Nur kasalligining 4 darajasi (o’ta og’ir)
- 6 Gr (600-r) dan ortiq nurlanish
dozasining miqdori ta’sir etganda rivojlanadi. 15 daqiqadan so’ng zararlanganlarda
boshlang’ich davri kuchli ravishda rivojlanib boradi. Zararlangan odam beto’xtov
ravishda qusa boshlaydi, adinamiya holati paydo bo’ladi, psixomotor
qo’zg’alishlar sodir bo’ladi, kollaps rivojlanadi. Teri va shilliq qavatlar qizarib,
tana harorati ko’tariladi. Paydo bo’lgan dastlabki alomatlar 3-4 kun davom etadi.
Ikkinchi haftaning oxiriga borib o’lim kuzatiladi.
2-o’quv savoli:
Radioaktiv nurlanishlarning inson organizmiga ta’siri
Radiatsiyaning odam organizmiga ta’siri kam miqdordan boshlanadi
. U
jarayonni o‘sib borishi bilan tanada sezilish darajasi boshlanadi. Bu atom
darajasida quyidagicha kechadi, radioaktiv zarrachalar juda katta tezlikda uchib
chiqadi va to‘qima atomlari elektronini uradi, natijada elektronlar musbat
zaryadlanadi. Radiatsiyaning qora ishi mohiyati shunda. Uning oqibati falokatga
olib keladi.
Erkin elektron va ionlashgan atom murakkab reaksiyaga kirishadi. Uning
natijasida erkin radikallar hosil bo‘ladi. Masalan, organizmning taxminan 80 %
qismi suvdan (H
2
O) tashkil topadi. U radiatsiyaning ta’sirida parchalanadi va H va
OH radikallarga ajraydi. Bular potologik faol zarrachalar, ular muhim biologik
birikmalar-DNK
molekulalari, oqsillar, fermentlar, yog‘lardir. Natijada,
organizmda zararlangan molekulalar va toksinlar, to‘qima almashinuvi ma’lum
vaqtdan so‘ng zararlangan to‘qimalar o‘ladi yoki ularning funksiyasi jiddiy
buziladi.
DNKni zararlanishi va to‘qima genlarini buzilishi sababli to‘qimalar ajralishi
buziladi. Bu radiatsiya ta’sirining eng xavfli oqibatidir. Kuchli doza bilan
nurlanganda zararlangan to‘qimalar shunchalik ko‘p bo‘ladiki uning oqibatida
butun organizm ishlamasligi mumkin.
55
To‘qimalar ajralishi faol kechadigan quyidagi qismlar radiatsiyani og‘ir qabul
qiladi:
•
suyak to‘qimasi (ilik);
•
o‘pka;
•
qorin shilliq pardasi;
•
ichaklar;
•
jinsiy a’zolar.
Kam radioaktivli narsalar ham organizm uchun og‘ir ta’sir ko‘rsatishi
mumkin. Masalan taqinchoqlar, fotoapparat va b shunga o‘xshashlar. Ularning
ta’siri uzoq vaqt bilinmasligi mumkin, vaqt o‘tishi bilan to‘planib jiddiy salbiy
holatga sabab bo‘ladi (3.1-jadval).
Organizmda nurlanishning darajasiga bog‘liq holda quyidagi natijalar bo‘lishi
mumkin:
-o‘tkir nur kasaligi;
-markaziy asab tizimining buzilishi;
-mahalliy nurdan kuyish;
-yomon o‘smalar hosil bo‘lishi;
-leykozlar (oqqon);
-immun kasalliklari;
-farzandsizlik;
-buzilishlar.
Nur kasalligi odam tanasiga 1-2 Zv(zvert) qabul qilinganda boshlanadi, buni
shifokorlar 1-darajasi deb baholaydi. Bunda doimiy tekshiruvni boshlash lozim. 2-
3 Zv nurlanish qabul qilingani 2-daraja nurlanish deyiladi va davolashni talab
etadi. Davolash o‘z vaqtida boshlansa o‘lim holatga tushish kamroq bo‘ladi.
Davolab bo‘lmaydigan miqdor 6 Zv nurlanishdan boshlanadi, asosan o‘lim bilan
yakunlanadi. Davolashda hatto suyak to‘qimalarini (iligini) almashtirgan taqdirda
ham 1/10 nurlanganlar tuzalishi mumkin. 17 Zv nurlanishda davolab bo‘lmaydigan
rakning rivojlanishi eng yuqori bo‘ladi.
56
Nurlanishni dozimetr asbobisiz bilish qiyin, organizm bildirmaydi. Ma’lum
vaqtdan so‘ng qayd qilish, bosh og‘rig‘i, bo‘shashish, haroratni ko‘tarilishi.
kuzatiladi. Yuqori darajali nurlanish birinchi navbatda qon ishlab chiqarish
tizimiga va gen organlariga salbiy ta’sir etadi.
Suyak ichki shillik to‘qimalari (ilik, asosiy taz suyaklari) organizmda qon
hosil qiluvchi (qon to‘qimalarini) hisoblanadi. Bu organizmda o‘layotgan
to‘qimalarni yangisi bilan almashtirish uchun xizmat qiladi. Tibbiyotda qon
tashxisi o‘tkaziladi. Unda radiatsiyaning ta’siri quyidagi ko‘rsatkichlarda bilinadi:
•
gemoglabin darajasini kamayishi (norma 120g/l);
•
eritrotsitni kamayishi (norma 3,5-5,5*10
12
/l);
•
trombotsit kamligi (norma 150-400* 10
9
/l);
•
retokulotsitlar yo‘qoladi yoki kamayadi (norma 02-1%);
•
yosh to‘qimalar>20% o‘tkir leykozda, surunkali leykozda (norma
5%gacha);
•
leykotsit miqdorini o‘zgarishi: 15% o‘tkir leykoz kasallarda>100*10
9
/l,
boshqa darajadagi kasallarda kamayishi kuzatiladi. Leykotsit normasi - (4-9*10
9
/l);
•
neytrofillar kamayishi (norma 45-70%);
•
tayoqcha yadroli leykotsitlarni yo‘qligi, eozinofillari bazofillar;
•
SOE ni oshishi(norma 2-12mm/ch).
Tekshiruvda yuqorida ko‘rsatilgan qonning umumiy tashxisidan tashqari qonning
bioximik tashxisi, Mielogramma, Trepanobiopsiya, Trepanobiopsiya, Sitoximiya
tekshiruvvi,
Immunologik
tekshiruvi,
UZI
tekshiruvi,Rentgen
tekshiruvi(ilova)kabilar o‘tkaziladi.
O‘tkir nur kasalligi.
O‘tkir nur kasalligi
- bu organizmning umumiy kasalligi bo‘lib hisoblanadi va
nurlanish dozasining 1 Gr (100 rad) va undan yuqori darajadagi nurlanish dozasi
ta’sirida vujudga keladi. Ionlovchi nurlarning ta’sir darajasi ularning miqdoriga,
ya’ni tanadan qancha nur o‘tganligiga bog‘liq bo‘ladi. Tirik to‘qimalarning
nurlanish birligi qilib grey (Gr) olingan, 1 gr 100 rad ga teng
Hozirgi vaqtda o‘tkir nur kasalligining klinik ko‘rinishi va o‘tishini to‘rt
57
bosqichga ajratish qabul qilingan: engil, o‘rta, og‘ir va juda og‘ir.
Kasallikning engil turi; 1-2 Gr
o‘rta turi; 2-4 Gr
og‘ir turi; 4-6 Gr
juda og‘ir turi; 6 Gr dan yuqori nurlanish sodir bo‘ladi.
1-10 Gr dozadagi nurlanishda organizmda asosan ko‘mik shikastlanadi, shuning
uchun o‘tkir nur kasalligining bu turi ko‘mik tur deb ataladi. Odam 20 Gr
va
undan yuqori dozada nurlanish olsa, qon yaratuvchi a’zolardan tashqari ichak
epiteliysi ham shikastlanadi. Ichak shikastlanganda qon yaratuvchi a’zolarda jiddiy
o‘zgarishlar ro‘y bermasligi mumkin, ammo shikastlanganlar tezda o‘lib qoladilar.
Odam juda katta dozada nurlanish olganda o‘tkir nur kasalligining toksemik
vasserebral turi rivojlanadi, bunda nurlangan odam bir necha soat,ba’zan bir
kundan so‘ng o‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |