ulangan. Idishdagi suyuqlik sathini nazorat qilish uchun idishning yon tomonida
shtuser 5 bor. Sxemaning bir maromda ishlashini ta‟minlash uchun ikkala impuls
trubalariga havo yuborish 2 va berkitish 3 ventillari o‟rnatilgan.
2. Tenglashtirish idishi shunday o‟rnatilganki, uning ichidagi suyuqlikning
quyi chegara sathiga teng. Bu holda difmanometrning nol ko‟rsatkichi quyi
chegara sathiga mos keladi. bu sxema boyicha rezervuardagi
suyuqlikning quyi
chegara sathiga mos nuqtadan bosimni olish qurilmasi difmanometrdagi sezgir
elementning musbat bo‟shlig‟iga ulangan. Difmanometrning manfiy bo‟shlig‟i
tenglashtirish idishiga ulangan.
Yopiq rezervuarlardagi sathni o‟lchashda ham tenglashtirish idishlarini
rezervuarning o‟ziga nisbatan ikki xil o‟rnatish mumkin.
1. Tenglashtirish idishi difmanometrning nol ko‟rsatkichi yuqori chegara
sathiga mos keladigan qilib o‟rnatiladi. Shunda difmanometr 1 ning manfiy
bo‟shlig‟i berkitish ventili 3 orqali rezervuar 4ning pastki qismiga ulangan,
o‟lchanadigan suyuqlikning qoyi chegara satqiga mos nuqtadan bosim olish
qurilmasi difmanometrdagi sezgir elementning manfiy bo‟shlig‟iga ulangan.
Difmanometrdagi sezgir elementning musbat bo‟shlig‟i tenglashtirish idishi orqali
rezervuarga o‟lchanadigan suyug‟likning yuqorigi chegara sathiga mos nuqtada
birlashtirilgan. Tenglashtirish idishi rezervuarga
yon shtuseri vositasida
birlashtirilgan. Bunda shtuser bilan berkitish ventili o‟rtasida birlashtirish trubasi
uchyo‟llik (troynik) orali ventil ulangan. Bu ventil idishdagi suyuqlik sathini
nazorat qilish uni mo‟ljallangan.
2. Tenglashtirish idishi undagi suyuqlik sathi o‟lchanadigan suyuqlikning
qo‟sh chegara sathiga mos qilib qilib o‟rnatiladi.
Bunda difmanometr nolni
ko‟rsatadi. Bunday sxemalar vakumli yoki ortiqcha bosimli, atrof muhit harorati
o‟zgarganda kondensat ajralmaydigan yoriq rezervuarlardagi suyuqlikning sathini
o‟lchash uchun qo‟llaniladi.
Tavsiflangan ikkala holda yopiq rezervuarlardagi suyuqlikning sathini
o‟lchashda tenglashtirish idishlarining yuqoridagi
teshiklari tiqin bilan zich
berkitiladi.
Difmanometrlar - satho‟lchagichlarni o‟rnatish va ularni impuls trubalari
bilan bog‟lash difmanometr-sarfo‟lchagichlarni o‟rnatish va bog‟lash usuliga
o‟xshaydi. Bularni o‟rnatishdagi talablar.
Elektron sath indikatorlari. Indikatorning o‟lchash qurilmasi 2 (ko‟rsatuvchi
asbobi) o‟zgartirgich 1 dan ko‟pi bilan 20 m masofada,
vaqt-vaqti bilan sozlab
turishga qulay joyda o‟rnatiladi. U uchta M8 bolt bilan mahkamlanadi, korpusi esa
erga ulanadi. O‟lchash qurilmasi o‟zgartirgichga koaksial birlashtirish kabeli 3
vositasida ulanadi. Bu kabel asob bilan bir to‟plamda keltiriladi. Mexanikaviy
shikastlanishdandan saqlash zarur bo‟lganda kabel po‟lat truba yok metall eng
ichida yotqiziladi. Bundan tashqari, o‟lchash qurilmasi milliampermetr 4 ga va
sathni masofadan ko‟rsatish qurilmasiga (agar bu qurilma loyiha bo‟lsa) ulanadi.
O‟lchash qurilmasiga ta‟minlovchi elektr tarmoqdan kelgan sim ulanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: