O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti



Download 1,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/159
Sana19.03.2022
Hajmi1,62 Mb.
#500866
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   159
Bog'liq
O\'.U.M. Radiatsiya xavfsizligi

 
 
2 savol. Atom elektr stansiya (AES) laridagi avariyalar 
Radioaktiv moddalarning atrof muhitga bir muncha yirikmi, maydami avariyaviy 
chiqarilishlari, insonlar ularni ko’p miqdorda ishlab chiqarishlari va harbiy va tinch 
yo’llarda ishlatishni boshlashlari bilan doim sodir bo’lgan. Chernobil avariyasigacha, 
amerikalik mutaxassislarning ma’lumotlariga qaraganda, butun dunyoda 294 marta 
radiatsion avariyalar sodir bo’lgan. Yadro texnologiyalari mavjud vaqti davomida 3000 
dan ortiq reaktor-yil ishlab olingan. Bunda reaktorlarning aktiv zonalarining jiddiy 
zararlanishiga olib kelgan 3 ta yirik yadro avariyalari sodir bo’lgan: Uindskeylda (Buyuk 
Britaniyada, 1957 yilda), Tri-Mayl-Aylenddagi AESda (AQShda, 1979 yilda) va 
CHernobil’ AESda (1986 yilda). Radiatsiya chiqarilishi bilan kechadigan FVning tahlili 
va tizimga keltirilishi asosida Atom energetikasi bo’yicha xalqaro agentlik (MAGATE) 
tomonidan xavfsizlik nuqtai nazaridan radiatsion ob’ektlardagi hodisalarning tasnifli 
shkalasi ishlab chiqildi va 1990 yilning 1 sentyabridan joriy qilindi (14.2-jadval). 
Hozirga paytda radiatsiyali hodisalarning ahamiyati shkalasi rahbariyat tomonidan 
qarorlarni qabul qilishda, shu jumladan aholini xabardor qilishda qo’llaniladi.
14.2-jadval 
Yadroviy hodisalarga baho berishning xalqaro shkalasi 
Avariya
darajasi 
Nomlanishi Mezonlari 
Real hodisalar 

Global avariya Katta miqdorda chiqarilishi; sog’likka 
va atrof-muhitga jiddiy ziyon 
CHernobil, 
1986 y. 

Og’ir avariya Jiddiy chiqarilishi; cheklangan hudud 
ichida personalni va aholini himoya 
qilish choralari rejasining to’liq amalga 
oshirilishi; aktiv zonaning jiddiy 
zararlanishi 
Uindskeyl, 
Buyuk 
Britaniya, 1957 
y. 

Atrof-muhit 
uchun xavfli 
bo’lgan avariya 
CHeklangan chiqarilish; cheklangan 
hudud ichida personalni va aholini 
himoya qilish choralari rejasining 
qisman amalga oshirilishi 
Tri-Mayl-
Aylend, AQSh, 
1979 y. 


104

AES 
chegaralari 
ichidagi 
avariya 
Uncha katta bo’lmagan chiqarilish; 
aholining belgilangan chegaraviy 
dozada nurlanishi; aktiv zonaning 
qisman zararlanishi; personal 
sog’ligiga jiddiy ta’sir 
Sant-Laurent, 
Frantsiya, 1980 
y. 

Jiddiy hodisa 
Uncha katta bo’lmagan chiqarilish; 
aholining belgilangan chegaraviy 
dozadan past nurlanishi; yirik 
ifloslanish; personalning nurlanishi 
Vandelgos, 
Ispaniya, 1989 
y. 

O’rta 
og’irlikdagi 
hodisa 
Xavfsizlik uchun potentsial oqibatlar 
bilan kechgan voqea 

Ahamiyatsiz 
hodisa 
Reaktorning ishlashining ruxsat etilgan 
chegaralaridan chetga og’ishi 

Shkala 
darajasidan 
past 
Xavfsizlik uchun ahamiyatsiz 
Normal ishlatishning tipik buzilishlari bo’yicha AESlarda bo’ladigan 
avariyalar loyihaviy, juda yirik oqibatli loyihaviy (xavfsizlikning uchta 
to’siqlarining buzilishi) va loyihadan tashqari avariyalarga bo’linadi. Bunda AESni 
normal ishlatish deganda energiyani ishlab chiqarishning loyihada qabul qilingan 
texnologiyasiga muvofiq umumiy holati, shu jumladan quvvatning belgilangan 
darajasida ishlashi, ishga tushirish va to’xtatish jarayonlari, texnik xizmat 
ko’rsatilishi, ta’mirlanishi, yadro yoqilg’isining qayta tushirilishi tushuniladi. 
Loyihaviy avariyalar sabablari bo’lib, odatda har bir reaktorning loyihasida 
nazarda tutilgan xavfsizlik to’siqlarining buzilishlari bilan bog’liq bo’lgan 
boshlang’ich hodisalar hisoblanadi. Aynan shunday boshlang’ich hodisalar asosida 
AES xavfsizligi tizimi yaratiladi. Loyihaviy avariyalarning uchta turi mavjud: 
1.
Xavfsizlikning birinchi to’sig’ining buzilishi, ya’ni issiqlik almashinuvi 
krizisi yoki mexanik shikastlanishlar natijasida issiqlik chiqaruvchi elementlarning
(TVEA) qobiqlarining germetikligining buzilishi. Issiqlik almashinuvi krizisi - 
bu issiqlik chiqaruvchi elementlarning harorat rejimining buzilishidir (qizib 
ketishi); 


105
2.
Xavfsizlikning birinchi va ikkinchi to’sig’ining buzilishi. Birinchi to’siq 
buzilishi natijasida radioaktiv moddalarning issiqlik saqlovchisiga tushishida 
ularning keyingi tarqalishiga reaktor korpusini tashkil qiluvchi ikkinchi to’siq 
to’sqinlik qiladi; 
3.
Xavfsizlikning barcha to’siqlarining buzilishi. Birinchi va ikkinchi 
to’siqlar buzilganda radioaktiv moddalarning atrof-muhitga tarqalishidan uchinchi 
to’siq - reaktorning himoya qobig’i saqlab qoladi. Himoya qobig’i deganda 
radioaktiv moddalarning tashqariga chiqishidan yuqori darajada saqlab qoladigan 
barcha konstruktsichlar, tizimlar va qurilmalar tushuniladi. 
Loyihadan tashqari avariyalarda zanjirli yadro reaktsiyasini nazorat qilish va 
boshqarishning buzilishida ichchiqlik va yadro portlashlari sodir bo’lishi mumkin. 
Reaktsiyaning boshqarilmaydigan darajada tezlikda rivojlanishi natijasida 
quvvatning oshishi va energiyaning reaktorning portlashiga olib keladigan 
to’planishi oqibatida issikdik portlashi ro’y berishi mumkin. 
Yadro avariyasining sababi bo’lib nafaqat reaktorning aktiv zonasidagi 
issiqlik almashinuvining buzilishi, balki issiqlik chiqaruvchi elementlarni qayta 
yuklashda, tashishda va saqlashda kritik massaning hosil bo’lishi ham chiqadi. 
AES ishining notipik buzilishlari ham alohida xavf tug’diradi, ular zilzilalar, 
samolyotlarning qulashi, diversiyalar yoki harbiy harakatlar natijasida kelib 
chiqishi mumkin. Ular insonlar va atrof-muhit uchun tipik avariyalarniki bilan 
solishtirib bo’lmaydigan o’ta oshr oqibatlarga olib kelishi mumkin. 

Download 1,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish