milliy kadrlarni tayyorlash, hayotimizda muhim ahamiyatga ega 
bo‘lgan masalalar qatorida ta‘lim- tarbiya tizimini tubdan isloh qilish, uni zamon talablari 
darajasiga ko‘tarish, barkamol avlodni tarbiyalab voyaga yetkazish dolzarb masala bo‘lib qoldi. 
Iqtisodiyotni erkinlashtirish va islohotlarni yanada chuqurlashtirish jarayonida hamda ta‘lim 
tizimini o‘rganish asosida mamlakatimiz iqtisodiyotida erishilgan yutuqlarni atroflicha tahlil 
etish, mavjud muammo va kamchiliklarni batamom bartaraf etish hamda iqtisodiyotni 
rivojlantirish usullarini ilg‘or horijiy tajribalardan samarali foydalanish orqali ta‘lim tizimini 
yanada takomillashtirish masalalari ilgari suriladi. Bunda asosiy e‘tibor jahon integratsiyalashuvi 
jarayonini jadal sur‘atlarda rivojlantirish, buning uchun mamlakatimiz tashqi iqtisodiy faoliyatini 
erkinlashtirish borasida kechiktirib bo‘lmaydigan chora- tadbirlarni amalga oshirishga qaratiladi. 
Hozirgi kunda innovatsion texnologiyalar, pedagogik va axborotlar texnologiyalarini o‘quv 
jarayonida qo‘llashga bo‘lgan qiziqish, e‘tibor kundan – kunga kuchayib bormoqda, bunday 
bo‘lishining sabablaridan biri, shu vaqtgacha an‘anaviy ta‘limda o‘quvchi talabalarni faqat 
tayyor bilimlarni egallashga o‘rgatilgan bo‘lsa, zamonaviy texnologiyalar ularni egallayotgan 


bilimlarini o‘zlari qidirib topishlari, mustaqil o‘rganib tahlil qilishlariga, hatto xulosalarni ham 
o‘zlari chiqarishlariga o‘rgatadi. 
SHaxsga yo‘naltirilgan ta‘lim. Bu ta‘lim o‘z mohiyatiga ko‘ra ta‘lim jarayonining barcha 
ishtirokchilarini 
to‘laqonli 
rivojlanishlarini 
ko‘zda 
tutadi. 
Bu 
esa 
ta‘limni 
loyihalashtirilayotganda, albatta, ma‘lum bir ta‘lim oluvchining shaxsini emas, avvalo, 
kelgusidagi mutaxassislik faoliyati bilan bog‘liq o‘qish maqsadlaridan kelib chiqqan holda 
yondshilishni nazarda tutadi. 
Tizimli yondoshuv. Ta‘lim texnologiyasi tizimning barcha belgilarini o‘zida mujassam 
etmog‘i lozim: jarayonning mantiqiyligi, uning barcha bo‘g‘inlarini o‘zaro bog‘langanligi, 
yaxlitligi. 
Faoliyatga yo‘naltirilgan yondoshuv. SHaxsning jarayonli sifatlarini shakllantirishga
ta‘lim oluvchining faoliyatni aktivlashtirish va intensivlashtirish, o‘quv jarayonida uning barcha 
qobiliyati va imkoniyatlari, tashabbuskorligini ochishga yo‘naltirilgan ta‘limni ifodalaydi. 
Dialogik yondoshuv. Bu yondoshuv o‘quv munosabatlarini yaratish zaruriyatini bildiradi. 
Uning natijasida shaxsning o‘z-o‘zini faollashtirishi va o‘z – o‘zini ko‘rsata olishi kabi ijodiy 
faoliyati kuchayadi. 
Hamkorlikdagi ta‘limni tashkil etish. Demokratlilik, tenglik, ta‘lim beruvchi va ta‘lim 
oluvchi faoliyat mazmunini shakllantirishda va erishilgan natijalarni baholashda birgalikda 
ishlashni joriy etishga e‘tiborni qaratish zarurligini bildiradi. 
Muammoli ta‘lim. Ta‘lim mazmunini muammoli tarzda taqdim qilish orqali oluvchi 
faoliyatini aktivlashtirish usullaridan biri. Bunda ilmiy bilimni ob‘ektiv qarama-qarshiligi va uni 
hal etish usullarini, dialektik mushohadani shakllantirish va rivojlantirishni, amaliy faoliyatga 
ularni ijodiy tarzda qo‘llashni mustaqil ijodiy faoliyati ta‘minlanadi. 
O‘qitishning usullari va texnikasi. Ma‘ruza (kirish, mavzuga oid, vizuallash), 
muammoviy usul, keys-stadi, pinbord, paradokslar va loyihalar usullarii, amaliy ishlash usuli. 
O‘qitishni tashkil etish shakllari: dialog, polilog, muloqot xamkorlik va o‘zaro 
o‘rganishga asoslangan frontal, kollektiv va guruh. 
O‘qitish vositalari o‘qitishning an‘anaviy shakllari (darslik, ma‘ruza matni) bilan bir 
qatorda – kompьyuter va axborot texnologiyalari. 
Kommunikatsiya usullari: tinglovchilar bilan operativ ikki yoqlama aloqaga asoslangan 
bevosita o‘zaro munosabatlar. 
Ikki yoqlama aloqa usullari va vositalari: kuzatish, blits-so‘rov, oraliq va joriy va 
yakunlovchi nazorat natijalarini tahlili asosida o‘qitish diagnostikasi. 
Boshqarish usullari va vositalari: o‘quv mashg‘uloti bosqich.larini belgilab beruvchi 
texnologik karta ko‘rinishidagi o‘quv mashhulotlarini rejalashtirish, qo‘yilgan maqsadga 
erishishda o‘qituvchi va tinglovchining birgalikdagi harakati, nafaqat auditoriya mashg‘ulotlari, 
balki auditoriyadan tashqari mustaqil ishlarning nazorati. 
Monitoring va baholash: o‘quv mashg‘ulotida ham butun kurs davomida ham 
o‘qitishning natijalarini rejali tarzda kuzatib borish. Kurs oxirida test topshiriqlari yordamida 
tinglovchilarning bilimlari baholanadi.

Download 3,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish