Chernobil AESda sodir bo’lgan halokat
Avariya 1986 yilning 26 aprelida soat 1 dan 23 daqiqa o’tganida sodir
bo’ldi. 4-energoblokni rejali ta’mirga chiqarilishi arafasida, o’chirilgan avariyaviy
himoya sharoitida turbogeneratorning ishlash rejimlarini tadqiqot qilish bilan
bog’liq bo’lgan tajribalar o’tkazilgandi.
Reaktor quvvatining kutilmaganda oshishi aktiv zonada va issiqlik
saqlovchisining konturida haroratning va bosimning keskin oshishiga va
reaktorning reaktor binosi vayron qilib issiqlik portlashiga olib keldi.
Portlash sababi suvning qizib ketgan TVEL bilan o’zaro ta’siri natijasida
ajralib chiqqan va kislorod bilan portlovchi aralashma hosil qilgan vodorod ham
bo’lishi mumkin.
Portlash natijasida ko’plab yong’inlar manbalari yuzaga keldi, bu issiqlik
chiqaruvchi elementlarning erishiga olib keldi. Eritmalar harorati 2000 °C dan
oshib ketdi. Buning ustiga olov neytronlarni sekinlashtiruvchilari bo’lib xizmat
qilgan grafit bloklarini qamrab oldi. Haqiqiy olovli quyun hosil bo’ldi, u o’ziga
yadro eritmasidan ajralib chiqayotgan parchalanish radioaktiv mahsullarini tortib
olib, ularni atmosferaga chiqarib tashladi.
4-energoblokning aktiv zonasida 200 tonna uran bor edi, shu jumladan 3
tonnaga yaqin uran-235 izotopi ham bor edi. Stantsiya hududida ko’p miqdordagi
radioaktiv bo’laklar chiqarib tashlangandi. Energoblok yaqinida hosil bo’lgan
uyumda radiatsiya darajasi 200 r/s dan oshib ketdi, reaktor ustida 200 m
balandlikda esa - 340 R/s gacha etdi.
Atmosferaga chiqarib tashlangan par va gaz aralashmasi 1,5 km
balanlikkacha yetdi va shamol yo’nalishi bo’ylab tarqaldi. Atmosferaga jami bo’lib
300ga yaqin radionuklidlar, shu jumladan
90
Sr
,
Cs
137
,
I
131
,
Zr
95
,
Ba
140
ham chiqarib
tashlandi.
Vayron bo’lgan reaktordan radioaktiv moddalarning chiqarilishini qisman
111
bo’lsa ham oldini olish maqsadida 2,5 ming tonna qum, 1,5 ming tonna
qo’rg’oshin, 60 tonna bor tashlandi. Lekin bu operatsiya salbiy natijalarni ham
keltirib chiqardi. Yukning katta balanlikdan reaktor ustiga tushishi natijasida undan
atmosferaga radioaktiv chang massasi ko’tarilardi. Qo’rg’oshin va qum yuqori
harorat natijasida mustahkam qobiq hosil qilgandi. Qobiq ostida yig’ilib qolgan
gazlar oxir-oqibat to’siqni yorib o’tib katta miqdordagi chang bilan chiqar edi.
Vayron bo’lgan reaktor portlab ketmasligi uchun unga juda ko’p miqdorda
suv ham quyildi. Reaktor ostida 10 ming kub.m miqdorda suv yig’ilib qoldi.
Reaktor unga tashlangan yuk og’irligidan suv ustiga tushib ketishi havfi tug’ildi.
Kuchli issiqlik portlashi sodir bo’lishi mumkin edi. Suvni tezlikda tortib olish
choralari va reaktor ustiga materiallarni tashlashni to’xtatish halokatning oldini
oldi. Yetarli darajada ishlanmasdan shoshib qabul qilingan qarorlar avariyani
jiddiy ravishda chuqurlashtirishi mumkin edi.
CHernobil avariyasi to’g’risidagi rasmiy ma’lumotlarga qaraganda, atrof-
muhitga 4-energoblokdagi yuqori radioaktiv moddalarning umumiy sonidan
faqatgina bir necha foizi tushgan ekan. Shu bilan o’ta yirik bo’lgan CHernobil’
avariyasini o’rta miqyosdagi avariyalar qatoriga kiritishga urinish bo’lgandi.
Avariyaviy komandalar erigan reaktor ustidan radioaktivlikning yirik
miqyosda tarqalishini to’xtatish, portlashlarni istisno etish, aktiv zonaning erigan
materiallarining reaktor fundamenti orqali yerga singishi imkoniyatini to’xtatish
imkoniyatini beradigan nazorat o’rnatgunlarigacha ikki haftadan ortiq vaqt o’tdi.
Avariyadan so’ng dastlabki oylarda o’ttizga yaqin odam nurlanish
kasalligidan vafot etdi. Dezaktivatsiya ishlari 1987 yilgacha cho’zildi va
ishlovchilar uchun yuqori radiatsion yuklamalar bilan bog’liq edi; bu ishlarni
bajarish uchun yetarli miqdorda ko’ngillilar topilmasdi, majburiy mobilizatsiya
o’tkazilardi. Keyinchalik, vayron bo’lgan reaktor ustida beton sarkofag qad
ko’tardi.
Global halokat xarakteriga ega bo’lgan Chernobil avariyasi oqibatida
Belorussiyaning va Rossiyaning katta maydonlari radionuklidlar bilan qattiq
ifloslandi. Radiatsiya bilan zararlangan xudud viloyat va respublika chegaralaridan
112
ancha tashqariga chiqqandi. Belorussiya, Ukraina va Rossiyaning ko’pchilik
viloyatlari jabr tortdi (ayniqsa, Bryansk viloyati). Avariya izi Finlyandiya va
Shvetsiyadan tortib Gruziya va Turkiyagacha cho’zildi. Bunda avariya joyidan
ancha uzoqda joylashgan xududlarda Chernobil AES yaqinidagi hududlarga
nisbatan nurlanishning bir muncha yuqori darajalari kuzatildi.
Avariya oqibatlari: radiokunlidlar bilan ifloslangan yerlar ~ 40 ming kv.km;
evakuatsiya qilingan yoki ko’chirilgan odamlar soni ~125 ming odam; dastlabki
kunlarda 28 kishi o’ldi, 1987-2004 yillar davomida turli sabablarga ko’ra 19 kishi
vafot etdi; nurlanish kasalligiga chalinganlar - 190 kishi; boshqa kasalliklarga
chalinganlar ~15 ming kishi; Chernobil avariyasi natijasida jabr tortganlar soni ~3
mln. kishi. Chernobil avariyasidan so’ng ko’pchilik mamlakatlar atom
energiyasidan foydalanishdan voz kechish to’g’risida o’ylanib qoldilar.
Ko’proq jabr tortgan davlatlarga (1-toifa) Ukraina, Belorussiya, Rossiya
Federatsiyasi, Finlandiya, Shvetsiya, Polsha, Ruminiya kiradi. CHexoslovakiya,
Vengriya, Avstriya, Germaniyaning janubiy hududlari, Shveytsariya, Yugoslaviya,
Bolgariya, Gretsiyaning, Italiyaning, Turkiyaning shimoliy hududlari qattiq
zararlangan (2-toifa). Norvegiya, Daniya, Niderlandlar, Germaniyaning shimoliy
hududlari, Frantsiya, Belgiya, Angliya, Gretsiyaning, Italiyaning, Turkiyaning
janubiy hududlari bir muncha kuchsiz radioaktiv zararlandi.
Hozirgi kunda barcha hayoti nisbatan qisqa bo’lgan radionuklidlar (
I
131
,
Zr
95
,
Ba
140
) to’liq parchalanib ketgan. Uzoq muddatli hayot kechiradigan
radionuklidlarning (
Sr
90
,
Cs
137
) aksariyat miqdori erigan suvlar, yomg’ir suvlari
bilan qisman daryolarga o’tib ularning tublariga cho’kib qoldi.
Cs
137
ning yer
yuzasi bo’ylab ko’chib yurishi
Sr
90
ga nisbatan sustrokdir, u il, loy va tuproq bilan
mustahkam bog’lanib qoladi. Tuproqda
Sr
90
ancha yaxshi ko’chib yuradi (suvda
eruvchan gidrokarbonat
2
3
)
(
HCO
Sr
hosil bo’lishi natijasida). Shuning uchun hozirgi
paytda aynan
Sr
90
ning oziq-ovqat mahsulotlari bilan inson organizmiga tushib
qolishi xavf tug’diradi, lekin ba’zi joylarda
Cs
137
bilan ifloslanishning ham xavfli
darajalari saqlanib qolmoqda.
113
Do'stlaringiz bilan baham: |