O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti


AES larida namunaviy va alohida buzilishlar



Download 1,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/159
Sana19.03.2022
Hajmi1,62 Mb.
#500866
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   159
Bog'liq
O\'.U.M. Radiatsiya xavfsizligi

AES larida namunaviy va alohida buzilishlar.
AES larida namunaviy 
buzilishlar loyihaviy, loyihaviy kam oqibat (xavfsizlikning uch to‘sig‘i buzilgan) 
bilan va loyihadan tashqari bo‘ladi. AES ni normal ishlatish deb uning barcha 
loyihaviy ko‘rsatkichlar holatlari energiya ishlab chiqarish texnologiyasi, AESning 
belgilangan quvvati, ishga tushirish va to‘xtatish, texnik xizmat ko‘rsatish, 
ta’mirlash, yadro yoqilg‘i yuklanishi mos bo‘lishi tushiniladi. 
Avariyaning loyihaviy sabablari bo‘lib xavfsizlikning chegaralarini buzadigan 
dastlabki ma’lumotlar hisoblanadi. Bu har bir agregatni loyihasida ko‘zda tutiladi. 
Shuni hisobga olib AESning xavfsizligi quriladi.
Loyixaviy avariyaning uchta turi mavjud:
1) xavfsizlik birinchi to‘sig‘ining buzilishi - issiqlik ajratuvchi elementlar 


107
qobig‘i germetikligini buzilishi, bu issiqlik almashuvidagi o‘zgarish bo‘lishi 
mumkin; 
2) xavfsizlikning birinchi va ikkinchi to‘sig‘idagi buzilish. Bunda xavfsizlik 
birinchi bosqichi to‘sig‘idagi buzilish sababli radiaktiv moddalarni issiqlik 
uzatuvchilarga tushishi va tarqalishi ikkinchini to‘xtatadi, qaysiki reaktor 
korpusini hosil qiladi. 
3) xavfsizlikning barcha, uchta to‘sig‘ini buzilishi. Birinchi va ikkinchi 
to‘siqdagi buzilishda issiqlik tashuvchi radiaktiv mahsulotlar bilan atrof-
muhitga chiqishda uchunchi to‘siq - reaktorning himoya qobig‘i bilan tutiladi. 
Shunday qilib barcha tuzilmalar, tizim va qurilmalar chiqindilarni 
zararsizlantirishni ishonchli ta’minlashi kerak. 
4) loyihadan tashqari avariyalarga zanjirli yadro reaksiyasini nazorati, 
boshqarilishini buzilishi oqibatida issiqlik va yadro portlashlari yuz berishi 
kiradi. Boshqarib bo‘lmaydigan reaksiyaning tez rivojlanishi oqibatida quvvat 
keskin oshib ketadi va energiyani to‘planib qolishi sodir bo‘ladi, bu reaktorni 
portlash bilan buzilishiga olib keladi. 
Yadroviy avariyalar reaktor faol zonasidagi issiqlik almashuvini 
buzilishigina sababli emas, issiqlik ajratuvchi elementlarni o‘ta yuklanish 
natijasida kritik massasini hosil bo‘lishi, ularni tashish va saqlashdagi xatolar 
sababli ham bo‘lishi mumkin. 
AES laridagi kutilmagan alohida xavfli loyihadan tashqari avariyalar yer 
silkinishlari, texnikalardagi avariyalar, terroristik harakatlar, harbiy harakatlar 
sababli ham bo‘lishi mumkin. Ularning zararli oqibatini og‘ir natijalarni keltirib 
chiqaradi. 
AES lardagi yirik va o‘ta yirik avariyalar. AES dagi yirik avariyalar unda 
maxsus xavfsizlik tizimini ishga tushirishni taqozo etadi. Atom energetika 
amaliyotida AES dagi ehtimoliy yirik avariyani xavfsizlik avtomatik blokirovka 
tizimlari yordamida to‘xtatish mumkin, shu bilan atrof muhitni ruxsat etiladigan 
darajadan yuqori bo‘lmagan darajada zararlanishini ta’minlanadi. 
AESdagi sovutish tizimi uchun bosh quvurdagi yorilish yirik avariya 


108
hisoblanadi. Bunday holat reaktor faol zonasini kerakli darajada sovutishini 
buzadi, uning natijasida deformatsiya sodir bo‘ladi, yoqilg‘i sterjenlarida yoriqlar 
va erib ketish holatlari yuzaga keladi, natijada radiaktiv moddalarni chiqishiga olib 
keladi. Buni to‘xtatish maqsadida issiqlik ajratuvchi elementlar oralig‘iga himoya 
sterjenlari tashlanadi, qoldiq issiqlik ajralish natijasida hosil bo‘lgan issiqlikni 
chiqarib tashlash uchun sovutishning avariya tizimi ishga tushiriladi. 
Atom energetikasi sohasida tanqidiy qarash mavjud, qaysiki sovutishning 
avariya tizimi o‘z vaqtida ishlamaydi, hatto blokirovka qurilmalarining 
muvaffaqiyatli ishlaydiganlari mavjud bo‘lganda ham atrof-muhitga radiaktiv 
moddalar chiqishi ruxsat etilgan miqdordan ko‘p darajada chiqishi mumkin. 
AESda ehtimoliy va blokirovka qilib bo‘lmaydigan o‘ta yirik avariya bu 
reaktor aktiv zonasining erib bir-biriga yopishib ketishidir. Sovutishning avariya 
tizimi ishlamagan holatda reaktorning aktiv zonasida bir-necha minutda harorat 
100°C dan oshadi va u ko‘tarilib 2000-3000 °Cga etadi, bunda yoqilg‘i sterjenlari 
erib ketadi. Portlovchi gazdan vodorod ajraladi va himoya qobiqlarini zararlaydi. 
Uning yomon oqibati bir soat davomida yuzlab tonna erigan yadro barcha himoya 
qobiqlaridan o‘tib erga, gruntga tushadi va atrof muhitga ko‘p miqdorda radiaktiv 
moddalar chiqib ketadi. 
O‘ta yirik avariyalar birlamchi issiqlik tashuvchi bilan sovutish tizimidagi 
bosh quvurli o‘tkazgichdagi yorilish, er silkinishlari, texnikalardagi avariyalar, 
terroristik harakatlar, harbiy harakatlar sababli ham bo‘lishi mumkin. 
AESdagi ehtimoliy avariyalar va ularning oqibatlari. Rossiyada hozirgi 
vaqtda 31 energoblokka ega bo‘lgan 10 ta AESlar ishlab turibdi. Hozirgi avlod 
energobloklar ikkinchi avlod hisoblanadi, ular og‘ir avariyalar ehtimoli bor va faol 
zonasi bir reaktro-yil ga 10
-4
dan 10
-5
gachani tashkil etishi bilan xarakterlanadi. 
Buning xavflilik darajasi 6-7 ga teng bo‘lib 30-40 yilga bir marta to‘g‘ri keladi. 

Download 1,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish