O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti fiziologiya va valeologiya asoslari kafedrasi valeologiya asoslari



Download 3,62 Mb.
bet88/109
Sana27.05.2022
Hajmi3,62 Mb.
#610713
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   109
Bog'liq
Valeologiya yangi 2019

Darsning maqsadi: . 0‘sayotgan organizmga chekish yetkazadigan zararni tushuntirish.


Vazifalari: Sog’lom avlodni shakllantirish. o‘sayotgan organizm juda ta’sirchan ekanligi, o’smir uchun chekishning zarari kattalarga keltiradigan zarardan ancha yuqori bo'lishini tushuntirish;
— chekish va nosvoy iste’mol qilishga nisbatan salbiy munosabatni shakllantirish.

Kichik guruhlarda ishlash: «Kashanda bilan suhbat».


0‘quvchilar 4 ta kichik guruhga bo’linadilar. Har bir guruhga chekayotgan kishi (kishilar) surati tasvirlangan rasm beriladi.
0‘qituvchi o‘quvchilarga kashanda bilan «suhbatlashish»ni taklif qiladi. Har bir o‘quvchi savol berishi mumkin (Masalan, «Nima sababdan chekasiz?» «Chekkanda qanday noqulayliklami sezasiz?» «Chekishni qachon boshlagansiz?» va h,k.). Kichik guruh a’zolari har bir eshitgan savollariga bilganlaricha javob beradilar. Javoblar qog'ozlarga yoziladi va kashandaning atrofiga yopishtiriladi.
Ish nihoyasiga yetgach, o‘quvchilar barcha guruhlarning natijalari bilan tanishadilar.
Savol-javoblar asosida yakunlovchi muhokama o‘tkaziladi.
Asosiy qism.
Chekishning jamiyatga keltiradigan zarari shu qadar ulkanki, jahon bozorini tamaki mahsulotlari bilan ta’minlovchilarning asosiysi bo‘lgan Amerika bir necha yil oldin chekishga qarshi yirik kampaniya boshladi. Jamoat joylarida chekishni man qiluvchi va tamaki mahsulotlari reklamasini tartibga soluvchi qator qonunlar qabul qilingan.
Mamlakatimizda ham balog‘at yoshiga yetmaganlarga tamaki sotish, tamaki mahsulotlarini keng reklama qilish taqiqlangan.
Nima sababdan bunday choralar qo‘llaniladi?
Tamaki tarkibida zararli moddalar borligi avvaldan aniqlangan. Sigaretada kuchli zaharli nikotin (betapiridin alkoloid) moddasi bor. U chekish paytida ajraluvchi tutunning 80-90 %ida mavjud bo‘ladi. Nikotin inson organizmiga teri va og‘iz bo‘shlig‘i orqali o‘tib nafas yo’llarini qichitadi va qonga so‘riladi. Shu sababdan kashandalar ko‘pincha kasallikka chalinadilar, ertalablari ularni qattiq yo‘tal qiynaydi. Chekuvchi kishining immun tizimi zaiflashadi, natijada, organizm mikroblarga qarshi kurasha olmaydi. Bunday kishilarda, ayniqsa, nafas yo‘llari kasalliklari: traxeit, bronxit, astma ko‘p uchraydi. Statistikaga ko‘ra, ushbu kasalliklar chekmaydiganlar orasida 7-15 %ni, chekuvchilar orasida esa 80 %ni tashkil qiladi!
Chekish oshqozonga ta’sir ko‘rsatib, «kashanda gastriti» kasalligi - oshqozon devorida yarani yuzaga keltiradi, shuningdek, moddalar almashinuvi, ovqat hazm qilish jarayonini izdan chiqaradi, keskin, nosog’lom ozishga sabab boladi. Chekuvchilar sil kasalligi singari og‘ir dardga chalinadilar. Shuningdek, chekadiganlaming 50 % i(ayniqsa ashaddiy kashandalar) turli ruhiy kasalliklarga chalinadilar. Chekish paytida chekuvchigina emas, tamaki tutunini hidlashga majbur bolganlar ham zaharlanadilar. Nikotin ta’sirida tomirlar torayadi, natijada, kislorod yetishmasligi ro‘y beradi. Oqibatda, kuchli bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, ko‘z tinishi, xotira zaiflashishi boshlanadi.
Tamaki tutuni ayniqsa homilador ayol organizmiga zararlidir, chunki bolaning turli nuqsonlar va kasalliklar bilan tug‘ilishiga olib kelishi mumkin.
Tamaki o‘sayotgan organizm uchun ham o‘ta zararlidir: insonning yurak, o‘pka, buyrak va boshqa a’zolariga shikast yetadi. Kattalarga nisbatan o‘smirlar va bolalar uchun chekish o‘ta xavflidir. Bola o'qishda orqada qola boshlaydi, xotirasi zaiflashadi, ko‘rishi yomonlashadi. Jismoniy tarbiya va sportda ko‘rsatadigan natijalari nafas olish a’zolarida yuzaga kelgan buzilishlar tufayli keskin pasayadi.
«Nosvoy» arabcha so‘z bolib, «behushlik» ma’nosini anglatadi. Nosvoy to‘q yashil yoki sariq rangda bo’ladi, uni o‘tlaming murakkab aralashmasidan tayyorlaydilar. Nosvoy alohida organlarga ham, butun organizmga ham ta’sir ko‘rsatadi. Iste’mol qilinganda, yengil sarhushlik paydo qiladi. Kishining boshi aylanadi, qo‘l-oyog‘i qotib qoladi, bo‘shashadi. Bunday ta’sir nosvoy tarkibiga kiruvchi kanserogen (saraton kasalini qo‘zg‘atuvchi) moddasi tufayli yuzaga keladi, kanserogen qonga so‘riladi va miyaga ta’sir ko‘rsatadi. Benzipirindan tashqari nosvoy tarkibida yuz va og‘iz bo‘shlig‘i (ya’ni til va milk) kasalliklarini keltirib chiqaruvchi va saratonga olib keluvchi moddalar mavjud. Og‘iz bo‘shlig‘i saratoni nosvoy iste’mol qiluvchilarda boshqalarga qaraganda 7 marotaba ko‘proq uchraydi.
NAZORAT SAVOLLARI.
1.Chekishning inson organizmiga zararli ta’siri?
2.Tamaki tarkibidagi zararli moddalar?
3.Tamakining zurriyotga ta’siri?

4-AMALIY MASHG’ULOT



Download 3,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish