O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti fiziologiya va valeologiya asoslari kafedrasi valeologiya asoslari


Mavzu: Repproduktiv salomatlik va yuqumli kasallliklar.OITS tarqalishi va uning oldini olish. Darsning maqsadi



Download 3,62 Mb.
bet89/109
Sana27.05.2022
Hajmi3,62 Mb.
#610713
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   109
Bog'liq
Valeologiya yangi 2019

Mavzu: Repproduktiv salomatlik va yuqumli kasallliklar.OITS tarqalishi va uning oldini olish.
Darsning maqsadi. Muammoning muhim ahamiyatga ega ekanligni anglab yetishga ko‘maklashish va uni hal qilishning huquqiy asoslari bilan tanishtirish. Yuqumli kasalliklar va OIV virusi haqida bilimlarga ega bo’lish. 0‘quvchilaming OIV va OITSning oldini olish borasidagi bilimlarini to’ldirish.
Vazifalari:
- reproduktiv salomatlikning, reproduktiv yoshning shaxs va davlat uchun ahamiyatini muhokama qilish;
- aholi reproduktiv salomatligini muhofaza qilishning huquqiy asoslari to‘g‘risida ma’lumot berish.
Yuqumli kasalliklarni oldini olishni muhokama qilish.
--- o‘quvchilaming OIV va OITSdan himoyalanish yo’llari haqidagi bilimlarini yodga tushirish;
--- o‘quvchilaming mavzudan xabardorliklarini oshirish,
--- o‘quvchilarda OIV va OITSning oldini olish ko‘nikmalarini mustahkamlash.

REPRODUKTIV SALOMATLIK


Reproduksiya - yaratish demakdir. Shunday qilib, reproduktiv salomatlik yaratuvchan sog‘lomlikni anglatadi. Reproduktiv vazifa deganda, insonni yaratish, ya’ni naslni davom ettirish tushuniladi.
Kishilaming o'zidan nasi qoldirishi mumkin bo‘lgan yoshi reproduktiv yosh deyiladi.
Jinsiy salomatlik voqelikning salomatlik, hissiy, intellektual va ijtimoiy jabhalarining uyg‘unligi bo‘lib, shaxsga, muloqotlarga va sevgiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, ularga joziba baxsh etadi.
Reproduktiv salomatlikka quyidagilar kiradi:
- sog‘lom jinsiy hayot;
- reproduktiv imkoniyatlar;
- reproduktiv erkinlik;
- homiladorlikning va tug‘ishning bexavotir o‘tishi;
- sog‘lom avlod.
To‘laqonli jinsiy salomatlik quyidagilami anglatadi:
- o‘zining jinsiy imkoniyatlarini qay tarzda namoyish etishni kuch ishlatmasdan va tashqaridan bosimlarsiz mustaqil hal qilish;
- istalmagan homiladorlik va jinsiy yo‘l bilan o‘tadigan kasalliklardan himoyalanish imkoniyatlarini qodlash;
- o‘zining jinsiy hissiyotlariga erkin (ya’ni, uyat, aybdorlik va qo‘rquv hissidan xoli) yondashish;
- muammolar tug‘ilganda tibbiyot muassasalariga murojaat qilish imkoniyati.
Mamlaktimizda insonga g‘amxo‘rlik hali u tug‘ilmasidan boshlanadi. Kelajak avlodning salomatligi uchun qayg'urish, fuqarolar salomatligini asrab-avaylash, har bir kishining maiakali tibbiy yordamdan foydalanish huquqini ta’minlash - bular O’zbekiston davlat siyosatining asosiy maqsadlaridandir.
Boshqa huquqlar bilan bir qatorda davlat ona va bola huquqlarini himoya qiladi. Konstitutsiyaning 65- moddasida «Onalik va bolalik davlat tomonidan muhofaza etiladi», deb yozib qo‘yilgan. Tug'ilish va bolalarning todaqonli rivojlanishi 0‘zbekiston Prezidenti va hukumati tomonidan davlat ahamiyatiga molik masalalar deb topilgan. Respublika Prezidenti tashabbusi bilan «Sogdom avlod», «Salomatlik yili» maxsus Davlat dasturlari va boshqalar ishlab chiqilgan.
Davlat fuqarolaming aholi salomatligini mustahkamlash yodidagi mehnatlarini yuksak darajada qadrlaydi.
Yigit va qizlami oilaviy hayotga tayyorlash uchun Nikohni qayd etish bodimlari qoshida nikohdan o‘tayotganlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazuvchi va maslahat beruvchi maxsus xizmatlar mavjud.
Ayollar va bolalarning reproduktiv salomatligini yaxshilashga Respublika Xotin-qizlar qo‘mitasi va uning bodinmalari salmoqli hissa qo‘shmoqdalar. 0‘zbekiston hukumati turli xalqaro tashkiiotlar (masalan, BMT aholi fondi, Jahon Banki) bilan hamkorlikda aholi reproduktiv salomatligini yaxshilash borasida Dastur va ioyihalami amalga oshirmoqda.
Qohira konferensiyasining Harakat dasturi reproduktiv huquqni inson huquqlarining bir qismi deb belgiladi. Reproduktiv huquqlar juftlar yoki alohida kishilaming qachon va nechta farzand ko‘rish haqida erkin va mas’uliyat bilan, jumladan, farzand koiishga nisbatan kamsitish, tahdid va zoiavonliklarsiz qaror qabul qilish huquqining tan olinishi, shuningdek, kerakli axborotga ega boiish huquqining e’tirof etilishiga asoslanadi. Reproduktiv huquqlar ko‘plab mamlakatlar qonunchiligi, inson huquqlari bo‘yicha xalqaro rasmiy hujjatlar tomonidan tan olingan. Ushbu hujjatlar ham reproduktiv huquqlardan mas’uliyat bilan foydalanish davlat siyosati va jamoatchilik faoliyatining eng muhim masalalaridan bo‘lishi lozimligini qayd etadi. Oilani rejalashtirish xalqaro federatsiyasi ARXK (1994) qarorlari va Xotin-qizlarning ahvoli bo‘yicha umumjahon to‘rtinchi konferensiyasida (Pekin, 1995) «Jinsiy va reproduktiv huquqlar bo‘yicha Nizom» ishlab chiqdi. Nizom 12 ta huquqni o‘z ichiga oladi.
- Yashash huquqi ayol hayoti homiladorligi sababli xavf ostida qolmasligi kerakligni anglatadi.
- Shaxs erkinligi va xavfsizligi huquqi - ayol hech qanday sharoitda majburiy jinsiy aloqalarga, homiladorlikka yoxud steri- lizatsiya yoki sun’iy yoi bilan bola tashlashga majbur qilinmasligi lozimligini e’tirof etadi.
- Tenglik va barcha shakldagi, jumladan, jinsiy va reproduktiv hayotdagi kamsitishlardan erkinlik huquqi.
- Vijdott erkinligi huquqi. U o‘z ichiga fikr erkinligi va reproduktiv xulq hamda reproduktiv salomatlik masalalarida cheklash vositasi bo‘lib xizmat qiladigan diniy taqiqlar, e’tiqodlar, falsafa va odatlardan erkinlik huquqini oladi.
- Reproduktiv salomatlik sohasida axborotga va bilimga ega bo‘lish huquqi. U o‘z ichiga to‘liq axborotga ega boiish, jumladan, reproduktiv hayot haqida erkin va mas’uliyatli qaror qabul qilishga imkoniyat yaratuvchi homiladorlikdan saqlanishda barcha usullaming afzalligi, xavfi va samaradorligidan xabardor boiish huquqini oladi.
- Turmush qurish yoki turmush qurmaslik, oilani rejalashtirish masalasini hal qilish huquqi. Farzand koiish yoki ko‘rmaslik, shuningdek qachon farzand koiish haqida qaror qabul qilish.
- Tibbiy xizmatdan foydalanish va o(z salomatligini muhofaza qilish huquqi o‘z ichiga xizmat koisatishning sifatliligini talab qilish huquqi va salomatlikka zarar yetkazuvchi odatlardan erkinlik huquqini oladi
- Ilmiy taraqqiyot yutuqlaridan foydalanish huquqL Bu yangi, samarali va maqbul texnologiyalardan foydalanish huquqini anglatadi.
- Yig‘ilishlar va siyosiy faoliyatda ishtirok etish huquqL Bunga barcha kishilaming reproduktiv salomatlikni muhofaza qilish va reproduktiv huquqlami himoyalash maqsadida jamiyat va hukumatga ta’sir o‘tkazish huquqi kiradi.
- Shafqatsizlarcha va tahqirlovchi munosabat hamda zo ‘ravon- likdan erkinlik huquqi barcha ayol, erkak va yoshlaming zo‘ravonlik, jinsiy majburlash, istifoda qilinishdan erkinligini o‘z ichiga oladi.
Har bir inson shaxsiy hayotida o‘zini himoyalangan va erkin his qilishni, hech qanday kasali yo‘qligiga, jumladan, reproduktiv jihatdan sogiom ekanligiga amin bo‘lishni istaydi. Fuqarolaming reproduktiv huquqlarini mustahkamlovchi va ta’minlovchi qonunlaming qabul qilinishi har bir inson, har bir oila va butun jamiyat farovonligining muhim shartidir.
0‘zbekiston Respublikasi mustaqil deb e’lon qilinganining dastlabki kunlaridanoq davlatimiz fuqarolaming salomatligini asrash borasida g‘amxo‘rlik ko‘rsatib kelmoqda. Fuqarolaming tug‘ilganidan boshlab keksayguniga qadar salomatliklarini asrashga yo‘naltirilgan davlat dasturlari yaratildi. Bulaming barchasi mamlakatimizda inson hayoti va salomatligi asosiy qadriyat deb belgilanganidan dalolat beradi. Mamlakat qonunchiligi fuqarolarimizning yuqorida sanab o‘tilgan barcha reproduktiv huquqlarini kafolatlaydi:
- insonning o‘zidan nasi qoldirish istagini ro‘yobga chiqarish imkoniyati;
- onalar salomatiigining ta’minlanishi va bolalar oiimi darajasining pasaytirilishi;
- jinsiy yo‘l bilan o‘tadigan infeksiyalar, OITV va OITS hamda boshqa yuqumli kasalliklaming oldini olish va davolash;
- ayollar va erkaklardagi irsiy kasalliklar bilan bog‘liq nasi aynishlarining oldini olish;
- inson reproduktiv tizirni a’zolari kasalliklarini (masalan, ko‘krak bezi, bachadon va tuxumdon saratoni, prostata yallig‘lanishi, bepushtlik) oldindan tekshirish va davolash.
Reproduktiv salomatlik muhofazasi yuzasidan ko‘rsatiladigan bepul tibbiy yordamning ayrim ko‘rinishlari:
- bolalarga tibbiy yordam;
- ayollarga homiladorlik, tug‘ruq vaqtida va tug‘ruqdan keyin ko‘rsatiladigan yordam;
- yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga ko‘rsatiladigan tibbiy yordam;
" bepushtlik va boshqa turdagi kasalliklardan davolash.
0‘zbekiston qonunlari har bir insonga, jinsidan qat’iy nazar, o‘z umr yo‘ldoshini mustaqil tanlash va turmush qurish huquqini kafolatlaydi.
- Hech kimga va hech qanday vaziyatda ayol yoki erkakni nikohga kirish uchun zo‘rlash huquqi berilmagan.
- Hech kimga ayolni yoki erkakni nikohda qoldirish va majburan nikohda yashashga zo‘riash huquqi berilmagan.
- Har bir voyaga yetgan inson nikoh tuzish to‘g‘risida ixtiyoriy va ongli ravishda qaror qabul qilish huquqiga ega.
- Har qanday ayolni homiladorlikka yoki homiladan xalos bo‘iishga zo‘rlash man etiladi.
- Erkaklar va ayollar teng va bir xil huquqlarga ega.
- Ta’lim olish, mehnat sharoitining ta’minlanishida huquqiy tenglik kafolatlangan.
- Hech bir ayol homiladorligi sababli ishdan bo‘shatilishi yoki o‘qish imkoniyatidan mahrum qilinishi mumkin emas.
Har bir inson qachon va nechta farzand ko‘rishi haqida mustaqil qaror qilish huquqiga ega. Farzand ko‘rishga qaror qilgan kishi tug‘ilajak bolaning salomatligi va yashash sharoitining ta’minlanishi uchun javobgar bo'lib qoladi. Yangi tug‘ilgan chaqaloq to‘laqonli rivojlanishi uchun shart-sharoit zarur. Bola oziq-ovqat, har tomonlama jismoniy va ma’naviy tarbiya olish huquqiga ega. Bulaming hammasini ta’minlash ota-onaning burahidir.
Har bir inson qancha xohlasa shuncha farzand ko‘rish huquqiga ega, biroq bunda bolaning salomatligi va to‘iaqonli hayot kechirishi uchun javobgarlikni bo‘yniga oladi.
Har bir ayol va erkak kontratsepsiya (homiladorlikdan saqlovchi) vositalarini tanlash huquqiga ega.
Mamlakatimiz qonunchiligi shaxsiy hayotning daxlsizligi va tanlash erkinligi huquqini, reproduktiv huquqlaming har bir ayol va har bir erkakka nisbatan tatbiq etilishini kafolatlaydi.
Jami:Sog’lom avlod dasturi.
Inson bugun kechagidan, ertaga esa bugungidan-da farovon turmush kechirishni xohlaydi. O‘g‘il-qizlarim sog‘lom va barkamol, bekamu ko‘st va baxtli yashasin, deb tinim bilmay mehnat qiladi.
Yurtimizda har bir yilga nom berish, uning ijro mexanizmi bo‘lgan tegishli davlat dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish ezgu an’ana tusini oldi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 23 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimda Prezidentimizning 2016 yilni Sog‘lom ona va bola yili deb e’lon qilganligi meni juda to‘lqinlantirib yubordi.
Mamlakatimizda o‘tgan yillar davomida bolalarning sog‘lom tug‘ilishi va sog‘lom ulg‘ayishi uchun katta sharoit yaratildi. Onalik va bolalikni muhofaza qilish, ijtimoiy himoyani kuchaytirish, ta’lim tizimini takomillashtirish, bolalar sportini rivojlantirish kabi sohalardagi izchil islohotlar bir-birini to‘ldirib, uzviy tizim shaklini oldi. Bugun zamonaviy tibbiy markazlar, ta’lim muassasalari, sport inshootlari har jihatdan sog‘lom va barkamol avlodni tarbiyalashga xizmat qilmoqda.
Ayni paytda bolalar sportining rivoji sog‘lom avlodni tarbiyalashning yana bir muhim vositasiga aylandi. Barcha hududlarda, xususan, chekka qishloqlarda bunyod etilgan zamonaviy sport majmualarida 2 milliondan ziyod bola sportning 30 turi bilan muntazam shug‘ullanmoqda. Bu jarayonga qizlarni jalb etishga, ularning salomatligini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Sog‘lom turmush tarzini aholi orasida keng targ‘ib etish, o‘z salohiyati va fikriga ega bo‘lgan qizlarni jismonan hamda ma’nan tarbiyalash, ayollarimiz o‘rtasida sportni ommalashtirish maqsadida 2006-2007 o‘quv yilidan boshlab institutimizda xotin-qizlar sportini rivojlantirish ta’lim yo‘nalishi ochilgan. Har yili mazkur bo‘limga hujjatlar nafaqat poytaxtimizda, balki barcha viloyatlarning o‘zida qabul qilinyapti. Hozirgacha sportning ommaviy turlari bo‘yicha 2000 nafarga yaqin talaba-qiz institutimizni bitirib, turli viloyatlarda sog‘lom avlodni voyaga yetkazish yo‘lida mehnat qilmoqda.
Sog‘lom ona va bola yilida turli ijtimoiy masalalar, jumladan, oilada sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, qizlarni sport bilan shug‘ullanishga keng jalb etish, ayol murabbiylar sonini oshirish kabi masalalarga e’tiborni yanada kuchaytirish talab etiladi.
Men mutaxassis sifatida Sog‘lom ona va bola yili munosabati bilan qabul qilinadigan Davlat dasturiga o‘z takliflarimni bildirmoqchiman.

Birinchidan, maktabgacha tarbiya muassasalarida o‘yin maydonlari, suv havzalari, sport zallarini kengaytirish va sifatli sport anjomlari, asbob-uskunalar bilan jihozlash, jismoniy tarbiya mutaxassislarini jalb etish orqali sog‘lomlashtirish tadbirlarini zamonaviy ta’lim asosida loyihalashtirish va ularni amalga oshirish mexanizmlarini ishlab chiqish;


Ikkinchidan, bolalar tarbiya muassasalari va o‘quv yurtlarida «Jismoniy tarbiya» davlat dasturlari tarkibini kengaytirish (qo‘shimcha sport turlari, turizm, valeologiya va h.k.) asosida ulardagi soat miqdorlarini oshirib borish;
Uchinchidan, «Polvonjonlar», «Umid nihollari», «Barkamol avlod», Universiada sport o‘yinlari, «Mahallamiz sportchilari», «Oilaviy sport», «Balli, qizlar», «Xotin-qizlar spartakiadasi», «Xalq milliy o‘yinlari festivali» televizion o‘yinlarini yanada ommalashtirish va joylarda ularning monitoringini olib borish;
To‘rtinchidan, iqtidorli o‘g‘il va qiz bolalarni ko‘proq bolalar va o‘smirlar sport maktablariga hamda Olimpiya zaxiralari sport kollejlariga jalb etish;
Beshinchidan, Osiyo va jahon chempionatlari, Olimpiya o‘yinlari ishtirokchilari, g‘oliblari, ularning murabbiylari, tajribali mutaxassis — olimlar va sport tashkilotlari rahbarlari bilan mahallalar, o‘quv maskanlarida davra suhbatlari tashkil etishni yo‘lga qo‘yish lozim, deb hisoblayman.
Prezidentimiz ta’kidlaganidek, ona va bola sog‘lom bo‘lsa, oila baxtli, oila baxtli bo‘lsa, jamiyat mustahkam bo‘ladi. 2014 yil 28 yanvarda o‘tkazilgan O‘zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi Homiylik kengashining navbatdagi yig‘ilishida esa farzand sog‘lom bo‘lishi uchun oilada sog‘lom muhit shakllanishi, avvalo, ota-ona sport bilan shug‘ullanishi zarurligi alohida ta’kidlangan edi.
Darhaqiqat, xalqimizda qush uyasida ko‘rganini qiladi, degan maqol bor. Ota-ona ibrati bola tarbiyasida o‘ta muhim ahamiyatga ega.
Quyidagilarga e’tibor bering va amal qiling.
1. Har kuni sport bilan shug‘ullaning, aynan shu yo‘l bilan jismoniy, ruhiy va hissiy muvozanatni saqlab qolishingiz mumkin, bu esa sizni ruhiy zarbalardan saqlaydi.
2. Chekmang.
3. OIV yuqishi va undan himoyalanish yo‘llaridan xabardor bo‘ling.
4. Kun tartibiga rioya qiling.
5. Giyohvand moddalarni iste’mol qilmang, ayniqsa, tomir orqali va iflos shpris yordamida qabul qilishdan saqlaning.
6. 1 aqinchoq taqish uchun tananing har xil sohalarini teshish, tatuirovka (igna sanchish yo‘li bilan bo‘yoqlar yordamida tanaga rasmlar chizish) tushirish, soqol olish, timoq pardozi paytida mikroblardan tozalanmagan asboblardan foydalanmang.
7. Spirtli ichimliklar ichmang.
8. Vitaminlarga boy oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qiling.
9. Shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qiling.
10. Tartibsiz jinsiy aloqalardan tiyiling.
11. Agar asboblar mikroblardan tozalanganligiga ishonchingiz komil bo‘lmasa, tibbiy xizmatni rad eting.
12. Himoyalanmagan jinsiy aloqadan voz keching.
13. Soqol olish va timoq pardozi uchun shaxsiy asboblardan foydalaning.
14. Agar siz OITV yuqtirish xavlini sezgan boTsangiz, albatta qoningizni tekshirtiring.
15. Agar sizga qon quyishlari kerak boTsa, donorlik qonini maxsus nazoratdan o‘tkazilishidan ogoh boTib turing.
Epidemiya - yuqumli kasallikning tarqalishi; u mazkur joydagi kasalliklaming odatdagi darajasidan ancha yuqori boTadi.
Pandemiya - yuqumli kasallikning aholiga yoppasiga zarar yetkazib, bir necha mamlakatlarda yoki mintaqalarda tarqalishi.
Oxirgi o‘n yillikda OITV va OITSning butun dunyo bo Tab keng tarqalishi Icuzatilmoqda. OITV va OITS epidetniyasi kb‘plab mamlakatlami egallab oldi va hujumini davom ettirmoqda.
OITV va OITS yuqishi qayd etilgan XX asrning 80- yiilaridan boshlab, to bugungi kunga qadar immunitet tanqisligi virusi 60 million kishida topildi, 20 million kishining yostig‘ini quritdi, 141 miliondan ortiq bolalar yetim boTib qoldi. Faqat 2004- yilning o‘zida OITV 5 milliondan ko‘proq kishiga yuqqardigi aniqlandi. 2003- yili 3 million kishining OITV va OITSdan oTim topgani holati qayd etildi. Butunjahon SogTiqni saqlash tashkilotining maTumotiariga ko‘ra, OITS eng keng tarqalgan kasalliklar orasida 4- o‘rinni egallaydi.
Dunyoda OITVning yangi-yangi ko‘rinishlari, ayniqsa. yoshlar orasida ko‘p kuzatilmoqda. OITV va OITS epidemiyasi oqibatidagi oTim darajasi shu qadar ortdiki, 2001- yili BMTning maxsus naybatdan tashqari 26- sessiyasining muhokama, mavzusiga aylandi, Sgssiya ishi OITV va OITS epidemiyasining tarqalishini cheklash va uning oqibatiariga qarshi kurash borasidagi harakatlar rejasining qabul qilinishi bilan yakunlandi. Ushbu sessiyada qabul qilingan OITV va OITSga qarshi kurash ishiga sodiqlik Deklaratsiyasida 2005-2010- yillar oralig‘ida OITV va OITS yuqishi darajasi yuqori boigan mamlakatlarda yashovchi yoshlar orasida bu kasallik sonini 25 %ga qisqartirish zarurligi ta’kidlanadi.
Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi vaziyat.
2004- yili 210 000 dan ortiq kishi OITV yuqtirgan edi, natijada, ushbu kasallikka chalingan kishilaming soni 1,4 millionni tashkil qildi. Bir yil ichida OITSdan 60 000 kishi hayotdan ko‘z yumdi.
Rossiya, Ukraina va Boltiqbo‘yi (Estoniya, Latviya, Litva) mamlakatlari eng ko‘p zarar koTdi. Ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, faqat inyeksiya yoTi bilan giyohvand modda qabul qiluvchilar Rossiya Federatsiyasining o‘zida uch million, Ukrainada 600 000 kishini tashkil qiladi; Estoniya va Latviyada katta yoshdagilarning 1 %i inyeksiya yoTi bilan giyohvand modda qabul qiladi.
Ba’zi manbalarning ko‘rsatishicha, Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyoda inyeksiya yoTi bilan giyohvand modda qabul qiluvchilaming 20 %ga yaqini 20 yoshgacha boTgan o'smirlar va yoshlardir. Bu ham, o‘z navbatida, OITV yuqishi xavfi kuchli ekanligidan daiolal beradi.
Epidemiya Belorussiya va Moldovada ham tarqalmoqda.
Keyingi yillarda epidemiyaning Qirg'iziston, QozogTston va 0‘zbekistonda tarqalganligi qayd etilmoqda.
OITVni yuqtirganiarning umumiy soni, yosh bo‘yicha, 1987-2006- y.y.

Download 3,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish