O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti


O‘tkir nur kasalligining o‘ziga xos tomonlaridan biri uning davriy



Download 1,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/159
Sana19.03.2022
Hajmi1,62 Mb.
#500866
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   159
Bog'liq
O\'.U.M. Radiatsiya xavfsizligi

O‘tkir nur kasalligining o‘ziga xos tomonlaridan biri uning davriy 
kechishidir.
Bunda to‘rt davr farqlanadi; 
-boshlang‘ich davri yoki nurlanishga nisbatan organizmning birlamchi reaksiya 
davri, 
-yashirin davri yoki klinik jihatdan xotirjamlik davri, 
-avjlangan davr yoki kasallikning barcha belgilari yuzaga chiqadigan davr, 
-tuzalish davri. 
Kasallikning boshlang‘ich davri
. Kasallikning dastlabki belgilari nurlanish 
miqdoriga bog‘liq bo‘ladi. Nurlanish dozasi kam bo‘lganda 18-24 soat, o‘rtacha 
dozada 4-10 soat, katta dozada bo‘lganida esa 1-3 soat ichida organizm reaksiyasi 
kuzatiladi. Dastlab umumiy belgilar; darmonsizlik, uyquchanlik,ko‘ngil aynishi, 
ba’zan qusish, qon bosimining pasayishi, tana haroratining ko‘tarilishi kuzatiladi. 
Kasallik engil va o‘rtacha kechganida qon tarkibida bir oz neytrofilli leykotsitoz, 
og‘ir hollarda leykopeniya yuzaga keladi, eritrotsitlarning cho‘kish tezligi (SOE) 
sekinlashadi. 
Yashirin davr
. Yuqorida ko‘rsatilgan klinik alomatlar 3-4 kundan so‘ng yo‘qolib 


58
ketadi, bu davrning uzoqligi 5 kundan 14-21 kungacha davom etadi. Bunda 
bemorning umumiy ahvoli yaxshilanadi, lekin periferik qondagi o‘zgarishlar 
zo‘rayadi, limfopeniya rivojlanadi, trombotsitopeniya va retikulotsitlar soni 
kamaygan holda leykopeniya avj oladi.
Kasallik avjiga chiqqan davr
. Klinik simptomlar tez rivojlanadi va og‘ir 
kechishi bilan ajralib turadi. Tez toliqish, teri ostiga qon quyilishi, soch to‘kilishi, 
og‘iz shilliq qavati nekrozi, tomoqlar yarasi kuzatiladi. Nur kasalligining og‘ir 
turida yuqoridagi belgilardan tashqari, og‘ir yarali-eroziyali enterokolit rivojlanadi, 
tana harorati ko‘tarilib ketadi. 
Yurakda og‘ir distrofiya, nekrozga xos klinik alomatlar, o‘pkada qon quyilgan 
zotiljam o‘choqlari paydo bo‘ladi. Ichki sekretsiya bezlari faoliyati buziladi, jinsiy 
bezlar zararlanadi, bepushtlik rivojlanadi. Engilroq hollarda funksional vegetativ-
astenik buzilishlar, og‘ir hollarda bosh miyaning turli bo‘limlariga qon quyilishlari 
natijasida nerv sestimasida organik buzilishlar vujudga keladi. Ko‘pincha ichaklar 
faoliyati izdan chiqqan bo‘ladi. Terida qizarish (1-daraja), shish va pufakcha (2-
daraja), yarachalar (3-daraja) uchraydi. 
Zararanish dozasiga qarab qon yaratuvchi a’zolarda jiddiy o‘zgarishlar ro‘y 
beradi. Og‘ir hollarda chuqur pangemotsitopeniya rivojlanadi. Qon tekshirib 
ko‘rilganda trombotsitlar soni 2-5 minggacha va undan ham kamayib ketadi. 
Dastlabki 3 kun ichida bemorlar qonida limfotsitlar soni pasayadi. Nurlanishning 
dastlabki soatlarida oshgan leykotsitlar soni suyak iligidagi sog‘lom nurlanishga 
chidamli hujayra-tayoqcha yadroli va segment yadroli leykotsitlardan iborat 
ko‘mik granulotsitlar zahirasi tugab qolishi sababli asta sekin kamayib boradi. 
Leykotsitlardan yuzaga keladigan morfologik o‘zgarishlar ko‘pincha ularda 
vakuolalar paydo bo‘lishidan iborat bo‘ladi Neytrofillarda zaharlar ta’siriga 
aloqador bo‘lgan donalar paydo bo‘ladi, leykopeniya juda kuchayib ketib past 
raqamlarga (0.1*10
9
l) etadi. Donador leykotsitlar yo‘qolib, agranulotsitoz,
absolyut leykopeniya boshlanadi, trombotsitlar soni 5*10
9
-10*10
9
l gacha 
kamayib ketadi. 
Agranulotsitoz rivojlanishi ustiga immunologik reaksiyalarda qatnashadigan 


59
limfotsitlar soni kamayib ktadi, ularning fagotsitar pasayishi tufayli organizmning 
kasalliklarga qarshi kurushish qobiliyati susayib ketadi va ikkilamchi asoratlar 
paydo bo‘lishiga olib keladi. Ko‘pincha o‘tkir nur kasalligiga pnevmoniya, sepsis, 
yarali-nekrotik angina, yiringli otit qo‘shilishi kzatiladi. Agar infeksion asoratlar 
qo‘shilsa kasallik juda og‘ir kechadi, tana harorati ko‘pincha ko‘tariladi. 
Gemorragik sindrom.
O‘tkir nur kasalligining avjga chiqqan davriga xos. 
O‘rtacha og‘irlikdagi kasallarda gemorragik sindrom odatda teriga va shilliq 
qavatlarga qon quyilishi tarzida namoyon bo‘ladi. Og‘ir hollarda katta hajmdagi 
joylarga, ichki a’zolarga (me’da-ichak, bachadon, burun, milk) qon quyilishi va 
qon ketishi kuzatiladi. Gemorragik sindrom patogenezida trombotsitlar sonining 
kamayishi va funksional o‘tkazuvchanligining oshib ketishi, qon ivituvchi 
omillarning etishmasligi muhim ahamiyatga ega. 
Ko‘mik.
To‘sh suyagidan olingan punktat tekshirib ko‘rilganda qon 
hujayralarining etilishi susayganligi, keyinchalik esa ko‘mik puchayib quruqshab 
qolganligi - pansitopeniya kuzatiladi. Mielokriotsitlar soni 3-3*10
9
l gacha 
kamayib ketadi, bu asosan kasallikning og‘ir hollarida uchraydi. Suyak iligida 
gipoplastik va aplastik hujayralar, atipik neytrofillar, tiniq bo‘lmagan donador 
neytrofillar va limfotsitlar paydo bo‘ladi. 
Isitma
. Nur kasalligi avjiga chiqqan davrda harorat keskinko‘tarilib ketadi, 
agranulotsitoz kuzatiladi. Tana haroratini ifodalovchi egri chiziq holdan 
toydiradigan (gektik) va birdan ko‘tarilib, birdan pastga tushib ketadigan ( 
o‘zgaruvchan, intermitatsiyalovchi) isitmaga xos bo‘ladi. 
Hazm qilish a’zolari
. O‘tkir nur kasalligida ingichka ichak epiteliysi zararlanadi 
va ichak devorining o‘tkazuvchanligi kuchayib ketadi, immunitet susayishi tufayli 
turli xil yuqumli kasalliklar avj oladi, natijada ovqat hazm bo‘lishi va so‘rilishi 
izdan chiqadi. Gastroenteritga xos alomatlar paydo bo‘ladi: ishtaha yo‘qoladi, 
ko‘ngil ayniydi, qorin dam bo‘ladi, qayt qiladi, ich ketishi kuzatiladi. 
Nerv sistemasi
. Kasallar tekshirib ko‘rilganda ularda loqaydlik, pay 
reflekslarining susayib qolganligi aniqlanadi. Og‘ir hollarda miya pardalari 
ta’sirlanishiga xos organik zararlanish belgilari namoyon bo‘ladi. 


60
Sog‘ayish davri
. Qondagi ko‘rsatkichlar yaxshilanadi. Periferik qonda 
neytrofillar soni tez ko‘payib, leykogramma sezilarli darajada chapga surilib 
boradi. Suyak iligida regeneratsiya holati kuzatiladi. Tana harorati pasayib, ishtaha 
ochiladi, umumiy ahvoli yaxshilanib, qon quyilishlar to‘xtaydi, yuqumli asoratlar 
yo‘qoladi. Qon ko‘rsatkichlari, yurak va qon-tomirlar faoliyati yaxshilanadi, nerv 
sistemasining zararlanish belgilari kamayadi, lekin astenik holat uzoq vaqtgacha 
davom etadi. 
O‘tkir nur kasalligining o‘ta og‘ir ko‘rinishida dastlabki klinik simptomlar juda 
tez namoyon bo‘ladi va organizmning umumiy zaharlanishi, suyak iligining qon 
ishlab chiqarishiga xos belgilar kuzatiladi. Kasallik avj olgan davrda teri osti va 
shilliq qavatlarga qon quyilishi, yuqumli asoratlar, ichak zararlanishi kabi belgilar 
ham kuzatiladi. Odatda bemorlarda kasallikning ikkinchi haftasida o‘lim 
kuzatiladi. 


61

Download 1,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish